September 9, 2025

JANNAT IFORI

Sening yoding uchun...

Avtomobilning orqa oʻrindigʻida oʻtirgan qiz turmush oʻrtogʻi kelishini kutardi. Yoʻlning narigi betida yangi tushgan doʻkonlar uzoqdan deyarli boʻsh koʻrinadi. Qizga bu yer tanishdek tuyuldi. Eri kelishini kutib oʻtirmay, qiziquvchanligi sabab, hovliqib yoʻlning narigi tomoniga oʻtdi. 3 xonadan iborat kichik doʻkonlar: oʻzimizning oddiy doʻkonlar singari. Uning yoniga bordi. Va ichini kuzatdi. Avvaliga boʻshdek koʻringan xonalar endi boshqacha holda koʻrindi. Chap tarafdan birinchisi tarafga qadamlar ekan, qiz oʻzining doʻkonini topishga urindi. Chap qoʻldagi doʻkonda atir-upa deganday, ayollar goʻzallik vositalari sotilardi. Bu xonaning eshik ostonasidan qaytdi. Qolgan ikki xonanning yana birini qarab koʻrdi. Bu yer boʻsh edi. Keyingisini ochganida, huddi uyning kichik xonasi bezatilgandek gavdalandi. Eniga nisbatan boʻyi uzunroq tushgan, kichik xona. Chap tarafida bir kishilik uchun moʻljallangan yotoq. Oʻng tarafida oʻziga yarasha stol, roʻparada esa jigarrang shkaf turgandi. Xona tartibli, yotoqning usti bir tekkis yigʻilgan.

Qiz ongida oʻziga oʻzi savollar yogʻdira boshladi:

Qiz: Axir, bu bizga tegishli doʻkon edi. Bu yerni kim uyga aylantirib oldi ? Kim ? Bu yerda men bolalar kiyimini sotmoqchi edim. Men niyyat qilib, olib qoʻygan kiyimlar shu yerda edi. Qani ular ? Men uni oʻgʻlim uchun olgandim. Mendan tortib olishga haqqilari yoʻq. Yoʻq... Men bu yer meniki, ya'ni oilamizniki. Demak xohlaganimcha kirib koʻrishga haqqim bor. Yomon ish qilayotganim yoʻq. Ha.( Bir zum ongida bolalar uchun moʻljallangan oq rangdagi kiyim gavdalandi.) Ha.. bu yomon ish emas... Bunday emas.

U toʻgʻri borib, shkafni ochdi. Kiyim taxlash uchun moʻljallangan qavat tarafi ochildi. Uning nigohi birinchi navbatta bir tekisda, tartib bilan taxlangan sochiqlarga tushdi. Hayolidan allanechuk hayollar oʻtar ekan, qoʻl sochiqlar koʻziga tanish koʻrindi.

- Naxotki, bu sochiqlar... Uyimizdagilarga juda oʻxshar ekan... Oyimning sochiqlari... Nahotki ? Boʻlishi mumkin emas. U chet elga ketmaganmidi ? Yoki, dadamdan buni yashirish uchunmi ? Nima sababdan ? Men bu yerdan ketishim kerak. ) u zinhor eshikni ochib tashqariga chiqdi. Qalbida gʻashlik,u izlagan narsani topa olmay ezilganday koʻrindi. Bu yerdan ketmoqchi boʻlganida, qaynonasining ovozi uni toʻxtatdi.
- Hulkar ...) qiz ortiga qarab, uni koʻrdi, va hayrat bilan u tarafga yaqin keldi. Yuzidagi savollar tillariga koʻchdi. Ammo, sokinlik ila.
Hulkar: O-oyi... Yaxshimisiz. Bu yerda siz yashayabsizmi ? ) yigʻlamsiragan, oʻzini zoʻrgʻalab tutib turgan ayol soʻz boshladi.
Xadicha ona: Haa, Hulkar... Yaxshiman. Oʻzing yaxshimisan. Dadang bilan Jahongir akang tuzikmi ? Ovqatlarini vaqtida berayabsanmi ?
Hulkar: Ha oyi. Berayabman. Ular yaxshi... ) ayol hokisor yigʻlab turardi. Qizlardek kpringan yosh Hulkar ham qalbi ezilganday, koʻzlari atrofi qizara boshladi.
Xadicha ona: Hulkar,meni bu yerdaligimni hech kimga aytmagin, hoʻpmi ? Hech kimga aytmagin.
Hulkar: Hoʻp, aytmayman.... Oyi... Oldingizga kelaymi ? Siz bilan birga yotgani... Ertaga kelaman. Dadam va erimga dugonamnikida qolishga deb soʻrayman. Ha.. shunaqa deyman. ) ayol sekin boshini irgʻab qoʻydi. Hulkar ortiga qaytar ekan, koʻzlaridagi qizarishlar yaqqol sezilib turardi.

