November 10, 2024

Qora yo'llardagi sevgi

Jungkook&Naeva

~~

Bizning yo‘limiz qora yo‘llarda boshlandi lekin yuragimizdagi yorug‘lik o‘z yo‘limizni chizishga majbur qildi. Biz sevgimizni qora yo'llardagi sevgi deb nomlaymiz.

~~

— Raxmat, manzilgacha 2 kilometr qoldi . Orqamda hech kimni ko'rmayapman. Sizlar meni kuzatayapsizlarmi? - mashinani gazini bor kuchi bilan bosarkan ko'zlari yo'ldi bir qo'lida radsiyaga baqirardi. Chunki atrof juda shovqunli edi.

— Kuzatib turibmiz Jungkook, ammo burilishdan keyingi nuqtada raqibing 7-raqam bor. Ehtiyot bo'l - hotirjam ohangda radsiyadan ovoz keldi. Jungkook radsiyani oldidagi o'rindiqa uloqtirib ikkinchi qo'lini ham rulga qo'ydi. Birdan ko'zi shinalar almashtiriladigan joyda unga qarab turgan qizga tushdi. U hatto hozir poygada ekanligini ham unutib qo'ygandi.

Pov jungkook

Kim bu qiz? Nega u meni kuzatib turibdi? Nega u bunchalar go'zal? - xayol surib qizga tikilib qolgandi ammo yonidagi o'rindiqda yotgan radsiyadan kelayotgan ovoz uni yana poygaga qaytardi.

— Hoy Jungkook burulish bor nima qilayapsan Jungkook burulish bor - radsiya ortidan u bor ovozi bilan baqirardi. So'ngi soniyalarda rulni keskin chap tomonga burib mashinani burdi.

— Bilaman baqirishingiz shart emas qulog'imni teshib yubordingizku - radsiyani qo'liga olib hotirjam gapirdi.

— Yaxshi bu so'nggi aylana yutishing kerak - jiddiy va oldingidan pastroq ohangda gapirdi

— Yutishimga shubha qilayapsizmi qanday qilib jamoa capitani yutqazadi - radsiyaga gapirarkan tezlikni oshirdi.

— Jungkook men ham bir vaqtlar capitan edim qachondir omad ham seni qo'lingni qo'yib yuboradi - radsiyadan javob qaytmadi. Atrof rasa shovqun poyga maydoni burchaklari yonib turgan shinalar bilan bezatilgan. Bu poygani mafialar o'rtasidagi raqobat deb nomlasak ham bo'ladi. Ya'ni bu poygada 10ga yaqin katta mafialarning jamoalari poyga o'ynashadi o'rtada juda katta pul aylanadi. Har yili bir marotaba bo'ladigan bu poygada oxirida 2ta poygachi qolgunga qadar davom etadi. Har bir turda bittadan poygachi o'yindan chiqadi. Usha poygachilarga qiyin chunki ularning taqdiri muqarrar so'ngi poygasi shu bo'ladi. Bugun 5tur . Sharhlovchi poygani hech bir nafaslarsi jon jahti bilan sharhlayapti

— Bu so'ngi aylana marra chizig'iga 2mashina yaqinlashib kelayapti 23-raqam va 7-raqam ularning ortidan 12-raqam ham kelayapti qolgan ikki poygachi 2-aylanada qolib ketishdi. Ooo yo'q 7-raqamning shinasi yorilib ketdi. Ha Enidi bu o'ynida 23-raqam yutishi aniq. Marra chizig'i bosib o'tildi 23-raqam bugungi poygamizda g'olib bo'ldi. - sharhlovchi so'zlarini tugatarkan radsiyadan uzoq kutilgan javob keldi.

