October 29, 2024

Yurak ritmi

Taehyung&Cheon-Sa

~~

Senga shunchalar o'rganib qolibmanki bir kun yonimda bo'lmasang yurak ritmimda nimadir yo'qolib qolgandek bo'layapti.

~~

Taehyung sahnada yarqirab turgan yulduz dunyoning eng mashhur qo'shiqchilaridan biri. U sahnada minglab odamlarni hayratga solganida uning haqiqiy hayotidagi sokinligini faqat bitta odam biladi uning yordamchisi Cheon-Sa

Kim Taehyung 28 yoshda. Yosh bo'lishiga qaramay mashhur qo'shiqchi. U pop qo'shiqlari aytsa ham sokin odam
Cheon-Sa 26yoshda har bir sanatkorning orqasida turadigan yordamchisi bo'lgani kabi u ham Taehyung ning yordamchisi. U Taehyung bilan 4yildan beri ishlaydi. O'zi quvnoq qiz ammo o'zini jiddiy tutadi

O'sha uzoq tungi mashg'ulotlardan birida Taehyungning tomog'i og'riydi Cheon-Sa unga issiq choy tayyorlab o'z qo'llari bilan unga uzatadi. Uning ko'zlarida yulduzlar kabi chaqnab turgan Taehyung Cheon-Sa tomon muloyim tikiladi.

Taehyung:Bilasizmi siz mendan ko'proq e'tiborga loyiqsiz) Taehyung shivirlab uning ko'zlariga o'ychan boqib.

Cheon-Sa: ertangi rejalaringiz haqida gaplashaylik) taehyung ning gapiga tushunmasdan savol berib uni chalg'itdi

Taehyung: hop mayli) kulib turgan yuzi mayus bo'lib qoldi

Cheon-Sa: ertaga birinchi studiyaga borish kerak keyin suratga tushish bularni 14:00gacha tugatish kerak so'ngra bo'shsiz ammo yarim tunda Ball bor ekan unga bormasangiz bo'lmaydi hamma mashhurlar taklif qilingan . Siz bormasangiz kibr degan gap so'zlar ko'payadi) planshetdan rejalarni ko'rib mayin va yoqimli ovozda gapiradi.

Taehyung: kim bormaydi dedi) choydan bir ho'plab

Cheon-Sa: hech kim ammo u yerga qiz do'sti bilan kelishi aytilgan ) qiz gapini tugatmasidan taehyung og'zidagi choyni tuflab yubordi.

Taehyung: Nimaa?) ko'zlari katta katta ochib Cheon-Sa ga qaradi. Cheon-Sa esa taklifnomani o'qiy boshladi

Hurmatli Kim Taehyung,

Ushbu maxsus oqshomda sizni o'zimizning noan’anaviy va sehrli Ball kechamizga taklif qilishdan mamnunmiz.

Bu tunning mavzusi sizga mo‘ljallangan, go'zal esdaliklar yaratish va betakror taassurotlar qoldirish uchun.

Sana: 15-dekabr, 2024

Vaqt: 22:00

Manzil: Seul Royal mehmonxonasi, Markaziy zal

Oltin yorug'likda yaratilgan ushbu ajoyib kechada sizni va sizning dilbar qiz do‘stingizni kutib olishdan faxrlanamiz. Elegant liboslar, sirli niqoblar va shivirlangan sirlar orasida birga bo‘lishingizni intizorlik bilan kutyapmiz.

Kelajakka burkanib kelgan bu kechamizda qo‘shilishni orziqib kutamiz. Sizni alohida mehmon sifatida kutib olish biz uchun katta sharaf.

Hurmat bilan

Ball Kechasining tashkilotchilari

Cheon-Sa: bormaysizmi?) planshetdan boshini ko'tarib Taehyung ga qaradi.

