September 11, 2025

JANNAT IFORI.2

2-ep.Xotima.Haqeqat boʻlishini istagan tentagona orzuyim.

Hulkar

Hulkar kichkina yigitchaning orqasidan yugurib, boʻm boʻsh yoʻllardan oʻtdi. Hulkar ushlashga yotayotganida qora tun edi. Lekin u bolakay ortidan quvalaganida hamma yoq kundek yorugʻ. U bunga ahamiyat bermadi ham. Atrofda hech bir zot koʻrinmaydi. Va nihoyat bolakay ma'lum bir manzilga kelib, katta darvozasidan oʻynoqilab kirib ketdi. Hulkarning qadamlari sekinlashib, bu yerga nazar soldi. Qaraganida bu yer qabristonning kirish yoʻli edi...

Katta darvozaning qiya ochiq qolganini koʻrdi. Qiya ochiq qolgan qabriston darvozasidan ichkari kirdi. Kirishi bilan havo aynigan sifat boʻldi. Qabriston ichida osmonni qora bulut qoplagan edi. Bu sovuq sukunatga hamohang shamol esardi. Kichik bolakayni nigohlari orqali qidirar ekan qabrlar oralab ketgan yoʻlakdan u tomon yura boshladi. Yoʻlning yarmiga kelganida ichidan nimadur uni toʻxtashga undadi. U beixtiyor chap tomoniga qaradi. Yoʻlakning ikki yoni qabrlar bilan toʻlgan. Hulkar qaragan taraf ham shunday. Shu qabrlar orasidan bir kichik oʻlchamdagi qabr uning e'tiborini tortdi. Butun tanasi bilan u tarafga oʻgirildi. Uni nigohlari orqali chuqur kuzatdi. Ana endi esa yoʻlakning ohirirogʻida jigarrang eshikni koʻrdi. Qiziq ? Bu eshik tikk turibdi. Lekin hech qanday devor-u, tirkagich yoʻq. U eshik yoniga keldi. Eshikni ochib kirganida bagʻoyatda goʻzal manzaraga guvoh boʻldi. Yam-yashil dala: osmon koʻm-koʻk rangda, oppoq paxta misoli ulkan bulutlar, myin esayotgan shamol dirkillab turgan maysalarni vals raqsidek tebratayabdi. 100 qadamcha narida salobatli daraxtlar ham bu manzaraga koʻrk qoʻshib turibdi. Bir muddat bu goʻzallikdan koʻz uza olmay qoldi, Hulkar. Toza havodan chuqur hidladi. Bundan zavq olsa arziydi. Bu goʻzal manzarani yaratgan Musavvirning qudratiga lol qolmay iloj yoʻq. Hulkar endi, boyagi oʻyinqaroq bolakayni qidira boshladi.

~ Kimnidur qidirayabsizmi ? )
Ortdan kelgan ovozdan yuzida savol nigohi paydo boʻldi. Hulkar oʻgirilganida hali balogʻat yoshiga yetmagan yoshroq yigit turgandi. Taxminan 17 yoshlar atrofida. Bu jilmayib turgan yuzli yigitni savolga tutdi.

Hulkar: Kimsan oʻzi ?
Yigit: Qiziqib ketayabsizmi ? ) savolga savol ila javob bergan bu yigitcha kishini oʻziga jalb qiladi. Sirligi bilan oʻziga yana ham qiziqtirib qoʻyadi.

