February 3

CAMPUS COUPLE 💞 | #Lee_Sara 🌬

8-Qism 🍃 | FINAL ❤️

San’at orqali birlashuv” 🌒

Ba’zi muhabbatlar uchrashish uchun emas… abadiy qolish uchun yaratiladi.

🎨 PARIJ — KO‘RGAZMA ZALI

Parijning eski kampus binolaridan birida san’at ko‘rgazmasi ochilayotgan edi.🎨

Oqartirilgan devorlar, baland shift va jimjitlik. Bu joy shovqinnirmss — hislarni talab qilardi...🎖

Chaeyoung devor qarshisida turardi. Oldida — o‘zi chizgan eng so‘nggi asar.🎭

Rasmda:
— pianino oldida o‘tirgan yigit
yuzi to‘liq ko‘rinmagan rakursda chizilgan
atrofi bo‘shliqdan iborat
faqat qo‘llar yorug‘ rangda…🎹

Rasm nomi pastiga shunchaki shunday yozilgan edi: “Campus Couple”......... "🎹🎨San’at + sog‘inch❤️🤍

Chaeyoung yuragini bosib oldi. Bu rasm — Taehyung edi. Ammo u buni ovoz bilan aytmadi. Ba’zi haqiqatlar jim bo‘lishi kerak edi. San'atning ham sehri ana shunda...💘

🎹 O‘SHA PAYT — SEUL

Seul universitetida kechki payt. Kampus bo‘sh. Gilos gullari allaqachon to‘kilgan, lekin xotiralari qolgan.🌸

Taehyung ochiq maydondagi pianino oldida o‘tirardi. Oldida — nota qog‘ozlari.📄

U asarni nomlamagan edi. Faqat bitta so‘z yozilgan: “U uchun.”

Barmoqlari klavishlarga tegdi. Ohang asta boshlandi — sokin, chuqur, sog‘inch bilan.🎬

Bu musiqa:
aytilmagan so‘zlar
kechikkan qarorlar
va yo‘qotish qo‘rquvidan iborat edi.🎧

U pianinoni chalayotib pichirladi:
— Agar yetib bora olmasam ham… meni eshit.🎼

🌍 BIR VAQTDA — IKKI SHAHAR

Parijda — ko‘rgazma ochildi.
Aynan o‘sha daqiqada.
Seulda sekin musiqa yangradi.🎗

Chaeyoung birdan qotib qoldi. Bu ohang… u bilgan ohang edi.🎯

— Yo‘q… — dedi sekin. — Bu mumkin emas…🗣

Ammo musiqa rasmga mos tushardi. Go‘yo u shu rasm uchun yozilgandek.🫀

Ko‘rgazma markazida ekran paydo bo‘ldi. Unda yozuv chiqdi:
Musiqa muallifi: Kim Taehyung
Rasm muallifi: Park Chaeyoung
Asar nomi: CAMPUS COUPLE❤️

Chaeyoungning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Ular kelishmagan edi. Gaplashmagan edi. Ammo bir xil yurak urishini tanlagan edi.❤️‍🔥

🖤 SO‘NGGI SAHNA

Seulda Taehyung pianinoni tugatdi. Qo‘llari titradi.

— Endi bo‘ldi… — dedi u o‘ziga.🦋

Parijda Chaeyoung rasm qarshisida turib, ko‘zlarini yumdi.
— Men seni eshitdim… — dedi pichirlab.👥

Ular uchrashmadi. Qo‘l ushlashmadi. Ammo bir narsani bildilar: Ular bir-birini yo‘qotmadi.

Ba’zi muhabbatlar masofani yengmaydi. Ular undan yuqoriroqda turadi. San’at kabi. Musiqa kabi. Va… Campus Couple kabi. 💞