Qarshisida birdan eri paydo boʻldi.
Hulkar: Jahongir aka ?
Jahongir: Qayerdn kelayabsan ? Yigʻlaganmisan ?
Hulkar: Ha, men... U roʻparadagi doʻkonlar... Biz.. biz olgan doʻkonlar-a shundaymi ? Biznikiyaaa ?
Jahongir: Haa...
Hulkar: Oyim shu yerda yashayabdimi ? U shu yerdami ? Buni bilardingiza ?
Jahongir: Ha. Shu yerda, men joylashtirdim. Sen nega yigʻlayabsan ?
Hulkar: Kiyimlar sotmochi boʻlgan edik, esingizdami ?(U allakim bilan savdo qilishni istaganini eslatdi) Men oʻgʻlim uchun kiyim olgandim. U yoʻq, kim yoʻq. Oʻgʻlim uchun olgan kiyimni topolmadim. Men u uchun olgandim. Qani u ? Topolmayabman. Oʻgʻlimizg olgan kiyim qani ? Uni topolmayabman....

Hulkar toʻlgʻonib yotgan joyida koʻzlari ochildi. Koʻzlarini ochganidagi manzara qora tunga burkangan xonasi boʻldi. U tish koʻrganini angladi.
Hulkar: Bunchlar aniq va esda qolarli tush boʻlmasa bu ?

Hulkar

U yotgan yerida chap tarafiga qaradi. Eri Jahongir uhlab yotgan edi. Hulkar erining bagʻriga tirmashib kirib oldi. Uyqini ichida yarim uygʻongan Jahongir, ayoli ekanligini payqab, ayolini bagʻriga kirgazib oldi.

Tong.
Hammayoqni supur sidir qilib, suvlarni yashnatib sochdi. Dasturxon yoydi. Erinchoqligi tutib, xonasiga kirdida yotoqqa yotib oldi. Uyqusi ochilgan Jahongir, ayolining yelkasini sekin turtdi.
Jahongir: Hulkar... Hoy Hulkar... Uhlama. Tong yorishib boʻlibdiku.
Hulkar: Aksincha, siz uhlamang. Men endi kirdim, bu yerga.
Jahongir: Nonushtani tayyorladingmi ?
Hulkar: Nonushta tayyor. Hammasini taxt qilib qoʻydim. ) Jahongir ayolining qoʻllarini ushlab yaqinroq olib keldi. Qoʻlini silab, barmoqlarini oʻz barmoqlari bilan qovushtirdi. Bir-biriga qarab qolgan yoshlar samimiy nigohla boqardi. Jahongirning yuzidan tutdi. Koʻrsatkich barmogʻida yuziga botirdi. Bu erkalatish ma'nlsidagi harakat edi.
Hulkar: Quyosh allaqachon chiqdi. Yuz-qoʻlingizni yuving.
Jahongir: Yaxshi) muloyimlik bilan soʻralganidan soʻng, Jahongir ust-boshini kiyib toʻgʻrillab tashqariga chiqdi. Hulkar esa, joylarni tartibladi. Xona pardalarini tortib qoʻydi. Soʻng eshikdan chiqqankda hovlidagi soʻrida qaynonasi va qaynotasi kulishib nonushta qilishayotganini koʻrdi. Bir muddat qarab qolgan Hulkar, ularga kulib qarab qoʻydi. Va u ham ularning oldiga borib qoʻshildi.