Hulkar: Bir bolakayni qidirib yuribman. U shu yerga kirib ketgandi.
Yigit: Tashqi koʻrinishi qanday edi ?
Hulkar: Uni koʻrdim. Lekin eslolmayman.
Yigit: U sizga kim boʻladi ? ) muloyimlik bilan soʻradi.
Hulkar: Bilmayman. Sen oʻsha bolamisan ?
Yigit: Balki ? ) yigit yura boshladi.
Hulkar: Qayoqqa ?) ortidan ergashdi.
Yigit: Hech qayer. Shunchaki bu yerlarni sizga koʻrsatgim keldi.
Hulkar: Seni taniymanmi ?
Yigit: Menimcha, allaqachonlar taniysiz. She'rlaringizda doyim men haqimda eslaysizku. Nima, unutdingizmi ?
Hulkar: Bu yerda, qabriston ichida nima qilayabsan ?
Yigit: Sayr.
Hulkar: Sayr ? Qabristondami ?
Yigit: Ha. Umuman olganda, bu yer qabriston emas. Qabriston, shunchaki oʻtish eshigi edi holos.
Hulkar: Unda nima ? Bu tushmi ? Biz tushdamiz-a ?) koʻzlaridan tabassum yugurib soʻradi.
Yigit: Tush, hayol yoki roʻyo ? Buning ahamiyati yoʻq. Muhimi, biz birgamiz. Birga sayr qilish uchun qulay imkon bu.
Hulkar: Bu gapingda jon bor. Bu yerlar juda goʻzal ekan... Huddi, jannat misoli.
Yigit: Jannat bu yerdan ham ziyodaroq, bilsangiz agar.
Hulkar: Sen u yerda boʻlganmisan ?
Yigit: Yoʻq. Hali emas. Kun kelsa, u yerga ham olib kiraman.
Hulkar: Intiqlik bilan kutaman ubda.

Ikkisi suhbat qurgan holda, bir daraxtning soyasiga kelib oʻtirdilar.

Yigit: Bu kiyim sizga yarashibdi.
Hulkar: Buni qachon kiyganim esimda yoʻq.) Hulkar endi e'tibor qaratdi. Egnida malikalarniki singari libos bor edi. Etagi uzun va keng edi.
Yigit: Aytmasam, qaramasdingiz ham...
Hulkar: Koʻzlarim koʻrib turgan yerlarda, koʻzlarim ilgʻamagan jumboqlar chiqib kelayabdi. Bu chindan ham tush. Tavirlar birin ketin ulanayabdi.
Yigit: Bu kimlar uchundir oddiy tushdir. Men uchun esa juda muhim bu.
Hulkar: Men uchun ham, juda muhim.

Hulkar va oʻsha Yigit.

Jahongir

Jahongir: Hulkar ... Oyi...Oyiii Hulkar... Oyii...) u baqirib, onasini chaqirdi.

Bu baqir-chaqirdan hovliqib, yugurgilab chiqdi, Xadicha ona.

Xadicha: Hay. Nima boʻldi ? Nefa baqirasan ?
Jahongir: Oyi, Hulkar istimalab yotibdi. Chaqirsam uygʻonmayabdi. Tinmay gʻinshib, alaqsirayabdi.
Xadicha: Tez yordam chaqir. Biror korxol boʻlmasin tagʻin.) Xadicha onasochiqni namlab kelib, Hulkarning peshonasiga qoʻydi. 25 daqeqa deganda Tez yordam yetib keldi.

Jahongir: Faqat tezroq. Issigʻi juda baland.
Doktr: Yoʻllar juda tirband. Zudlik bilan birinchi yordamni koʻrsatamiz. (Hamshiraga yuzlanib gapirdi) Qonbosimini oʻlchang. Termometrni qoʻying istimasi nechchi ekan bilib olaylik.

Hamshira: Qon bosimi tushib ketibdi. Koʻtarish kerak.
Doktr: Issigʻichi ?) Tanometrni qoʻltigʻostidan olib koʻrdi.
Hamshira: Harorat 39.3. Juda baland.

Doktr: Analgin-demedrol joʻnating. Yonboshdan Kordiamin qiling. ) u shunday deb Hulkarning yurak urishini eshitib koʻrdi. Yumiq yotgan koʻzlaridan birini ochib, koʻzini tekshirdi.

