November 6, 2024

Papillonđź’™

Kapalarni umri uzoq bo'lmaydi... ammo siz meni qalbimda butun umr yashaydigan yagona kapalaksiz.

Hurmatli, Yoon Jiwon - mening fransuz kapalagim. Bilaman oxirgi vaqtlar ko'p narsalar usti-ustiga keldi. Yetarlicha qiyinchilik va og'riqni his qildingiz. Ammo yonimizda bo'lganlarni ham yo'qotish qanchalar to'g'ri?

Ishonasizmi yoki yo'q bilmayman, ammo siz men uchratgan eng ajoyib qizsiz. Oramizda nima bo'lsa bo'lsin men sizni huddi boshdagi kabi qadrlayman va yaxshi ko'raman. Sezdim sizni ham o'zingizga yarasha jarohatlaringiz bor. Insonlarga ishonchni yo'qotgansiz... Men o'sha jarohatni davolab, ishonchingizni ortga qaytarishga urinib ko'rmoqchiman. Bilasizmi? Siz bilan birinchi gaplashishni boshlaganimda ichimda kapalaklar qanot yozgandi. Balki shu sabab sizni Papillon deb atadim. Bu so'z juda qadrli men uchun. Chunki har gal shu sezni eshitsam siz yodimga tushasiz. Bu ajoyib to'g'rimi? Yaqinda anonimda men haqimda yozmasingizdan avval rostan ham o'zimni sizga yopishib olgan zuluk deb o'ylayotgandim. Chunki men bilan dildan gaplashmaydigandek tuyulardingiz. Hudfiki men sizga yozaverib bezdirib yuborgandek. Ammo o'sha anondagi iliq so'zlar meni ko'zimga yosh uyalatti. Chunki birinchi marta kimdir men haqimda o'z samimiy fikrini bildirgandi. Men nega bu gaplarimni xat singari yozib sizga yo'llayotganimni bilmayman. Bir narsani bilaman holos "I love you soooo much"

Bugun yomon axvolga tushtim, yig'ladim. Va o'zimni keraksizdek his qilganimda sizga yozishni istadim. Chunki men faqat siz bilan suxbatlashganimda o'zimni hotirjam va uydagidek his qilaman. Tushuntirib aytganda siz meni uyim bo'lib qoldingiz...

Haa men aslida hali ham kichik qizaloqman va bu gaplarim juda axmoqqona. Lekin sizni stress axvolingizni ko'rsam siqlishni boshlayman. Iltimoss hech qachon xafa bo'lmang, doim kulib yuring. Siz menga keraksiz va yaxshiyam borsiz. Agar o'zingizni yomon his qilib kimgadir yozgingiz kelsa, bemalol o'sha jnson men bo'laman. Bilasiz men doim sizni qo'llayman. Gaplarim juda chalkash yozildi, chunki hayollarim chalkash. Amallab tushunib olasiz degan umiddaman.

Papillon Your Kitten always love youuu... and that will never change💙🫂

.

.

.