Kun shu tariqa boshlandi. Bu tush, aslida hayotga teskaridek koʻrindi. Va aslida haqeqiydek ham...

Jahongir

Oradan taxminan 1 oy oʻtdi.

Tong saxarlab, nonushta qildi Hulkar. Kiyinib tarandi. Egnida oq kofta qora yupka. Maktab oʻquvchilaridek koʻrinib qolgandi. Tashqi kprinishida oddiylik ufurib turgani rost. Yuzidagi pardozi ham uning yosh koʻrinishiga toʻsiq emas.

Xadicha ona: Hulkar, bugundan kech qolmagin boʻla qol. Tezroq mashinag oʻtirib, eson omon yetib olgin.
Hulkar: Hoʻp oyi. Duo bering) deb, qoʻllarini ochdi. Xadicha ona ham qoʻllarini duo uchun ochib duo qilib kuzatib qoldi. Soat hamo ertalabki, 6:30lar atrofi. Uyidan chiqib koʻcha boshidan moshina ushladi. Markazga yetib borgach, yana bir avtoulovga borib joylashdi. Damas avtomobili toʻlgach, yura boshladi. U oʻziga kerakli manzilni koʻrgach, moshinni toʻxtatib tushib qoldi.

Davlat Maktabgacha Ta'lim tashkiloti. Oddiy qilib aytganda boxcha.

U toʻgʻri kirib bordi. Va unga ishchilar Mudira ayol kelishini kutib turishini aytdilar. Soat 7dayoq yetib kelib olgan Hulkar oʻzini ichida koyiy boshladi.

Hulkar hayolida: Ha mana koʻrib turganingizdek bugun birinchi ish kunim. Birinchi kundanoq kech qolmay deb, soat 7:oo da kelib oldim. Va, mana qoqqan qoziqdek bir yerda turibman. Birinchi ish kunim sal kechroq kelishim kerakmidi bilmadim. Mayli, birinchi kundan kech qolish yarashmasdi, aslida. Taxminan 1 yarimsoatlardan keyin Mudira ayol keldi. Nihoyat. U hamma bilan iliq salomlashdi. Meni kelganimni koʻrsatishdi unga. V men bilan ham ular singari iliq salomlashdi.

Mudira: Toʻgʻridagi xonani koʻrsatib topshiring. Oʻzi tozalab, jihozlab sekin, koʻnglidagidek qilib joylashitirib oladi.

Hulkar hayolari: Shoshma. Nima dedi. Jihozlaydi dedimi ? Tozalash ? Ha mayli bunga mayli, lekin joylashtirib oladi degani nimasi ?) miyyasida savollar tugʻila boshladi.

Mudira: Qizim koʻnglingizdagidek qilib oling. Lekin boxchamiz eski aytib qoʻyay) deb kuldi. Hulkar ham: Boʻlaveradi: deb kulib javob qaytardi.

8 yoki 9 yillar oldin.

Televezorda ishga kirayotgan yosh qizlar va yigitlar haqidagi filimlar koʻp boʻlar edi. Efirga uzatilishi ham maromida. Hulkar ularni koʻrib, keljagini tasavvur qilardi.

Televezorda bir korxonaga ish uchun Boshliq qabulini kutib turgan qiz gavdalangandi. Chaqirishganda salom berib kirdi.