Xadicha: Axvoli yaxshimi ?
Doktr: Charchagan. Qattiqroq biror ish qilganmidi ? Yoki biror narsadan siqilganmi ?
Xadicha: U yaqinda ishga kirgandi. Boxchaga, ishim juda shovqin deb kelardi, ishdan.
Doktr: Unga dam kerak. Yana shamollabdi. Istima chiqib, qon bosimi meyoridan ancha tushib ketibdi. Ukol qildik. Bir soatlarda ancha issigʻi tushadi. Qon bosimi ham normallashadi.
Xadicha: Rahmat sizlarga.
Doktr: Bemorga e'riborli boʻling. Bir necha kun sovuq suv ushlamasin. Ovqatini vaqtida yesin. Mana bu dorilar roʻyxati. 5 kun shuni ichsa, koʻrmaganday boʻlib ketadi. Vitaminga boy kalloriyali ovqatlardan koʻproq yesin. Quvvat boʻladi.
Xadicha: Albatta shunday qiladi. Rahmat sizga.

Xadicha ona minnatdorlik bildirib tez yordam hodimlarini kuzatib ortiga qaytdi. Oʻgʻli Jahongir Hulkarning tepasida oʻtirgandi. Hulkar qoʻlida ushlab uhlab qolgan oq yaxtaga termulib oʻtirgandi u. Sekin uning gʻijimlab olgan qoʻlidan boʻshatib oldi. Va bu kichik bolalar kiyimiga termulib, boshini quyi egdi. Xadicha ona oʻgʻlining yelkasiga qoʻlini qoʻydi. Jahongir esa boshini onasiga suyab oldi. Xadicha ona chuqur xoʻrsinib qoʻydi.

Hulkar

Daraxt soyasida oʻtirar ekanlar, ular dunyo tashvishlaridan holi edilar.

Yonlaridan iqib oʻtgan sharqiroq suvga qoʻlini soldi, Hulkar.
Hulkar: Naqadar zilol...
Yigit: Hu anavi daraxtlarni koʻrayabsizmi ? ) qoʻli bilan koʻrsatdi. Qator oʻsib chiqqan darxtlar bir tekkisda tizilgan edi.
Hulkar: Ha.
Yigit: Borishni istaysizmi ?
Hulkar: Yoʻq demayman.

Ikkisi oʻsga yarafga borishdi. Daraxtlar orasidan oʻtganlarida ular biroz boshqacharoq koʻrinib qoldi. Yoshlari ulgʻaygan misol edi. Ikkisi ham bunga e'tibor bermadilar. Bogʻning bu tarafiga oʻtib, daraxtlar orasida qyrilgan argʻimchoqqa oʻtirdilar.

Ularning kattaroq koʻrinishlari.

Hulkar: Bu yerlar menga yoqdi. Hidi ham juda nafis.
Yigit: Ha, anchadan beri yetishmayotgan ifor keldi.
Hulkar: Bu ifor, aslida sendan taralayabdi shekili.
Yigit: Ehtimoldan holi emas. Xoʻsh, bu koʻrinishim sizga yoqdimi ? Ulgʻaygan koʻrinishim siz istaganday- a.
Hulkar: Juda koʻrkamsan.
Yigit: Siz istaganday uzun boʻyli, keng yelkali.

Hulkar tabassum bilan javob berdi.

Yigit: She'rlaringiz juda ajoyib.
Hulkar: Ularni oʻqidingmi ?
Yigit: Har birini.
Hulkar: Aynan qay biri senga koʻproq yoqdi ?
Yigit: Hammasi ham oʻziga yarasha. Masalan:

Yigit: Aytgin menga ichingda borinSen menga begonami yo yaqin ? Hulkar: Yoki aldab, ovut, men yoringYorilmasin boshing, oʻzing tut sokin. ) Hulkar birga hamohang davom ettirdi.

Yigit: Huddi, muz qoplagan yurak singari
Hulkar: Qayta yana eriy boshlayin.
Yigit: Oʻtdayin gʻalayon etdi, ilgari
Hulkar: Seni qayta seva boshlayin.

