October 22, 2024

Qo'limdan tut

Kim Taehyung & Moon Kyonso

~~

Birinchi sevgi ushalmaydi deyishadi ammo biz usha kam sonli sevishganlardanmiz!

~~

Xonaga tushgan quyosh nuri mazza qilib uhlayotgan qizning turishiga sabab bo'ldi. Qiz ko'zlarini ishqalab g'inshib turar ekan zo'rg'a ochilayotgan ko'zlari soatga tushim moshdek ochilib ketdi.

Kyonso: yo hudo soat 7:30 bo'libdiku) urtidan sakrab turib yuvinish xonasiga kirib keldi. U yerda chiqib maktab formasini kiyib sumkasini bir yelkasiga tashlab xonadan otilib chiqdi zinalardan tez tez tushib endi chiqib uyda chiqib ketqochib bo'lganda oshxonadan kelgan ovoz uni joyida to'xtadi.

— Nonushta qilmaysanmi) Choy damlayotgan buvisi

Kyonso: yo'q buvijon kech qolayapman ) buvisining yoniga kelib orqasidan qattiq quchib so'ngra yuzidan o'pib qo'ydi.

— Och yurmagin bergan pulimga nimadir olib yeb ol) eshik yonida oyoq kiyimini kiyayotgan qizga

Kyonso: hop buvijon xayr sizi yaxshi ko'raman) dediyu uydan chiqib ketdi

Moon Kyonso 18 Yoshda. Onasi 8 yoshligida tashlab ketgan. Otasi 10yoshida shaharda ishlashga ketgani bo'yicha Hali biror martta yo'qlamadi. Kyonso buvisi bilan yashaydi. Juda beg'ubor qiz

Ko'chalar Juda chiroyli. Hozir kuzning o'rtasi yomg'ir tez tez yog'ayapti ammo bugun havo ochiq quyosh nurlarini sochib turipti. Men shoshilib maktabga yetib keldi ammo shuncha yurugurganim befoyda kech qolibman. Sinf xonasiga kirdim ustozdan yaxshigina gap eshitdim. Joyimga o'tirishim bilan dugonam savol berdi

— Yana yarim tungacha anime ko'rib chiqdingmi?) Kitob bilan boshini berkitib pichirlab so'radi.

Kyonso: ha senga nima ) u ham pichirlab. Kyonso gapirgan vaqt ustozini ko'zi tushib qoldi va

—Kyonso keyingi misolni Sen ishla ) dedi jilmayib. kyonso zo'rg'a o'rnidan turib o'rtog'iga huddi seni deb bo'ldi degandek o'qrayib qo'yib doskaga chiqdi. Tabiyki misolni ishlay olmadi Kyonso umuman o'qimasdi. Fikru hayol animeda. Dars shu tariqa o'tdi. Maktabdan shoshilb chiqdi chunki bugun buvisi bilan birga ovaqat tayyorlashmoqchi edi. Kyonso maktab kalidoridan yugurib ketarkan qo'lda quti ushlab ketayotgan bolaga urilib ketdi. Quti yerga tushdi ichidagi qog'ozlar yerga sochilib ketdi. Kyonso tezda o'tirib qog'ozlarni yig'ishga tushib ketdi. Yig'ish bilan birga uzur ham so'rardi

Kyonso: ming bor uzur men shoshilayotgandim) hatto bolaga ham qaramay. Kyonso bola uning qarshisiga o'tirganini his qildi ammo Hali ham yuziga qaramadi apil tapil qog'ozlarni yig'ardi shunda bola kyonso ni qo'lidani qog'ozlarni ushladi va kyonso harakatda to'xtab vanihoyat bolaga qaradi

— bo'ldi o'zim yig'ib olaman shoshayotgan bo'lsang Moon Kyonso..) qizning kiymidagi ismi yozilgan yorliqni o'qib. So'ngra qizga qaradi. Shu payt ikkisi ham bir biriga qarab qolishdi. Go'yo vaqt to'xtab qolgandek. Ko'zlar bir birga qarab bir necha so niya shu holda turishdi va buni Kyonso buzdi.