— Hozircha omad men bilan qolmoqchi ko'rinadi - gapining so'ngida qisqa kulib qo'ydi

~~

Jeon Jungkook 27 yoshda . Maktab davrlarida ko'cha poygalariga qatnashib yurgan mana shu uni mafia olamiga kirib kelishiga sababchi bo'lgan uning mahoratini ko'rib mafia bo'lishga taklif qilishgan. U juda katta mafia emas o'z boshlig'ini obrosini va pullarini himoya qiladi holos poyga jamoasini capitani. Yana 23-raqam nomi bilan ham tanilgan

Poygadan so'ng butun jamoa culubda buni nishonlashdi. Culub juda shovqin culubdagilarning deyarli hammasi yoshlar bu juda ajinarli ular tengilar aslida o'qib yurgan bo'lishi kerak. Jungkook ularga biroz tikilib stakanidagi barcha vinoni oxirgacha ko'tarib yubordi. Barmendan yana bir stakan quyishini so'rarkan uning qo'larini bir qiz kelib barmoqlarmoqlari bilan nozik siladi

— Juda kelishgan ekansan nima deysan balki..- qiz gapini tugatmasidan jungkook uning gapini bo'ldi

— ha men bilan yur - qizni kutmay ketib qoldi. To'g'ri vip xonaga borishdi. Qiz eshikni yopib endi divanda o'tirgan Jungkook ga yaqinlashayotgan edi. Jungkook uni o'zidan itardi.

— menga qara hali yoshga o'xshaysan yosh umringni xazon qilma to'g'ir yo'lga qayt - shimining cho'ntagidan bir pachka pulni olib qizga tutqazdi va pidjakini yechib qizning ochiq yelkasiga tashladi.

— Mana endi yaxshi uyinga bor va bu yerga boshqa qaytib kelma - deya xonadan chiqib ketdi. Barmenga pulini to'lab culubdan ham chiqib ketdi. Culub eshigi tagida sigaretani og'ziga solganidi hamki yondirg'ichi pidjakida qolib ketgani yodiga tushdi segaretani o'zidan olmoqchi edi bir qizning ovozi uni to'xtatdi

— Mana ol - sochlari qop qora o'zi ham qora rangda kiyinib olgan qiz jungkook ga yondirg'ichi uzatib.

— raxmat - segaretni bir tortib so'ngra yondirg'ichi qizga qaytardi

— isming Naeva ediya - tutuni purkab

— Ha meni taniysanmi? - devorga suyanib

— Ha Bugungi o'yinda 2-o'rini olgan 7-raqamning jamoa sardori mafiada qizlar kam o'zi ha yana sen nega meni kuzatib turganding poygada - sigaretani yerga tashlab oyog'i bilan bosdi. Jungkook Naeva haqida bilmasdi o'yindan so'ng jamoadoshlaridan so'rab olgandi

— Finalda sen bilan raqib bo'laman shunga seni o'rganayotgandim - ko'zlariga qarab jiddiy gapirdi Jungkook ham unga qarab turgandi

Pov Jungkook

Bu ko'zlar bunchalar go'zal qop qora ko'zlariga go'yo cho'kib ketgandekman - jungkook tikilib turarkan ko'zi oldida chiqilmagan barmoq tovushidan o'ziga keldi

— Nega u qizga yordam berding dedim? - deya unga qarab javob kutib turardi

— Ha umi juda yosh ekan yosh umrini xazon qilishini xohlamadim - ko'zini boshqa joyga olib qochdi

— Birinchi marotaba mehribon va rahimdil mafiani ko'rayapman axir o'zingni hayoting ham yaxshimas shakl eshitishim bo'yicha mafiaga juda yosh payting kirib kelgansan huddi men kabi - deya bir ho'rsinib qo'ydi

— Ha men oldingi hayotim ga qayta olmayman men endi oddiy yashay olmayman endi yosh o'smir vaqtimga qayta olmayman ammo unda hali imkoniyat bor - u ham qizning oldigan kelib devorga suyandi

