November 8, 2024

Qorong'ulikdagi meni top

Jungkook&Veronica

~~

Sengacha hayotim ma'nosiz edi. Hatto yashashni xohlamasdim. Sen kelding-ku qorong'ulikdagi men topding. Faqatgina oq qora rangli hayotimga yorqin ranglar bilan kirib kelding...

~~

β€” 23-xonadagi bemor senga biriktirildi Veronica. Sengacha qanchada qancha ruxshunoslar shu bemorni deb bo'shab ketishdi. U juda injiq va qo'pol ko'nikib ketasan degan umiddaman mana hujjatlari endi ishingni boshla omad - kompyuterdan nimadirlarni yozish bilan birga gapirardi so'ngra stol chetida turgan bir nechta qog'ozlarni qizning qo'liga yutqazdi va ko'zlarini kompyuterdan uzib qo'lini musht qilib biroz jilmayib qizga omad tiladi. Unga javoban qiz ham kulib qo'ydi

Veronica 23 yoshda endigina o'qishni tugatib ishga kirdi.

Pov Veronica

Axx birinchi bemorimni bunday tariflashadi deb o'ylamagandim. Tariflangandek bo'lasinda - qiz xayol surib 23-xonaga yetib kelganini ham bilmay qoldi eshik tagida tutquchni ushlab turarkan ichkaridan kelgan ovozidan shoshib xonaga otilib kirdi. Ko'rgan manzarasidan nima qilishni bilmay gangib qoldi oxiri o'zini yig'ib olib xona markazida tipirchilab osilib turgan yigitni oyoqlaridan ushlab yuqoriroqga ko'tardi va bor ovozi bilan yordam chaqirardi

β€” Hoy buyoqga kelinglar yordam beringlar - qizning ovozi butun kalidorda qo'ng'iroqdek jarangladi uni ovozini eshitgan 2 ruxshunos ovoz kelayotgan xona tomon yugurishdi. Xonaga kirishligi bilan vaziyatni ko'rib osilib turgan yigitni bog'langan pasteldan bo'shatib divanga yotqizishdi.

β€” U ancha yaxshi vaqtida kiribsan - 2 ruxshunos yigitlardan biri Veronicaga qarab

β€” Ha stul qulagan ovozini eshitib kirdim - jim turgan narigi yigit ham gap boshladi

β€” U juda aqlli uni bu aqlini ko'rib u bilan gaplashib ruhiy kasal emasmi deb o'ylab qolaman ammo bu harakatlar uni aksini aytadi- divanda chuqur chuqur nafas olib chiqarayotgan yigitga mayus qarab

β€” O'tgan safar sanchqi bilan tomirini kesgandi o'lishiga bir bahiya qolganda xonaga farrosh ayol kirib uni hushsiz qonga belangan xolda topgandi bu gal o'zini pastel bilan osmoqchi bo'lipti qayerda bu xayoliga kelgan Veronica unga maxsus kiyimni kiydirib qo'y keyin divanga pastel yozilmasin o'zing buni nazorat qil - ikkinchi yigit shu gaplarni aytdiyu xonadan chiqib ketdi uning ortidan 2-yigit ham chiqib ketdi. Veronica bo'lsa nafas olishi yaxshilanib endi ko'zlarini shiftga qaratib huddi o'likga o'xshab yotgan yigitga biroz tikilib turdiyu mahsus kiyimni unga kiydirib qo'ydi. U kiyim uni harakat qilishdan cheklab qo'ladi. U endi hech nima qila olmaydi.

β€” endi gaplashib olamizmi menga nimadir deysanmi mayli qilgan ishing haqida hech nima dema o'zini tanishtir men yangi ruxshunosman va senga qarayman sen birinchi bemorimsan ismim Veronica - bir soatdan buyon jim o'tirgan yigitga oxiri sabri chidamay gapirdi. Bir nuqtaga qarab o'tirgan yigit qizga ko'z tashlab qo'yib yana usha joyga qarab turaverdi va 3dona so'z aytdi holos

β€” Nega meni qutqarding? - hech qanday hissiz bir tekis ohangda

β€” Shu ishing uchun afsuslantirish uchun - biz qatiy ammo mayin gapirdi bola kutmagan javob olgani uchun biroz hayron bo'lib qoldi.

