August 6

𝐁𝐀𝐒𝐊𝐄𝐓𝐁𝐎𝐋𝐈𝐒𝐓

Chempionat tugaganidan keyin barcha sportchilar mehmonxona bog‘ida tashkil qilingan kichik bayramga yig‘ilishgandi.

Kimdir kulardi, kimdir suratga tushardi, yana kimdir ertangi parvoz haqida gaplashardi.

Leora esa biroz shovqindan uzoqlashib, favvora yonidagi o‘rindiqqa borib o‘tirdi.

Oradan ko‘p o‘tmay Taehyung ham uning yoniga keldi.

— Bu yerda ekansan.

Leora kulimsiradi.

— Shovqin yoqmayapti.

— Menga ham.

Taehyung uning yoniga o‘tirdi.

Bir necha daqiqa ikkalasi ham jim qoldi.

Leora sekin dedi:

— Bilasanmi... Amerikaga kelayotganimizda seni faqat televizordan taniyardim.

Taehyung kulib qo‘ydi.

— Men ham seni "Koreyaning oltin qizi" deb bilardim.

Leora boshini egdi.

— Hammasi shunchalik tez o‘zgardiki...

Taehyung uning yuziga tikildi.

— Leora...

— Hmm?

— Agar shu chempionat bo‘lmaganida, balki hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmasdik.

Leora uning ko‘zlariga qaradi va mayin kulimsiradi.

— Bilasanmi... men sevgan insonimni shunchalik qisqa vaqt ichida uchrataman, deb hech qachon o‘ylamagandim.

Taehyung uning gapidan kulib yubordi.

— Men ham. Lekin taqdir bizni bir samolyotga, bir mehmonxonaga va bir chempionatga olib keldi.

U bir lahza jim qoldi.

— Va men bundan afsuslanmayman.

Leora bosh irg‘adi.

— Men ham.

Taehyung chuqur nafas oldi.

— Chunki... men seni sevib qoldim.

Leoraning yuragi tez urdi.

U bir necha soniya indamay Taehyungga qarab turdi.

— Rostini aytsam... men ham senga aynan shu gapni aytmoqchi edim.

Taehyungning yuzida samimiy tabassum paydo bo‘ldi.

— Koreyaga qaytganimizdan keyin bir iltimosim bor.

— Qanaqa?

— Munosabatlarimizni yashirmaylik hammaga ochiqchasiga aytaylik.

Leora ikkilanmadi.

— Yashirmaymiz.

— Demak...

— Koreyaga qaytamiz va hammaga aytamiz.

Taehyung qo‘lini uzatdi.

— Kelishdikmi?

Leora uning qo‘lini ushlab, kulimsiradi.

— Kelishdik.

Ertasi kuni ertalab barcha sportchilar Amerikadan Koreyaga qaytish uchun aeroportga yo‘l olishdi.

Chempionatdagi g‘alaba sabab ularning kayfiyati a’lo edi.

Bir necha soatdan so‘ng samolyot Incheon xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Samolyot eshigi ochilishi bilan tashqaridan muxlislarning baland qarsaklari va qichqiriqlari eshitildi.

Taehyung!
Leora!
Namjoon!
Luna!

Aeroportning chiqish qismi jurnalistlar, operatorlar va muxlislar bilan to‘lib ketgandi.

To‘rttala sportchini chempion sifatida tantanali kutib olishayotgandi.

Taehyung va Leora bir biriga qisqa nigoh tashlashdi.

Hech narsa demasalar ham, ikkalasi ham Amerikada bergan va’dalarini eslashardi.

"Koreyaga qaytgach, munosabatlarimizni hammaga aytamiz."

Ammo ular buning uchun mos vaqtni kutishga qaror qilishdi.

Bugun esa ularni faqat bitta narsa kutardi...

Chempionlar sifatidagi tantanali kutib olish.

Koreyaga qaytganidan bir necha soat o'tib, barcha chempion sportchilar uchun maxsus matbuot anjumani tashkil qilindi.

Zal jurnalistlar, kameralar va muxlislar bilan to'lgan edi.

Sahnaning old qatorida Taehyung, Leora, Luna va Namjoon o'tirishardi.

Jurnalistlar navbatma-navbat savollar berishardi.

— Taehyung, bu galgi chempionlik siz uchun nimani anglatadi?

— Faoliyatingizdagi navbatdagi rejalaringiz qanday?

Taehyung barchasiga xotirjam javob berdi.

