Sening aybing
Sevmoqni xohlayman, chin dildan unga bog'lanishni istayman, lekin ichimdagi bo'shliq bunga yo'l bermaydi. Go'yo qalbim faqat men sezadigan begona dardga banddek.
Mana turmush qurganimizga 1yil bo'libdi hamki seni menga kulib boqganingni ko'rmadim. Menga quvonib gapirganingni quvonchli ovozingni eshitmadim. Sen bilan bir marotaba bo'lsa ham samimiy gaplashmadim. Sening ko'zlaringga qarashga ham qo'rqdim faqatgina uhlaganingda senga soatlab termulib o'tira oldin holos. Sen bilan bir stolda o'tirib tuzukroq ovqatlanmadim. Men bu uyga kelganimdan buyon bir o'zim yolg'iz nonushta qildim , tushlik qildim. Kechki ovqatga goh kelarding goh yo'q kelsang ham 1stakan suv ichib "och emasman" deb turib ketarding. Bu uyda o'zimni yolg'iz his qildim har kun. Har doim uzoq gapirsam ham qisqa gapirsam ham sendan bir so'zdan iborat javob oldim. Faqat menga shundaymisan yoki fe'ling shundaymi deb kun bo'yi o'ylab yurdim. Hatto bu o'ylar kechasi ham meni tinch qo'ymasdi gohida. Oxirgi kunlar o'zimdan ayb izlashga tushdim. Xonamda o'ylar ila yolg'iz qolganimda "mendamikan ayb" "men nima qildim uni bunday bo'lib qolishiga sabab bo'ladigan" degan savollar miyyamni egallab oldi. Negadir seni ko'rganimda o'zimni aybdordek his qiladigan bo'lib qoldim garchi aybim bo'lmasada. Odamlar shunday o'zi kimdirni g'amgin ko'rganda boshida oddiy holdek qaraydi bu uzoqroqqa cho'zilsa o'zida aybdorlik hissi paydo bo'ladi muddat uzaygani sayin aybdorlik hissi ham ortib boradi. Sen bilan huddi shunday Yoongi . Bir bor atigi bir bor sen bilan yurakdan suhbat qurishni xohlardim. Ammo men senga gapira olmaydigan darajada qo'raman. Sen bo'lsa menga hech qachon gapirmaysan yoki bu tushlarimda bo'ladi. Erta tongdan menga hatto ko'rinmay ishga ketasan kun bo'yi bir martta bo'lsa ham qo'ng'iroq qilmaysan. Huddi atayin qilgandek meni uhlashimni kutib keyin uyga qaytasan ammo men uhlamagan bo'laman oldimga kirganingni doim sezib yotaman . Ba'zi hollarda uyga vohli qaytganingda ichimga sig'may ketaman ammo bu uzoqga cho'zilmaydi kelishingdan ketishini tez seni. Shu ketishda uyga yarim tunda qaytasan unda ham mast holda. Menga ayt nimadan buncha hafasan nega bunchalik g'amginsan. Mendan biror ayb o'tgan bo'sa ayt unga izoh beray.
Qiz yarim tunda qarshisidan kuzlari yumuq bo'lsa ham chiroyli ekanligi bilinib turadigan sochlari biroz uzunroq. Uxlaganda yuvosh mushukcha ammo uyg'oq payti sher kabi o'kiradigan eriga termulib o'tirardi. Shu holatda 1 soatcha o'tirdi so'ngra eri uyg'onib ketmasligi uchun sekin asta harakat qilib divanga yotib shiftga qarab yana o'sha hayollarni o'ylab yotarkan ko'zi ilinib uhlab qoldi.
Ertalab tong salqin havoda mayin shabadalar bilan uyg'onadi. Quyoshning ilk nurlari osmonni oltin rangga bo'yab atrofni iliq yorug'likka to'ldiradi. Uzoq ufqda sokin sukunat hukm surayotgan mahal yengil tumandek turgan shaffof havodan taralayotgan namlik shamolda tarqaladi. Qushlarning mayin sayrog'i bilan uyg'onayotgan tabiat o'zining sokinlik va osoyishtalik manzarasini yaratadi.Tong nurlari daraxtlarning yashil barglari orasidan o'tib Sieuni uxlayotgan xona derazasidan kirib butun xonani yoritardi. Ko'zini ishqalab g'inshib yotgan joyidan teskari tomonga o'girildi va divanni bir qo'li bilan paypaslab chiqdi so'ngra shiftga qarab yotib ikki qo'lini peshonasiga qo'yib yengir ho'rsinib qo'ydi.
— nima uni ketmagan deb o'ylaganmiding? Ammo har kuni bu meni odatim bo'lib qoldiku... Balki bugun uni ko'rgani borarman.. - biroz shiftga qarab o'ylanib yotdida so'ngra yotoqdan turib hamomga kirib ketdi.