— Ha oddiy hayot biz buni o'zimiz xohlab tanladik ammo men jon deb tashlab ketardim usha oddiy hayotga oddiy insonlar kabi hayot xohlayman. Erta tongda turib ishga ketsamu kechga yaqin uyga kirib kelsam. Musiqa og'ushida kechki ovqat tayyorlasam. Erim kelsayu meni quchsa burnimdan o'pib qo'ysa. Birga maroqli suhbat qurib kechlik qilsak. Har tunda men unga kitob o'qib bersamu u tomosha qilib o'tirsa. So'ngra uhlab qolsamu u meni ustimga ko'rpani asta yopib qo'yisa. Shu talqinda u bilan 50 yil 60 yil to so'ngi nafasimga qadar birga bo'lsam.Hech qanday tashvishlarsiz oddiy hayot kechirsak... Ammo omerta (omerta mafiaga qo'shilganda qabul qilinadigan bir qonun sadoqatli bo'lish sheriklarini hech qachon sotmaslik uchun huddi shifokorlar ichadigan qasamga o'xshab. Har bir odam mafiaga qo'shilayotganda bazim o'takaziladi va omertani qabul qiladi)

— Ha orzularing juda zo'r havasim keldi- osmonga qarab yana gapini davom etirdi — bizning orzularimiz oyga o'xshaydi ularni ko'ra olamiz ammo yeta olmaymiz

—Sen bilan suhbatlashish maroqli ekan menga yoqding yo'q u ma'noda emas yaxshi suhbatdosh ekansan ha nega aynan 23 - u ham osmonga tikilib oy va yulduzlarni tomosha qilardi

— Meni mafiaga qabul qilishgan poygada 23-raqamda o'ynagandim usha vaqt bu raqam menga yoqardi bu 23-raqam mening omadim deb bilardim ammo hech o'ylamagandim manashu 23-raqam orzularim qotili bo'lishini hozir nafratlanayapman o'zingniki nega 7 - ko'zlarini osmondan uzib undan faraq qilmagan ko'zlarga savolan qobdi

— bu biroz g'alati men 7 yoshimda odam o'ldirib qo'yganman o'z otamni so'ngra kaloniyada katta bo'ldim bilsang kerak mafialar yetim xonalar va kaloniyalarni kuzatib yurishadi. 18 yoshimda kaloniyadan ozod bo'lganimdan so'ng mafiaga qo'shilish taklifini berishdi hech kimim yo'q edi tabiiyki men rozi bo'ldim - gapining so'ngida jungkook qarab biroz nim tabbasssum qilib qo'ydi

— Hozir buni so'rashim biroz g'alati ammo otangi nega o'ldirgansan? - qizga tikilib undan javob kutardi

— Onamni urayotgandi ammo men kaloniyadaligimda onam bir marotaba ham kelmadi chiqanimdan so'ng ham uni topa olmadim hech qayerda yo'q - qizning ko'ziga yosh to'liq kelayotgandi buni jungkook tezda sezib cho'ntagidan dastro'molni olib qizga uzatdi. Qiz uning nozik qo'lari bilan olib ko'z yoshlarini artdi orada biroz sukunat cho'ndi. Bu sukunat hukumronligini Naeva buzdi

— biroz aylanmaymizmi havo yaxshi bo'layapti - bolaga bir bor qaradi va uni javobini ham o'zini ham kutmay ketib qoldi. Jungkook ham uning ortidan ergashdi.

Naeva 26 yoshda u ham jungkook kabi jamoa capitani. Bu yili Naevaning birinchi poygasi va bu yil u capitan bo'ldi.

Ular mashina yo'lining chetida jim ketishardi. Stalbadagi chiroylar atrofni yanada go'zalroq qilib turardi. Jim jitlik go'yo sahnaga chiqganingda hamma jim bo'lib seni gapirishingni kutishgani kabi u ikkisi ham bir biridan gap kutishardi Jungkook oxiri zerikib gap ochdi

— Bu yil poygaga qo'shilib shu zahotiyoq capitan bo'lding bu biroz shubhali emasmi - bir qoshini ko'tarib

— Bilmayman - hotirjam va mayin gapirdi

— Ehtiyot bo'l ayol mafialar kam va ko'pchilik mafialar ayollarni mafia deb ko'ra olishmaydi - gaplarini tugatgandan so'ng Naevaga qarab tikilib qoldi yana uning ko'zlariga g'arq bo'ldi.

