Najot
Qizning yuzi tomon tushirilgan tarsaki ovozi xonani egalladi. Alamli nigohlar bilan oʻgay akasiga qarayotgan Minsoning koʻzlari shunchalar dargʻazab ediki, yuziga tushirilgan tarsakiga javoban u ham shu ishni qilmoqchi boʻldi. Ammo, Minsoning ingichka bilaklarini oʻgay akasi tutib qoldi. Qattiq siqib, Oʻqraydi.
Yoongi: Oʻrningni bilganing ma'qul. ) Qizning qoʻlini siltab qoʻyib yubordi. Ogʻrigan qoʻlini yana bir qoʻli bilan ushlagan holda;
Minso: Sen oʻzingni kim deb oʻylaysan, hayronman!
Yoongi: Oʻchir ovozingni!
Minso: Aksincha, sen oʻchirasan. ) Yoonging jahl torlari tortila tortila, axiyri uzildi. Qizning sochidan qattiq tutgan holda sudrab xonasiga olib kirib uloqtirib yubordi.
Yoongi: Shunday degin ?! Unda koʻr nimalar kelishini... ) Yigit eshikni yopib qoʻygan holda, shimining kamarini boʻshata boshladi. Yigitning bu harakatlaridan Minsoning yurak urishi tezlashdi. Kamarini boʻshatgan yigit zarb bilan xona poliga tushirdi. Chiqqan ovozdan Minsoning tanasi titrab ketdi.
Xona tashqarisidan oʻtayotgan xizmatchi ayol eshik oldiga sekin kelar ekan, eshikning qulfi ichkaridan aylanib qulflandi. Talvasalanib turgan xizmatchi ayol zarb bilan tushgn kamar ovozi va qizning chinqirigʻini eshitdi. Butun uy bu ovozdan oyoqqa turar darajada edi. Bir necha bor kamar urilganidan soʻng, qizning baqirishlari biroz pasaydiku, qattiq ovozda yigʻlagan ovozi shu zayilda qoldi. Bir necha daqeqalarda eshikning ochib Yoongi chiqib ketdi. Bir nechta xizmatchilar Minsoning holidan xabar olish uchun ichkari kirishdi. Yotogʻida holsiz yigʻlab yotgandi. Ular Minsoning yarasiga malham surtib ahvolini biroz oʻnglab chiqib ketishdi.
Men Chon Minso, taniqli biznesmen Minlar oilasining qiziman. Toʻgʻrirogʻi, Janob Minning ikkinchi ayoli, Chon honimning qizi. Min Yoongi ashaddiy dushmanim, ya'ni, oʻgay akam. U Janob Minning yagona merosxoʻri. U bilan hech qachon kelishmaganmiz. Mana 2 yildirki, bu yerga hanuzgacha begonaman. Shu tufayli, men ish izlamoqchiman. Taxminan bir haftalardan buyon Seul koʻchalarida ish izlab sarsonman. Mana, bugun ham ertalabki asabbuzarlikdan keyin toʻyib yigʻlab olgach, oʻzimni biroz oʻnglab oldim. Hayriyat, la'nati kichik Minning kamar izlari yuzimga tegmadi. Lekin orqa yelkamda qattiq achishish bor. Ehhh, mana avtobusim ham kelayabdi. Haa, menday boy oila qizi avtobusda yuraman. Sababi, oilam menga begona. Tezroq ish topib, bu uydan ketsam deyman. Yaratgan menga bir Najot farishtasini yoʻllar... Mayli, bari yaxshilikka....
Minso hayolchan holda avtobusga chiqib bir chekkaga oʻtirdi. Yoʻlda hayol surib ketar ekan bir yigitga koʻzi tushdi. Qora-jigarrang tusdagi jingalak sochlari, katta va porlab turgan koʻzlari, olcha rangidagi lablari ustidagi persingi... bularning hammasi u yigitga yarashib turar edi. Yigit qogʻozga nimalardur chizayotgandi. Minso yigitga uzoq vaqt tikilib qoldi. Negadur koʻzlarini hech ham uza olmasdi. U yigit Minso tarafga qaraganida ikki nigoh bir biriga tushdi. Bir lahza esankiragan qiz, yuzini burib oldi. Yigit sekin kulib qoʻyib, chizishda favol etdi. Minso koʻz qiri bilan qaraganida yigit unga dam-dam qarab qoʻyayotganday tuyildi... Aftobus bekatda toʻxtagach, Minso tushib qoldi. U yoʻlda yurar ekan hayolida oʻsha yigit yuraverdi.
