Taqdirimni o'zgartir
Men shu yilda barini qoldirib yangidan boshlamoqchiman. Ammo bir seni emas.
Har kunigi kabi oddiy bir kun erta tong dasturxon tepasida har kun muhokama qilinadigan gaplar bugun ham yoddan chiqmadi. Haneul doimgidek bir so'z demasdan tinchgina nonushta qilardi. To'satdan otasidan kelgan savol uni gangitib qo'ydi
-O'qishlaring yaxshimi? - be'tibor ammo ovozi yo'g'on holda . Haneul bu savolga "yaxshi" deb aytishi kerakdek go'yo. Agar aksini aytsa butun uyni Haneulni boshiga tushuradigandek.
-Ha yaxshi - shu ikki dona so'z og'zidan zo'rg'a titiroq aralash chiqdi.
Yana xonaga skunat cho'ndi faqatgina pichoq va sanchqini likopchaga urulishidan chiqayotgan ovoz eshtilardi xolos. Bu ovoz Haneul uchun huddi soatli boomba kabi edi. Kutilmaganda aytilgan onasining gapiga ota bola birdan qarashdi.
-Haneulni payshanba va shanba kunlari dekabrdan bo'sh bo'lar ekan qo'shimcha to'garaklarga berish kerak. - Haneul bu gapni eshitishi bilan onasiga qovog'ini uyib qaradi.
-Haneul bir kun ham bo'sh bo'lmasin bunga e'tiboringni qarat- qatiy gapirdi Haneulni ko'ziga yosh to'lib kelarkan tezda xonasiga chiqishni o'ylardi
-Men to'ydim- keskin o'rnidan turib pichoq va sanchqini stolga qattiq qo'ydi bundan chiqan ovoz xonani larzaga keltirdi. Haneul zinalardan tez tez chiqarkan otasining ovozi uni joyida to'xtatdi
-sumkangni olib chiq bugun maktabga tashlab qo'yaman - hissiz bir tekkis ohangda. Qiz biroz joyida qotib turdi so'ngra zinalardan yuqoriga ko'tarilib ko'rinmay ketdi.
Maktab darvozasi tagida mashina to'xtadi. Ammo mashinani qulufi ochilmadi bu holdan Haneul biroz havotirga tushdi shunda otasi gap boshladi
-Men bosh advakatman obro'yib baland hamkasblarimning farzandlari nufuzli univerlarga yuqori ballarga kirdi. Qo'ni qo'shni qarindosh urug'lar orasida ham obro'yim baland shunday ekan yuzimni yerga qaratma endi tushaver - eshik qulfi ochilganini sezdim so'ngra sumkamni olib barcha alamimni eshikdan olib qattiq yopib tushib ketdim go'yo barcha alamim shu bilan chiqib ketadigandek. Haneul to'g'ri sinfxonaga kirib o'z joyiga o'tirdi. Haneul maktabda umuman olgan hamma joyda o'zini jiddiy tutadi faqatgina o'z xonasidan bo'lak. Uning xonasi barcha barchasini biladi kechalari Haneulning ichiga yutunib yig'lashlarini ushalmas orzu umidlarini unga nisbatan qilinayotgan nohaqliklarni barini shu xona to'rt devordan bo'lak hech kimsa bilmaydi. Darslar boshlandi Haneul xayol surib o'tirarkan ustozning birdan baqirishi uni xayollar ichidan olib chiqdi
-Hyunjin yana rasm chizayapsanmi har dars qiladigan ishing shu orqa partaga o'tirvolib rasm chizasan bu Algebra darsi rasm chizilmaydi misol ishlanadi kengi misolga chiq - chizayotgan daftarini yopib kitobni olgisi kelmay olib daskaga chiqdi misolni yozib qanday ishlashni bilmay kitobni varoqlab turardi
-Haneul kengi misolga sen chiq- kitobini olib Hyunjingni yoniga chiqdi misolni yozib tezda ishladi bu misollar u uchun juda oson edi
-Hoyy menga ham yordam ber- Haneulga biroz yaqinlashdi va pichirlab so'radi
-Oldin umumiy mahraj ber keyin xuddi menikidek qilib yoz so'ng ko'paytirasan va qisqartirasan - Hyunjin uning gaplarini hech birin tushunmay unga tushunmagandek qarab turardi. Haneul Hyunjin ning qo'lidagi melni olib tezda ishlab tashadi va melni qo'liga tutqazib joyiga o'tirdi. Hyunjin nima bo'lganin bilmay turardi
-Bo'lar ekanku Hyunjin ballaringni ko'taraman endi joyingga o'tir - yelkasidan yengil qoqib qo'ydi. Joyiga o'tirarkan yana ishida davom etdi bir bir birinchi partada o'tirgan Haneulga qarab qo'yardi.
-Men rostan unga gapirdimi ammo birinchi gapim bunday bo'lishini xohlamagandim. Rostan daftarlarimni chiroyli qilib bezab turadigan qizga gapirdimi birinchi bor unga yaqin keldim yuragim u shu qadar tez urayaptiki. Shumi sevgi agar shu sevgi bo'lsa men aniq sevib qolganman. Nega bu juda g'alati his o'zimni jinnidek his qilayapman ammo u uchun telba bo'lishga ham tayyorman.
Kunlar tezda o'tar doimgidek Hyunjin darslarda orqa partada o'tirib Haneulning sur'atini chizib o'tirar Haneulning bir kunini ham bo'sh qoldirmay qo'shimchalarga berib tashlashgan. Bir kun darslar tugadi xonada Haneul va Hyunjin qoldi. Haneul narsalarini asta yig'ishtirib xonadan chiqish uchun eshik tomon yurdi. Hyunjin o'tirgan partaga kelganda to'xtadi. Hyunjin bu vaziyatdan biroz alanglab qoldi