August 5

ππ€π’πŠπ„π“ππŽπ‹πˆπ’π“

Tonggi quyosh nurlari Seul shahrini yoritib ulgurgan, ammo aeroport allaqachon odamlar bilan gavjum edi. Bugun oddiy kun emasdi. Janubiy Koreyaning turli sport yo'nalishlaridagi eng kuchli sportchilari Amerikada bo'lib o'tadigan xalqaro chempionatga jo'nab ketishardi.

Ular orasida butun Koreya faxri sanalgan mashhur basketbolchi Kim Taehyung ham bor edi.

Taehyung oddiy basketbolchi emasdi. U professional ligada o'ynar, har bir o'yini minglab muxlislar tomonidan stadionda, millionlab insonlar tomonidan esa televizor orqali tomosha qilinardi. Uning ismi nafaqat Koreyada, balki boshqa davlatlarda ham mashhur edi.

Aeroport tashqarisida muxlislar uning ismini baland ovozda chaqirishar, qo'llarida plakatlar va sovg'alar bilan kutib turishardi.

β€” Taehyung! Bu yoqqa qarang!
β€” Omad tilaymiz! Oltin medal bilan qayting!

Taehyung odatdagidek muloyim tabassum bilan ularga qo'l silkib, ichkariga kirdi.

Oradan ko'p o'tmay boshqa sportchilar ham yetib kelishdi.

Taekvondo bo'yicha Koreya chempioni Leora.

Beysbol bo'yicha chempion Luna.

Futbol bo'yicha chempion Namjoon.

Ularning har biri o'z sportida mashhur edi. Televizorda intervyulari tez-tez namoyish etilar, muxlislar esa ularni yaxshi tanishardi.

Taehyung Leorani bir necha bor televizorda ko'rgan. Leora ham Taehyungning o'yinlarini ko'p kuzatgan. Ammo ular shu paytgacha hech qachon yuzma-yuz uchrashib, gaplashishmagandi.

Bir necha daqiqadan so'ng barcha sportchilar Amerikaga uchadigan samolyotga chiqishdi.

Taehyung o'z joyini topib o'tirdi. Birozdan keyin yonidagi o'rindiqda kimdir to'xtadi.

β€” Kechirasiz... Bu mening joyim ekan.

Taehyung boshini ko'tardi.

Qarshisida televizor orqali ko'p marta ko'rgan qiz Leora turardi.

Bir lahza ikkalasi ham bir-biriga qarab qoldi.

β€” Demak, nihoyat tanishdik, dedi Taehyung kulimsirab.

Leora ham mayin tabassum qildi.

β€” Ha... Nihoyat.

Samolyot hali havoga ko'tarilmagan bo'lsa ham, ularning ilk suhbati allaqachon boshlangandi...

Samolyotning biznes klass qismida Namjoon deraza yonida o'tirar, qo'lidagi planshetda bo'lajak raqib jamoalarning o'yinlarini diqqat bilan kuzatayotgandi. Futbol uning uchun shunchaki sport emas, butun hayoti edi.

Orqa tomonda esa Luna beysbol qo'lqopini qo'liga olib, indamay o'tirardi. U musobaqadan oldin doim yolg'iz qolishni afzal ko'rardi. Atrofdagilar bilan suhbatlashish o'rniga, xayolan bo'lajak o'yinlarini tasavvur qilardi.

Samolyotda deyarli hamma bir-birini taniydi. Axir ularning barchasi Koreyaning eng mashhur sportchilari edi. Ammo mashhurlik hali do'stlik degani emasdi.

Har kimning nigohi oldinda kutayotgan xalqaro chempionatda, yuragi esa g'alaba orzusida edi.

1-qism
ff by:Leora
@thvfxl