Minso: Nega u yigit haqida hayol surayabman. Men hozir ish izlashim kerak. Shu yer... Shu yerdan soʻrayman. Zero, shunisi oʻxshab qolar... ) Minso ichkari kirib ketgani boʻyi 20 daqeqlar orasida tashqariga horgʻin yuz ifodasida chiqdi. Bugun bir nechta yerni koʻrdi, ammo hech biri Minso uchun muvaffaqqiyatli boʻlmadi. Charchagan qiz uyiga qaytdi.
Minso erta turib, yarakariga malham surtdi. Va oʻziga biroz iro berib ertalabku nonushtasiz uyni tark etdi. Avtobus kutib turar, lekin hech avtobus kelmas edi... Vanihoyat, avtobusi uzoqdan koʻrindi. Kelishi bilan shoshilib chiqdi. Ammo joylar toʻlib boʻlganligi sabab tik oyoqda ketishga majbur boʻldi. Uning yonrogʻida kechagi kelishgan yigit oʻtirgandi.
Minso: Tushunmadim ? ) Hayron soʻragan Minsoga yigit bir oq qogʻozni uzatdi. Minso qogʻozni qoʻliga olar ekan, oʻzining chizilgan rasmiga koʻzi tushdi.
Jungkook: Shunchaki, oddiylik va tabiiylikni qogʻozga tushirgim keldi. Kecha, aftobusda oʻtirganimda yugurib kirib kelding va roʻparamdagi oʻrindiqqa oʻtirding. Nega bilmayman, seni chizgim keldi. Va portfyelimdan qogʻoz va qalam olib chiza boshladim. Hali ohiriga yetkazmasimdan aftobusdan tushib ketding. Uyimda suratni oxirigacha bitgazib qoʻydim.
Minso: Tushunarli. Bu suratni oʻzim bilan olsam boʻladimi ?
Jungkook: Chindanmi ? Lablaring quruqshabdi, men ertalab nonushta qilmagansan deb oʻylagandim...
Jungkook: Juda soz. Menga ham aslida shu qulay. ) Jungkook qoʻltigʻtayogʻgʻa suyangan holda Minsoni bir tarafga qarab yetakladi... Eshikdan kirib, Minso kirishini ham imladi. Minso ortidan kirganida,
Yuna: Iya, oʻzimizning Jungkook kelibdiku. Xush kelding oʻgʻlim. Bu hafta kelmaysan deb oʻylagandim.
Jungkook: Nega kelmay, axir sizning shirinliklaringizsiz yashay olmaymanku...
Yuna: Mayli joyingga oʻtira qol. Koʻp urinma. Yoningdagi qiz kim ?
Jungkook: Ha bu mening ishimdagi sherigim.
Minso: Salom, honim. Men Minsoman.
Yuna: Isming ham oʻzingdek chiroyli ekan. Koʻz tegmasin.
Minso: Rahmat, honim. ) Ikkisi borib joylashishdi. Yuna isimli ayol bir deguncha patnisni toʻldirib shirinliklardan olib chiqdi.
Yuna: Mana bolalarim.
Jungkook: O, men sevganim.
Minso: Nima ?
Jungkook: Bu mening sevgan boluchkam, uchidagi qiyomi ham juda mazali. Ta'tib koʻrasanmi ?
Minso: Mayli.
Yuna: Oyoqlaring qanday, ancha yaxshimi ?
Jungkook: Ha, kecha doktr koʻrigiga borgan edim. Oyoʼim ancha yaxshi boʻlganini aytdi.
Yuna: Bu juda yaxshi, meni xursand qilding. Endi men boray, sizlarga yoqimli ishtaha bolalar.
