November 13, 2020

Kredit shartlari:

  • Кredit muddati – 36 оygacha;
  • Yillik foiz stavkasi
    Dastlabki to'lov summasi:
    30% bo'lganda - 23%;
    40% bo'lganda - 22%;
    50% bo'lganda - 21%.
  • Imtiyozli davr – 3 оygacha;
  • Dastlabki to'lov summasi - transport vositasining 30 %dan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Miqdori – shartnomada ko‘rsatilgan summa miqdorida;
  • Qo'shimcha shartlari – Daromadga ega 18 yoshdan oshgan, 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi;
  • Kredit mablagi hisobiga sotib olingan transport vositasi ta’minot sifatida garovga qo‘yilguniga qadar, dastlabki badal mablag’i bank filialida ochiladigan “AVTO jamg’arma” omonat hisob raqamida saqlanadi;
  • Kredit mablagi hisobiga sotib olingan transport vositasini boshqarish, foydalanish huquqi transport vositasi egasining yaqin qarindoshlaridan boshqa shaxslarga berish bank ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Kredit ta'minoti:

  • Kredit mablagi hisobiga sotib olinadigan transport vositasi;
  • Kredit mablagi hisobiga sotib olinadigan transport vositasi ta’minot sifatida garovga qo‘yilguniga qadar, moliyaviy jihatdan barqaror yuridik shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sug'urta qilinganligi bo‘yicha sug'urta polisi.
Kerakli hujjatlar:
  • Qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • Ish joyidan olingan daromadni tasdiqlaydigan, bеlgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma;
  • Ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bilan avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan tuzilgan shartnoma;
  • Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.

Avtokredit berish to'g'risida kredit shartnomasi:

https://nbu.uz/upload/docs/avtokredit-shartnoma.pdf

Aloqa uchun:

+998781480010

Izoh: Kredit O‘zbеkiston Rеspublikasida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olish uchun ajratiladi.