Direktor: Keling qizim,
Qiz: Ish boʻyicha e'lon bergan ekansizlar. Menga ish kerak edi. Shu sababdan keldim.
Direktor: Hukjatlaringizni bir koʻraychi) qiz hujjatlarini uzatdi. Direktor yani boshliq kprib, mamnun jilmaydi.
Direktor: Yosh ekansiz, nega erta ishga kirmoqchisiz ?
Qiz: Pul sabab. Oilada katta farzandman. Ukalarim hali kichkina. Oyim betob,dadam esa bir oʻzi qiynamib ketdi. Men ham ishg kirsam, ancha yordam boʻlarmidi... Deb oʻylab qoldim. Kamiga oyimning dprilariga ham pul kerak. Bir kishi topgan pul yetmas ekan...
Direktor: Meng yoqtingiz, qizim. Hujjatlaringiz ham joyida. Ertadan ishga keling. Xonangizni shaxsan oʻzim tayyorlatib qoʻyaman.
Qiz: Rahmat sizga) qiz quvonchini ichiga sigʻdirolmadi. Qabuldan xursand holda chiqdi.

Hozirgi vaqtlar

Hulkar metodis (direktor yoki mudir oʻrinbosari) ayolning orqasidan ergashib kichik xona ichiga kirdi. Deyarli, pmborga aylanishni boshlagan bu xona Hulkargq topshirildi. Ha, bu kinolardagi kutilmagan hol roʻy berganda chalinadigan musiqaga juda mos holat. Lekin, real hayotdan oʻzidan oʻzi musiqa chalinib qolmaydi. Ammo, aynan shunday holat edi bu.

Hulkar: Mana senga tayyorlangan xonayu, ana senga yangi va mustahkam jihozlar.... ) taxminan 2 yoki 2 soat oahiqroq bu xonani tartibladi. Astoyidil kirishib tozalab changlarini artdi. Toʻzligan hujjatlarni tartiblab, eski javobga joyladi. Keraksiz buyumlarni olib chiqib tashladi. Ha-a-a, oq kofta kiygani esingizdami ? Qarang, uning ahvolini: kiyimlari chang boʻlayotganini koʻrib, xoʻrsinib qoʻydi.

Birinchi kunni shunday boshladi. Bolalar bilan tanishtirish uchun Metodis ayol bir nechta gurpalarga olib kirib koʻrsatib chiqdi. U amallab, bolalar bilan suhbatlashdi.

Kechki payt.

Hulkar yotdiyu, uhlab qoldi. Kun boʻyi eriga nolishni reja qilib yurgan gaplari endi, ertaga qoldi.

Jahongir koʻchadan 22:35 larda keldi. Xonada ayoli allaqachon uhlab boʻlgandi.

Ayolining yoqimli uhlashini kuzatgan erkak, uning sochlaridan silab qoʻydi.

Hulkar ishga ancha moslashib qoldi. Ishdagi hamkasabalar bilan ham ancha tanishib ulgurdi. Mana bugun ham ishini tugatib, oʻz xonasidan chiqayabdi. Tashkilot hovlisiga chiqqanida ishdagi sheriklari bilan kulib hayrlashdi. Darvoza tomon ketgan uzun yoʻlak boʻylab yura boshladi. Yoʻlakning chap tomonida boxchaning kichik bogʻi joylashgan. Koʻplab kichik atraksionlar va argʻimchoqlar bor. Hulkarning diqqatini bir temir zanjirli argʻimchoq tortdi. Unda bola oʻtirmagan boʻlsa ham uchayotgandi. Unga qarab oʻtib ketdi. Va keyin chalgʻimaslik uchun diqqatini jamlab oldi. Yoʻluda davom etib, taksi ushladi. Taksi tuman markazigacha bordi. Hulkar endi markazdan,oʻzining koʻchasiga qatnaydigan damas avto-uloviga oʻtirdi. Taxminan 40-45 daqeqalarda uyiga yetib bordi.