Yoongi ish xonasida har bir klavishni tez va keskin bosayotganida Sieun qo'lida chiroyli o‘ralgan idishlarda ovqat ko‘tarib kirib keldi. Sieunning kutilmagan tashrifi xonaga xushbo‘y hid olib kirgan bo‘lsa ham Yoongiga bu butunlay yoqmadi. U avvaliga bir zum taajjublanib keyin esa yuz ifodasini yanada qat'iyroq qilib tikilib qoldi.
— Bu yerga nima sababdan kelding Sieuni? Ish vaqti ekanligini bilardingku - past ammo keskin ovozda. Sieun esa yengil tabassum qildi unga bu ish kichik bir sevgi ifodasi bo‘lib tuyuldi
— Senga yoqadigan taomlarni tayyorlab keldim tushlik qilsak deya... Sen charchagansan deb o'ylab - Yoongi esa o‘tirgan joyidan turdi lablarini tishlab bir zum jim qoldi. U Sieunga shunday qaradiki go‘yo barcha alam va charchog‘ini chiqargisi bor edi. Nihoyat, u gap boshladi
— Men... charchagan bo‘lsam ovqat uchun emas, tinchlik uchun charchagandirman Sieun! Bu yerga kelishingga hech qanday sabab yo‘q edi. Sen bilan uyda ko‘rishsam yetarli emasmi?!-Sieunning yuzi oqarib qo‘lidagi idishlarni mahkam qisdi. Uning ko‘zlarida bir lahza hayrat va og‘riq uchqunlari paydo bo‘ldi.
— Yoongi men seni bir oz xursand qilishni xohlab kelgandim. Sen... - deb pichirladi u ovozi titragan holda. Yoongi idishlarga qo‘li bilan ishora qilib ularni Sieunning qo‘lidan keskin tortib oldi va yon tomoniga uloqtirdi. Ovqatlar polga to‘kilib parchalanib ketdi.
— Men sendan ovqatlar bilan xursand qilishni so‘radimmi? Menga bu arzimas ovqat kerak emas!- uning so‘zlari misoli o‘tkir tig‘dek Sieunning qalbini teshib o‘tdi. Sieunning ko‘z yoshlari asta yuzidan oqib tushdi. Bu so‘zlar uning yuragini sindirib yubordi. U nafaqat Yoongiga ovqat keltirgan balki o‘z sevgisini mehrini va unga bo‘lgan g‘amxo‘rligini ko‘rsatishga intilgandi.
— Ke… kechirasan - deya uning ovozi butunlay sinib shivirlagandek chiqdida orqasiga o‘girilib chiqib ketdi.
Yoongi esa chuqur nafas olib unga qarab qoldi. Sieunning orqasida to‘kilib yotgan taomlar uning bu qilmishini aks ettirib turgandek edi. Ammo endi hech narsa o‘zgartirib bo‘lmas bu daqiqalar ortda qolgan edi.
Mana soat 12 bo'ldi hamki Yoongi hali ham uyga kelmadi. Bu voqealardan so'ng kech kelishi aniq edi. Sieun uxlashga yotganiga yarim soat bo'lganida hamki xonaga kimdir kirdi. Sieun ko'zlari yumib o'zini uhlaganga soldi. Kirgan odam chiroqlarni ham yoqmadi kirishi bilan Sieunning yoniga asta kelib divanga suyangan holda polga o'tirdi. Sieun u odamga qarama qarshi yotardi. Hayollarida u kim ekanligini tahmin qilgandi. U odam gapirishni boshladi. Ha.. Sieunning tahminlari to'g'ri edi. Bu Yoongi edi..
— Bilasanmi Sieun...Senga qaraganimda yuragimda bir narsa uyg'onadi go'yo ko'zlaringda yashirin sirlarni qidirayotganimda o'zimni yo'qotib qo'yayotgandekman. Sening yaqiningda bo'lish har bir nafasda sening hidini his qilish biroq yuragim jim. Buni anglab, har bir qadamda ichimdagi bo'shliqni his etaman. Senga intilishim qanchalik kuchli bo'lmasin ichimdagi devor tuzilmalarimni buzishga qalbimni ochishga imkon bermaydi.
Sen bilan bo'lgan har bir suhbatda har bir qarashda yuragimda bir umid va intilish uyg'onadi. Biroq ichimda minglab begona dardlar bor ularni faqat men sezaman. Go'yo men seni sevmoqchi emasman lekin bu hislarni bir tomonga yig'ib qo'yish uchun harakat qilaman. Senga yaqinlashganimda hislarim yangilanadi biroq bu hissiyotlar o'zining kuchiga ega emas oddiy shunchaki o'z-o'zidan paydo bo'layotgan hislar.