Kyonso: hop bo'pti uzur so'rayman atayin qilmadim Kim..) O'rnidan turib tazim qilib uzur so'radi va so'ngida bolaning yorlig'iga qarab faqat familyasi o'qiy oldi chunki yorig'i qiyshayish qolgan va ismi ko'rinmayotgan edi

Tae: Kim Taehyung ) yorilig'ini to'g'irlab qo'yib

Kyonso: ha Kim Taehyung uzur endi men ketishim kerak xayr) dediyu yana yugurib ketdi.

Kim Taehyung 18 yoshda. Ota onasi Chet elda bir o'zi yolg'iz yashaydi. Boy oila farzandi. Juda aqli va maktabda mashhur hamma qizlar uni ortidan yugurib yurishadi.

POV Taehyung

U juda go'zal . Ko'zlari qahvarang ko'zlari ular ga cho'kib ketgandekman go'yo. Nega men u haqida o'ylapman shu kungacha hech qaysi qiz haqida o'ylamaganman. Nega bu qiz boshqalarga o'xshamaydi. Unda qandaydir iliqlik bor

~~

Kunlar kunlarni quvib o'tardi. U kunlar ichida Taehyungning Kyonso bo'lgan qiziqishi ortib borardi. Kyonso darsda nimadirlar chizib o'tirardi birdan ruchkasi yerga tushib ketdi. Ruchkani egilib olarkan ko'zi parta tagidagi buklangan qog'ozga tushdi. Sekin yon atrofga qarab qog'ozni parta tagidan olib ichidagi so'zlarni ichida o'qidi

Qog'ozda

Usha kun Sen bilan to'qnashib ketgan kunimiz usha kundan hozirga qadar hayollarimga o'rnashib qolding. Usha kundan beri xayolkash bo'lib qoldim. Shu kunga qadar hech bir qiz menda qiziqish uyg'otmagan ammo sen hech kimga o'xshamaysan. Yuragim usha kundan buyon betartib urmoqda. Seni sevib qoldim. Kel uchrashamiz.

Seni ishqingda xayolkash bo'lgan

Kim Taehyung

POV Kyonso

Nima? Bu usha Taehyung mi? Ammo nega aynan men? To'g'ri u chiroyli bola hamma kabi menga ham yoqadi ko'zlari ham chiroyli ammo... Nega men?

Dars tugadi sinf xonasidan chiqar ekan qarshisida Taehyung turipti. Birdan qizarib ketdi. Yuragi Juda tez urardi. Hayolida ming savol "hozir nima bo'ladi?" "Nega u bu yerda? " " menga nimadir demoqchimi? " hayollar bilan alanglab turarkan Taehyung gapirdi

Tae: maktab tashqarisida gaplashib olaylik seni darvoza oldida kutaman) hech bir emotsiyasiz tez tez gapirdi

Kyonso: mayli) u ham tez javob qaytardi. Taehyung bundan biroz hayron bo'lib boshini silkib qo'ydi.

POV Kyonso

Axx ahmoq Kyonso nega tez javob berding o'lib turgan ekan deb o'ylaydi edi. Tashqarida nima demoqchi?) Yana hayollar bilan bilgan barcha qarg'ishlari bilan o'zini o'zi qarg'ib maktabdan tashqariga chiqganini ham sezmay qoldi. Taehyung uni darvoza oldida kutib turardi. Kyonso sekin u tomon mayda qadamlar tashlab bordi va to'xtadi . Sukunat bir zum hukumronlik qildi. So'ngra ikkalasi birdan gapirdi

