DETEKTIV CHHVE
J-Hope telefonni sekin pastga tushirdi.
β "Agar Yoonso tirik qolishini istasangiz, bu safar Jungkook emas... Leora yolg'iz keladi."
β Yo'q! Jungkook keskin javob berdi.
β Aka, ular meni chaqiryapti.
β Men seni yolg'iz yubormayman.
β U yolg'iz bormaydi. Biz yashirincha kuzatamiz.
Jungkook bir necha soniya o'ylab turdi va oxiri bosh irg'adi.
Shu payt qorong'ilik ichidan tanish ovoz eshitildi.
Kim Taehyung asta oldinga chiqdi.
Taehyung unga bir necha soniya tikilib turdi.
U qo'li bilan yon tomonni ko'rsatdi.
Uning qo'llari bog'langan bo'lsa ham, sog'-omon edi.
U yugurib borib singlisini quchoqladi.
Shu payt yashirinib turgan Jungkook yugurib chiqdi.
U bir zumda arqonlarni yechib tashladi.
Jungkook singlisini mahkam bag'riga bosdi.
Shu payt J-Hope ham yugurib keldi.
Yoonso uni ko'rishi bilan ko'zlari yoshlanib ketdi.
J-Hope hech narsani o'ylamasdan uni quchoqladi.
β Men seni yo'qotdim deb o'yladim...
Yoonso ham uni mahkam bag'riga bosdi.
Bu manzarani ko'rgan Jungkook hammasini tushundi.
β Demak, shuning uchun bunchalik xavotirlangan ekansan.
β Ha... Men Yoonsoni sevaman.
Yoonso ham sekin bosh irg'adi.
β Biz bir necha oydan beri uchrashyapmiz.
β Demak, buni hammadan yashirib yurgan ekansizlar.
Jungkook birdan atrofga qaradi.
Faqat yerda qora konvert qolgan edi.
Ichida bitta jumla yozilgan edi:
"Men aytganimdek, unga hech kim tegmadi. Bizning hisobimiz esa hali tugamagan."
Jungkook qog'ozni mushtiga qisdi.
β Keyingi safar seni albatta tutaman.
Leora esa Yoonsoning qo'lidan ushladi.
To'rtovlari zavodni tark etishdi.
Mashina Seul ko'chalari bo'ylab harakatlanarkan, Yoonso nihoyat oilasi bag'riga qaytgandi.
Shu tariqa Yoonsoning o'g'irlanishi bilan bog'liq voqea yakunlandi.