Men seni sevmayman lekin sevishga harakat qilaman. Har bir qadamda har bir nafasda yuragimda umid va orzularni paydo bo'ladi lekin o'sha muzdek devor bu tuyg'ularni so'ndirishga harakat qiladi. Senga sevgi sovg'a qilgim keladi lekin o'zimni to'liq topshira olmayman shunchaki shirin va hayajonli bir tuyg'uda qolaman.
Ba'zan o'zimni bir qadah suvga ega lekin chanqog'ini qondira olmayotgan odamdek his qilaman. Senga mehr ko'rsatmoqchi bo'lsam-da yuragimdagi muzdan yaratgan devorlar ko'zlarimdan oqayotgan suvday qiyinchiliklar bilan to'lib-toshgan.
Senga shunchaki mehr ko'rsata olishni senga olamning eng mehribonligini his qildirishni xohlayman. Lekin sevgi... sevgi shunchaki bir qadam narida sening qo'lingdan ushlashni xohlayman lekin yuragimda yillar davomida yig'ilgan sovuq tunlar buni to'xtatadi. O'zimni bir oz yolg'iz his qilaman har bir hisning ichida yashirin dardlar bilan birga to'lib-toshgan qizg'in orzular va xohishlar bor.
Bu holat ichimdagi beqarorlikni yanada kuchaytiradi har bir nafasimda men senga yetishga harakat qilaman lekin yuragimning muzdek devori va dardlari menga yo'l bermaydi. Senga bo'lgan intilishim yodgorlikka aylangan sevgimda har bir nazar bilan ko'proq kuchayadi. Men har safar seni ko'rganimda o'zimni bir qadah suvga ega lekin cho'l ichida yolg'iz qolgan odamdek his qilaman. Senga yetishni xohlayman lekin o'sha sovuq tunlarning xotiralari buni bartaraf etadi.
Sening hayotingda o'z o'rnimni topishga harakat qilaman lekin ko'zimni yumganimda yuragimda qolgan so'ngi ichki dardlar ularning kuchi borligini his qilaman. Sevgi shunchaki bir orzu lekin men bunga qadam bosishdan qo'rqaman. Senga bo'lgan intilishim yuragimni qiyinchiliklar va umidsizlikka to'ldirib har doim orqaga tortadi. Har bir iztiroblarda men o'zimni sevishni xohlayman lekin ichimdagi dardlar go'yoki harakatlarimni cheklab qo'yadi.
Seni sevishni xohlayman ammo hali ham yuragim barida seni ayiblaydi. Orzularimga o't qo'yishganida seni ayiblaydi. Orzularim yonib kul bo'lishiga sen sababchisan. Bu sening aybing. Mening yagona orzuyim bor edi pianino chalish , pianinochi bo'lmoqchi edim. Sen sabab bu orzuyimni ko'z oldimda yoqishdi. Yashashga yagona sababim shu pianino edi ammo endi men o'likdekman jismim yashayapti holos ruhim o'lik. Onamning o'sha gapi " u qizning oilasi pianinochini kuyov qilmaydi otangni kompaniyasida ishlaysan" bu gap meni hayotini yo'q qildi hamma hammasi o'sha pianino bilan yonib kul bo'ldi.
Yoongi xonasida pianino chalib o'tirarkan butun uyga bu chiroyli kuy yoyilgandi. Xona eshigi zarb bilan ochilishi kuy to'xtashiga sabab bo'ldi.
— Ha ona nimadir bo'ldmi jahlingiz chiqgan - pianino ni oldidan nari ketib onasiga yaqinroq kelib
— Ha bo'ldi bo'ladigani u qizni oilasi pianinochi kuyov qilmaydi otangni kompaniyasida ishlaysan, manabu matahni hoziroq yo'q qilaman - dediyu eshik ortida turgan xizmatchilarga pianino ni olib chiqishni buyurdi. Yoongi hech nima demadi nimadir deyishni ham xohlamadi chunki buni foydasi ham yo'q edi. Oyisi Yoongini gapini hech qachon eshitmagan uni gapi ahamiyatsiz bo'lgan. Pianino xovlining markazida alanga olib yonardi Yoongi uni shunchaki hissiz kuzatib turardi. U hech nima qila olmadi hatto birdona orzusiga ham erisha olmadi. Bu yerda shunchaki kimdirdan ayb qidirdi. Sieunni bariga aybdor deb bildi.
