CAMPUS COUPLE 💞 | #Lee_Sara 🌬
Chaeyoung ham xuddi shunday holatda edi. Parijdagi yotoqxonasida har kuni telefoniga termulib o‘tirar Taehyungdan biron bir xabar kelishini kutardi... ammo ekran qorong‘u edi.💭
— "Balki u meni unutayotgandir? balki Seulning shovqini mening ovozimni uning yodidan o‘chirgandir?" degan shubhali o‘ylar qizning qalbini kemirardi.❤️
Sog‘inchning rangi va ohangi
Taehyung oʻsha kechasi pianino klavishlarini shafqatsizlarcha bosardi...🎹
Uning musiqasi endi mayin emas balki isyonkor va og‘riqli chiqardi...
U xonadagi chiroqni o‘chirdi faqat derazadan tushayotgan oy nuri uning charchagan yuzini yoritib turardi u qog‘ozga oxirgi notani yozdi-yu qalamni chetga qoʻydi📝
— "Men senga yetib borishim uchun bu musiqaning o‘zi yetarli emas..." — pichirladi u barmog‘i bilan ko‘z yoshini artib🥲
Parijda esa Chaeyoung Taehyungning portretini tugatdi.
Rasmda Taehyung pianino oldida oʻtiribdi. Ammo uning atrofidagi bo‘shliq qora va kulrang bo‘yoqlar bilan to‘ldirilgan faqat yigitning qo‘llari yorqin rangda edi — go‘yo u hali ham dunyoni saqlab qolishga urinayotgandek...☔️
Chaeyoung bu rasmni ko‘rgazmaga qo‘yishga qaror qildi lekin muallif qismiga shunchaki "Yurakdagi sog‘inch" deb yozib qoʻydi...⚡️
Oradan yana bir hafta o‘tdi na xabar na qo‘ng‘iroq sukunat ular o‘rtasidagi masofani minglab kilometrdan ham uzoqlashtirgandek edi ⚡️
Taehyung endi darslarga ham kirmas faqat Parijga ketish imkoniyatini beruvchi hujjatlar bilan band edi uning yuzlari o‘yib olingandek, ko‘zlari ostida uyqusizlikdan qora halqalar paydo bo‘lgandi✨
Chaeyoung esa Parij ko‘chalarida yurganda har bir baland bo‘yli quloqchin taqqan yigitni Taehyung deb o‘ylab ortiga qarardi...🪐
Ammo har safar begona chehralarni ko‘rganda umidlari chil-chil bo‘lardi u o‘sha gilos gulining yaprog‘ini kaftiga qo‘yib unga qarab shivirladi:🌸
— Sen ham meni hozir o‘ylayapsanmi? Yoki biz haqiqatdan ham shunchaki o‘tkinchi ilhommidingiz?
Taehyung esa Seulda o‘sha sovuq musiqa zalida oxirgi qarorini qabul qildi. U hech kimga aytmasdan hatto do‘stlaridan ham yashirincha aeroportga chipta sotib oldi u qo‘ng‘iroq qilib, "Men boryapman" demadi u shunchaki borib uni topishni va o‘sha aytilmagan so‘zlarni yuzma-yuz aytishni xohladi.🪻
Lekin u hali Parijda uni nima kutayotganini Chaeyoungning u bilan gaplashishni xohlaydimi – yo‘qligini bilmasdi...🥀