Minso: Rahmat, Yuna hola) jilmaydi. Yuna hola ham unga javoban jilmayib qoʻyib ketdi.
Minso: Bu ayol juda samimiy ekan. Oʻzingni holangnmi ?
Minso: Tushunarli.
Jungkook: Boya nega juda ham shoshilayotganding ?
Minso: Ish izlab yuribman. Shuning uchun.
Jungkook: Yoshing nechada ?
Minso: Yaqinda 20ga toʻlaman.
Jungkook: Tushunarli. Xohlasang men ham senga ish izlashib yuboraman.
Minso: Xojati yoʻq. Aslida nega siz bilan bu yerda oʻtiribman, bilmayman ham.
Jungkook: Nega unday deysan men yomon bola emasman.
Minso: Albatta, shunchaki... Men buni nazarda tutmagandim.
Jungkook: Unday boʻlsa muammo yoʻq. Sen ham oddiy qizsan, men ham oddiy yigitman. Biz shunchaki tanish boʻla olamiz.
Bu yerdan chiqqach, ikkisi biroz koʻchada sayr qilishdi.
Jungkook: Yoʻq, aksincha. Doktr koʻp yurishimni aytgan.
Jungkook: Sen mana shu yerda oʻtirib tur. Men qahva olib kelay, biroz chanqadim. ) Oʻrindiqda oʻtirgancha yigitni kuta boshladi.
Minso Pov: Boshimda tashvishim kamday, Jungkook bilan aylanib yuribman. Bu nimasi endi ? Lekin u juda ham xushfe'l yigit ekan... Kamiga manmansiragan boylardan emas. Bu kabi samimiy insonlar hozir kam... Kiyinishlaridan oddiy oila yigiti... gap soʻzlaridan oʻqimishliga oʻxshaydi...
Jungkook: Mana qaynoqqina qahva.) Minso tomon qoʻlidagi qahvalardan birini uzatdi.
Minso: Tashakkur.
Jungkook: Ha, manabu gazetaga koʻzim tushdi. Ish haqida e'lon bor ekan. Kerak boʻlsa, deb senga olib oldim.
Minso: Rahmat, bu albatta menga kerak.
Jungkook: Yaxshi, ishga kirgan kuning meni mehmon qilasan.
Minso: Kelishdik. ) Ikkisi xayrlashishdi.
Minsoning Jungkook bilan xayrlashgach borgan birinchi yeri, gazetadagi e'londa koʻrsatilgan yer edi. U yerga borganida anchayin nufuzli Entertainment ekanligini koʻrdi. Gazeta muqoavasiga qayta koʻz yugurtirdi.
Taxminan 1 soatlar bu kompaniya ichida qolib ketgan qiz samimiy yuz qiyofasida binodan chiqdi.
Minso Pov: Vanihoyat, ish topdim. Bugungi kunim besamar ketmadi, xayriyat. Jungkook juda ajoyib yigit. U tufayli ish topdim. Yuna hola ham juda samimiy ayol ekan. Endi ishlayman, oʻz oʻrnim boʻladi.
Soat 16:34. Uyga kelgan Minso oʻzining xonasida uhlab qoldi.
Uyqudan uygʻonayotgan Minso yuzida qoʻl harakatlarini sezdi. Koʻzini ochganida oʻgay akasi Yoongining aftini koʻrdi. Seskanib oʻzini tortib oldi.
Minso: Siz bu yerda nima qilayabsiz ?
Yoongi: Jarohating yaxshimi ?
Minso: Buni sizga nima daxli bor ? Chiqib keting bu yerdan.
Yoongi: Nega daxli boʻlmasin, ular menga tegishliku ?
Minso: Men sizga chiqib keting dedim.
Yoongi: Bu safar emas. ) Yoongi Minsoning yuzi tarafga egilib turganida birdan eshik ochildi.
Janob Min: Singlingni xonasida nima qilayabsan ?
Yoongi: Hech narsa. Shunchaki hol axvol soʻragani kirgandim.
Janob Min: Ikkingiz ham qadamingizni oʻylab bosing. ) Janob Min chiqib ketdi. Ortidan avzoyi buzilgan yigit ham chiqib ketdi.
