Sevgi faslida
Men xohlardim sevgimni muhabbatga aylanishini!
Safi:dadajon men ketdim bugun karatega borishim kerak) sumkasini yelkasining bir yoniga taqan holda zinalardan sakrab sakrab tushib
— Nonushta qilmadingku) oshxonadan bir nimalar tayyorlab qiziga gapirdi
Safi: birinchi kundan kech qolmay) oshxonaga kirib dadasining yuzidan o'pib qo'yib adasi tayyorlab qo'ygan apelsin sharbatini ichib uydan chiqib ketdi.
Seoul ko'chalari sarg'ish qurigan daraxt barglari bilan qoplangan. Odamlarning ustida pidjaklar plashlar qo'llarida esa issiq coffee issiqligini qayoqdan bilding deyotgan bo'lsangiz sovuq havoda tutun chiqayotgani shundoq ko'rinardi. Hamma qayoqadir shoshadi ammo Safi doimgidek hotirjam edi. Uyidan uncha uzoq bo'lmagan katta bino yonidagi kichik ko'cha kirib keyin g'oyib bo'lib qoldi. Binoning orqa tomonidagi padvalga tushish uchun mo'jalangan zinalardan asta tushib eshik qarshisiga kelganda to'xtadi. Eshikdagi "Just do it" so'zini o'qidiyu eshik tutqichini pastga bosib ichkariga kiridi.
Zalga kirishim bilan birdan issiq havo urildi yon atrofni ko'zdan kechirar ekanman bu yerdagi yagona qiz bola men bo'lsam kerak deb o'yladim. Bir chekada ustidan suv quyilgan mushukdek turipman shu payt men tomon yurib kelayotgan bir yigitni payqadim aftidan u bu yerda murabiy chunki uning formasining rangi boshqalarnikidan farq qilardi . U meni qarshimga kelganda to'xtadi va tazim qildi.
— Salom isming nima) tabassum qilib
Safi: Safi eee yo'q Safira) birdan berilgan savoldan dovdirab qolib
— Yaxshi meni Murabiy Jeon deb chaqirsang bo'ladi endi esa ortimdan yur) dediyu ortiga o'girib ketib qoldi. Safi ham uning ortidan ergashib yugurib ketdi. Bir eshikdan kalidorga chiqishdi va yo'lak oxiridagi xona yonimda to'xtashdi.
Jk: bu kalit qizlar kiyinish xonasining kaliti bu yerdagi yagona qiz bola sensan bu kalit senda bo'lishi kerak. Tezroq kiyimlarimi alishtirib mashg'ulotlar zalga chiq tez bo'l) dediyu kelgan yo'limizdan ortga qaytib ketdi. Xonaga kirib tez kiyimlarimi alishtirib mashg'ulotlar zaliga chiqdim hatto xonani ko'zdan kechirishga ham ulgurmadim. Zalga kirsam hamma saflangan Murabiy ularga nimadir derdi men ham ularning oldiga borib turdim birdan hamma Jim bo'lib qoldi boshimni ko'tarib qarasam hamma menga qarab turipti. Nima qilishni nima deyishni bilmay turgandim Murabiy gap boshladi
Jk: uning ismi Safira. Nega hamma unga bunday qaraysan nima qayerdadir karate faqat o'g'il bolalar uchun deb yozib qo'yilganmi ) jiddiy ohangida gapirdi. Bu savolga hamma baravariga "aslo yo'q" deya baqirishdi
Jk: yaxshi unda hamma ishida davom etsin Safi Sen men bilan) bu buyruqdan so'ng hamma o'z sherigi bilan mashq qilishga tushib ketdi. Men esa Murabiy yoniga bordim. U menga boshlanishiga oddiy harakatlarni keyin keyin qiyinlarini o'rgatdi. O'zimni kundan kunga karatedan bilimim va tajribam oshib borardi.
