Next room
Katta tezlikda asfaltni ishqalab o'tayotgan qizil BMW mashinasi nihoyat manziliga yetib keldi. Nafis qora ko'ylak kiygan qiz, mashina ichida o'tirib, tashqariga nazar soldi.
-Tushmaysanmi?,- yonidagi yigitni yog'on ovozi eshitildi. -Eshikni ochib berishimni kutmayotgandirsan,-gapiga kesatiq qo'shib qo'ydi.
Sero atrofga alanglab, bezovtalandi. Ko'ylagini tinmay to'g'irlashni ham kanda qilmadi. Kaftiga qisib olgan taqinchoqqa nigohini olib o'tarkan, chuqur nafas olib ko'zlarini yumdi. Yigit qizdagi o'zgarishlardan biroz havotirlandi. Seroni qo'lidagi taqinchoqqa qaradi va kutilmaganda ularni tortib oldi.
-Nima bu?,-Taehyung taqinchoqni ko'zlari bilan o'rganarkan savol berdi.
-Darhol qaytar,- norozi bo'ldi qiz.
-Juda chiroyli,-yigit ta'rif bergandek davom etti,- Nega uni taqmagansan? Senga yarashishi aniq,-xushomat qilgancha qizga ko'zini qisti.
Taehyung qizdan ruxsat so'ramay oqqush tasviri tushirilgan taqinchoqni uni bo'yniga taqishga urindi. Sero qarshilik ko'rsatmadi. Sochlarini ortga olib, shunchaki yigitga imkon berdi. Taehyung ishini yakunladi, mashinada tushib, qiz o'tirgan eshik tomon harakatlandi. Sero qo'lini bo'ynidagi taqinchoq ustiga qo'ydi. Bu sovg'a edi... 3 yil avval qiz uchun berishgandi. Ammo Sero uni shu paytgacha umuman taqmagandi. Balki sovg'ani bergan insoni bir nech oylardan so'ng sovuq tuproq qariga yo'l olgani boisdir...
-Qani kaktus xonim endi bazmga kirishimiz lozim,-iltifot ila so'zlab, bir qo'lini qiz tayanishi uchun beliga qo'ydi.
Ikkisi birgalikda ichkariga ildamlashti. Qizil yo'lak to'shalgan katta bazm zali. Gavjum odamlar, hamma bir-biri bilan soxta tabassum bilan suxbatlashmoqda. Biznes olami shunday, yoqtirmaydigan insonlaringa ham tabassum ila javob berishga majbur bo'lasan. Ko'zga tashlanish uchun yaltiroq nimadirlar kiyasan, g'alaticha narsalar taqasan. Mana Sero nima sababdan shu paygacha kompaniyaga egalik qilmadi. Chunki Biznes uni joyi emas, qizga bunday narsalar yoqmaydi. Sero erkin hayot tarafdorlaridan. Bazmda ham eng oddiy ko'ylak kiygan yagona qiz.
-Ko'p ichib yuborma!,-ogohlantirgan bo'ldi yigit.
-Sendan so'ramayman. Robot...,-tezda norozilik bildirgan qiz, Taehyungdan uzoqlashti.
-Bu yer senga klub emas. Yetmaganiga birga qaytamiz,-yigit yana qo'shimcha qildi.
Qolgan gaplarga parvo qilmagan Sero, shartta qarshisidan chiqqan birinchi ofitsiant qo'lidagi shampan vinosidan xo'pladi. Shu tarzda deyarli beshga yaqin stakanni bo'shatti. Ko'ngli behuzur bo'lganini sezgan qiz ayollar xonasiga shoshildi.
Katta trassada faqat oq mashina motorlarini ovozi eshitildi. Umuman mashinalarni qatnovi ham sezilmaydigan joyda izg'ib yurgan qiz, biroz tanaffus qilishga qaror qildi.
Yaqindagi kichik qahvaxonaga ko'zi tushib, rulni o'sha yer tomon burdi. Qahvaxona ichi bom-bo'sh, odamlarni sadosi ham chiqmayapti. Faqat kassada o'tirgan o'rta yoshlardagi yigitdan bo'lak.
