July 6

DETEKTIV CHHVE

Ombor ichidagi sovuq havo yanada og‘irlashgandek tuyuldi.
Leora mashina ichida qotib qolgandi. Yuragi shu qadar tez urardiki, hatto o‘z nafasini ham eshitmay qolgandek edi. Omborning ikkinchi qavatidagi temir yo‘lakda turgan odamning yuzini endi aniq ko‘rish mumkin edi.
Kim Taehyung.
Mafiya olamining eng xavfli, eng sirli va eng qudratli odami.
U temir panjaraga yengil suyanib, xuddi bu yerga tasodifan kelgandek xotirjam turardi. Go‘yo u odam o‘g‘irlash, tahdid va jinoyatlar markazida emas, oddiy bir suhbat uchun kelgandek edi.
Jungkook esa undan ko‘z uzmay turardi. Nigohi sovuq, jag‘i tarang, qo‘llari musht bo‘lib qisilgan.
— Yoonso qayerda? dedi u yana bir bor.
Taehyungning lablarida juda yengil tabassum paydo bo‘ldi.

Huddi shu rasmdagidek tabbasum.

— Hali ham avvalgidek sabrsizsan, Jungkook.
— Men hazillashishga kelmadim.
— Men ham.
Taehyung panjaradan asta to‘g‘rilandi. Uning nigohi bir lahza Jungkookda to‘xtadi, keyin esa ombor tashqarisidagi mashinaga Leora o‘tirgan tomonga sirg‘alib o‘tdi.
Leoraning nafasi ichiga tushib ketdi.
U meni ko‘rdimi?..

yilt etib o‘tdi, ammo u bu haqda hech narsa demadi.
— Singling tirik, dedi u sokin ohangda. Hozircha.
Jungkook oldinga bir qadam tashladi.
— Agar unga biror narsa bo‘lsa...
— Nima qilasan? Taehyung uning gapini bo‘lib, boshini biroz egdi. Meni hibsga olasanmi? Yo otib tashlaysanmi? Yoki o‘zingni qahramon qilib ko‘rsatib, yana adolat haqida nutq o‘qiysanmi?
Jungkookning ko‘zlari yanada sovuqlashdi.
— Sen hali ham o‘sha-o‘sha ekansan.
— Sen ham, dedi Taehyung past ovozda. Faqat bir farq bor. Sen qonunni himoya qilasan. Men esa qonundan yuqorida turadigan odamlarni.

Bir necha soniya sukunat cho‘kdi. Ikki erkakning o‘rtasidagi taranglik shu qadar kuchli ediki, go‘yo havoning o‘zi ham kesilib ketgandek edi.
Jungkook nihoyat yana gapirdi.
— Bularning hammasini nega qilyapsan?
Taehyung yengil kuldi.
— Bu savolni menga emas, o‘zingga berishing kerak.
— Nima demoqchisan?
— Yoonso tasodifan tanlanmadi.
Jungkookning qoshi chimirildi.
— Ochiq gapir.
Taehyung bir necha soniya unga tikilib turdi, keyin juda sokin, ammo har bir so‘zi bosim bilan aytdi:
— Chunki u senda eng og‘riqli nuqta.
Jungkookning jahli chiqdi.

Meni sinama, Taehyung.
— Men seni sinamayapman. Men senga eslatyapman... bu o‘yin anchadan beri boshlanganini.
Leora mashina ichida buni eshitib, battar hayratga tushdi.
Anchadan beri?..
Demak, bu faqat Yoonsoning o‘g‘irlanishi bilan boshlanmagan.
Taehyung bir qadam ortga yurdi.
— Bu yerga seni Yoonso uchun chaqirmadim.
— Unda nima uchun?
Taehyungning nigohi qorong‘ulik ichida yanada chuqurlashdi.
— Senga ogohlantirish berish uchun.
— Men ogohlantirishlardan qo‘rqmayman.

— Men bilaman. Shu sababli ham ishlar shu darajaga yetdi.
Jungkook bir lahza jim qoldi. Keyin past, ammo xavfli ovozda dedi:
— Yoonsoni qaytar.
Taehyung unga uzoq tikilib turdi.
— Agar men uni qaytarmasam-chi?
Jungkook shu zahoti belidagi qurolga qo‘l uzatdi.
Mashina ichida o‘tirgan Leora nafasi ichiga tushib ketdi.
— Aka, yo‘q... — deb pichirladi u, lekin ovozi tashqariga chiqmasdi.
Taehyung esa qurolni ko‘rib ham, hatto kiprik qoqmadi.
Aksincha, uning lablarida yanada sovuq tabassum paydo bo‘ldi.

