October 27, 2024

Sen va yomg'ir

Jk&Nova

Seulning bahor fasli edi shahar yam-yashil va havo nihoyatda tetik edi.Jungkook ertalab bir oz charchagan ammo baribir yaxshi kayfiyatda kafe eshigidan ichkariga qadam qo‘ydi. Kafedagi qahvalarning xushbo‘y hidi uni darhol quvontirdi.

Jungkook ichkariga kirishi bilan ofitsiant qiz Nova unga yaqinlashdi.

Jk: Nova-ssi bugun men uchun eng katta kofe tayyorlay olasizmi?)dedi Jungkook unga iloji boricha yoqimtoy bo‘lib tabassum qilib qararkan.

Nova: Albatta Jungkook-ssi. Siz uchun nima desangiz ham tayyorman)dedi Nova hazilomuz biroq xijolat bo‘lib yengilgina qizarib ketdi

Jungkook 27 yosh. Nova ishlaydigan kafega ko'p kelib turadi, deyarli har kun desa ham bo'ladi.
Nova 25 yosh. Kafeda ishlaydi chiroyli va quvnoq qiz . Jungkookni yaxshi taniydi ularni do'st desak ham bo'ladi

Jungkook yana tabassum qildi, ammo bu safar biroz jiddiy ohangda so‘z qotdi:

Jk: Sizga bitta savolim bor edi) Nova shoshilib kofesini tayyorlashni to‘xtatdi va unga qiziqib qaradi.

Nova: Ha albatta savolingizni bering) Jungkook boshini egib, pichirladi

Jk: sizga yoqadigan inson bormi?) Nova birdan qizarib ketdi, lekin yuziga jilmayish yopishib oldi va hazil ohangida javob berdi

Nova: Yo‘q... ammo siz kabi o‘ziga bino qo‘ygan bolalar menga har kuni shunday savol berishadi) Jungkook kulib yubordi va stol ustida qo‘llarini tugib unga yaqinroq egildi

Jk: men o‘zimcha emasman bilasizmi?)dedi u ko‘zlarini pirpiratib.

Jk: Faqat sizdan hech qachon birga bir kofe ichishga taklif olmayapman xolos)Nova kulib yubordi va javoban dedi

Nova:Balki sizni bir kun bu kafe tashqarisida uchratish nasib qilar? ) Jungkookning ko‘zlari jiddiylashdi ammo lablari kulib turgan edi.

Jk: Demak meni kofe uchun taklif qilyapsizmi?) Nova asta boshini qimirlatib qo‘ydi ko‘zlarini bir lahzaga boshqa tomonga oldi

Nova: Kim biladi... Balki…) Shu payt yomg‘ir boshlanib qoldi. Jungkook o‘rnidan turdi va kafening eshigi tomon bordi. U tashqariga chiqarkan, Novani ortidan ergashtirish uchun boshini burdi

Jk:Yuring yomg‘ir ostida sayr qilamiz) dedi u qo‘llarini cho‘ntagiga solib Nova shoshilib javob berdi

Nova: Menda soyabon yo‘q-ku) Jungkook soyabonini ochdi, qo‘lini unga uzatib jilmaydi

Jk: Unda buni bitta romantik lahza deb bilsak ham bo‘ladi)dedi u tabassum qilib kulib . Nova xijolat bo‘lgan holda uning soyaboni ostiga kirdi. Yomg‘ir ostida yurib borisharkan Jungkook unga qarab shivirladi

Jk:Balki buni boshqa kunlarda ham davom ettirishimiz kerakdir? Soyabon va kofelar bilan. Nova asta-sekin bosh irg‘adi va jilmayib qo‘ydi

Nova: Kim biladi…)Jungkook va Nova kichik soyabon ostida yomg‘ir tomchilari ularga shovqin solgancha shahar ko‘chalarida yurib borishardi. Soyabon ostida ular yanada yaqinroq turishlariga to‘g‘ri kelganidan har ikkovining ham yuragi tez urardi. Buni bir-biriga bildirmaslik uchun esa ularning har biri harakat qilardi.Bir necha daqiqa sukunatda o‘tdi. Nihoyat Jungkook jimlikni buzib hazil qilmoqchi bo‘ldi

Jk: Aytgancha yomg‘ir yoqqanda odatda nima qilasiz?) Nova yengil jilmayib boshini ko‘tardi.

