Men uchun
Hayotga yashashga qiziqishing qolmasa men uchun harakat qil! Men uchun so'ngi bor harakat qil!
Yeona: Yoongi azizm turing soat 7 bo'ldi axir) pardalar yopiqligi tug'ayli qop qorong'u xonaning pardalarini ochdi va Yoongining g'inshib o'rnidan siljishini ko'rdi
Yoongi: endi 7 ku) ko'rpa bn yuzini berkitib
Yeona: ha axir kecha va'da berdingiz) xona markazidagi karavatga yaqin kelib sekin Yoongining ustidagi ko'rpani tortib oldi
Yoongi: nima debman kecha) bir ko'zini zo'rg'a ochib tepasida tabassum qilib turgan rafiqasiga qarab
Yeona: senga piano chalishni o'rgataman dedingiz) lablarini shishirib
Yoongi: shunday dedimi) endi ikkala ko'zini ochdi
Yeona: haa erta tongdan o'rgataman ham dedingiz) Yoongining yoniga asta o'tirib
Yoongi: haa senimi yolg'on gapirayapsanmi men aytgan gapimni yoddan chiqarmayman hatto usha vaqt mast bo'lsam ham) fursatdan foydalanib o'z oyoqlari bilan kelgan Yeonani quchib olib kulib gapirdi
Yeona: nima qilibdi menga piano chalishni o'rgatsangiz qancha shogirdlaringiz bor ammo xotiningizga o'rgatmaysizmi) qo'lidan chiqib ketishga harakat qilib
Yoongi: nega o'rgatmayman albatta o'rgataman ammo nima evaziga) quloqlari yoniga asta yaqinlashib pichirladi
Yeona: ha siznimi yaramas) uni urib ketdi
Yoongi: hoy, nima ering uchun nimadir bera olmaysanmi) uni quchog'idan chiqarib
Yeona: albatta bera olaman) Yoongining lablaridan qisqa bo'sa oldi va tezda o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi.
Yoongi: erta tongdan yaxshi sovg'a) lablarini ko'rsatkich barmog'i bilan asta silab tabassum qildi.
Yoongi zinlardan asta sekin tushib kelarkan mehmonxona markazida piano yonida o'tirgan Yeonadan ko'zlarini uzolmay qoldi. Xona derazasi ochiq bo'lgani uchun mayin shamol xonaga ham kirayapti. Mayin shamol Yeonaning mallarang sochlarini shu qadar nafis uchurayaptiki odamning ko'zini olayapti. Yoongi bu go'zal qizdan ko'zini uzolmay oxirgi zinapoyaga kelganda qoqilib ketdi. piano kilavishlarini shunchaki bosib ko'rayotgan qiz birdan shovqin kelgandan so'ng harakatdan to'xtadi va shovqin kelgan tomonga qaradi
Yeona: nima qilayapsiz) tabassum qilib
Yoongi: malla sochlaring..... ee yo'q hech nima) dovdirab qoldi
Yeona: sochlarimga nima qilibti) birdan shochini paypastlashga tushib ketdi
Yoongi: hech nima qilmagan ular juda go'zal) Yeonaning yoniga kelib sochlarini silab
Yeona: ha shunaqa go'zal xotiningiz borda) yoongining qo'lini asta yuziga silab
Yoongi: ha endi omadlimande endi boshlaymizmi) yeonaning yoniga o'tirdi. Kilavishlar ustida nozik turgan yeonaning barmoqlarini qo'lari ostiga olib birma bir har bir kilavishni bosib chiqdi.
Yoongi: har bir kilashivni his qilishing kerak kilavishlarni shunchaki bosma har bir bosishingga o'z hislarinni qo'shib bos shundagina notalardan nafis insoning yuragiga yetib boradigan kuy chiqadi.
