January 29

CAMPUS COUPLE 💞 | #Lee_Sara 🌬

7-Qism 🍃

7-qism: “Qayta tanlash”

Parij yomg‘ir ostida va quyosh nuri ostida ajoyib tovlanar edi.
Chaeyoung qo‘lidagi soyabonni yopib qo‘ydi. U endi yomg‘irdan qochmasdi. Yomg'ir ostida uning har bir tomchisidan quvonch izlashga urunardi. Ba’zi narsalar namlanishi va poklanishi kerak edi — yurak ham...🫀

U Sena daryosining bo‘yida o‘tirardi. Kecha eshitgan pianino kuyini yana qulog‘ida his qilardi. Bu uzrli bir tuyg'u. Kechikkan, ammo chin yurakdan chiquvchi his....💞
— Sen doim musiqa bilan gapirarding, — dedi u bo‘shliqq yuzlanib. — Bugun esa men seni tinglayapman. 👂🏻🌊

Taehyung Seulga qaytib ketmagan edi. U Parijdagi universitet campusida joylashgan kichik musiqa zalida edi.
Bu joy unga o‘sha eski Seuldagi campusni eslatardi:
bo‘sh auditoriyalar, kech qolgan chiroqlar, va yurakka sig‘magan so‘zlar. Muxumi o'sha kunlar Chaeyoung u bilan edi...✨

U pianinoni yopdi. Nafasini chuqur oldi.
— Agar yana sukutni tanlasam… bu safar u qaytmaydi, — dedi o‘ziga.🎹

Va ilk bor u qo‘rqmadi.
Haqiqat bilan yuzma-yuz🎼

Chaeyoung san’at galereyasidan chiqib kelayotganida kimdir uning ismini aytdi.

— Chaeyoung....

U ortiga o‘girildi.
Bu — Taehyung.
Yomg‘ir ularni bir xil ho‘l qilgan edi.🌦

— Men ketmayman, — dedi Taehyung darhol.

Chaeyoung jim qoldi.

— Men seni tanlaganman, — davom etdi u. — O‘sha payt ham seni degandim, hozir ham seni deyman...

— Sevgi yashirilsa… qotib qoladi Tae... Keyinchalik esa u o‘lib qoladi, — dedi Chaeyoung.

— Bilaman. Shuning uchun bugun tiriltirish uchun keldim.

💞

Ular sekin Sena tomon yurishdi.
— Menga va’da berma, — dedi Chaeyoung. — Men va’dalardan charchadim.

— Unda hozirni tanlaylik, — dedi Taehyung. — Kelajakni emas. Faqat hozirni. Biz bir-birimiz uchun yaralganmiz sevgilim...💞

Chaeyoung to‘xtadi.

— Agar yana qo‘rqsang-chi? O'zgarib g'alati bo'lib qolsangchi?

— Unda ham men qolaman... Sen esa meni jazolaysan. Qochmayman. Endi umuman qochmayman men Chaeyoungim. Chunki bu safar yolg‘iz emasman. Sensizlik qiyin bo'lishini anglab yetdim.🩷

Chaeyoung ko‘zlarini yumdi. Bir tomchi yosh yomg‘irga qo‘shilib ketdi.

— Men ham aslida seni tark etib ketmaganman, Taehyung. Faqat seni kutishni to‘xtatgandim. Kelmaysan deb o'ylagandim. Hozir esa qarshimdasan...🥺

Ular bir-birini quchoqladi. Bu quchoq shovqinli emas edi. Ammo mustahkam. Keyin esa nigohlar bir biri bilan to'qnashdi. So'ng lablar qaynoq bo'salar taftidan bahramand bo'ldilar...💋

Bir hafta o‘tgach.
Campus hovlisida kichik konsert bo‘layotgandi.
Taehyung pianino chalardi.
Chaeyoung esa uning yonida turib qo'shiq kuylardi....
Musiqa va nola birlashdi.🎹🎼

Talabalar to‘xtab tomosha qilishardi, ammo bu sahna ular uchun emas edi. Bu ikki inson uchun edi.

❤️ “Ba’zan muhabbat yo‘qolmaydi. U faqat qayta tanlanishini kutadi.” ❤️