Sen meni bu yerda otolmaysan, Jungkook. Chunki sening savollaring mendan ko‘p.
Jungkook qurolni to‘liq chiqarmadi, ammo qo‘lini undan olmadi.
— Oxirgi marta so‘rayapman. Yoonso qayerda?
Taehyung bu safar javob bermadi. Faqat qo‘lini ko‘tardi.
Shu on ombor ichining boshqa burchaklaridan qurollangan odamlar chiqib kela boshladi.
Leoraning ko‘zlari kattalashib ketdi.
Tuzoq.
Jungkook buni kutgandek, ortga bir qadam tashladi. Nigohi atrofdagi har bir odamni birma-bir kuzatib chiqdi.
Taehyung past ovozda dedi:

— Men bugun urush boshlash niyatida emasman. Shuning uchun ket. Lekin keyingi safar bu qadar muloyim bo‘lmasligim mumkin.
— Meni qo‘rqitmoqchimisan?
— Yo‘q. Seni tayyorlamoqchiman.
Jungkookning sabri tugayotgandi.
— Yoonso qayerda?
Taehyung bu safar javob berdi:
— Tirik. Va men xohlamagunimcha unga hech kim tegmaydi.
Bu gap Leoraning qulog‘iga g‘alati chalindi.
“Men xohlamagunimcha...”
Nega u Yoonsoni himoya qilayotgandek gapiryapti?
Taehyung yana gapirdi:
— Endi ket, Jungkook. Bugun seni o‘ldirish rejamda yo‘q.

Jungkookning nigohi alangalanib ketdi, lekin u bir necha soniya ichida vaziyatni baholab chiqdi. Qarshisida qurollangan odamlar, Yoonso qayerdaligi noma’lum, Leora esa mashinada yolg‘iz...
U qurolidan qo‘lini oldi.
— Men qaytaman, Taehyung.
— Bilaman, — dedi Taehyung xotirjam. — Men ham shuni kutyapman.
Jungkook ortiga burilib, ombordan chiqib ketdi. Taehyung esa uning ortidan jim qarab qoldi.
Jungkook mashinaga qaytgach, Leora darhol gap boshladi.
— Aka, u rostdan ham Taehyung edi! Yoonso haqida gapirdi, lekin...

— Bilaman, dedi Jungkook sovuq ovozda.
— “Men xohlamagunimcha unga hech kim tegmaydi” dedi. Bu nimani anglatadi? Nega u Yoonsoni himoya qilayotgandek gapirdi?
Jungkook mashinani ishga tushirdi.
— Hozircha bilmayman. Lekin bitta narsa aniq Taehyung Yoonsoni shunchaki bosim vositasi sifatida ishlatayotgani yo‘q. Bu ishning ortida boshqa sabab bor.
— Qanaqa sabab?
Jungkook Leoraga bir lahza qaradi.
— Men hali isbot topmadim.
Leora labini tishladi. Jungkook nimanidir bilardi. Yoki hech bo‘lmasa taxmin qilardi. Ammo hozircha aytishni istamayotgandi.

Mashina tungi Seul ko‘chalari bo‘ylab tezlik bilan ketayotgan paytda Jungkookning telefoni jiringladi.
Ekranda bitta ism yondi.
Jhope
Jungkook qo‘ng‘iroqni uladi.
— Gapir.
Qarshi tomondan odatdagidan ham jiddiyroq ovoz eshitildi.
— Jungkook, men hozirgina Hanrimdagi ish bo‘yicha yangi ma’lumot oldim... lekin bu haqida gaplashishdan oldin sendan bir narsa so‘rayman.
Jungkook qoshini chimirdi.
— Nima?
Qarshi tomonda bir necha soniya jimlik bo‘ldi.
— Yoonso yaxshimi?..

Leora beixtiyor Jungkook tomonga o‘girildi.
Jungkookning nigohi keskinlashdi.
— Nega buni so‘rayapsan?
Jhopening nafasi narigi tomondan aniq eshitildi.

Jhope holati

— Chunki men unga yarim soat oldin qo‘ng‘iroq qildim. Telefoni o‘chiq. Xabarlarga ham javob bermayapti. Bu unga o‘xshamaydi.
Jungkook bir necha soniya indamay qoldi.
— Jungkook, nima bo‘ldi? — J-Hopening ovozi bu safar ancha bezovta chiqdi. Yoonso qayerda?
Leora bu ohangni eshitib, bir narsani sezgandek bo‘ldi. Bu oddiy qiziqish emasdi. Bu xavotir... juda shaxsiy xavotirga o‘xshardi.
Jungkook chuqur nafas oldi.
— Uni olib ketishgan.
Qarshi tomonda o‘lik sukunat cho‘kdi.
— ...Nima? Jhopening ovozi past, lekin titroq eshitildi.
— Bugun kechqurun. Uyga qaytmagan. Tahdidli xat qoldirishgan.
— Kim olib ketdi?