Mana bugun bu yerga kelayotganimga 1oy bo'ldi ammo men uchun huddi kechagidek go'yo. Murabiy Jeon yo'q Jungkook uni endi Jungkook deb chaqirayapman u bilan ancha yaqin bo'lib ketdik. Go'yo ko'p yillik do'stlardek. Mashg'ulotlar doim birga mashq qlardik hatto mashg'ulotlardan tashqarida ham ko'rishib shahar aylanib turardik. Bir kuni har doimgidek Jungkook bilan mashq qilib turgandek John meni chaqirdi. U ham men bilan baravar va men bilan bir kunda bu yerga kelishni boshlagan
Safi : Safi Sen meni yaqinimiding Safira) dedi jiddiy va asabiy
Jungkook: Sa.. fii ) ataylab cho'zib talafuz qildi
John : yo hudo menga Safiramush Murabiyga Hoov bularning o'rtasida aniq nimadir bor) o'zi eshitadigan past ovozda
Bir kuni mashg'ulotlar kechga cho'zilib ketdi Jungkook meni qarshiliklarimga qaramay uyimga kuzatib qo'yishga ko'ndirdi. Biz ko'chada maroqli suhbat qurib ketardik birdan yomg'ir quyib yubordi yomg'irni endi qo'larim bilan his qila boshlagan edim hamki yelkamga yengil tashlangan pidjakni his qildim
Jk: shamollab qolma) tabassum qilib menga qarab turardi. Shu on men ham undan ko'zlarimni uzolmay qoldim. Yuragim shu qadar tez urardiki go'yo hozir chiqib ketadigandek. Ichimdagi hislarni so'zlar bilan tariflay olmayman hozir. Bu ko'zlar bu qahvarang ko'zlar ularga go'yo yaralangan baliq misoli tub tubiga cho'kan edim. Yuzim uyatdan qizarib ko'zimni boshqa tomonga olib qochdim
Jk: havo yaxshiya yomg'ir naqadar go'zal senga qaysi fasl yoqadi?) Yomg'ir yog'ishini tomosha qilib Safi ga qaramasdan savol berdi
Safi: Kuz) shu uch dona harfga barcha hislarni qo'shib muloyim aytdi
Jk: nima sababdan ) endi ko'zlarini Safi tomon qaratdi
Safi: bunisi sir kuzning so'ngi kuni aytaman) Jungkook ga qarab jilmayib so'ngra yana yomg'ir yog'ishini tabassum qilib qo'lari bilan yomg'irni his qilardi
Safi:mana uyimga yetib keldik raxmat) tabassum qilib ustimdagi pidjakni yeshib Jungkook ga qaytardim.
Jungkook: bo'pti ko'rishguncha) so'ngi bor jilmayib ortiga o'girib ketib qoldi. Uni ko'zimga ko'rinmay ketguniga qadar kuzatib turdim so'ngra uyga kirib ketdim
Seni negadir hozir ko'rgan bo'lsam ham yana ko'rgim kelayapti bu ko'zlaringa mendan boshqasi boqishini xohlamayapman. Bu qanday his bo'ldi Sevgimi yo'q men Sevgini emas Muhabbatni xohlayman. Agarda meni Sevmasang sevib qolguninga qadar kutaman bunga oylar ketadimi yillarni bu ahamiyatsiz.
Jungkook zalga kirib kelarkan zal chiroqlari hali ham yoqig' bundan biror gap borligi aniq. U zalga kirishi bilan o'quvchisi Suho uni kutib oldi. Nimadir bo'lgani uning yuzidan bilinib turardi.
Jk: Suho nega haligacha ketmading) qarshisida dokadek oqarib ketgan Suho ga havotir bilan so'radi
Suho: John, John bir bola bilan urushib qoldi keyin uni jangga chaqirishdi. Ularning bir joyi bor har doim u yerda ko'cha janglarini uyushtirishadi usha yerga chaqirdi buni kimga aytishni bilmadim hayolimga faqat siz keldingiz murabiy) havotir bilan so'zlarni tez tez aytdi
Jk: bo'ldi tinchlan to'g'ri qaror qilgansan qayerdaligini bilasanmi ?) Uni yelkalariga qo'lini qo'yib biroz boshini egib so'radi.
— Bu o'yinda tirik qolgan g'olib bo'lasi bu o'yining yagona qoidasi. Bir... Ikki... Uch.. ) jang boshlandi ikki tomoning ham kuchi deyarli bir xil edi. Atrofda shovqin har xil gaplar quloqqa chalinardi "yigitcha ham kuchli ekan " "ismi nima edi Johnmi?" " bizniki yutadi axir undan ikki barobar keladiku" . bir chekkada bo'lsa Jungkook ning pidjakini kiyib kapishonkasi bilan yuzini ham berkitib olgan John turardi
Jungkook bor tezligi bilan yugurardi ugurishga ishonardi. Vanihoyat Suho aytgan manzil yetib keldi. Yaxshiyamki hali John ichkariga kirmapti Jungkook Johnni bir chetga oldi
Jk: menga qara nimalarga aralashib yuripsan hoziroq uyga ketasan) devorga tirab past ovozda gapirdi
John: yo'q ketolmayman bu qoidaga...) So'zini tugatmasidan Jungkook gapirib ketdi
Jk: bilaman bu qoidaga to'g'ri kelmaydi qo'rqoqga chiqarishadi va yerni tagidan bo'lsa ham topishadi. Men seni o'rninga boraman Sen esa uyinga borasan chundingmi) yon atrofga qarab hech Kim yo'qligiga qarab shu gaplarni past ovozda aytdi
John: ammo murabiy) yana gapini tugatmasidan Jungkook gapirib ketdi
Jungkook: men seni Murabiyingman ) jiddiy ammo past ovozda
Hayol surib turarkan birdan shovqin avjiga chiqanda chalg'idim. Ko'z oldimda Murabiyim yerga quladi. Buni hech qachon ko'rmayman deb o'ylagandim. Ko'rganim bilan ham hech nima qila olmadim uni o'ziga keltirmoqchi bo'lishdi ammo hali hamon yerda hushsiz yotibti bundan hamma havotirga tushib bir zumda bu yerda hech Kim qolmadi. Men tez yordam chaqirdim va ular Murabiyimni olib ketishini bir chetdan kuzatib turdim so'ngra zalga ketdim.