Kyonso: darslar yaxshi o'tdimi? Tae: qog'ozni o'qidingmi?) Ikkisi ham qizarib ketdi bir birini yuziga qaray olmay yerga qarab turardi. Biroz sukunatdan so'ng yana birga javob Berkshire

Kyonso: ha Tae: yaxshi) endi esa bir biriga qarab kulib yuborishdi. Biroz kulgudan so'ng Tae yana savol berdi

Tae: javobing nima?) Ko'zlariga tikilib

Kyonso: mana bu yerda javob) deya qo'liga parta tagidan topgan qog'ozini tutqazib u yerdan ketib qoldi. Kyonso ketishi bilan Taehyung qog'ozni ochib ko'rdi u yerga "roziman" deb yozilgandi. Taehyung birdan xursand bo'lib ketdi 32 tishi ko'rsatib tabassum qilardi yonidan bir qiz o'tib ketdi. Tezda o'zini yig'ib oldi. O'tib ketgan qiz Kyonso ning dugonasi edi uni tezda tanib ortidan yugurdi

Tae: hoy to'xta) baqirib. Qiz joyida to'xtab ortiga qaradi. Taehyung uning yoniga yetib kelib to'xtadi

Tae: Sen Kyonso ning dugonasisana) hansirab

— ha nemedi) bir qo'shini ko'tarib

Tae: unga nimalar yoqadi?) Ancha nafas rostab olib

— nega? U senga yoqadimi?) Savol ohangda

Tae: ha shunchaki nimalarni yoqtirishini ayt) qo'polroq gapirdi

— unga faqat 2ta narsa yoqadi Sukuna Ryomen va Uzui Tengen) hotirjam gapirdi

Tae: bu o'g'il bolalar ismi shakl nima uni yoqtirgan yigiti bormi?) Havotirli ohangda

— yigiti deb bo'lmaydiku ammo ularni eridek ko'radi) Juda hotirjam gapirardi Taehyung bo'sa asabi buzilardi buni hatto yuzidan ham anglash mumkin edi

Tae: nima eri..?) Qiziqish va biroz jahil ohangda

— ha ular anime qahramonlari unga anime ko'rish rosa yoqadi) u ichida mazza qilib kulardi Taehyungning yuzi kulgili edida

Tae: ha animemi..) Birdan asabi bosildi

Tanishtirib ketili bu Uzui Tengen
Bunisi bosa Sukuna Ryomen . Meni erim Satoru Gojo deb o'zimiyam tiqib keti.

Taehyung va Kyonso ancha chiqishib ketishdi. Kyonso va Taehyungni sevib qoldi. Bir bir Taehyung Kyonso ni uyiga kuzatib qo'yardi. Ammo bugun ular o'rmonga borishdi Kyonsoga o'rmon Juda yoqadi. Ular g'ulxan yonida o'tirishardi har xil mavzuda gaplashishdi gap ota ona haqida ketganda Kyonsoning ko'ziga yosh to'lib kelganini tezda payqagan Taehyung mavzuni boshqayoqa burdi.

Taehyung: orzularing bormi?) Muliyim qizning ko'zlariga tikilib

Kyonso: o'ylab ko'rishim kerak.. Ha bor bitta) g'ulxanga qarab davom etdi.

Kyonso: osmon ostidagi kinoteater haqida eshitganmisiz?) Ko'zlarini g'ulxandan olib Taehyung ga qaradi

Tae: ha ) yana ko'zlar bir biriga tushdi go'yo vaqt to'xtadi g'ulxandan chiqayotgan shoxlarning olovda yonayotgan ovozi ham kelmay qoldi. 1daqiqa bir birga tikilgan ko'zlari yana Kyonso tomonidan uzuldi

Kyonso: sizdachi?) Uylib ko'zini boshqa joyga oldi

Tae: menda ham bitta orzu bor) tabassum qilib

Kyonso: ho'sh?) Qiziqib

Tae: seni orzuyingni amalga oshirish) endi Kyonso ga tabassum qilib qaradi

Kyonso: ha endi ketamizmi?) Unga nima deyishni bilmay

Tae: mayli) o'rnidan turib

~~

1yildan so'ng

Kyonso buvisi bilan gaplashib o'tirarkan eshik taqiladi. Ochib qarasa eshik tagida bir kanver yotardi uni olib yon atrofga qaradi hech Kim yo'q. Qaytib uyga kirdi. O'tirib kanverni ochdi u yerda she'r va 2 ta gap bor edi.