— Hali aniq emas. Lekin bu ish Taehyungga borib taqalmoqda.
Yana sukunat.
Keyin Jhopening ovozi birdan o‘zgardi unda odatdagi xotirjamlikdan asar ham qolmagandi.
— Men qayerga kelay?
Jungkook rulni qattiqroq ushladi.
— Hozircha hech qayerga. Men bu ishni o‘zim hal qilaman.
— Yo‘q, dedi Jhope keskin. Bu safar yo‘q. Menga manzilni ayt.
Leora battar hayratga tushdi. Jhope hech qachon Jungkook bilan bunday ohangda gaplashmasdi.
Jungkook ham buni sezdi.
— Jhope, o‘zingni bos. Bu ish xavfli.

— Men xavfni yaxshi bilaman, dedi u past ovozda. Lekin Yoonso yo‘qolgan bo‘lsa, men chetda turolmayman.
Leora shu gapdan keyin Jungkookka qaradi. Jungkook esa allaqachon nimanidir tushungandek jim bo‘lib qolgandi.
— Ofisingda qol, dedi u nihoyat. Men o‘zim boraman.
Jhope javob bermadi. Faqat qisqa nafas tovushi eshitildi.
— Tez kel, dedi u sekin va qo‘ng‘iroq uzildi.
Mashina ichini og‘ir sukunat qopladi.
Leora sekin Jungkookka o‘girildi.
— U nega bunchalik bezovta bo‘ldi?..
Jungkook nigohini yo‘ldan uzmadi.
— Bilmayman, dedi u qisqa qilib.

Lekin Leora akasining ovozidan uning bu gapga o‘zi ham ishonmayotganini sezdi.
Oradan ko‘p o‘tmay Jungkook J-Hopening ofisi oldida to‘xtadi. Leora ham u bilan birga tushdi. Bino ichidagi chiroqlar hali ham yonib turardi.
Jhope eshik oldida ularni kutib turardi. Leora uni ko‘rishi bilan bir narsani anglab yetdi u odatdagidek emasdi.
Odatda tartibli ko‘rinadigan yigitning sochlari biroz tarqoq, ko‘ylagining yuqori tugmalari yechilgan, ko‘zlarida esa yashirib bo‘lmaydigan bezovtalik bor edi.
— Qayerda u? dedi u Jungkook yetib kelishi bilan.
— Hali aniq joyini topmadik.
Jhope jag‘ini qattiq qisdi.
— Kim qildi buni?

—Taehyungning odamlari bo‘lishi mumkin.
Bu ismni eshitishi bilan Jhopening ko‘zlarida g‘alati bir chaqnash paydo bo‘ldi.
— Demak, kech qoldik... — dedi u juda past ovozda.
— Nima deding? — Jungkook darhol so‘radi.
Jhope boshini ko‘tardi.
— Hech narsa. Ichkariga kiringlar.
Ular ofisga kirishdi. Stol ustida Hanrim qotilligi bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar, suratlar va yozuvlar yoyilib yotardi.
Jhope fayllardan birini Jungkook tomonga surdi.
— Hanrimdagi jasad oddiy odam emas ekan. U bir necha oy oldin g‘oyib bo‘lgan prokurorning yordamchisi bo‘lgan.
Jungkookning qoshi chimirildi.
— Davom et.

— Eng qizig‘i, uning telefoni oxirgi marta o‘chishidan oldin bir raqamga qo‘ng‘iroq qilgan. Men bu raqam kimga tegishli ekanini aniqladim.
— Kimga?
Jhope bir lahza jim qoldi.
— Yoonso menejeriga.
Leora hayratdan qotib qoldi.

— Nima?!
Jungkookning ko‘zlari toraydi.
— Ishonching komilmi?
— Ha. Va bu hali hammasi emas. Jhope stol ustidagi yana bir suratni oldi. O‘sha prokuror yordamchisi o‘limidan bir kun oldin Yoonso qatnashgan tadbir binosi atrofida ko‘ringan.
Leora nima deyishni bilmay qoldi.
— Yoonso bu odamni taniganmi?..
— Bilmadim, dedi Jhope. Lekin men bitta narsaga aminman. Yoonsoning o‘g‘irlanishi tasodif emas. Uni Hanrimdagi qotillik bilan bog‘laydigan nimadir bor.