-Hayrli kech. Bitta qahva berib yuborasizmi?,-Kazuha salomlashib, ehtiyojini aytti.
-Navbatingni kut,-eshik tomondan kirib kelgan balanb bo'yli yigit buyruqli ohangda so'zladi.
-Nima? E'tiboring uchun men birinchi keldim,-Kazuha ovozini balandlatti.
-Meni vaqtim ziq,-davom etti yigit.
-Meniki ham,-qo'shimcha qildi qiz.
-Xonim, Janob tortishishni bas qiling. 5 daqiqada buyurtmangizni tayyorlayman,- buyurtma qabul qiluvchi yigit, katta janjalni oldini oldi. Kazuha qarshisidagi yigitni turtib o'tib, mijozlar uchun mo'ljallangan stolga o'tirdi. Oradan ko'p o'tmay, buyurtmalar tayyor bo'ldi. Qahvasini qo'liga olib tashqariga chiqqan qiz, mashinasiga o'tirdi. Yana katta trassa tomon harakatlanarkan, ortidagi yigitni mashinasiga halaqit berdi. Endi qahvaxonadan chiqaman degan yigitni mashinasini yo'lini to'shishga urindi. Kazuha biroz to'siqlar qilib, hazillashgandan so'ng o'z yo'li tomon rulni burdi.
-Kimsan o'zi?,-mashina ortidan asabiy shivirladi Jay.
Vaqt o'tib borarkan, bazm ham zerikarli tus olishni boshlagandi. Ko'p ichib yuborgani o'zi uchun zarar keltirgani ham Seroni kayfiyatini buzdi. Hamkori bo'lgan yigit, o'zidan bir necha qadam narida qizlar bilan suxbatlashayotganini ko'rish esa ko'nglini yana behuzur qilmoqda. Qizlarni suykalishi ortib borarkan, bir zumda Sero kutmagan ish sodir bo'ldi. Bir-biridan jirkanch tarzda bo'sa olayotgan ikki insonga ko'zi tushushi bilan tashqariga chiqishga urindi. Bazm so'ngida hammasi yomon tarafga o'zgargan ko'rinadi. Tashqariga amallab chiqib olgan qiz, toza havo bilan o'pkasini to'ldirdi. Bir necha daqiqa avval ko'rgan manzarasi ko'nglini buzib yuborgani aniq. Juda ko'p shishalarni bo'shatgani bois boshi ham aylanishni boshladi. Zal markaziga kirib, hali ham boyagi qiz bilan bo'sasini davom ettirayotgan yigitga nigoh tashlab ketishga shaylandi. Taehyung ham dugonasi bilan iliq xayrlashib, Seroni ortidan ko'chaga chiqti.
-Qoyil! Bravo,-qiz ko'chani to'ldirib baqirib yigitni olqishladi. -Ortimdan kelma. Bor o'sha dugonang bilan ishingni davom et,- qiz poshnali oyoq kiyimi qo'liga olib, katta yo'l tomon yayov keta boshladi.
-Kaktus xonim, axmoqlik qilma. Yur seni o'zim eltib qo'yaman,-Taehyung qizni ortidan kela boshladi.
-Kerak emas. Qanday jirkanch insonsan Sen? Uyalmay yana ortimdan kelayapsanmi?,-Sero yo'lini davom etti.
-Meni asabimni buzma. Birga ketamiz dedim,-yigit Seroni qo'lidan ushlab to'xtatti.
-Sen bilan hech qayerga bormayman. Meni tinch qo'y. Bor jirkanch hayotingni davom et!,-qiz qo'lini yigitdan bo'shatib olishga urinib baqirdi.
-Meni piyoz qopini ko'targanday seni ko'tarishimga majbur qil,-Taehyung qizni qo'lidan tortib yelkasiga ortti.
-Hoy? Qo'yib yubor meni,- Sero yigitni yelkasida tinmay tipirchilab, baqira boshladi.
-Jim bo'l. Yo'qsa qanday Jim qilishni juda yaxshi bilaman,-yigit qizni yelkasida ko'tarib mashina tomon yurdi.