November 5, 2024

So'ngi bor yoxud tushlarimda 2

2-fasl ep2🍂

~~

Meni hech qachon eslamaysan dema har doim hayollarimdasan , va yuragimning tub tubida seni zanjirband qilib qo'yganman

~~

Kechki ovqatdan so'ng Jungkook va Lucas mehmonxonada gaplashib o'tirishardi.

— Bugun bir qizni ko'rdim negadir juda tanish ko'rindi yuragim boshqacha urdi o'sha vaqt - nimdirni eslayotgandek o'ylanib Lucasga his tuygʻulari bilan berilib gapirardi

— Balki tanishingdir yoki kimdirga o'xshatgansan- Beparvolarcha telefoniga tikilib javob qaytardi. Jungkook bir nuqtaga tikilib hayol surib qoldi. Xona jim jit ikki kishi u xonada o'tirgani bilan ikkisi ham bir biriga zarari tegmay o'z ishi bilan shug'ulanardi. Ikkisi ham o'z olamiga tushib qolgandi go'yo