-Qo'limdan tut, ketaylik birga,

-Hayotimiz yangitdan boshlab

-Sevgi to'la yuraklar birga

-Yarataylik yangi sahifa

-Qo'limdan tut , ketaylik birga

-Sog'inchlar iziga, yurakda mehr,

-Yurakdan chiqarib, sevinchni ulab,

-Bir-birimiz uchun, umidlar bilan

-Qo'limdan tut, ketaylik birga

-Sen bilan birga, har dam go'zaldir

-O'tgan kunlarimiz birga xotirlab

-Go'zal kelajakga qadamlar tashlab

-Qo'limdan tut, ketaylik birga

-Shodlik g'amni baham ko'raylik

-Hayotimning ma'nosi o'zing

-Uzoqlarga ketaylik birga

Tashqariga chiq. Sen sog'indim

Kyonso she'rni o'qirkan yuzida tabassum paydo bo'lgandi. Xatning so'ngini o'qib tezda tashqariga chiqdi. Tashqarida huddi usha Kyonso tahmin qilgan odam turardi. Unga qarab jilmayib bag'riga otildi.

Kyonso: nega qolib ketding seni sog'indimku. Atigi 5oyga degan 7oy yo'q bo'lib ketding. Ota onang yaxshi ekanmi o'zing yaxshimisan?) Allaqachon qizning ko'zlari yoshlangandi

Tae: nega buncha ko'p savol berasa. Hamma savolinga sovg'amni bergandan so'ng javob beraman qani ketdik) bag'ridan chiqarib ko'z yoshlarini qo'llari bilan artib so'ngra qo'lidan ushlab qayergadir yurib ketdi.

POV Kyonso

U meni qo'limdan tortib qayergadir sudirardi. Yo'l tanish ha bu yo'l o'rmonga olib boradi. O'rmonga yaqinlasharkanmiz chiroqlarni uzoqdan ko'rdim. Vanihoyat manzilga yetib keldik. Ko'zlarimga ishonolmasdim. Men uchun osmon ostida kinoteater tashkil qilibti va hamma yoq kichik chiroqlar bilan bezatilgan. Bu huddi ertaklardagidek. Qo'limni Hali ham qo'yib yubormasdi men g'ulxan yonidagi stulga o'tirganimdan so'ng qo'llarimni qo'yib yubordi. Meni endi Taehyung ga gapirmoqchi bo'lganimda

Kyonso: Tae...) Og'zimga popcorn solib qo'ydi

Taehyung: gapirga kino boshlandi) tabassum qilib

Kinoni tomosha qilarkanmiz men juda xursand edim meni orzuyim amalga oshgandi. Kinoni berilib ko'rardim Taehyung gapirdi

Tae : Qo'limdan tut) men qarab qo'ling ber degandek ishora qildi yuzida tabassum. Men unga qo'limni berdin. So'ngra u ikkinchi qo'lida berkitib turgan uzukni chiqardi

Tae: abadiy meni qo'limni tutishga rozimisan?) Qatiy va jiddiy gapirdi

Kyonso: roziman) ko'zlarim yoshlandi birdan bo'layotgan vaziyatni aglolmadim . U qo'limga muzdek uzukni taqdi va qo'lari bilan qo'limni qattiq ushladi.

The end!

Mana yana bitta faol obunachimiz uchun ff reaksiya. Yoqadi digan umiddman.