Yeona: menimcha men tez o'rganaman) yoongiga tabassum qilib qarab
Yoongi: nega) bir qoshini ko'tarib
Yeona: menda his tuyg'ular ko'p) ko'zlarini yoongidan olib klavishlarga qaratdi
Yoongi: ha to'g'ri Sen hissiyotlisan hatto judayam ayniqsa tragedy kinolar ko'rsang) gapining so'ngida kulib yubordi
Yeona: yaramas) klavishlardan qo'lini olib yoongining yelkasiga qattiq urdi
Piano bu shunchaki cholg'u asbobi emas u bir olam . Piano chalishni biladiganlar ko'pdir ammo undan nafis kuy chiqarishni biladiganlar kam. Piano notalari orqali hislarini ayta oladiganlar kam. Piano bu hissiyot.
Yeona piano chalishni juda tez o'rgandi. Hozir u huddi 5 6 yildan beri piano chalib kelayotgandek professional. Bundan Yoongi hayratda . Bugun Yeona uchun muhim kun. Chunki Yeona bugun birinchi konsertini berayapti. Yeona allaqachon konsert bo'ladigan zalda ammo Yoongi hali ham kelmadi. Sahna ortida u yoqdan bu yoqga borib kelayotgan qiz juda asabiy edi.
Yeona: yo'q qanaqasiga shundoq muhim kunimda hali ham kelmadi) o'ziga o'zi gapirib
— Xonim tayyorlanishingiz kerak yarim soatdan so'ng konsert boshlanadi) bunday asabiy holatda bo'lgani uchun gapirishga qo'rqib oxiri zo'rg'a gapirdi bechora qiz
Yeona: yo hudo men jinni Bob qolaman 2soat oldin 5 daqiqada boraman degandi qayerda qoldi) qizning gapini eshitmaganga olib o'ziga o'zi gapirishda davom etib
Yoongi: bu taqinchoq unga yoqarmikan . Ammo bu unga yarashishi aniq) mashinani o'rtacha tezlikda haydab ketardi birdan telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi uni olaman deganda o'rindiq tagiga tushib ketdi. Rulni qo'yib yubordi telefonni olish uchun birdan yon tomondan mashina chiqib qoldi. Yoongining mashinasi ag'darilib ketdi.
— xonim sizga qo'ng'iroq bo'layapti) stoldan turgan telefoni xonimiga uzatib
Yeona: alo eshitaman) tezda go'shakni olib qulog'iga tutdi
— Biz shahar markaziy shifoxonasidan qo'ng'iroq qilayapmiz eringiz Min Yoongi avtohalokatga uchradi tezroq yetib keling) dediyu go'shakni qo'ydi
Yeona: nima) yuzi birdan oqarib ketdi va telefoni polga taraqlab tushdi
Mehmonxona derazasi yonidagi kresloda deraza ortidagi tabiatga hech bir hissiz termulib o'tirgan Yoongiga zinada turgan xolda qarab turgan Yeonaning hayollarida hali ham shifokor unga aytgan gaplari janglardi
— Biz eringizni aperatsiya qildik. Ahvoli avvalgidan yaxshi ammo qo'lidagi titirash qaytgani yo'q. Bunday kasalikka chalingan bemorlarning 10% to'liq tuzalib ketgan. Ammo sabr qilish kerak bu ancha vaqtni talab qiladi. Eringiz buni faqatgina o'zlari yengib o'ta oladilar. Bardam bo'ling.
Qanday ahvolga tushdingga. Piano chalish u yoqda tursin hatto o'zim mustaqil ovqatlana olmayman.
Yoongi : Achinayapman o'zimga o'zim achinayapman, achinayapman achinayapmaan..) Baqirib qo'llarini musht qilib ikki qo'li bilan o'zini o'zi urib ketdi. Buni ko'rgan Yeona yugurib borib Yoongining oldiga tizallab o'tiridi qo'llarini mahkam ushlab allaqachon ko'zlari namlangan
Yeona: bo'ldi qiling Yoongi kuchliroq bo'ling kasalikka taslim bo'lmang. Hayotga yashashga qiziqishing qolmasa men uchun harakat qiling! Men uchun so'ngi bor harakat qiling! ) ko'zlari yoshga to'lib yoongini qattiq quchoqlab shu so'zlarni aytdi. Shu payt Yoongi ko'zidan bir tomchi yosh yuzidan sirg'alib Yeonaning sochiga tushdi.