Yigit: Seni sevaman degin!
Hulkar: Seni sevaman degin!

Yigit: Sen-la jannatlarda birgaman.
Hulkar: Qachon kelar, bu kun bilmam.
Yigit: Qoʻshiqdagi duet singarman.
Hulkar: Qoʻyib bersa oldingdan kelmam.

Yigit: Kel, hammasin qaytadan boshla.
Yashashda sen odim davom et.
Hulkar: Biz sevganlar ketmasin tashlab
"Rasvo fe'ling" asta gumdon et.

Yigit: Seni sevaman degin.
Oʻz-oʻzimni,
Faqat oʻzim
Sevaman degin!

Hulkar: Ki, boshing tanaga qolib ketmasin.
Seni yosh boshingda sarson etmasin.
Shu koʻyga solganlar gumdon etmasin.
Bir parcha oloving yonib ketmasin.

Yigit; E'tibor aylama, oʻzga quzgʻunga
Gap-soʻzlar shunaqa kelib ketadi.
Hulkar:Gʻiybatlar yuraging ezib, mijgʻilab,
Seni bu yoshliging uvvol ketadi.

Yigit: Uni ketgan bahorday esla.
Hulkar: Baxordan ham oldinroq ketdi.
Yigit:Uni tunda yulduzday qumsa
Hulkar: Yulduzdan ham ulkan va mitti.

Yigit: Koʻkraginga toʻlgan ozuqa
Hulkar: Unga bu rizq nasib etmadi.
Yigit: Tan ogʻrigʻi boʻlib adoqa
Hulkar: Dil yarasin yuvib ketmadi.

Hulkar:Tushda bir koʻrsayding, farishtadayni.Yigit: Yuzini bir bora koʻra olsayding.Hulkar: Uning siyratini qalbga chizaymi?Yigit: Tushdagi xotirang eslab olsayding.

Iching boʻshab qoldi, ketgandan beri.
Kemtik yuraging ham taning singari.
Hulkar: Boʻshliqda uchasan, sen nari beri.
Usiz toʻlmas boʻshliq, eh haliberi.

Yigit: Ajoyib she'r.

Hulkar: Dunyo tezroq tugasa edi,
Koʻrsam edi sening jamoling.

Yigit: Bunga jud oz qoldi. Menga ishoning. Sizga uzoqday tuyiladi. Lekin, juda qisqa vaqt bu.
Hulkar: Sen aytar ekansan, ishonaman.
Yigit: Unda bergan va'dangizda sobit turing.
Hulkar: Qanday va'da ?

Yigit: "Va'da berdim senga ming bora,
Oʻz jonimga qilmagayman qasd."
Hulkar: Kutmoqdaman umrim tugashin,
Sogʻinchlarga qoʻyilsin nuqta.
Aytish ossondir, balki,menga.
Bajaraman va'damni puxta. ) yigit sokinjilmayib qoʻydi. Hulkarning toʻlqinlangan koʻzlarini koʻrib,
Yigit: Sizni juda yaxshi koʻraman. ) Hulkarning oʻtirgan oʻrni oldiga tizzalab oʻtirkb ikki qoʻlidan tutdi. Qoʻllarini qyta qyta oʻpib, Hulkarga qaradi. Hulkarning ham yuzida kulgu yugurgach,
Hulkar: Men ham seni yaxshi koʻraman. Juda ham.) bagʻriga kirgazdi. Yigit ham uni mahkam quchdi.
Hulkar: Ulgʻaysang juda koʻrkam boʻlar ekansan. Farishta kabi. Sen mening jannatimsan.
Yigit: Siz esa mening jannatimsiz. ) ikkisi ham bir-birlariga qarab jilmaydilar.
Hulkar: Aytishlaricha, u yerda hamma 17 yosh boʻlar ekan.