Taehyung: boraman bormasam bo'lmaydi boshqa ilojim yo'q. Menga qiz kerak ammo shu kunga qadar hech bir qiz bilan gaplashmaganman....) taehyung o'ylanib qoldi qiz bo'lsa unga qarab nimadir deyishini kutardi. Taehyung nimadirni eslagandek o'rnidan sakrab turdi va Cheon-Sa ga quvonib qarab

Taehyung: men o'ylab topdim... Sen men 4yildan beri yordamchimsan sen men gaplashgan yagona qizsan sen bilan boraman Ballga. ) qizga kulib qarab gapirdi va undan javob kutgandek ko'zlariga qarab turdi

Pov Cheon-Sa

Nima bo'layapti hozir men anglolmayapman qanday qilib men Kim Taehyung bilan Ballga boraman. Nima u yerda nima bo'ladi. Yo'q men nega buni o'ylayapman men u bilan bormayman

Taehyung: bu taklif emas buyruq..) javob kelmagach jiddiy gapirdi

Cheon-Sa: ammo..) gapini tugatmasidan lablarida muzdek barmoqni his qildi

Taehyung: jim men gapimni ikki marota aytmayman) qizning lablariga ko'rsatkich barmog'ini qo'yib . Shundan so'ng mashg'ulotlar zalidan chiqib ketdi. Cheon-Sa bo'lgan voqealarni anglolmay turgan joyida qotib qoldi.

~~

Shahar manzarasini balandlikdan ko‘rsatib turuvchi Seul Royal mehmonxonasining Markaziy zali o‘zining misli ko‘rilmagan ziyofat kechasiga tayyor edi. Oltin va kumush rangdagi yoqimli yorug‘liklar ufurib, zalni chiroy va hashamatga to‘ldirgan edi. Zalning devorlari antik uslubda bo‘lid devor qoplamalariga qimmatbaho toshlar va oltin naqshlar ishlangan kristall lyustralar esa misli ko‘rilmagan yaltirash bilan zaldagi har bir ishtirokchiga o‘ziga xos yorug‘lik beradi. Bu sokin shovqinli zalga kirgan mehmonlarning har bir qadami marosimning ohangdor kuylariga uyg‘unlashib ketar edi.

Kiraverish eshigi oldida, oq va qora ranglar uyg‘unligida kiyingan xizmatkorlar mehmonlarni kutib olardi. Ularning har bir qadamida nozik egilib salom berish mehmonlarga hushtakchalar bilan ichimliklar taklif qilish alohida e’tibor va nafislik hissini uyg‘otardi. Mehmonlar nafaqat xizmatkorlarning orasta kiyimlariga, balki zalning ko‘rkamligiga ham mahliyo bo‘lib qarashardi.

Mehmonxona eshigi tagida birinchi ketim qimmatbaho mashinalar to'xtar undan har xil nafis chiroyli va takrorlanmas liboslar kiygan qo'shiqchilar aktyorlar mashhurlar rafiqalari yoki qiz do'stlari bilan ajoyib tarzda ko'rinishar va mehmonxonaga kirib ketishardi. Mehmonxona oldi muhbilar bilan to'lgan ular tinmay rasmga olishar u yer shu qadar yorug'ligidan tun yoki kun ekanligini anglash qiyin. Mana yana bir mashina mehmonxona eshigi tagida to'xtadi. Hamma birdan jimib qoldi. Mashina biroz to'xtab turdi so'ngra uning orqa eshigi ochilib huddi shahzodalar kabi kiyingan Taehyung paydo bo'ldi. Jimjitlik birdan shovqinga aylandi suratga olishdan to'xtagan kameralar hammasi taehyung ni suratga olishardi. Kameralar Taehyung ga qaratilgan u sekin mashinaning orqa tomonidan aylanib orqa eshik yonida to'xtadi qo'lini mashina tutqichiga qo'ydiyu ataylab biroz to'xtab turdi. Va nihoyat eshikni ochdi va shahzodalardek tazim qildi va qo'lini uzatdi. Uning qo'lini nozik oppoq qo'lqop kiygan qo'llar tutdi. So'ngra o'zi ham mashinadan tushdi. Cheon-Sa nafis oq rangli ko‘ylakda yenglari shaffof etaklari ipaklardan tikilgan va har bir qadamida yengilgina silkinib ko‘zlarni tortardi. Ko‘ylakning orqa qismini bezab turgan miniatyura kristallar yengil porlar bu Cheon-Sani qandaydir nafosatga va malika obraziga keltirardi. Ular takrorlanmas uslubda ko'rinish berib mehmonxonaga kirib ketishdi.