Nova: Kitob o‘qiyman… yoki shunchaki derazadan tomosha qilaman. Nima uchun so‘rayapsiz?) Jungkook kulib qo‘ydi va boshini qimirlatib

Jk: To‘g‘ri javob: yomg‘ir yoqqanda mendan yashirinib oladigan joy topasiz.) Nova uning hazilini eshitib kulib yubordi.

Nova: Agar xohlasam, sizni derazamdan tomosha qilishim mumkin, xuddi yomg‘ir tomchilari orasidagi bir g‘aroyib insondek) Jungkook yana unga yaqinlashib, hazilomuz qarash qildi

Jk: Xo‘sh, shundaymi? Demak men siz uchun derazangizdagi tomchilarga aralashib ketadigan oddiy bir yigitman ha?) Nova jilmayib, shosha-pisha javob berdi

Nova:Yo‘q yo‘q! Sizni… ya'ni, siz oddiy emassiz albatta) dedi u bir oz xijolat bo'lib Jungkook  bir oz sukutda turib jiddiy ohangda pichirladi

Jk: Xo‘sh Nova-ssi sizni kofe uchun taklif qilayotganimni aniq anglayapsizmi?) Nova boshini egib biroz hijolat tortganini yashirmadi

Nova: Ha ) Jungkook yana bir bor jilmaydi va sekinroq yurishni boshladi. Ko‘chaning burchagiga yetib kelganlarida kichkina kafeni ko‘rsatdi. Bu kafe kichik yorug‘ va ichidagi lampalar juda chiroyli edi.

Jk: Keling bu yerda kofe ichamiz) dediyu  soyabonini yig‘di. Kafega kirishgach ular stolda qarama-qarshi o‘tirishdi. Kichik stol va yoqimli yoritish ularni yanada yaqinlashtirgandek edi. Nova qo‘llarini bir-biriga urib nimanidir aytmoqchi bo‘lgandek o‘zini olib qochdi. Jungkook unga qarab jilmaydi

Jk: Nova-ssi xijolat bo‘lmang. Bilasizmi men bunday uchrashuvlarni orzu qilganman.) Nova beixtiyor boshini ko‘tarib unga qaradi. Ko‘zlarida ajablanish va biroz hijolat bor edi

Nova: Rostdanmi) so‘radi u ishonchsizlik bilan Jungkook boshini irg‘ab tabassum qildi.

Jk: Ha har doim siz bilan vaqt o‘tkazishni xohlardim ammo sizni qanday taklif qilishni bilmasdim. Yomg‘ir esa o‘sha imkoniyatni berdi.) Nova tabassum qildi va ko‘zlarini chetga olib qochdi.

Nova: Men ham siz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlardim) pichirlab ikkalasi ham bir-biriga qarab shunchaki jilmayib turishdi. Ularning yuraklari juda tez urayotgandek ammo tashqaridan buni sezish qiyin edi. Ularning bu kichik uchrashuvi yomg‘irli kunda boshlangan ammo bu hikoya faqat boshlanishi edi. Har ikkovining ham yuragida shunday tuyulardi. Bu yerdan tashqariga chiqib ketganlaridan so‘ng ham ular yana va yana bir-birini izlab qolishlari aniq edi.