β€” Boshqacha javob mayli men Jeon Jungkook usha taniqli Jeon kompaniyasining vorisi - gapining so'nggida qizga telbaga o'xshab tirjaydi

β€” Sen ruhiy kasalga o'xshamaysan nega bu yerdasan? - jungkook ning ko'zlariga qarab

β€” Chunki shuni xohlashayapti - yuzini boshqa tomonga burib

β€” Kim menga aytib ber? - qiz nimadirni bilib olish uchun jon jahti bilan harakat qiladir

β€” Aytganim bilan nima foyda sen ham sotilasan qolganlar kabi men bo'lsam bu yerda abadiy qolaman boshqa yo'l yo'q - ko'zlarini undan uzdi

β€” Qachonki menga ishonsang va nimanidir aytmoqchi bo'lsang shunchaki ismimni ayt. Men seni yoninga kelaman hech bir so'zsiz seni diqqat bilan tinglayman hoh 2daqiqa gapir hoh 2soat menga ahamiyatsiz men seni eshitaveraman. Sen haqingdagi barcha narsa men uchun muhim. Hayotimdagi barcha barcha narsadan muhimroq. Shunday ekan istalgan vaqting shunchaki meni chaqir...- dediyu xonada chiqib ketdi

Jeon Jungkook 27 yoshda 4 yildan buyon shu ruhiy kasalar kasalxonasida Jeon kompaniyasi vorisi

Birozdan so'ng Jungkookni yechishdi. U xonasida u burchakdan bu burchakga borib kelardi. Xayollaridan juda ko'p savollar aylanardi

Pov Jungkook

Unga ishonsam bo'larmikan? Lekin undan avval ham ko'pi menga bunday gaplar aytgan ammo uning gaplari boshqacha edi balki ishonsam bo'lar? Keyin juda chiroyli qiz aldamas kerak eee chiroyli bo'lsa nima qilibdi chiroyli qizlar ham aldaydi. Lekin uning gaplari boshqacha ko'zlari ham... Nima qilsam ekan boshqalari kabi pulga sotilib ketmasmikan. Bu yerdan charchadim boshqa yo'l qolmadi yoki o'lib qutilaman..

~~

Oradan bir necha kun o'tdi Jungkook har daqiqa shu savollarni o'ziga o'zi berib yurardi . Veronica bo'lsa shunchaki ishini qilar uni gapga solib ko'rmoqchi bo'lar ammo har safar o'xshamasdi. Veronica kompyuterdagi ishlarini qilib o'tirarkan 23-xonadan signal keldi. U ishini shundoq tashlab 23-xonaga yugurib ketdi. Xonaga kirib eshikni yopdi va jungkook ning qarshisiga o'tirdi

β€” Aytib bermoqchimisan Jungkook - hali ham hansirardi

β€” Qorong'ulikdagi meni top menga yordam ber... - Veronica ning ko'zlariga qarab.

β€” Men 23 yosh edim endi o'qishni bitirib dadamning kompaniyasiga ishga kirgandim. Men juda kichik lavozimga ishga kirdim chunki dadam hamma narsa o'z kuchi bilan erishgan meni ham shunday bo'lishimni xohladi. Men sekin sekin yuqoriga ko'tarildim. Buni esa o'gay onam ko'ra olmadi meni o'rnimga o'z o'g'lini o'tkazishga urunardi va buni uddaladi ham. Menga 1yildan buyon ruhiy kasal qilish uchun dori berib kelarkan men buni sezmas ekanman. Bir kun u bilan tortishdik men uni bo'yniga yopishibman o'zim ham bilmadim usha vaqt nima qilayotganimni uni ikki qo'lim bilan bo'g'ardim usha vaqt dadam kelib qoldi o'gay onam rol o'ynadi o'g'lingiz ruhiy kasal deb dadam meni shifokorlarga ko'rsatdi afsuski ruhiy kasal bo'lib chiqdim to'g'rirog'i buni o'gay onam xohladi hujjatlari soxtalashtirdi. 23 yoshimda 23-xonaga qamashdi meni 4yil bo'ldi hamki shu yerdaman o'gay onam menga biriktirilgan ruxshunoslarni sotib olardi ular menga odam qiladigan emas ruhiy kasal qiladigan dorilar berishardi . Menda boshqa yo'l yo'q o'limdan boshqa bu yerdan faqatgina o'lik tanam chiqa oladi.