Minso shu zayilda, har kuni ishga borib keladigan, ishdan erta chiqqan kunlari, tushlik paytlari Jungkook bilan Yuna holaning oldiga borib vaqt oʻtkazadugan boʻldi. Jungkook bilan Minso birga boʻlgan paytlari tortishishar, xazillar qilishar, bir-birini suratga tushurar edilar. Ular birga boʻlganuda vaqt qanday oʻtgani bilinmasdi.
Oradan 1 oy oʻtdi.
Jungkook: Hayrli kun, sohibjamol.
Minso: Hayrli kun.
Jungkook: Kuttirib qoʻymadimmi ?
Minso: Kutaverib charchadim. Qayerlardan yuribsana ?
Jungkook: Yaxshi, bugun men bilan birga borasanmi ?
Minso: Albatta boraman. Axir eng yaqin doʻstimsan.
Jungkook: Juda soz. ) Ikkisi doktr huzuriga borishdi. Bugun Jungkookning oyogʻidagi gipsni olib tashlaydi. Shu bilan birga holatini tekshiradi.
Jungkook: Oyogʻim yaxshimi ?
Doktr: Bir haftadan keyin qadrli qoʻltigʻtayogʻingiz bilan xayrlashishingizga toʻgʻri keladi.
Jungkook: Buni qarang, chindanmi ?
Doktr: Ha, holati barqaror. Sport bilan shugʻullanib turishni ham unutmang.
Jungkook: Rahmat doktr. Albatta shundy qilaman. ) Minso ikkisi bu yerdan chiqib, Yuna holaning oldiga bordilar. Ikkisi sevimli shirinliklaridan tanavvul qila boshladilar.
Minso: Jungkook.
Jungkook: Nima deysan ?
Minso: Oyogʻing haqida hech gapirmagansan.
Jungkook: Bu bir avtohalokat tufayli boʻlgandi.
Minso: Tushunarli.
Jungkook: 1yil oldin eng yaqin doʻstim bilan qattiq janjallashib qoldik. Jahl ustida avtomobilimga minib ketdim. Katta tezlikda haydaganim sabab toʻqnashuv boʻldi. Mening oyogʻim qattiq jaroxat oldi. Keyin esa davolana boshladim.
Ish stolida oʻtirgan Minso koʻzi tolib kompyuterdan boshini koʻtardi. Qoʻl telefonidan Jungkookka qoʻngʻiroq qildi. Olmagach, kayfiyati tushib ketdi. Ishlarini tugatib horgʻin kayfiyatda uyiga qaytayotgan qizning yoʻlidan Jungkook chiqdi.
Jungkook: Salom,
Minso: Sen ?
Jungkook: Men.
Minso: Jin urgur, La'nati. ) Misno Jungkookni ura ketdi
Jungkook: Nima qildim ?
Minso: Bir haftadan beri na telefon qilasan, na xabar yozasan. Yana nima qildim deydiya. Sendan qancha havotir olganimni bilasanmi oʻzi ?.... Hoy nega kulayabsan ?
Jungkook: Xuddi qari ayollarga oʻxshaysan. Yuna holam ham bunchalar tergamaydi.
Minso: Oʻrgildim. Sening oʻzing qari cholsan. Bildingmi ?
Jungkook: Ha, ikkimiz xuddi qari sevishganlarga oʻxshaymiz. Doyim tortishib yuramiz.
Minso: Hozir nima deding ?
Jungkook: Boʻldi endi. Qarasangchi, umuman bemalol yuribman.
Minso: Koʻrdim. Koʻz tegmasin.) Jungkook Minsoni bagʻriga bosdi.
Minso: Jungkook!
Jungkook: Jim ... Bir oz muddat shunday turaylik ... ) Minso qarshilik qilmadi. Jungkookning bagʻrida yogʻday erigan qizning ikki yanogʻi qizil tusga kirdi. Yigit qizni bagʻridan chiqarib, unga yuzlandi;
Jungkook: Minso ... Men seni sevaman. Meniki boʻl ...
