December 20, 2025

The Yellow Devil 💛😈

6-Qism Final 💫 | #Lee_Sara 🌬

Sara ko‘zini ochganda yorug‘lik xira edi. Boshida og‘riq. Quloqlari shang‘illardi. Birinchi eshitgani — nafasi edi. Yonida kimdir nafas olayotgandi.

— Sara… — dedi tanish ovoz.
Soyer.

U harakat qildi. Qo‘li qimir etdi. Soyer darrov uning yoniga egildi.

— Jim tur. Hammasi o‘tdi.

— Chaeyoung?.. — dedi Sara zo‘rg‘a.

— U Tirik. U yaxshi. Xavfsiz joyda.

Sara ko‘zlarini yumdi. Yuragi biroz tinchidi.

Zavod ichida politsiya chiroqlari yonib-o‘chardi. O‘sha odam yerda yotar edi. Qochaman deganida sirpanib yiqilgan.

Qurol qo‘lidan chiqib ketgan. Soyer uni urgan, ammo o‘ldirmagan. Faqat to‘xtatgan edi.... Hammasi shunday tugadi...

Chaeyoung Saraga yaqinlashdi. Ko‘zlari yosh.

— Seni yo‘qotaman deb qoʻrqib ketdim, — dedi u.❤️

Sara kulimsiradi, lekin chin.

— Hali seni tashlab ketmayman big boy.😊

*

Bir necha kun o‘tdi.

Sadon yana sokin edi. Uy derazalaridan yorug‘lik tushardi. Sara oshxonada choy damlayotgandi. Soyer stolga suyanib turardi. Oddiy kiyimda. Oddiy holat. Lekin yurakda tinchlik va qalblarda halovat bor edi.

— Endi qochmaysanmi? — dedi Soyer.

Sara bosh chayqadi.

— Yo‘q. O‘tmish tugadi. Men shu yerdaman.☺️

Soyer unga yaqinlashdi. Juda yaqin keldi. Qo‘lidan ushladi.

— Men ham.🤝

Ular jim turishdi. Gap kerak emas edi.

Sara oynaga qaradi. Dead eyes endi unchalik sovuq emas edi. Hali ham chuqur, lekin tirik va issiqroq taftga ega boʻldi.

Lablar esa shu onda toʻqnashdi. Boʻsa uzoq davom etdi...💋

— Yellow Devil o‘ldi, — dedi u past ovozda. — Lee Sara esa qoldi.👄

Soyer kuldi.

— Va men uni sevaman.👄

Sara boshini uning ko‘ksiga qo‘ydi. Tashqarida quyosh chiqayotgandi. Yangi kun edi. Yangi hayot. 🫂

Va bu safar — tinchlik.💫