β€” hoy unday gapirma men yordam beraman. Sen bo'lsa faqat meni aytganimni qil shunchaki davolan va dam ol qolganini o'zim hal qilaman hopmi- gapining so'ngida jilmayib jungkook ga qaradi . Jungkook hop degandek ko'zini yumib qo'ydi va Veronica xonadan chiq degandek ishora qildi. Veronica ham uni tezda tushunib xonadan chiqib ketdi.

Oradan kunlar o'tdi oylar o'tdi bir kuni jungkook hovlidan ichkariga kirganda darvoza oldida Veronica va o'gay onasini gaplashib turganini ko'rib qoldi. Shu zahotiyoq xonasiga kirib qamalib oldi. Veronica Jungkook ning oldiga xursand bo'lib kelarkan eshik qulufligini ko'rib kayfiyati tushdi xonani o'z kaliti bilan ochib kirdi. Divanda jungkook bir nuqtaga tikilib o'tirardi. Veronica kirganini sezib unga qaradi

β€” Sen ham sotildingmi - ko'zlariga qarab

β€” Yo'q - jungkook ning tepasiga asta sekin yurib kelib

β€” unda bu nima? - birdan Veronica ning halatidning cho'ntagidagi dorini olib . Veronicani javobini kutmasdan dorini olga joyiga qaytarib solib qo'ydi

β€” Chiqib ket seni ko'rish ni xohlamayman - bir qo'li bilan eshikni ko'rsatib yuzini boshqa tomonga olib qochadi . Veronica sekin chiqib eshikni yopti ammo 2daqiqa bo'lmasada qo'lida 4ta dori ishidi bilan qaytib kirdi va jungkook ga o'shqirib ketdi.

β€” Men sotilganimda bularni senga ichirgan bo'lardim 4oy davomida o'gay onangni rejasi bo'yicha ish qilish kerak. Shunda unga kutulmaganda zarba bera olasan. - jungkook o'tirgan divanning bir burchagiga o'tirdi.

β€” Jungkook sen shunchaki tuzal va kompaniyaga qaytib bor. Qolgan barchasini o'zim hal qilman.- xonadan chiqib ketdi. Har kecha Veronica Jungkook ning oldiga kirar u bilan suhbat qurardi. Bugun ham uning yoniga kirish yodidan chiqmadi.

β€” Uhlamadingmi Jungkook - eshikni sekin ochib kirib keldi.

β€” Yo'q kelaver - shiftga qarab xayol surib yotgandi eshik ochilganidan so'ng divanga suyanib o'tirib oldi.

β€” Senga bir hikoyani o'qib bermoqchi edim menga juda yoqdi bu hikoyani o'qirkanman Bosh qahramon rolida seni ko'rdim Nomi "Qorong'ulikdagi meni top" - qarshisidagi yigitga o'qib beraymi degandek qarab turardi u javoban mayli degandek boshini egib qo'ydi. Qiz berilib kitob o'qirkan bola unga tikilib o'tirardi. Uning mayin va yoqimli ovozi quloqlariga juda yoqardi. Xonada bir kichik lampa yonib turardi. Usha lampadan chiqayotgan yorug'lik ostida Veronica kitob raqalab goh gohida Jungkook ga ko'z tashlab qo'yardi. Qiz birdan o'qishdan to'xtadi.