Taehyung va Cheon-Sa zaldan o‘tib yo‘l bo‘ylab boshqa mehmonlarga bosh irg‘ab salomlashib asta-sekin markaziy maydonga yetib kelishdi.Taehyung unga iliq tabassum bilan qarab qo‘lini taklif qilganida Cheon-Sa uning qo‘lini nozik tutib sekin qadam tashladi. Bu joyda ularni tanish ohanglar klassik musiqa va atrofga yoyilgan gul hidlari kutib oldi. Musiqaning yoqimli ohangi maxsus orkestr tomonidan ijro etilgan vals navolari Taehyung va Cheon-Sani boshqa o‘ylardan chalg‘itib go‘yo faqat ularning dunyosiga aylangandek edi. Taehyung Cheon-Saga bosh irg‘ab unga o‘zining dastlabki qadamlarini ko‘rsatdi va qo‘lini unga cho‘zdi.Cheon-Sa Taehyungning qo‘lini yengil tutib, bir necha qadam tashladi. Uning yurishida ham nafislik va xotirjamlik sezilar edi.

Taehyung: yaxshi o'ynayapmiz menimcha) jilmayib qizning qulog'i oldiga biroz egilib pichirlab

Cheon-Sa: rejalarni bekor qilib faqat tayyorlangandan keyin nima bo'lsin) unga muloyim kulib boqib biroz oyog'i uchida turib taehyung ning qulog'iga pichirlab

Taehyung: ha men nafislikni va takrorlanmaslikni xohlayman) 32tishini ko'rsatib jilmaydi. Cheon-Sa uning oyog'ini ataylab bosib oldi.

Taehyung: axx ataylab qildingmi?) yuzi burishib

Cheon-Sa: yo'q men hech qachon valsga tushmaganman va nafis harakat qilolmayman) o'zini begunohdek tutib ammo ichi kulardi.

Taehyung: mayli lekin atayin qilding) yana boshini biroz egib qizning quloqlari tagida pichirladi. Raqs tugagach zalda olishlar yangradi. Cheon-Sa va Taehyung soxta sevishganlar bo'lishsa ham rollarini zo'r o'ynashgan edi. Buni atrofdagi ular haqidagi suhbatlardan anglash mumkin edi. Bir tarafdan "ular chiroyli juftlik" bir tarafdan "ular go'yo bir biri uchun yaratilgandek" hatto bunday gaplar ham eshtilardi "qachon to'y qilashar ekan" "Kim Taehyung hammani hayron qoldirdi sevgan qizi bilan bunday ko'rinish berishini hech kimning hayoliga ham kelmagandi" "ular 4yildan beri birga ekanmi?" butun zal ular haqida gapirardi. Taehyung va Cheon-Sa birga suhbatlashib tabassum qilib rollarini o'ynashda davom etishardi. Kimdir ularning yoniga kelsa Taehyung qo'llarini Cheon-Sa ning belidan o'tkazib o'zi tomonga tortib olardi. Va nihoyat ball tugadi. Zaldan asta sekin mehmonlar chiqa boshlashdi. Taehyung va Cheon-Sa so'ngida chiqib ketishdi.

~~

Oradan kunlar o'tdi Cheon-Sa 1oyga dam oldi. Cheon-Sa Taehyungning har bir konserti oldidan unga tayyorgarlik ko'rib juda ko'p mas'uliyatli vazifalarni bajarardi. Ammo bu konsertda u taehyung ning yonida yo'q. Taehyung sahnada o‘z qo‘shiqlaridan birini kuylab turib birdan tinchlanib qoldi.Bir muddat ko‘zlarini yumadi va ko‘ngli qandaydir boshqacha yangi bir ritmni his qiladi. Konsert tugagach Taehyung uyida xonasida yotarkan ko'zi ga uyqu kelmasdi. Hali ham usha Yangi ritmni o'ylardi. O'sha kecha uhlamay bu ritm haqida o'ylab " the lost rhythm of my heart" qo'shig'ini yozib chiqdi.