Minso: Jungkook m-menn ...
Jungkook: Yaxshisi hozir gapirma. Yaxshilab oʻylab koʻr ... Agar, bunga qarshi boʻlsang ham, yana odatdagidek doʻst boʻlib qolamiz. Maylimi ? ) Minso nima deyarini bilmay bosh irgʻidi. Ich-ichidan esa baxtiyor ediki, porlab turgan koʻzlari buni yaqqol aytib turgandi.
Ertalab.
Minso Pov: Ertalabdan oʻzimga oro berib, yaxshi kayfiyatda ishimga yoʻl oldim. Avtobusga chiqqanimda esa Jungkook yoʻq edi. U bugun kelmadi. Bu yigit meni aqldan ozdiradi. Axir, bugun unga rozilik bermoqchi edim ... Men ham uni sevishimni aytmoqchi edim.)
. Soat 11: 13.
Bugun kun yaxshi boshlandi. Ishga berilib ketganidan, qorni ochiqib ketgan qiz u yoq bu yoqqa alangladi.
Soni: Minso. Bugun ziyofat boʻlar ekan. Eshitdingmi ?
Minso: Yoʻq, qandy ziyofat ?
Soni: Kompaniyamiz hoʻjayini bugun kichik ziyofat uyishtiribdi. Hodimlar ham qatnashsin debdi. Qanday zoʻr-a ?
Minso: Ha, ishlarni charchogʻini biroz chiqaramiz.) Minso va boshqa hodimlar ishlarini erta tugatib, ziyofatga tayyorlanish uchun ketdilar.
Jungkook: Hammaga salom, sizlarni barchangizni koʻrib turganimdan xursandman. Bu yil hammngiz yaxshi ishladingiz. Yosh hodimlardan tortib, tajriblilaringiz, barchangiz, meni yoʻqligimni bildirmadingiz. Sogʻligim tufayli, bir muncha muddat kompaniya ishlarini tashlab qoʻydim. Lekin, endi avvalgidek hammasini oʻz nazoratim ostiga olaman. Rahmat hammaga.) Minso koʻz oldida boʻlayotgan ishlardan biroz shoshib qoldi. Eng yaqin doʻsti, kpngil qoʻygan insoni, iahida unga boshliq boʻlib chiqishi kutilmagan holat edi uning uchun. Jungkook gapini tugatib Minso tomon kela boshladi.
Jungkook: Salom sevgilim. Ish bilan boʻlib charchab qolmayabsanmi ?
Minso: Jungkook ? Nima oʻzingmisan ? Qanaqasiga ?
Jungkook: Nima ? Oddiy yigit boʻlmasam sevmaysanmi ?
Minso: Unday demadim. Shunchaki bu kutilmagan boʻldi.
Jungkook: Minsoginam.
Minso: Nima ?
Jungkook: Seni sevaman.
Minso: Ha.
Jungkook: Nima ha ? Senchi ?
Minso: Nima men ?
Jungkook: Sen aytmaysanmi ?.
Minso: Men sendan koʻproq sevaman ... ) Jungkook unga kulib qaradi va Minsoni oʻz bagʻriga oldi. Ikki yoshning turishiga hamma havas, ayrimlar esa hasad kpzi bilan qarab turishdi. Ziyofatdan soʻng inkisi har doyimgidek koʻcha aylanishdi.
Jungkook: Endi men bir yerga borishim kerak.
Minso: Qayerga ?
Jungkook: Senga eng yaqin doʻstim haqida aytgan edimku, oʻsha bilan koʻrishmoqchimiz.
Minso: Meni tanishtirmaysanmi ?
Jungkook: Qoʻysangchi, seni rashk qilaman.
Minso: Doʻstingdanmi ?
Jungkook: Yaxshi. Qani yuraqol birga boramiz.) Ikkisi bir restoranga kelishdi.
Jungkook: Mana shu yerda kutayabdi.
Jungkook: Ha, ana. Ana bu yerda kutib oʻtiribdi. ) Minso Jungkook koʻrsatgan tarafga qaraganida oʻgay akasi Yoongi oʻtirgan edi ...