Hulkar uyga kirib, ust-boshini almashtirdi. Kechgi ovqat uchun hali ancha ertaligi sabab, eshikda toʻkilgan xazonlarni supurishga tushdi. Hovlida hayol surib eshik supurayotgan Hulkar, oʻzidan sal nariroqda nimadur oʻtib ketganga oʻxshadi. E'tiborini jamlab oʻsha tarafga qaradi. Lekin, hech nars yoʻq edi.
Hulkar: Uy ajinlari boʻlsa kerak)deya oʻziga oʻzi xazilomuz kulib qoʻydi.
Buni charchoqdan bilib, ishini davom ettirdi.

Qaynona oyisi Xadicha ona ovqatga sabzi toʻrgʻab oʻtiribdi.

Xadicha ona: Bugun bir oʻchoqda osh qilamiz. Oʻtinlarni tayyorla qizim.) dedi.
Hulkar: Hoʻp oyi) dediyu, tomorqa tarafga oʻtib ketdi. Biroz vaqt oʻtib, quchogʻid qozon-oʻchoq uchun moʻljallangan oʻtinlarni olib oʻtdi. Ikkisi birgalikda osh damladilar. Jahongir va dadasi Qosim aka ishdan qaytdilar. Birgalikda kechgi ovqatni samimiy kayfiyatda tanavvul qildilar. Uyoq-buyoqdan kulishib oʻtirishibdi. Hulkarning qulogʻiga qadam tovushlari eshitilganday boʻldi. Oʻtirgan yerida ortiga oʻgirilib qaradi. Hech kim darvozadan kirib kelgani yoʻq. Qarasa, oʻrikning barglari toʻkilib, odam qadam tashlaganda shop etib chiqadigan ovozga oʻxshash ovoz chiqarayotgan ekan.

Hulkar hayolida: Haa, bugun anniq charchabman shekili. Barg toʻkilishini ham odam yurganiga oʻxshatayabman.) deb oʻyladi.

Kech tushib, ishlarini tezlik bilan yakunladi. Xonasiga kirib, xonasini biroz tartiblab qoʻydi. Sochlarini tarab, yotogʻiga yonboshladi. Hayol bilan yotgan qiz koʻzlari yumildi. Uyqu koʻzlarini endigina egallay boshlaganida, yuzidan oʻpich olinganini sezib, choʻchib uygʻondi. Koʻzlarini ochib, qaraganida kichik 3-4 yoshlar atrofidagi bolakay (oʻgʻil bola) xona oʻrtasida turgandi. Qiqirlab oʻynoqilab kuldida, eshikdan yugurib chiqib ketdi.

Bolakay

Hulkar: Shohma-a, deya oʻrnidan sakrab turdi. Ortida yugurgilab tashqariga chiqdi. Uyning hovlisida unga qarab yigitcha kulib yana qochishni boshladi. Bu goʻyoki, quvlashmachoq oʻyini singari tus oldiki, bolakay darvoza tarafga tomon qochdi. Hovlining oʻrtasiga borgan Hulkar, uyining juda ham tinchib qolganini sezib, oʻrnida biroz toʻxtalib qoldi. Hamma yoq jim-jit, kun kabi yorugʻ va juda sokin edi. Bolakay darvoza tashqarisidan boshini oʻtkazib, "men bu yerdaman" deganday ishora berdi.

Hulkar: Shoshmasngchi, qayerga ketayabsan ?
Bolalay: Yetolmaysiz. Yetolmaysiz.) oʻyinqaroq bolakay shoshilib yugurardi. Hulkar endi havotirlana boshladi. Yigitcha koʻchadan katta yoʻl boʻyi tarafga qarab ketayotgan edi. Qancha toʻxtatib chaqirmasin, battar tezlashib yugurar edi.

Hulkar: Yoʻldan uzoq tur, moshinalarga ehtiyot boʻl... Shoshma, senga yetolmayabman... Shoshmasangchi, axir. Qanaqa bolasan, oʻzi a ? )
Ortidan katta yoʻlgacha quvalab bordi.

