August 5

DETEKTIV CHHVE

Oradan bir necha hafta o'tdi.

Jungkookga noma'lum odam uchrashuv tayinladi.

Eski omborga yetib kelganida, u yerda qo'llari bog'langan bir erkak o'tirardi.

β€” Men... Taehyungning sobiq odamman, dedi u. Siz bilgan haqiqat yolg'on edi.

Jungkook jiddiy qaradi.

β€” Gapir.

β€” O'sha operatsiya kuni Taehyungning ukasini siz o'ldirmagansiz. Men pul uchun uni sotdim. Uni otgan ham men edim. Aybni esa sizning ustingizga ag'darib, qochib ketgandim.

Shu payt ombor eshigi ochildi.

Ichkariga Kim Taehyung kirib keldi.

U hammasini eshitdi.

Bir necha soniya hech kim gapirmadi.

Taehyung asta Jungkook oldiga keldi.

β€” Shuncha yil... men noto'g'ri odamdan qasos olibman.

Jungkook indamay turardi.

β€” Leora va oilangga yetkazgan azobim uchun afsusdaman.

Jungkook chuqur nafas oldi.

β€” O'tmishni o'zgartira olmaymiz. Lekin bugun bu dushmanlikni tugatishimiz mumkin.

Taehyung qo'lini uzatdi.

β€” Bugundan boshlab sen mening dushmanim emassan.

Jungkook ham uning qo'lini siqdi.

Sobiq xoin politsiyaga topshirildi.

Taehyung esa barcha noqonuniy ishlarini to'xtatishga qaror qildi. U o'z odamlarini tarqatib yubordi va ukasining xotirasi uchun halol hayot boshlashni tanladi.

Oradan bir yil o'tdi.

Leora, Jungkook, Yoonso va J-Hope birga dengiz boΚ»yida suhbatlashib o'tirishardi.

Uzoqroqda esa Taehyung ukasining qabri yoniga oq gullar qo'ydi.

β€” Men nihoyat haqiqatni bildim.

U ortiga o'girilib, quyosh nuri tomon sekin yurib ketdi.

Bu safar uning qalbida na nafrat, na qasos bor edi.

Faqat yangi hayot boshlash umidi...

Oradan vaqt oβ€˜tdi. Chhve Jungkook oβ€˜zining jasorati, fidoyiligi va koβ€˜plab insonlarni himoya qilgani uchun taqdirlandi. Unga β€œGeneral-polkovnik” unvoni berildi. Jungkook endi mamlakatdagi eng yuqori martabali va eng kuchli politsiya rahbarlaridan biri edi. Uning nomi adolat va jasorat timsoliga aylandi.

Kechqurun quyosh ufqqa asta botayotgan edi. Kema sokin dengiz uzra sekin suzib borar, mayin shamol Yoonsoning sochlarini hilpiratardi. To'lqinlarning yoqimli shovqini ikkisiga ham xotirjamlik bag'ishlardi.

J-Hope Yoonsoning qo'lidan sekin ushladi.

β€” Yoonso... menga bir daqiqa quloq sol.

Yoonso unga tabassum bilan qaradi.

J-Hope cho'ntagidan kichkina kulrang qutichani chiqardi. Uni sekin ochganda, ichida nafis kumush uzuk yarqirab turardi

β€” Seni birinchi marta ko'rganimda, hayotim bunchalik o'zgarishini tasavvur ham qilmagandim. Sen kulganingda men ham kulardim. Sen xafa bo'lsang, go'yo butun dunyo qorong'ilashib ketgandek bo'lardi.

U bir lahza jim qoldi.

β€” Seni o'g'irlashganlarida esa... har soniya seni yo'qotishdan qo'rqdim. O'shanda tushundimki, sensiz yashashni tasavvur ham qila olmayman.

U Yoonsoning qo'llarini mahkamroq ushladi.

β€” Sen mening eng katta baxtimsan. Eng qadrli insonimsan. Agar yana ming marta tanlash imkonim bo'lsa ham, har safar seni tanlardim. Chunki yuragim faqat seni sevadi.

Yoonsoning ko'zlaridan yosh oqib tushdi.

J-Hope uzukni qo'liga oldi.

β€” Bu senga bergan va'dam. Qanday kun kelmasin, qo'lingni hech qachon qo'yib yubormayman. Seni umr bo'yi sevaman, asrayman va har doim yoningda bo'laman.

β€” Men ham seni juda yaxshi ko'raman, J-Hope, dedi Yoonso ko'z yoshlarini artib.

J-Hope uzukni uning barmog'iga taqdi.

Yoonso uni mahkam quchoqladi.

Shu payt kemaning narigi tomonida turgan Leora va Jungkook bu manzarani ko'rib kulimsirashdi.

Jungkook sekin dedi:

β€” Endi singlimni xotirjam senga ishonaman.

J-Hope Yoonsoning qo'lini qo'yib yubormasdan javob berdi:

β€” Men uni umr bo'yi baxtli qilaman. Bu mening eng katta va'dam.

Kema ufq sari suzishda davom etardi. Quyosh dengiz bag'riga singib borar, osmonni oltin rangga bo'yardi. To'lqinlar esa go'yo ularning sevgisiga hamohang kuy chalayotgandek mayin shovullardi.

𝐓𝐇𝐄 𝐄𝐍𝐃.

DETEKTIV CHHVE fanficini oxirigacha o'qiganingiz, qo'llab quvvatlaganingiz va qahramonlar bilan birga quvonganingiz hamda qayg'urganingiz uchun barchangizga chin qalbimdan rahmat aytaman.

Keyingi fanficlarda yana uchrashguncha.

ff by: Leora
@thvfxl