~~

Bugun Nova kafeni tozalab so'ngra quluflab ketishi kerak. Mana barcha ishlarini qilib bo'ldi . Hamma ishlarni bajarib bo'lgani uchun kayfiyati ko'tarilgan Novaning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Kafe derazasi ortida yog'ayotgan yomg‘ir , tomga tushayotgan yomg‘ir tomchilaridan chiqayotgan ovoz uning kayfiyatini buzib yubordi. Yomg'ir juda kuchli yog'ardi go'yo Hali beri to'xtash niyati yo'qdek.Nova biroz kutdi ammo yomg‘ir Hatto biroz bo'lsa ham sekinlamadi oxiri taqdirga tan berib kafe chiroqlarini ochirib tashqariga chiqdi. Shosha pisha eshikni qulufladi. Ortiga o'girilsa soyabon ko'targan yigit turardi. Nova uchun u huddi najot farishtasi edi.

JK: senda soyabon yo'q shundaymi? ) qarshisida sovuq qotayotganidan titirab turgan qizga mayin gapirdi. Qiz bo'sa boshini yengil egdi va unga tikilib turdi.

JK: yaxshi men uyingga kuzatib qo'yaman) dediyu qizga kel degandek ishora qildi. qiz tez tez oyoq uchida yurib soyabon ostiga kirib oldi. Jungkook Novaning qo'liga soyaboni tutqizib oziz ustidagi ko'ja pidjakini yechishga tushdi. Pidjakni yechib Novaning yelkasiga yengil tashlab qo'ydi va qizning qo'lidan soyaboni oldi. Qiz nima bo'lganini anglolmay jungkookga tattoosiga va mushaklariga tikilib turardi. Jungkook buni payqab kulib qo'ydi va gap boshladi

JK: seni yaxshi qiz deb o'ylagandim) tattoosini qo'li bilan berkitib

Nova: men shunchaki...) nima deyishni bilmasdi hozir u bu yerdan yo'q bo'lib qolishni xohlardi uyalganidan

JK: seni shunchaki ko'zing tushib qoldi shundaymi) mazah qilib. O'zini kulgudan zo'rg'a tiyib turardi

Nova: ha nima kattakon tattooying bo'lgandan keyin buni hatto ko'r ham ko'radida) gapirdiyu yuzini boshqa joyga oldi.

JK: ha to'g'ri..) ular jim ketishardi Nova uyalgandan gapirmasdi Jungkook Novani hijolat bo'lishini xohlamasdi. Shu tariqa Novaning uyiga ham yetib kelishdi. O'zi Novaning uyi kafedan uncha uzoqda emasdi 7daqiqalik yo'l edi.

Nova: raxmat) mayin va yoqimli ovozda jungkook ning ko'zlariga tikilib qarshisida turardi. Yomg'ir tomchilari soyabonga urilarkan odamning qulog'iga yoqadigan tinchlantiradigan ovoz chiqardi. Jungkook va Nova bir birning ko'zlariga cho'kib ketgandi go'yo. Bir daqiqa shu holatdan so'ng Nova shoshilib ustidagi ko'ja pidjakni yechib Jungkook ga uzatdi.

Nova: raxmat uyingizga bora qoling ) qiz gapirargan jungkook unga hali ham tikilib turardi.

JK: ha..ha.. Men keta qolay ) dovdirab javob berdi va pidjakni Nova ning qo'lidan olib ortiga o'girilib ketib qoldi. Nova uning ketishini kutib turardi. Birdan jungkook ortiga qayta boshladi. Huddi nimadir esiga tushgandek Nova ga qaradi

JK: ha aytgancha issiq dush qabul qil va issiq choy ich) Novaga qarab javob kuta boshladi nova hop degandek ishora qilgandan so'ng. Yana ortiga o'girilib ketdi.2qadam tashlamasidan yana ortiga qaytdi

Jk : ertaga men bilan sohilga borasan vaqting bormi) qiz yana boshini egib hop degandek ishora qildi. Yana jungkook ortiga o'girilib ketdi. Qiz uning to ko'zga ko'rinmay ketgunicha kuzatib turdi va uyga kirib ketdi.

