Qaytarilmas Uchrashuv
Seulning yomg‘irli oqshomlaridan biri edi. Shahar osmonini yengil tuman qoplab, sovuq shabada past-baland ko‘chalar orasidan oqib o‘tayotgandek tuyulardi. Jeon Jungkook eski kafening oxirgi stolida, derazadan tashqariga qarab, bu xotirjam va biroz dardli manzarani tomosha qilardi. Uning bir qo‘lida qahva, ikkinchisi esa stol ustida charchagan holatda yotardi.Jeon Jungkook eski kafening oxirgi stolida, derazadan tashqariga qarab, bu xotirjam va biroz dardli manzarani tomosha qilardi. Uning bir qo‘lida qahva, ikkinchisi esa stol ustida charchagan holatda yotardi.
Oradan yillar o‘tdi... Ammo u Amaya bilan bo‘lgan birinchi uchrashuvlarini hali ham xuddi shu yerda o‘tirgandek yodida saqlardi. Ularning bu yerda qanday tanishganlari, birinchi marta nigohlari qanday to‘qnashgani va Amaya qanday tabassum qilganini... Hamma narsa hech qachon unutilmas, go‘yo abadiy bir yodgorlikdek edi.
Amaya uning birinchi sevgisi edi. Ikkovi ham bu kafe ichida qanchalik quvnoq kunlarni o‘tkazganini faqat ular bilardi. Jungkook unga sirlar aytardi, u esa Jungkookning har bir so‘ziga boshini yengil qimirlatib, tabassum qilardi.
Jungkook yomg'ir yog'ishini tomosha qilib usha qaytarilmas uchrashuvni esladi.
Shahar iliq bahor oqshomida, mayin shamolda hushbo‘y gullar hidi taralib, hamma yoqda yangi boshlanishning alomati sezilib turardi. Jungkook o‘sha paytda bu eski kafega birinchi marta kelgandi sokin joyda bir finjon qahva ichib, o‘qishni rejalashtirayotgandi. U oxirgi stolga o‘tirdi va derazadan tashqariga tikilib, ko‘chada kechayotgan shoshqaloq hayotga nigoh tashladi
Shu vaqtda kafe eshigi ochilib, ichkariga bir qiz kirdi. Uning jingalak sochlari bir oz shamolda to‘zg‘ib, o‘ziga xos joziba qo‘shgandi. Qizning yurishida tabiiy bir ishonch bor edi, ammo yuzidagi samimiylik uni atrofidagi hamma narsadan ajratib turardi. Bu qiz Amaya edi. U kafe ichida o‘ziga joy izlardi, lekin hamma joy band edi.
Jungkook bu vaziyatni ko‘rib, unga yonidagi stulga o‘tirishni taklif qildi. Amaya boshda biroz ikkilanib, ammo nihoyat muloyim tabassum qilib rozi bo‘ldi. Ularning suhabati oddiy ammo juda maroqli edi. Bir biri bilan tez chiqishib ketishdi.
Jk: salom meni Jeon Jungkook Jk desangiz ham bo'ladi bu meni ko'chadagi laqabim) jungkook gapirardi amaya bo'sa uni tabassum bilan tinglardi
Amaya: shundaymi ammo siz ko'cha bolasi kabi ko'rinmaysiz ) jungkook amayaning ovozi mayin va yoqimli ekanligini sezib, diqqat bilan tinglardi.
Jk: ko'cha bolalari qanday ko'rinarkan?) Yuzida biroz jiddiylik bilan
Amaya: aa men bilmayman ammo siz o'xshamaysiz ) biroz uyaldi
Jk: bo'ldi men hazilashdim o'zingizni ismingiz nima?) Uyalganda boshini egib o'tirgan qizga biroz boshini egib so'radi.
Amaya: Amaya, Amaya Kim) Jungkook unga qarab turganini payqab boshini ko'tarib javob berdi. Ularning ko‘zlari birinchi marta to‘qnashgan payt esa... ikkisi ham jim bo‘lib qoldi. Bir lahza uchun atrofdagi hamma narsa yo‘qolib faqat ular bor edi. Ko'zlar to'qnashdi qalblar birlashdi sukunat hukmronlik qildi bir zum. Ammo buni Jungkook buzdi.
Jk: men bu yerga birinchi bor kelishim edi. Omadim bor ekan sizni uchratdim ) yana qizning ko'zlariga boqdi.