Erta tongdan yaxshi kayfiyat bilan ko'zlarimni ochib zalga keldim ammo eshitgan nohush xabarim bilan tezda shifoxonaga ketdim. Qanday yetib kelganimni ham bilmay qoldim. Kelishim bilan Jungkook yotgan xonaga otildim ammo uning gapidan joyimda toshdek qotib qoldim
Sari: Jungkook yaxshimisan) qarshimda karavatda o'tirardi Ahvoli yaxahi ko'rinardi ko'zlari ochiq
Jk: siz kimsiz?) Huddiki hech qachon ko'rmagandek menga qarab turardi . Men nima deyishni bilmay turgan joyimda qimirlamay turardim xonaga bir ayol kirib keldi
Jk: oyi bu qiz kim) kirgan ayolga qarab gapirdi
— Bilmayman o'g'lim) ayol ham Safiga qarab
Safi : uzur adashibman) tezda xonadan chiqib ketdim hayol surib kasalxonadan ham chiqib oyig'im qayerga boshlasa usha yerga yurib ketdim. O'zimni anglab boshimni ko'tarib atrofga qarasam dengiz oldidaman hayol bilan dengiz oldiga kelib qolibman. Usha yerdagi skameykalardan biriga o'tirdim va yana hayollar olamiga tushib qoldim
Naxot u xotirasini yo'qotdi. Nega axir seni Kuz faslida Sevgi faslida topganim uchun bu fasl mening sevimli faslimga aylangande endi nima bo'ladi Sen Saban bu fasl endi menga yoqmaydimi. Nega axir men seni sevardim sevgim Muhabbatga aylanishini xohlardim. Ammo nega men bilan bunday bo'ldi. Endi qahvarang ko'zlaringa boshqa boqolmaymanmi.?
-Mana hozir sen sevgan yomg'ir
-Sen ila ko'rishgan o'sha kunim ham
-Sen sababdan g'oyib bo'lmasin
Safi karatega kelmay qo'ydi huddiki karatega faqat Jungkook uchun borayotgandek u yoqligi uchun unga tanish bo'lgan hamma narsa u bilan ketgandek Edi go'yo. Jungkook ni oilasi Chet davlatga davolatgani olib ketishdi. Zal Hali ham ishlayapti uni Jungkook ning eng yaxshi o'quvchisi yuritayapti . Kunlar kunlarni quvib o'tayapti . Qishning sovuq havosi allaqachon Seoul ko'chalariga kirib kelgan. Safi uydan tashqariga chiqmaydigan bo'lib qolgan. Otasi har qanday gapni aytib ko'rdi. Bir Bora tashqariga chiqishi uchun hamma ishni qildi ammo har doim urunishlari zoiya ketdi. Safi xonasining oynasidan tashqariga qarab hayol surib o'tirardi
Mana bugun kuzning so'ngi kuni. Sevimli faslim xonamda o'tadi deb o'ylamagandim. Ammo bu faslning sevimli bo'lishiga sababchi bo'lgan odamsiz o'tishi g'alati. To'g'risini aytsam seni sog'indim. Meni tanimasang. Men kutaman xotirang qaytishini bunga kunlar ketadimi oylarmi hoh yillar bo'lsin qancha bo'lsa ham kutaveraman .
Shu payt eshik ochildi va John kirib keldi. Men chalg'idim unga shunchaki hissiz qarab turardim. U asta sekin kelib oldimga o'tirdi
John: Safi bo'ldi mashg'ulotlarga qayt) iltijo ohangida aytdi
Safi: hop) negaligini bilmadi ammo ichimdagi ovoz shunday deyishim kerakligini aytdi
John: rostanmi rostan qaytasanmi unda bugunoq bor) xursandligidan o'rnidan sakrab turdi
Safi: ha rostan) nega bunday qilayapman ozi bilmayman. Narsalarimni yig'ib John bilan zalga bordim kirishim bilan ko'rgan odamimga ishonolmadim. Qarshimda Jungkook turardi yuragimda og'riq paydo bo'ldi. Ammo bilintirmadim. Mashg'ulotlar boshlandi qura tashlash orqali hamma o'z sherigini aniqladi. Atayin qilingandek menga Jungkook tushdi. Bundan xursandman ham hafaman ham. Men u bilan jang qilardim u zaiflashib qolganmi yoki menga qo'yib berayaptimi biz oddiy harakatlar bilan jang qilardik birdan Jungkook to'xtadi men ham uning harakatidan to'xtadim. U menga yaqinlashib kela boshladi. Shu payt yuragim urishdan to'xtadi go'yo. Mening qarshimga kelib qulog'im yonimga boshini olib keldi.
Jk: bugun kuzning so'ngi kuni nima sababdan kuz sevimli fasling ekanligini aytasanmi Sa.. fi..) So'ngida ismini cho'zib aytdi
Bu reaksiya Crazy fanfic kanalidigi eng faol obunachi uchun mahsus yozildi. Yoqadi digan umiddaman.