Suhbat yakunlanayotgan paytda u mikrofonni yana qo'liga oldi.

— Kechirasiz... Men yana bir gap aytmoqchiman.

Zaldagi hamma birdan jim bo'ldi.

Kameralar yana Taehyungga qaratildi.

Taehyung Leoraga qaradi.

Leora ham uning nigohini tushundi va sekin o'rnidan turdi.

Taehyung uning yoniga kelib, qo'lidan ushladi.

Zalda shovqin ko'tarildi.

Jurnalistlar ketma-ket suratga ola boshlashdi.

Taehyung mikrofon oldiga yaqinlashdi.

— Men bugun faqat chempionlik haqida gapirishni xohlamayman.

U Leoraning qo'lini mahkamroq ushladi.

— Hayotimdagi eng qadrli insonni ham tanishtirmoqchiman.

Leora unga qarab mayin jilmaydi.

— Ha... Biz bir-birimizni sevamiz.

Taehyung davom etdi:

— Amerikadagi chempionat davomida bir-birimizni yanada yaqindan tanidik. Koreyaga qaytgach, munosabatlarimizni yashirmaslikka qaror qildik.

— Shuning uchun bugun buni hammangiz bilan bo'lishishni xohladik.

Bir lahza zal jim bo'lib qoldi.

Oradan soniyalar o'tmay jurnalistlarning savollari va kameralarning chaqnashi butun zalni to'ldirdi.

Taehyung esa Leoraning qo'lini qo'yib yubormadi.

Endi ularning sevgisi butun Koreyaga ma'lum bo'lgandi.

Matbuot anjumani tugagach, Taehyung va Leora zaldan chiqishdi.

Ammo jurnalistlar ularni yana to‘xtatishdi.

— Taehyung! Leora!

Ikkalasi ortiga burilishdi.

Jurnalistlardan biri tabassum bilan dedi:

— Avvalo, munosabatingizni e'lon qilganingiz bilan tabriklaymiz.

— Rahmat, — dedi Taehyung.

Boshqa jurnalist qo‘lidagi kamerani ko‘rsatib so‘radi:

— Agar qarshi bo‘lmasangiz... sevishgan juftlik sifatidagi ilk rasmiy suratingizni olsak bo‘ladimi?

Taehyung Leoraga qaradi.

Leora mayin kulib bosh irg‘adi.

— Albatta.

Fotograflar darhol kameralarini tayyorlashdi.

— Iltimos, bir-biringizga yaqinroq turing.

Taehyung Leoraning yoniga kelib turdi.

Jurnalist kulib dedi:

— Juda yaxshi... Endi bir-biringizga qarang.

Taehyung Leoraga qaradi.

Leora ham unga qarab kulimsiradi.

Krak! Krak! Krak!

Kameralar ketma-ket chaqnay boshladi.

— Ajoyib! Rahmat! Bu sizlarning munosabatlaringiz e'lon qilingandan keyingi ilk rasmiy suratingiz bo‘ladi.

Taehyung va Leora bir-biriga kulib qarashdi. Endi ularning sevgisi nafaqat o‘zlariga, balki butun Koreyaga ham ma'lum edi.

Ertasi kuni sportchilar mashg‘ulot markazida yana uchrashishdi.

Taehyung koridor bo‘ylab ketayotganida, orqasidan tanish ovoz eshitildi.

— Kim Taehyung!

Taehyung ortiga qaradi.

— Kai.

Kai kulib uning oldiga keldi va qo‘l uzatdi.

— Tabriklayman.

Taehyung uning qo‘lini siqdi.

— Rahmat.

Kai kulimsirab dedi:

— Amerikadan yana chempion bo‘lib qaytding.

— Rahmat.

— Basketbolda butun Koreyaning eng mashhur sportchisi bo‘lding.

U biroz to‘xtab, kinoyali kuldi.

— Endi esa Leoradek qiz ham sen bilan.

Taehyungning yuzida tabassum paydo bo‘ldi.

— Ha.

— Omading juda kelibdi, do‘stim.

Kai uning yelkasiga qoqdi.

— Chempionlik, shon-shuhrat... endi esa sevgi.

Taehyung xotirjam javob berdi:

— Buning uchun minnatdorman.

— Baxting uzoq davom etsin...

Kai shunday deb kuldi.

Ammo Taehyung uning tabassumi ortida qanday niyat yashiringanini hali bilmasdi.