Yaxshiyamki, moshina qatnovi yoʻq edi. Har doyim moshinalar soni uzilmas edi bu yoʻldan. Negadur hozir yoʻllar boʻm-boʻsh edi. Huvillagan koʻchalar edi...

Jahongir

Jahongir kechgi ovqatdan soʻng koʻcha tomonga yoʻl oldi. Oshna-ogʻaynilari bilan koʻrishib, bir ikki ishlarini hal qilgach, uyiga qaytdi. Koʻcha daevozani ochosh uchun qoʻlini olib bordi,va birdan hayoliga Hulkarning shamollagani keldi.

1 necha soat oldin:

Tashqari soʻrida oila jamul-jam ekan, Hulkar va Xadicha ona ovqatlarni suza boshladilar. Dasturxonga tortgach, shirin suhbat bilan taomlandilar.

Xadicha ona: Kelaqol Hulkar,ovqating soviyabdi.
Hulkar: Hozir mana, keldim. ) rangi biroz oqargan, koʻzlari pushti siragan,holi quribroq qolgan...uning bu holini koʻrgan eri unga yuzlandi.
Jahongir: Koʻzing qizarib ketibdi. Tobing yoʻqmi ?
Hulkar: Ishda charchadim shekili. Biroz shamollagan edim. Issiq ovqat yeb, uhlasam oʻtib ketadi.
Jahongir: Senga dori olib kelman unda. Oʻzi koʻchada bir ikkita ishlarim bor edi.
Hulkar: Mayli.
Xadicha ona: Kuchaytirmay dori- darmon qilgin qizim.
Hulkar: Hoʻp oyi.

Come back. Hozirgi vaqt.

Boya boʻlgan bu suhbat yodiga tushgan yigit darvozaning ushlagichidam qoʻlini tortdi. Qayta ortiga qaytib ketdi. Markazga kelib, ochiq dorixona qidirdi. Axiyri topdi. Shamollash uchun dorilarni harid qilib yana ortiga qaytdi.

Uy.

Uyning hovlisidan kirib borar ekan, anchayim salqin tushib qolganini tushundi.

Oʻzlarining xonasi eshigini ochib kirdi. Yotoq tomonga qarab, ayolining holidan xabar olmoqchi boʻldi u. Yoniga yonboshlab, erkalab chaqira boshladi.

Jahongir: Hul-kaaar... Meni kuydurgim uhlab boʻldimi ? Kelishim kutmading demak ?! ... Yaxshi, sendan xafaman men....) ayoli tarafga yuzini qaratib, jilmayib qoʻydi. Yuzidagi toʻzgʻib yotgan sochlarini olib tashladi, va yuzini siladi. Keyin esa, yuzidagi issiqlik darajasi haddan oshiq ekanligi uni biroz choʻchitdi.
Jahongir: Hulkar ? ... Hoy Hulkar... Senga nima qildi ? ) Endi u ayolini oʻzi yaqinroq olib keldi. Bagʻriga kirgazib, yuzlarini va qoʻllarini ushlab koʻrdi. Juda qaynoq ediki, unda istima yuqori edi. Chaqiriqlari javobsiz qolgan Jahongir yuragi shuvillab ketdi. Endi vahima qila voshladi.

Jahongir: Hulkar ..
. Oyi...Oyiii Hulkar... Oyii...)u baqirib onasini chaqirdi.

Hulkar

Hulkar kichkina yigitchaning orqasidan yugurib, boʻm boʻsh yoʻllardan oʻtdi. Atrofda hech bir zot koʻrinmaydi. Va nihoyat bolakay ma'lum bir manzilga kelib katta darvozasidan oʻynoqilab kirib ketdi. Hulkarning qadmlari sekinlashib, bu yerga nazar soldi. Qaraganida bu yer qabristonning kirish yoʻli edi...

Davomi bor...

Muallif: Nilufar Abdullayeva