Kunlar kunlarni quvib o'tardi Yeona erta tongdan piano chalardi bu juda boshqacha kuy edi. Unda umid ,yashashga intilish , sevgi hislari borligi yaqqol bilinardi. Yeona buni odat qilib oldi ertalab soat 7 da bu kuy butun uyni to'ldirardi. Buni Yeona Yoongi uchun qilardi. Bugun kuy biroz boshqacha bo'ldi kuy bilan birga she'r ham o'qidi o'zi yozgan she'rni.
-Men uchun harakat qil, kel so'nggi bora
-Bu yorug' dunyoda birga yashaylik
-Hamma narsa qaytsin avvalgi kabi
-Sen ketma iltimos bir bor sinab ko'r
-Ko'rgim kelar ko'zlaringda umidni
-Sen borliging mening borlig'im edi
-Endi-chi sen keting boshqasin keldi
-Iltimos qayt sog'inyapmanku seni
-Sen ketma azizim dunyoyim olib
-Bir bor harakat qil! sevgimga ishon
-Qalbingda yana bir chiroqni yoqib
-Men Sen bilan yolg'iz emassan
-Sen yashasang men ham yashayman bilgin
-Har kunimda sening nafasing bilan
-Bizning hikoyamiz yakun topmagay
-Kel bir bor harakat qil! Faqat biz uchun
Yoongi she'rni Yeona unga atab yozgan she'rni eshitib yoshlariga yosh keldi. She'r ham kuy ham yurakdan chiqardi. Yeona bu so'zlarga Yoongiga bo'lgan sevgisini uni so'lib borayotgani yana avvalgi hayot qaytib kelishini juda juda ko'p hislarni qo'shib yozgan edi.
Tushlik vaqti stol atrofida Yeona va Yoongi o'tirishardi. Yeona qoshiqga sho'rvadan olib Yoongi ga ichirmoqchi edi Yoongi qo'li titirab uning qo'lidan qoshiqni oldi. Yeona hayro har doim uni o'zi ovqatlantirib qo'yayotgan edi. Indamay Yoongi kuzatib o'tirdi Yoongi qattiq harakat qilardi sho'rva kiymiga to'kilsa ham harakat qilardi taslim bo'lmasdi.
Bir kuni Yeona uhlab qoldi ammo har kungi kabi uyni pianodan chiqayotgan kuy to'ldirdi. Bugun ham bir nafis kuy uyda yangramoqda ammo bu kuy egasi boshqa. Yeona piano ovozidan uyg'onib ketdi yoniga qarasa Yoongi yo'q. O'rnidan turib xonadan otilib chiqdi zinalardan tez tez tushardi. Zinapoyaning oxiriga kelganda joyida to'xtadi. Mehmonxona markazida Piano oldida Yoongi o'tirardi uning barmoqlari huddi avvalgidek klavishlar ustida nozik raqs tushardi. Yeona eekin mehmonxonaga kirib bordi va Yoongi kuyni yakunlashini kutib turgan joyida tomosha qilib turardi. Vanihoyat Kuy tugadi Yoongi Pianodan boshini ko'tarib Yeonani ko'rdi
Yeona: siz uddaladingiz...) Ko'zlari yoshga to'lib pastroq ovozda. Yoongi bo'lsa unga qarab tabassum qildi.
Bir insoning hayotga bo'lgan qiziqishini so'ndirish ham yashashga bo'lgan ishonchini yondirish ham bir insoning qo'lidan keladi.
Mana ikkinchi ff reaksiya Crazy fanfic kanalining eng faol obunachisi uchun mahsus. Crazy eng zo'ri. Fikr va reak kutaman. Bilaman bu oddiy ff reaksiya ff mas lekin mehnatim ketvoti narmalni reak yig'ila