β€” Nega to'xtading - qizga hayron qarab

β€” Chunki tugadi - kitobni yoqib jungkook ning ko'zlariga qaradi. Lampa yorug'ligi uning ko'zlariga tushib ko'zi yana chiroyliroq porlardi. Veronica uning ko'zlariga shu on cho'kib ketdi go'yo. Jungkook ham u qarab turganidan poydalanib uning ko'zlariga ko'proq qarab olib dardida edi. Ikkisi ham lampaning hira nurlari ostida bir biridan ko'zini uzmay qarab turishardi. Jungkook bu holatni buzdi. Bir gap bor bir biriga tikilib turgan ko'zlarni qaysi tomon buzsa usha ko'proq va oxirchagacha sevadi deyishadi. Haa bu sevgi hikoyasida Jungkook ko'proq sevgan tomon.

β€” Ha tugadimi ichiga kirib ketganimdan tugaganini ham bilmay qolibman - oxirida biroz kulib qo'ydi.

β€” Haa...qara u ham senikidek holatga tushgan ammo yengilmadi va barini qaytarib oldi. Sen ham yengilma o'zingni o'ylamasang men uchun harakat qil..hopmi... Va'da berasanmi? ... Jimjiloq barmog'ini unga uzatib mayin tabbasssum qildi.

β€” Hop va'da beraman - unga javoban u ham jilmayib jimjiloq barmog'i bilan uning barmog'ini siqib qo'ydi. Yana ko'zlar bir-biriga telbalarcha tikilib qoldi...

~~

2oydan so'ng Jeonlar kompaniyasi

β€” Oyi bu ishlardan charchadim kompaniya ishlari menga emas - yosh bola kabi onasiga harhasha qilardi

β€” Ochir ovozingni kimdir eshitib qoladi otang tezroq o'lsa kompaniya senga qoladi keyin o'zim boshqaraveraman hozir otangni ko'ziga yaxshi ko'rinishing kerak - xonada o'g'liga tanbeh berib o'tirarkan tashqaridan kelgan ovoz ularni chalg'itdi. Ona bola tashqariga chiqishar ekan ko'rgan odamidan ikkisi ham qotib qoldi.

β€” Sen nima qilayapsan bu yerda - hayron bo'lib gapirdi o'gay onasi Jungkook ga qarab

β€” Ha nega hayronsiz siz o'ylagandek ruhiy kasalxonada emasligimdan hayronmisiz - jiddiy ohangda gapirdi . Hamma ishchilar huddi tomosha bo'layotgandek ularni atrofini o'rab olib kuzatib turishardi.

β€” Jinnixonaga qo'ng'iroq qilinglar qochganga o'xshaydi - jim bir burchakda turgan jungkook ning o'gay ukasi tilga kirdi. Jungkook ning ortida turgan Veronica uning ortidan chiqib

β€” U ruhiy kasal emas hujjatda ham isbotlangan sizni ustingizdan sudga ariza berdim - baland ovozda hammaga eshitirib gapirdi.

β€” Sen nima deyamsan.. - baqirib

β€” Jungkook ruhiy kasal qilgan sizsiz unga necha yildan beri ruhiy kasal qilish uchun dori berib kelgansiz - bu gapdan so'ng yig'ilgan ishchilar orasida o'zaro gaplar boshlandi. Markazda bo'lsa Jungkook va Veronica qadilarini tik tutib turishardi.

1oy o'tdi bugun so'ngi sud kuni

β€” Ayblanuvchi inson hayotini o'yin qilgani taqiqlangan dorilarni oldi sotisida shug'ulangani va poraxo'rlikda ayiblanadi va 4yilga ozodlikdan mahrum qilandi. Sud zalidan Jungkook va Veronica oxirida chiqishdi. Veronica ketmoqchi bo'lib turganida uning qo'lidan Jungkook tutib to'xtatdi ko'zlariga qarab gapira boshladi

β€” raxmat shuncha dalil yig'ibsan. Sen sabab baridan qutuldim. Sengacha hayotim ma'nosiz edi. Hatto yashashni xohlamasdim. Sen kelding-ku qorong'ulikdagi men topding. Faqatgina oq qora rangli hayotimga yorqin ranglar bilan kirib kelding...Seni sevaman Veronica - ko'zlariga termulib yoqimli ovozda gapirardi.

The end!

Mana va nihoyat tugatim reak va fikr kutaman😁