𝐁𝐀𝐒𝐊𝐄𝐓𝐁𝐎𝐋𝐈𝐒𝐓
Sport markazining koridori odatdagidek gavjum edi.
Luna shoshilib burilganida, tasodifan kimningdir yelkasiga urilib ketdi.
Qo‘lidagi suv idishi yerga tushib ketdi.
— Yoʻlingizga qarasangiz bo‘lmaydimi? dedi Luna jahli chiqib.
Qarshisidagi yigit ham norozi ohangda javob berdi:
— Avval o‘zingiz qayerga yugurayotganingizga qarang.
— Menmi? Siz yo‘limni to‘sib turibsizku.
— Chunki aytayotgan gapim to‘g‘ri.
Ikkalasi bir biriga tikilib qolishdi.
Atrofdagi sportchilar ham ularning tortishayotganini kuzata boshlashdi.
Shu payt yonidan o'tayotgan Taehyung kulib dedi:
— Sizlar hali tanish emasmidingiz?
Luna hayron bo‘lib Taehyungga qaradi.
Taehyung yigitning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— Luna, tanishib qo‘y. Bu mening do‘stim Namjoon.
Namjoon qo‘lini cho‘ntagiga solgancha bosh irg‘adi.
— Demak, birinchi taassurotimiz unchalik yaxshi bo‘lmadi.
Luna ham beparvo ohangda javob berdi:
— Men ham shuni aytmoqchi edim.
Koreyaga qaytganlariga bir hafta bo‘lgandi.
Taehyung va Leora mashg‘ulotlarini odatdagidek davom ettirishardi.
Bir kuni ikkalasining menejerlariga bir vaqtda qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
— Salom. Sizlar bilan muhim masalada uchrashmoqchimiz.
Bir necha soatdan keyin Taehyung va Leora menejerlari bilan uchrashuv xonasiga kirishdi.
Xonada ularni dunyoga mashhur Nike brendi vakillari kutib turishardi.
Vakillardan biri tabassum bilan so‘z boshladi:
— Avvalo, xalqaro chempionatdagi g‘alabangiz bilan tabriklaymiz.
— Rahmat, — dedi Taehyung va Leora.
Vakil stol ustiga ikkita papka qo‘ydi.
— So‘nggi paytlarda sizlar nafaqat sportdagi yutuqlaringiz, balki butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otayotgan juftlik sifatida ham e'tibor markazidasiz.
Leora hayron bo‘lib Taehyungga qaradi.
— Shu sababli Nike sizlarni yangi global sport kampaniyamizning rasmiy elchilari va reklama modellari sifatida taklif qilmoqchi.
Leora esa quvonchini yashira olmadi.
Uning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi.
— Men Nike brendini bolaligimdan juda yaxshi ko‘raman. Bir kun kelib shu brend bilan ishlashni orzu qilardim. Sevimli brendim.
— Demak, orzuingiz bugun ushaldi.
Leora hayajon bilan bosh irg‘adi.
— Bunday taklifni kutmagandik.
Taehyung ikkilanmay javob berdi.
— Biz mamnuniyat bilan rozimiz.
Vakillar o‘rinlaridan turib, ikkalasi bilan qo‘l berib ko‘rishishdi.
Shu tariqa Taehyung va Leora dunyoga mashhur Nike brendining yangi global reklama kampaniyasi uchun rasmiy yuzlarga aylanishdi.
Kechqurun chempionatdagi g‘alaba sharafiga Seuldagi eng hashamatli restoranlardan birida maxsus ziyofat tashkil qilindi.
Restoranga sportchilar, murabbiylar, homiylar va jurnalistlar birin-ketin kirib kelishardi.
Ichkariga Taehyung va Leora yonma-yon kirib kelishdi.
Taehyung klassik qora kostyumda, Leora esa nafis kechki libosda edi.
Ular restoranga kirishi bilan zaldagi ko‘pchilikning nigohi ularga qaratildi.
Jurnalistlar darhol kameralarini ko‘tarishdi.
Fotoapparatlar ketma ket chaqnay boshladi.
Taehyung va Leora bir biriga kulimsirab qarashdida, mehmonlarni tabriklab zal ichkarisiga qarab yurishdi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.
Bu safar ichkariga Luna kirib keldi.
U nafis kechki libosda, odatdagidan ham chiroyli ko‘rinardi.
Zaldagilar bir lahza unga qarab qolishdi.
Jurnalistlar yana kameralarini unga qaratishdi.
Kameralar chaqnashi yana butun zalni to‘ldirdi.
Luna mayin tabassum bilan barchaga salom berdi va sekin ichkariga qarab yurdi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.
Bu safar ichkariga Namjoon kirib keldi.
U qora klassik kostyumda juda salobatli ko‘rinardi.
Zaldagi mehmonlar unga qarab tabassum qilishdi.
Jurnalistlar darhol kameralarini unga qaratishdi.
Namjoon xotirjam tabassum bilan jurnalistlarga bosh irg‘ab salom berdi.
So‘ng sekin zal ichkarisiga qarab yurdi va sportchilar o‘tirgan stol tomon yo‘l oldi.
Barcha mehmonlar asta sekin o‘z joylarini egallay boshlashdi.
Luna ham ularning stoliga kelib joy oldi.
Ko‘p o‘tmay Namjoon ham kelib, qarama-qarshi tomondagi bo‘sh stulga o‘tirdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng barcha sportchilar, murabbiylar va mehmonlar stol atrofida jam bo‘lishdi.
Zalda yoqimli musiqa yangrar, ofitsiantlar taomlarni tortishni boshlashardi.
Chempionatdagi g‘alabani nishonlash uchun tashkil etilgan hashamatli kecha rasman boshlandi.
ff by:Leora
@thvfxl