Ikki qalb bir birga tikilib turisharkan ularni nimadir bir biriga bog'lagandi. Atrof shundoq ham chiroyli ediku ammo yomg'ir yog'ib yana ham go'zalashdi. Hozir havoga ishonch yo'q istalgan vaqt yomg'ir yog'averadi axir kuz fasli bo'lsa. Yomg'ir yog'arkan bu ikkisi hatto yomg'ir tomchilari ovozini badanga tushayotganini ham sezishmasdi. Ular bu yerda emasdi go'yo bir olamaga tushib qolishgandi faqat ikkisi bor olamga

Pov Naeva

Nega u boshqacha ko'zlari go'yo meni sehrlab qo'ygandek ulardan ko'zimni uzay deyapmanku ammo bo'lmayapti miyyam bo'ldi qarama tikilib turma desa ham ko'zlarim o'zimga bo'ysunmayapti. Yomg'ir yog'ayapti buni ko'zini biroz berkitib turgan sochlaridan oqayotgan tomchilardan payqadim.

Bu holatni Jungkook buzdi. Allaqachon ust boshi xo'l bo'lgan qachon yomg'ir yog'ishni boshlaganini eslolmadi ham.

— Axx sh*t ustimdagini boyagi qizga berib yuborgandim pana joy ham ko'rinmayapti - deya uyoq buyoqga qarab pana joy izladi ammo yo'q yaqin atrofda pana joy ko'rinmas uzoqdan astanofka ko'rinardi holos

— Meni ustimda bor ana u yerda astanofka bor ekan - pidjakini yechib Jungkook uzatdi va ketdik degandek imladi. Jungkook pidjakni qiz va o'zining boshiga yopib ketdik degandek ishora qildi buni tushungan qiz Jungkook bilan barobar yugurib ketishdi.

Mana shunaqa dib tasavvur qilamiz atrofda pana joy yo'q dib o'ylela

Oradan kunlar o'tdi finalga qadar 1 poyga bo'ldi bunda Jungkook ishtirok etmasi . Bugun final 7-raqam va 23-raqam o'ynaydi. Poyga shartlaridan biri finalda ikki jamoa capitanlari belashishadi. Jungkook va Naeva endi raqib ammo ular shu kunga qadar bir necha bor uchrashib ancha yaqin bo'lib ketishgandi. Jungkook poygadan avval bir chekkada chekib turarkan telefonda gaplashayotgan odamning suhbatini eshitib qoldi.

— Ha bombani joyladami 23-raqam yutishi aniq u Naevadan ancha kuchli va u 4yildan beri yutib keladi. Poyga oxirida tormoz bosilishi bilan mashina portlaydi shunda biz pul bermaymiz va obroyimizga ham putur yetmaydi va ayol mafiadan ham qutilamiz bir o'q bilan 2quyon deyishgani shu bo'ladi deya gapining so'ngida kulib qo'ydi. Jungkook buni eshitib turarkan ana endi bilgandi. Nega Naevani poygaga qo'shib shu zahotiyoq capitan qilishganini. Poyga boshlandi buni Naevaga etishga vaqt ham fursat ham bo'lmadi. Poyga boshlanishi bilan jungkook radsiyani mashinadan uloqtirib yubordi. Qo'l telefonini olib Naevaga qo'ng'iroq qildi. Jungkook miyyasida ming xil xayol yurardi fikru xayoli bir yo'lini topishdi Naeva go'shakni oldi.

— Alo Jungkook meni qutqar mashinada bomba.. - qiz gapini tugatmasidan bola gapini bo'lib gapirib ketdi

— Ha bilaman bilaman tinchlan yig'lama tormozni bosma men bir yo'lini topaman- deya qizga hotirjam gapirdi aslida juda asabiy edi ammo u baland va asabiy ohangda gapirsa qizning qo'rquvi ortardi.