Yoongi jimim qoldi buni sezgan Sieun asta o'rindan turdi. Yoongi divanga bir qo'lini qo'yib uning ustiga boshini qo'yib uhlab qolgandi. Uning mastligini xonadan kelayotgan hiddan ham bilish mumkin edi. Sieun asta sekin divandan turib Yoongining oldiga o'tirdi. Sieunni ko'zlari allaqachon yoshlangandi. Unga tirmulib biroz o'tirishni xohladi 10daqiqalardan so'ng o'rnidan turib Yoongini ham bir amalab yelkasiga suyantirib turg'izdi sekin asta yurib divanga yotqizdi. Oyoq kiymini yechib ustiga ko'rpani tashladi va divan yoniga o'tirdi Yoongining uhlashini kuzatdi so'ngra suv olib kelish uchun o'rnidan turgandi hamki bilagni bir issiq qo'l qattiq tutdi. Sieun joyida qotib qoldi
— Sening aybing....- past ammo anglasa bo'ladigan ovozda. Bir daqiqa qattiq siqib turgan qo'l sekin bo'shashdi. Sieun Yoongi ning qo'lini bilagidan olib ko'rpaning ichiga kirg'azib qo'ydi. So'ngra xonadan chiqib ketdi.
Yoongi ko'zlarini ishqalab turgisi kelmay turdi. Boshda og'riq yo'q edi hayron bo'ldi yon atrofga qaradi stol ustida dori va suv turardi. Biroz yuzida jilmayish paydo bo'ldi. O'ridan turib hamomga kirib ketdi. So'ngra oshxonaga tushdi. U yerda Sieun nonushta tayyorlardi. Yoongi shunchaki kelib stolga o'tirdi birozdan so'ng Sieun ham kelib o'tirdi. Xona jimjit ikkisi ham bir so'z demay nonushta qilishardi Sieun gap boshladi
— Bugun ishing yoqmi?-ko'zi likopchada savoliga javob kutarkan Yoongi u kutmagan savolini berdi
— Barini eshitding shundaymi? Ya'ni kecha tunda aytgan barcha gapimni... - Sieunga qarab
— Ha... - hali ham ko'zi likopchada Yoongi bu harakatidan hayron bo'lib yana savol berdi
— Hech nima demaysanmi yoki hech qanday savoling yo'qmi.. - unga biroz hayron holda qarab gapirdi
— Nima dey sen meni kechira olmaysan nima deb o'zimni oqlay siz hammasida meni aybdor deb bilar ekansiz... Meni seva olmas ekansiz nima dey meni seving harakat qiling deymi nima dey men va oilam bunday gap aytmaganini aytsam ishonasizmi . Shundan keyin hayot o'zgaradimi menga yaxshi muomila qilasizmi menga ham vaqt ajratasizmi menga kulib boqasizmi men bilan birga kechki ovqatlanasizmi men bilan samimiy suhbat qurasizmi. Men 1yil siz bilan yashab yolg'iz yashagandek bo'ldim. Sizni xursand qilishga qancha harakat qildim va hammasi mening aybim nega sizga turmushga chiqdim na siz baxtli bo'ldingiz na men nega sizni sevib qoldim hammasi mening aybim bariga men aybdorman - qizni ko'zlaridan tinmay yosh oqardi alam bilan gapirardi Yoongi o'rnidan turib Sieunni bag'riga oldi Sieun Yoongi ning bag'rida yosh bola kabi yig'lardi.
— Meni kechir Sieun... Seni ayblashim kerak emasdi.. Hammasini to'g'irlayman... - uni yupatish uchun sekin sekin qo'lini silardi. Sieun ancha jimim qoldi ammo Yoongi hali ham uni quchib turardi Sieun va nihoyat gapirdi
— Yoongi.... Pianino sotib olaylik - ovozida biroz titiroq bor edi
Katta zal odamlar bilan to'la. Hamma jim chiroyli his tuyg'ular ga boy kuyni eshitishardi. Butun zalda kuy juda chiroyli va baland yangrardi. Sahna markaziga chiroq tushurilgan chiroq ostida Yoongi pianino chalib o'tirardi. Barmoqlari kilavishlar ustida bamisoli raqs tushardi. Manashu barmoqlar yurakning tubigacha yetib boradigan nafis kuyni chalardi. Kuy shu qadar odamlarni sehrlab qo'ygandiki tugaganini ham sezmay qolishdi . Zal birdan olqishlar qarsaklar ovozi bilan to'ldi. Yoongi tabassum qilib tomoshabinlarga tazim qildi. So'ngra sahna markaziga turib nutq so'zlay boshladi.
— Chalgan kuyim sizga yoqgandan mamnunman... Meni bu joyda turishimga sababchi bo'lgan rafiqamga katta raxmat sen meni bu darajaga yetishmga sababchisan. 2yil avval usha tunda gapirgan gapim esingdami. Men seni seva boshladim juda qattiq seva boshladim.... Sieun - Sieun sahna ortida ko'zda yosh bilan Yoongi ni eshitardi.
Vanihoyat tugatim. Negadir yozishga qiynaldim. Ilhom kemi qold. Yaxshi chiqdi digan umiddaman fikr reak kutaman. Juda juda ko'p kutaman 😁