September 29

Lie🕯

Episode - 9
We love our favorites without any reason🖇

.

Qora Mercedes mashinasi qizni uyi eshigi yonida to'xtadi. Muna hijolat tortgancha, narsalarini olib yigit bilan xayrlashti. Jimin avtomobil motorlarini qizdirgan ko'yi bir zumda g'oyib bo'ldi. Kerakli qavatga ko'tarilish maqsadida lift yoniga kelgan qiz, unga suynib turgan do'stini ko'rib shoshib qoldi.

-Sunghoon?,- biroz cho'chigan ovozda yigitni ismini talafus qildi.

Sunghoon

-Muna? Axvoling yaxshi deb umid qilaman,-yigit qizni qo'lidagi narsalarni olib, yordamlashgan bo'ldi.

-Sendan xafaman! Do'sting 1 oy shifoxonada yotti. Ammo Sen hatto yo'qlab kelmading...,-qiz liftga chiqib kerakli qavatni bosib, yigitga nazar tashladi.

-Kechirim so'rasam, qabul qilasanmi?,- Sunghoon qizni ko'ndirishgan urindi.

-Bu bir og'iz kechirim bilan bitadigan narsa emas,-Muna o'tkir qarash qildi.

-Muna, araz qilma ortiq,- yigit qizga yalingan bo'ldi.

-O'ylab ko'raman, nega kelganding?,-uyi eshigini ochgan qiz, tanish va o'zi sog'ingan iforga ko'mildi.

-Seni ko'rish uchun. Yana keyingi oy menga sherik ham kerak. Nimaga ekanligini tushunding to'g'rimi?,-yigit qo'lidagi paketlarni mehmonxonaga qo'ydi.

-Skripka haqida umuman unitibmanku. Shug'illanishim zarur. Natijaga qarab senga javobimni aytaman,-oshxonaga kirish barobarida javob berdi.

-Kelishtik,- Sunghoon ko'z qisib qo'ydi.

.

Katta qo'rg'on atrofida o'ralashib yurgan yigit, axiyri o'ziga kerak bo'lgan xona oynasini topti. Xona uchinchi qavatta joylashgan, u yerga chiqish biroz qiyinchilik tug'dirishi ma'lum. Amallab xona oynasiga tirmashgan yigit, uni taqillatti.

2 kundan buyon hech nersa yemay qo'ygani sababli yuzlari biroz so'lg'inlikni aks etgan Kaya, o'ng tomondagi oynadan tovush eshitti. Oyna pardalar orqali yopilgani bois kim ekanini ko'rmadi. Sekin borib, pardalarni chetga surgan qiz, oyna ortidagi inson bilan to'qnashti.

-Kai?,-ko'zlaridagi yoshlari bo'ysunmay to'kilishni boshlagan Kaya, qarshisidagi sevgilisini quchti.

Kai

-Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermading?,- qizni bag'ridan biroz uzoqlashtirgan yigit, javobsiz qolgan savollarini berishni boshlab yubordi.

-Hammasini tushuntirib beraman. Ichkariga kir,- Kaya ko'zlaridagi tomchilarni yengiga artib, yigit bilan divanga o'tirishti.

Kaya shu kungacha nima sodir bo'lgan bo'lsa barchasini yigitga aytib berdi. Hatto orada ko'z yoshlariga erk berib yubordi. Kai qizni qattiq bag'riga bosib ovutti.

-Yig'lama, men borman. Hammasi ortta qoldi. Seni bu yerdan olib ketaman,- hayollarida allaqachon rejalar tuzishga ulgirgan yigit, Kaya uchun hammasiga tayyor.

-Yaxshiyam borsan,-qiz biroz boshini yigit tomon ko'tarib dedi.

.

Timeskip➡️

.

Sunghoonni eshik tomon kuzatib endi uyiga kirgan qizni telefoni bezovta qildi. "Noma'lum raqam" dan bo'layotgan qo'ng'iroqqa javob berdi.

-Eshitaman,

-Yulduzcham,- chiroyli ohangda yangragan bu so'zni darrov anglagan qiz keng tabassum qildi.

-Jimin bu sizmi?,

-Mendan boshqa kim bu vaqtta senga qo'ng'iroq qiladi,- savol ustiga savol bilan javob berdi yigit.

-Nega qo'ng'iroq qildingiz?,-Muna mavzuni burishga urindi.

-Shunchaki yotishimdan avval seni yoqimli ovozingni eshitishni istadim,

-Hayrli tun,- yuzlari qizarib ulgirgan qiz tezda go'shakni qo'ydi.

-Hayrli tun, Yulduzcham,-asta shivirladi yigit.

.

Hamma joy qop-qorong'u. Faqat oy va yulduzlardan taralayotgan yorug' shula tunni yoritayotgandek edi. Balkonida bahorni tunlaridan rohat tuyishga uringan qiz, yulduz va oylarga nigohini tikkandi. O'zgacha his qizni qamrab oldi. Avvallari hech ham his etmagan tuyg'ular yurakni bezovta qilmoqda.

"Bu qanday g'alati holat o'zi? Huddi ichimda kapalaklar sayr qilib yurganga o'xshaydi." Muna ko'ksiga qo'llarini qo'yib chuqur nafas olib chiqardi. Bu yordam berishiga ishongandek...

Muna

Jimin ham uyi ortidagi bog'ga chiqti. Biroz osmondagi oy va yulduzlarga tikildi. Ular juda uzoq ammo go'zal... ayniqsa yulduzlar mayda bo'lishiga qaramay nur sochadi. Yulduzlar ham o'zi sevgan qiz kabi, aslida kichik qizaloq lekin Jimin uchun butun dunyo... Yana yulduzchasini eslagani yigitni yuzida behostan tabassum uyg'otti.

Jimin

Timeskip➡️ |

Juda tez o'tkan 2 kun... hech narsa qilishga ulgirmagan qiz biroz o'zidan jahli chiqti. Skripkasi bilan yana yuzlashib, yangi nimadir yaratishga urindi. Ammo uddasidan chiqa olmadi. Dugonasidan esa hali hamon xabar yo'q. Ko'chadan mashina signali eshitilgani payqagan qiz oynadan pastga nazar soldi. Barobariga telefoniga ham xabar keldi.

Pastga tush. Bir joyga boramiz. Menga yordaming zarur.

Qiz Jimindan kelgan xabarni ochib o'qigandan so'ng, shoshilib kiyindi va pastgi qavatga tushti. Mashina yoniga yaqin kelib, eshikni ochib o'tirdi.

-Qayerga boramiz?,-qiz birinchi bergan savoli shu bo'ldi.

-Xavfsizlik kamarini taq,-parvo qilmay dedi yigit.

Mashina harakatga tushti. Katta yo'l bo'ylab manziliga shoshgan kabi, tezlik oshirildi. Qiz biroz qo'rqqani bois, sumkasini qisti. Qayerga ketayotgani noma'lum. Ammo yonida o'tirgan insonga ishonadi. Muhimi ham aslida shu emasmi?

.

Davomi bor....

.

.

.

Author: Lee Muna