Jungkook chuqur o‘yga toldi.
— Demak, Taehyung Yoonsodan nimanidir xohlayapti.
J-Hope birdan boshini ko‘tardi.
— Yo‘q. Menimcha, u Yoonsodan emas... Yoonso biladigan narsadan keyin tushgan.
Bu gap xonani jimjit qilib yubordi.
Leora asta stulga o‘tirdi.
— Yoonso nimani bilishi mumkin?..
Hech kim javob bera olmadi.
Shu payt Jhopening telefoni jiringladi.
U ekranga qarashi bilan rangi oqarib ketdi.
Jungkook buni darhol payqadi.
— Kim?

Jhope bir necha soniya ekrandan ko‘z uzolmadi.
Keyin qo‘ng‘iroqni qabul qildi.
— Alo?
Qarshi tomondan kimdir nimadir dedi. Jhopening yuzi tobora jiddiylashib bordi.
— Qayerda?.. dedi u past ovozda. Yo‘q, hozir hech kimga aytma. Men o‘zim boraman.
U qo‘ng‘iroqni tugatdi.
— Nima bo‘ldi dedi Jungkook.
Jhope bir necha soniya jim turdi, keyin juda past ovozda dedi:
— Menga hozirgina xabar kelibdi... Yoonso ko‘rinibdi.
Leora o‘rnidan sapchib turdi.
— Qayerda?!

Jhopening nigohi bir lahza Leorada to‘xtadi, keyin Jungkookka o‘tdi.
— Seul chekkasidagi eski mehmonxonada. Lekin...
— Lekin nima? Jungkook keskin so‘radi.
Jhope lablarini qattiq qisdi.
— U yolg‘iz emas ekan.
— Kim bilan?
Jhope javob berishdan oldin chuqur nafas oldi.
— Kim Taehyung bilan.
Leoraning nafasi ichiga tushib ketdi.
Jungkook esa bir zumda jiddiylashib, stol ustidagi qurolini oldi.
— Manzilni ayt, dedi u sovuq ovozda.

Jhope telefonini mahkam ushladi. Ko‘zlaridagi xavotirni endi yashira olmayotgandi.
— Men ham boraman.
Jungkook unga keskin qaradi.
— Yo‘q.
— Bu safar boraman, dedi J-Hope qat’iy. Yoonso u yerda bo‘lsa, meni hech kim to‘xtata olmaydi.
Leora bu gapni eshitib qotib qoldi.
“Meni hech kim to‘xtata olmaydi.”
J-Hopening Yoonsoga bo‘lgan bu darajadagi xavotiri oddiy emasdi. Buni endi yashirib bo‘lmasdi.
Jungkook esa unga uzoq tikilib turdi. Go‘yo nihoyat bir narsani anglagandek.
— Sen... dedi u past ovozda. Yoonso bilan o‘rtangda nimadir bormi?

Xona ichida sukunat cho‘kdi.
Jhope ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Ammo bu safar ham javob bermadi.
Faqat bitta gap aytdi:
— Hozir buning vaqti emas. Avval Yoonsoni topaylik.
Jungkookning nigohi yanada o‘tkirlashdi. Leora esa bir Jungkookka, bir Jhopega qarab, nima bo‘layotganini tushunishga urinardi.
Va aynan shu paytda, Jhopening telefoniga yana xabar keldi.
U ekraniga qaradiyu, rangi butunlay oqarib ketdi.
— Nima bo‘ldi? dedi Leora.
Jhope telefonni sekin pastga tushirdi. Ovozida vahima aralash sovuqlik bor edi.
— Kech qoldik...
— Nega? Jungkook bir qadam oldinga yurdi.

— Nega? — Jungkook bir qadam oldinga yurdi.
— Yoonsoni... boshqa joyga olib ketishibdi.
Leoraning oyoqlari bo‘shashib ketdi.
— Yo‘q...
J-Hope ko‘zlarini yumdi.
— Va xabarda yana bitta narsa yozilgan.
Jungkookning jag‘i taranglashdi.
— Nima?
J-Hope sekin boshini ko‘tardi.
— “Agar Yoonso tirik qolishini istasangiz, bu safar Jungkook emas... Leora yolg‘iz keladi.”

Xona ichini muzdek sukunat qopladi.
Leoraning yuragi bir urib to‘xtagandek bo‘ldi.
Uni chaqirishayotgandi.
Va bu safar o‘yin markazida Jungkook emas, Leora turardi.