~~

Mana bugun Cheon-Sa yana o'z ishiga qaytdi. Taehyung ancha xayolkash bo'lib qolgan. Ammo negadir Cheon-Sa ni ko'rib huzur topgandek bo'ldi. Kunlar bir birini quvib o'tarkan Taehyung ni tobora o'sha ritm chalg'itardi Cheon-Sa yonida bo'lganda esa yuragi yoqolga ritm o'z joyiga tushgandek bo'lar yurak urishi normallashardi.

Bugun Taehyungning yana bir konserti. Bu so'ngi qo'shiq va bu qo'shiqni birinchi bor konsertda kuylamoqchi. Qo'shiq boshlanishidan avval sahna ortidan Cheon-Sani qo'lidan sudirab sahnaga olib chiqdi. So'ngra uning qarshisiga turib qo'shiqni kuylay boshladi. Ko'zlari unga kulib boqardi. Cheon-Sa nima bo'layotganini anglolmay unga qarab turardi. Taehyung ning muhlislari bo'lsa yanada shovqinliroq qo'llab quvvatlashardi. Qo‘shiq o‘zining ichki kechinmalari yuragidagi tuyg‘ular sirli bir ritmga mos keladigan so‘zlar bilan to‘la edi. Barcha muxlislari bu qo'shiqning kimga bag‘ishlanganini bilmas edi lekin Cheon-Sa bu so'zlarning yuragining chuquriga yetib borayotganini his qiladi. Taehyung qo'shiqni tugatdi mikrofonni qo'liga olib Cheon-Saning yoniga asta sekin yurib kelib undan ko'zlarini uzmay Tabassum qilib bir tizzasini yerga bo'yib o'tirdi boshini ko'tarib Cheon-Saga qarab mayin Tabassum qilib orqa cho'ntagidan kichkina qutuchani chiqarib. Bir qo'lida qutini ochib ushlab turar ikkinchi qo'lida mikrofonni ushlab Tabassum qilib ko'zlarini Cheon-Sa dan uzmasdan gapira boshladi.

Taehyung: Bilasanmi sen bilan shuncha yil birga bo'libmanki senga shu qadar o'rganib qolganimni sezmapman. Sen yonimda bo'lmagan vaqting yuragimda ritmi o'zgaryapti go'yo bir ritm yo'qolgandek. Sen yonimda bo'lsang o'sha yo'qolgan ritm o'z joyiga qaytayapti." the lost rhythm of my heart" qo'shig'ini sen yo'q vaqting o'sha yo'qolgan ritmga atab yozdim. Men yana bir narsani tushunib yetdimki sen seni sevaman. Yuragimning yo'qolgan ritmi sen eding. Men bu ritmni boshqa yo'qotishni xohlamayman. Mening yuragimning bir bo'lagi, hayotimning abadiy ritmi bo'lishga rozimisan?) ko'zlari kulib shu yurakdan his tuygʻularga boy so'zlarni aytarkan sabri chidamay Cheon-Sada javob kutardi. Muhlislar bo'lsa yanada balandroq shovqin qilishardi.

Cheon-Sa: haa...) ko'zlari yoshga to'lgan zo'rg'a ushlab turgan holda boshini irg'ib javob berdi. Taehyung Cheon-Sa ning qo'lidan asta ushlab uzukni barmog'iga taqdi. O'rnidan turib Cheon-Sani qattiq quchib qo'lidagi mikrofonni og'ziga yaqin olib kelib bor ovozi bilan baqirdi.

Author

Bu ularning hikoyasining yakuni emasdi. Bu faqat boshlanish edi . Taehyung va Cheon-Sa hayotlari davomida yuraklaridagi o‘sha ritmda birga yashashni boshlaydilar. Bu ritm ularni bir umr birlashtirib turadigan sevgi sirli va o‘ziga xos ritm edi.

The end!

Axx tugatim vanihoyat. Ball qanaqa bolishini bilmiman bir amalab yozdim. Yoqadi digan umiddaman. Fikr va reak kutaman.