𝐁𝐀𝐒𝐊𝐄𝐓𝐁𝐎𝐋𝐈𝐒𝐓
Taehyung va Leora odatdagidek mashg'ulotlarga qatnashar, bo'sh vaqtlarini esa birga o'tkazishardi.
Ularning munosabatlari tobora mustahkamlanib borardi.
Ammo bu baxt hammani ham quvontirmayotgandi.
Kai esa uzoqdan turib ularni kuzatardi.
Bir kuni mashg'ulot tugagach, Kai Taehyungning oldiga keldi.
— Taehyung, bir daqiqang bormi?
— Bir gap aytsam, noto'g'ri tushunma.
Taehyungning qoshi chimirildi.
Kai bir necha soniya jim turdi.
— Bugun Leorani bir yigit bilan ko'rdim.
— Tanimadim. Balki oddiy tanishidir.
Taehyungning nigohi jiddiylashdi.
— Sport markazi oldida. Ular kulib gaplashishayotgandi.
Kai beparvo ohangda davom etdi:
— Men shunchaki senga aytdim. Balki hech narsa emasdir...
Shu gapni aytib, Kai ortiga burildi va ketdi.
Taehyung esa joyida qotib qoldi.
Kai aytgan gap uning xayolidan chiqmay qolgandi.
Mashg‘ulot tugagach, Taehyung odatdagidek mashinasida Leorani kutib turardi.
Leora mashinaga o‘tirishi bilan eshikni yopdi.
U mashinani haydab, bir necha soniya jim qoldi.
So‘ng xotirjam, ammo jiddiy ohangda so‘radi:
— Hozir kim bilan rasmga tushding?
Leora hayron bo‘lib unga qaradi.
Taehyung nigohini yo‘ldan uzmay yana so‘radi:
— Axir aytdim-ku, muxlisim bilan.
Taehyungning jag‘i taranglashdi.
— Ha, u shunchaki rasm so‘radi.
— Endi erkak muxlislar bilan rasmga tushma.
Leora hayron bo‘lib kulimsiradi.
Mashina ichida qisqa sukunat cho‘kdi.
Leora uning gapidan hayron bo‘lsa da, Taehyungning jiddiy nigohi bu hazil emasligini bildirib turardi
Mashina ichida yana sukunat cho‘kdi.
Shu payt Leoraning telefoni jiringlay boshladi.
Ekranda noma'lum raqam ko‘rinardi.
Leora telefonga bir qarab, qo‘ng‘iroqni e'tiborsiz qoldirdi.
Shunda Taehyung jahl bilan uning qo‘lidan telefonni sug‘urib oldi va darrov qo‘ng‘iroqqa javob berdi.
Narigi tomondan qiz bolaning quvnoq ovozi eshitildi.
— Leora! Nihoyat olding. Ertaga mashg‘ulotdan keyin uchrashamizmi? Senga aytadigan muhim gapim bor edi.
Taehyung sovuq ohangda javob berdi:
Narigi tomondagi qiz ham hayron bo‘lib qoldi.
— Kechirasiz... Unda siz kimsiz?
Taehyung indamay telefonni Leoraning qo‘liga qaytarib berdi.
Taehyung qo‘ng‘iroqni uzgach, mashina ichida og‘ir sukunat cho‘kdi.
— Sport markazimizga yaqinda kelgan. Men unga bir nechta mashg‘ulotlar bo‘yicha yordam beryapman.
Taehyungning nigohi o‘zgarmadi.
— U senga ham muxlis ekanini aytdi.
Taehyung indamay telefonni qo‘lida aylantirdi.
Leora vaziyatni yumshatishga urindi.
— Taehyung, noto‘g‘ri tushunyapsan. Bu yerda boshqa ma'no yo‘q.
Ammo Taehyungning jahli bosilmagandi.
U birdan telefonni butun kuchi bilan old panelga uloqtirdi.
Telefon zarbadan yerga tushdi.
Ekrani chil-chil bo‘lib ketdi.
Mashina ichini og‘ir sukunat qopladi.
Leora qo‘rquv va hayrat bilan singan telefonga qaradi.
Taehyung rulni mahkam ushlagancha, og‘ir nafas oldi.
Uning nigohi hali ham yo‘ldan uzilmagan, jag‘i esa tarang edi.
Taehyung rulni mahkam ushlagancha, sovuq ohangda gap boshladi.
— Bugundan boshlab erkaklar bilan keraksiz yozishmalar ham, aloqalar ham bo‘lmaydi.
Taehyung bir lahza jim qoldi-da, davom etdi:
— Instagramingni ham, Telegramingni ham menga ulaysan.
Leora hayrat bilan unga tikildi.
Mashina ichini yana og‘ir sukunat qopladi.