— Qayerdan bilding... - yig'i aralash ohangda

— Hozir buni mavridi emas meni yaxshilab tingla so'ngi aylanada tezlikni kamaytirasan meni ham kamaytiraman... - gapini tugatolmadi qiz gapirib ketdi

— Ha nimani o'ylaganingni tushundim ammo omertani buzsak ikkimiz ham o'lishimiz aniq qochib qayoqqa ham borardik izimizdan shu zahotiyoq tushishadiku men sabab... - endi qizning gapini bola bo'ldi

— Zinhor unday dema sen menga yoqasan seni sevib qolganman Naeva... - jungkook ovozi biroz titiroq bilan chiqdi . Bunga javoban Naeva hech nima demadi. So'ngi aylana ikki mashina ham tezlikni kamaytirdi 23-raqam 7-raqamga yaqinlashdi mashinalar bir biriga taqaldi ular bir biriga tegib turarkan yoqimsiz ovoz chiqarardi. Naeva mashinaning old oynasidan jungkook mashinasiga o'tdi. U o'tishi bilan Jungkook tezlikni oshirdi va poyga maydonidan chiqib ketdi. Mashina portladi Naeva buni orqaga o'girilib tomosha qildi u faqat orqaga qarab ketdi. Ularning ortidan 2 yoki 3ta mashina tushgandi.

— Ular kelishayapti endi nima qilamiz - mashinani bor kuchi bilan boshqarayotgan jungkook havotirlanib qaradi.

— bir yo'li bor - deya uzoqdan ko'rinayotgan jarlikga ishora qildi . Buni sezgan Naeva Jungkook qo'lini qattiq siqib oldi. Jungkook tezlikni kamaytirmay uchib kelardi.

— Naeva .. Kel kengi hayotimizda oddiy insonlar kabi uchrashaylik men bir kichik biznesim bo'lsin. seni tasodifan uchratib qolay kel seni avtobus bekatida uchratib qolayu soat nechi bo'lganini so'ray sen bo'lsa qo'l soatim borligini ko'rib turib menga tabbasssum qilib soatni ayt. Kel keyingi hayotimda oldinroq uchrashaylik va oddiy insonlar kabi tinch va baxtli hayot kechiraylik ... Naeva men seni sevaman.. So'ngi nafasimgacha seni sevaman... - deya qizning lablariga o'zining lablarini bosdi va qisqa bo'sa oldi so'ngra uning ko'zlariga tikilgan qarab turdi. Naeva bo'lsa ko'zlaridan tinmay ko'z yosh oqib Jungkook qo'lini qattiq siqib turardi.

— Jungkook hayotimga kirib kelganingiz uchun raxmat men ham sizni sevaman... - deya unga qaradi bularni eshitgan jungkook nim tabbasssum qilib qizning qo'lini qattiq siqdi va ruldan qo'lini oldi . Mashina jarlikdan qularkan ularning ortidan kelayotgan mashinalar to'xtashdi tormoz bosilganda shinalar birdan yerga ishqalanib to'xtashidan chiqayotgan ovoz yoqmisiz edi. Jarlik ancha baland mashina pastga tushgunga qadar sog' joyi qolmadi. Qo'llar hali ham bir birini qattiq siqib turar Naevaning ko'zlari qizarib ketgan nafas olmasi jungkook bo'lsa hali ham nim tabbasssum qilib turar ko'zidan bir tomchi yosh yumalab tushdi va joni uzuldi.

The end!

Qorong'u tun yulduzlar jim

Sukutan ichra so'ngi bir qism

Ko'zlaringda yosh , yuragim vayron

Sevgimiz abadiy, dunyomiz oxir

Qalbimda sen bor har nafasimda

Taqdir chorladi bizni shu onda

Qo'llaring tutib qo'yib yubormay

Bu jarlik bizning so'nggi sahifa

Hayotimiz o'tdi bir lahza kabi

Sevgimiz o'zga bir saboq edi

Qoldi bir orzu , qoldi bir umid

Kel ko'rishaylik keyingi hayotda

Qadrli sevgilim so'nggi dam oxir

Taqdir chorladi bizni shu onda

Endi ketayapmiz yulduzlar tomon

Sevgimiz abadiy, dunyomiz oxir

Mana rasa kuttirdim uzur fikr va reak kutaman axx tragediya anchadan beri yozmayapkandim qo'lim chiqib ketgan ammo bir amaladim biram o'zimga yoqdi tragediyani sevamande : )