Amaya: rostanmi? Aslida men ham bu yerdi birinchi bor kelishim dugonam maqtagani uchun kelgandim) mayin va yoqimli ohangda
Jk: Qaytarilmas uchrashuv...) Faqat o'zi eshitadigan past ovozda
Amaya: aa nimadir dedingizmi?) Bir qoshini ko'tarib
Jk: yo'q keling yana uchrashib turamiz yoki telefon orqali suhbatlashib turamiz ) Jungkook berilib gapirarkan Amaya unga tikilib diqqat bilan eshitardi
Amaya: yaxshi #$-&#$-17-77 bu meni telefon raqamim) tabassum qildi
Jk: oh 7 mening sevimli raqamim albatta eslab qolaman) qizning ko'zlariga tabassum qilib tikilib
Amaya: yaxshi unda ko'rishguncha men ketdim) sumkasini olib sekin asta mayda qadamlar bilan eshik tomon yurib ketdi. Eshikdan chiqishidan avval Jungkook ga tabassum qilib qaradi so'ngra g'oyib bo'ldi
Shundan so'ng Amaya va Jungkook ikka marotaba uchrashishdi biri bog'da bir esa sohilda ammo bu uchrashuvlar birinchisi kabi bo'lmadi. Juda qisqa va uncha qiziq ham bo'lmadi. Rostan ham Jungkook aytgani kabi birinchi uchrashuv qaytarilmas bo'lgandi. Mana bugun ular yana bir uchrashuvga kelishishdi. Bu gal kinoteaterda bo'ldi. Jungkook popcorn olib Amayani kino zalida kutib o'tirardi. Bir bir eshik ga qarab qo'yardi mana vanihoyat u kutgan odam zalga kirib keldi. Jungkook uni ko'rishi bilan qo'lini ko'tarib chaqirdi. Amaya mayda qadamlar bilan kelib Jungkook ning yoniga o'tirdi.
Jungkook: ulgurmaysan deb o'ylagandim) popcorn ni qo'liga tutqazib tabassum qilib
Amaya: raxmat ) boshini egib tazim qilgandek
Jungkook: kino tugagach senga aytadigan gapib bor ) o'rindiqa yaxshilab o'rnashib ekrangga qaradi
Amaya: mening ham senga aytadigan gapib bor) u ham ekranga qaradi va negadir horg'in bo'lib qoldi
Jungkook: yaxshi kino boshlandi) bir dona popcorn ni og'ziga solib
Kino davomida ular bir birlariga qarashmadi ham shunchaki kinoni tomosha qilishdi. Kino tugadi odamlar zalda birin ketin chiqib ketishdi. Endi zalda faqat 1 juftlik qoldi holos. Ular bir biriga qarab o'tirishar edi. Amaya gap boshladi
Amaya: gaping bor edi aytasanmi?) Ko'zlariga tikilib mayin va yoqimli ovozda
Jungkook: Sen birinchi ayt yo'q kel birga aytamiz 3gacha sanaymiz va birga aytamiz) Jungkook shu qadar xursand ediki ko'zlari yonib turib tabassum qilib turardim. Amaya indamadi. Jungkook sanoqni boshladi
Jungkook: 1...2...3... Men seni sevaman) Jungkook shu 3 dona so'zni aytarkan sal avval kulib turgan yuzlar Amayaning gapidan yo'qoldi
Amaya: Men ketayapman) o'zi xohlamasada shu so'zlarni aytdi.
Jungkook qahvasidan bir ho'plab alamli xo'rsinib qo'ydi. Derazadan tashqariga qaradi va... hayratdan ko‘zlari katta ochildi. Amaya, u... shu yerda edi! Oradan qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, qiz xuddi o‘sha paytdagidek go‘zal va samimiy edi.
Uning ko‘zlari Jungkooknikiga to‘qnashdi. Ikkovlari ham bir lahza jim bo‘lib, faqat bir-birlariga qarab turdilar. Amaya hech qanday so‘z aytmadi, faqat yumshoq tabassum qildi. Go‘yo hamma dard, quvonch va ularning o‘tgan sevgi hikoyasi birgina qarash bilan aytilayotgandek edi. -Sog'indim seni, o'ylayman har kun
-Sog'indim seni, o'ylayman har kun
-Kafe chekasida o'y ila yolg'iz
-O'sha birinchi kun, yodimda hanuz
-Qaytishing ishonib boqarman mayus
-Umid qilib yashar bu yurak hanuz
-Qalbimda gul ochib bahor bo'larsan
-Endi esa tunlar o'tmaydi bedor
-Bu yurak sensiz bo'ladi majnun
-Sog'indim seni, xayolkash bo'lib
-O'tirarman hanuz visoling kutib
-Qarshimda turarsan tabassum qilib
-Men esa boqarman ishonmay hanuz
Ammo bu lahza uzoqqa cho‘zilmadi. Amaya birdan boshini egdi va orqasiga burilib, shoshilinch ravishda odamlar orasida yo‘qolib ketdi. Jungkook o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo harakatdan to‘xtadi. Jungkook birdan uni kimdir turtayotganini his qildi va uyg'onib ketdi. Ko'zlarini to'liq ocholmasa ham qarshisidagi qizni bittada tanidi. Ha u O'sha qiz edi o'sha Jungkook tushida ko'rgan Amaya faqat biroz bboshqacharoq sochlari shamoldan to'zib ketmagan sochlari yomg'irdan nam bo'lib qolgan ammo samimiy va chiroyli . Jungkook ning tepasida tabassum qilib turardi.
Amaya: bu yer bo'shmi) mayin va yoqimli ovozda
Jungkook: ha ha bosh) u dovdirab qolgandi havolida ming xil savol "naxot bularning bari tush bo'lsa?".
Mana yana bitta ff reaksiya. Fikr va reak kutaman. O'zi yoqvotimi yozvotgan ff reaksiyalarim. Commentda kutaman javobini.