Taehyungning jiddiy nigohidan u bu gaplarni jahl ustida emas, qat'iy aytayotganini tushundi.
Mashina asta sekin Leoraning uyi oldida to‘xtadi.
Bir necha soniya ikkalasi ham indamay o‘tirishdi.
— Ertadan seni mashg‘ulotga o‘zim olib boraman va o‘zim olib kelaman.
— Endi boshqa erkaklar bilan yurishingga ham, mashg‘ulotdan keyin ular bilan qolishingga ham hojat yo‘q.
Leora asta mashina eshigini ochdi.
Uning ko‘ngli og‘rigan, Taehyungning gaplaridan xafa bo‘lgandi.
Taehyung uning bilagidan ushlamoqchi bo‘ldi.
Leora qo‘lini sekin tortib oldi.
Indamay mashinadan tushib, uy tomon yurib ketdi.
Taehyung esa uning ortidan uzoq tikilib qoldi.
Leora bu safar na xayrlashdi, na ortiga qaradi.
Bu sukunat Taehyung kutgan har qanday javobdan ham og‘irroq edi.
Shu paytda sport markazining boshqa tomonida Luna mashg‘ulotini tugatib, kiyinish xonasidan chiqayotgan edi.
Koridorda Namjoon bilan to‘qnash kelishdi.
— Salom, dedi Namjoon xotirjam ohangda.
Ikkalasi birga koridor bo‘ylab yurishdi.
Namjoon suhbatni davom ettirdi.
— Yo‘q. Ertalabdan mashg‘ulot bor.
— Demak, yana erta turishga to‘g‘ri keladi.
Namjoon ham yengil kulib qo‘ydi.
Ular oddiy tanishlar kabi bir necha daqiqa suhbatlashishdi.
Luna uyiga yetib kelgach, charchagancha eshikni ochib ichkariga kirdi.
Sumkasini divan ustiga qo‘yib, oyoq kiyimlarini yechdi.
Bugun ovqat tayyorlashga umuman holi yo‘q edi.
Shu sabab telefonini olib, ovqat yetkazib berish ilovasi orqali kechki ovqat buyurtma qildi.
Oradan ko‘p o‘tmay eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi.
— Rahmat, dedi Luna buyurtmani olib.
U ovqatini sekin yeb bo‘lgach, idishlarni yig‘ishtirdi.
Ertalab quyoshning mayin nurlari parda orasidan xonaga tushdi.
Budilnik jiringlagach, Luna sekin ko‘zlarini ochdi.
U bir necha soniya karavotda yotgancha shiftga tikildi, so‘ng o‘rnidan turdi.
Derazani ochishi bilan xonaga salqin tong havosi kirib keldi.
Yuzqo‘lini yuvib, tishlarini tozalagach, sport kiyimlarini kiyib tayyorlandi.
Telefoni, suv idishi va sumkasini olib, mashg‘ulotga yo‘l oldi.
Taehyung mashinasini Leoraning uyi oldida to‘xtatdi.
Taehyung yana qo‘ng‘iroq qildi.
U mashinadan tushib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi.
Oradan biroz o‘tib, eshikni Leoraning onasi ochdi.
— Yaxshi raxmat oʻzingiz ham yaxshimsiz? Leora uydami?
Onasi hayron bo‘lib javob berdi:
— Yo‘q, u ancha oldin mashg‘ulotga ketib bo‘ldi.
Taehyungning qoshi chimirildi.
— Ha. Ishim bor, oldinroq chiqaman, deb erta chiqib ketgandi.
Taehyung indamay bosh irg‘adi.
U ortiga burilib, mashinasi tomon yurdi.
Mashinaga o‘tirgach, rulni mahkam ushladi.
"Demak... mendan ataylab qochyapsan."
Uning nigohi tobora sovuqlashib borardi.
Keyingi soniyada mashinani ishga tushirdi va sport markazi tomon yo‘l oldi.
Taehyung mashinani tezlik bilan sport markazi tomon haydadi.
Bir necha daqiqadan so‘ng u markazga yetib keldi.
Mashinadan tushib, to‘g‘ri mashg‘ulot zaliga yo‘l oldi.
Uning nigohi darhol Leorani izlay boshladi.
Taehyung atrofga yana bir bor razm soldi.
U yaqinroqda turgan murabbiylardan biriga murojaat qildi.
— Kechirasiz, Leorani ko‘rmadingizmi?
Taehyungning qoshi chimirildi.
Taehyung telefonini chiqarib, Leoraga yana qo‘ng‘iroq qildi.
Abonent hozircha javob bera olmaydi...
Bu safar uning xavotiri kuchaya boshladi. Va xabar yozdi.
ff by:Leora
@thvfxl