Pov JK

Axx sen ahmoqsan. Uni 2yildan beri tanisang ham u bilan bemalol gaplasholmaysan. Tezroq sevgi ishor qilishim kerak kimdir ilib ketmasidan ~~

Jungkook va Nova sohilda uchrashishdi .

Qiz uning to ko'zga ko'rinmay ketgunicha kuzatib turdi va uyga kirib ketdi.

Pov JK

Axx sen ahmoqsan. Uni 2yildan beri tanisang ham u bilan bemalol gaplasholmaysan. Tezroq sevgi ishor qilishim kerak kimdir ilib ketmasidan

~~

Jungkook va Nova sohilda uchrashishdi . Ularning suhbati hol ahvol so'rashdan nariga o'tmadi. Oxiri jungkook o'zida jasoratini to'plab gap boshladi.

JK: aslida senda bir gapim bor edi) pastroq gapirdi ammo Nova eshitdi. Shu payt yana yomg'ir quyib yubordi. Yomg'ir juda tez yog'ardi. Allaqachon ikkisining ham kiyimlari nam bo'lgandi.

JK: axxx bugun yomg'ir yo'q ediku soyabon olmagandim) yelkalarini qisib olgan

Nova: ha aytgancha menda bor edi) sumkasini titkilashga tushib ketdi axiri qidirgan narsani topdi. Soyaboni ochib ikkisi soyabon ostiga kirishdi. Jungkook suvga tushkan mushukdek hol bo'lib ketgan ko'zini berkitib qo'ygan sochlaridan suv tomib turardi.

JK : har uchrashganimizda yomg'ir yog'adiya) sochini orqaga tarab

Nova : ha. ..siz bir gapib bor deyotgandingiz) jungkook ga tikilib mayin va yoqimli ovozda

JK : ha.. Sen va Yomg'ir bu ikkisi juda chiroyli. Sen bilan yomg'ir kunlarda birga bo'lishni xohlayman. Faqat yomgʻir da emas quyoshli kunlarda ham qorli kunlarda ham hamma hammasida har kuni abadiy sen bilan bo'lishni xohlayman. Seni sevaman Nova yomg'irni sevganim kabi) qizning ko'zlariga tikilib shu so'zlarni aytarkan. Novani uni diqqat bilan eshitardi. U juda xursand bo'lsa ham jungkook ga bildirmasdi. Yuragi shu qadar tez urardiki go'yo ovozini qulog'iga eshtilib turardi. Biroz unga qarab turdi va javob berdi

Nova : menga ham yomg'ir yoqadi huddi siz kabi ) jungkook ga tikilib turib gapirarkan mayus turgan jungkook ning ko'zlar chaqnab ketdi va yuzida Tabassum paydo bo'ldi. Jungkook Novani ko'tarib turgan joyida aylantira boshladi. Bu vaziyatni kutmagan uchun Novaning qo'lidagi soyabon yurga tushib ketdi.

Nova : bo'ldi Jungkook tushiring boshim aylanib ketdi. ) jungkook ni yelkasiga yengil urib . Jungkook aylanishdan to'xtan novani yerga qo'ydi. Jungkook Novaga Nova jungkook ga qarab turardi. Jungkook Novaning yuzni ikki qo'li bilan ushlab silay boshladi

JK: Menga faqatgina ikki narsa yoqadi Sen va Yomgʻir) jungkook ning bu gapidan so'ng Nova unga qarab Tabassum qildi. Jungkook ham unga Novaga qarab kulib turardi. Hozir ikkisi hatto yomg'ir yog'ayotganini ham sezmayapti. Chunki ular hozir bu yerda emas go'yo boshqa olamga tushib qolishgandek...

The end!

Shu kunlada ko'p yomg'ir haqida yozvoman. Havo ilhom bervoti. Ff reaksiya yoqadi digan umiddaman. Ko'pro fikr yozila