Yigit: Endi, ortga qaytishimiz kerak.
Hulkar: Birpasdaya. Yana ozroq oldingda qolgim kelayabdi.
Yigit: Men ham siz bilan koʻproq boʻlishni istayman. Lekin vaqt tugayabdi.
Hulkar: Nailoj.

Ikkisi ortiga klegan yoʻllaridan qaytdilar. Birma bir daraxtlar qatoridan oʻtib yana yish koʻrinoshga kirdilar. Yigit 17 yoshli Hulkar ham oʻzining yoshi 21 yosh holiga qaytdi. Bu jannatmakon manzilning boshlanishiga yaqin kelib qoldilar. Hulkar kirgan eshik 10-15 qadam narida qayta ochildi. Buni koʻrib, ikkisi bir-biriga qyta yuzlandilar.

Hulkar: Seni sogʻinib qolaman.
Yigit: Men ham. Sizdan havotir olishayabdi. Tezroq uygʻonishingiz kerak.
Hulkar: Imkonim boʻlsa, bu tushdan hech ham uygʻonmasdim.
Yigit: Bunaqasi ketmaydi. ) yigit Hulkarning qornini kafti bilan yengil siladi.
Yigit: Uygʻonmasangiz mittivoylar qiynalishadi. ) Hulkar hayrat ila qorniga qaradi.
Hulkar: Nima, bu rostmi ? ) yuzidagi hayrat toʻla xursandchilikni koʻrdi yigit. Va bosh irgʻash va jilmayish ila "Ha" dedi. Soʻngra egilib, Hulkarning qorni tarafga gapirdi.

Yigit: Toʻpalon qilmanglar, onamizni koʻp ham toliqtirmanglar. Katta boʻlgach, uni himoya qilinglar. Akangiz sizlarni juda yaxshi koʻradi. Buni unutmanglar, hoʻpmi ?

U qayta qasdini rostladi.

Hulkar: Quvonchimni cheki yoʻq.
Yigit: Allohning marhamati shunaqa cheksiz boʻladi.
Hulkar: Unga hamd va sanolar boʻlsin.
Yigir: Ami(y)n. ) Hulkar eshik tomon yura boshladi.
Yigit: Maxshar kuni koʻrishguncha.
Hulkar: Koʻrishguncha, Muhammadmansur.

U tomon qarab qolishi

Oxirgi bor unga qaradi. Unga tomon boqib, kulib turgan yuzga.
Soʻng, eshik ichiga ravona boʻldi.

Hulkar tomon qarab qolishi.

Hammayoq oppoq boʻlib ketdi. Koʻzlari qamashgan Hulkar koʻzlarini yumib-ochdi. Oppoq xira tasvir sekin tiniqlashdi. Koʻzlarini ochganida tepasida havotir bilan qarab oʻtirgan erini koʻrdi.

Ayoli xushiga kelganini koʻrgan Jahongir, kafti bilan Hulkarning yuzidan tutdi.

Jahongir: Ahvoling ancha yaxshimi ?
Hulkar: Hech qachon bunday yaxshi boʻlmagandim. Nega kpzlaringiz qizargan, sizni qoʻrqitib yubordimmi ?

Jahongir: Yoʻgʻe, koʻzim shamollabdi. Uhlab yotganingga ham qoʻrqaveramanmi ?
Hulkar: Unda koʻzlarimgizdan oʻpib qoʻyaman.
Jahongir: Keyin tuzalib ketadimi ?
Hulkar: Albatta, siz menga dori boʻlganingizdek... Men ham sizga darmon boʻlaman...
Jahongir: Qani, oʻzimga kelaqol...

Ayolini bagʻriga kirgazib, peshonasidan oʻpdi.

Hulkar: Men bir qiziq tush koʻribman.
Jahongir: Qanaqa ekan ?
Hulkar: Unda jannatning ifori barq urib turgandi. Uni sizga aytib beraman.

Jahongir va Hulkar

TAMOM !

Muallif: Nilufar Abdullayeva