May 16, 2025

Baxtim qaro boʻldimi ?

Yakun

_Maynavozchiligingiz tugadimi?) Degan yogʻon ovoz. Hammani orqaga qarashga undadi. Tanish ovozdan Liannie bir yutunib qoʻydi. Orqasiga qarar ekan, Taehyung unga nafrat toʻla koʻzlari bilan qarab turar edi.
Lia: Tt-Taeee, men senga hammasini tushuntirib beraman.) Taehyung, Lianniega xatto e'tibor ham qilmadi.
Vajohatli qarashlari bilan Jungkookka yuzlandi. Jungkook ham unga qiziqish bilan tirjayib qaradi.
Jungkook: Taehyung! Doʻstim, kelaver) Jungkook Taega past ohangda jilmayib gapirar ekan, biroz oldingi vajohati bir zumda yoʻqolgan edi. Taehyung jiddiylikni yoʻqotmagan holda,
Tae: Qachondan beri, meni doʻstim boʻlib qolding, hayronman.
Jk: Taehyung, yosh bola boʻlma!
Tae: Aksincha sen yosh bola boʻlma! Mana bularinga ayt, toʻxtatishsin, maynavozchilikni!

Jk: Shundoq ham deyarli tugatgan edim.) Taehyungga shunday deb, Yigitlarga yuzlandi. Anavi qizni nima qilsangiz qiling. Bu yogʻi sizni ishingiz. ) keyin Lily isimli qizga qaradi:
Jk: Qani yur, Mittivoy, sen bilan ishimizni yolgʻiz davom ettiramiz.) Tirjayib qizchaning bilagidan ushlab yurib keta boshladi. Lily qarshilik qilib, uni qoʻlidan chiqishga harakat qilib, tipirchilayverdi.
Jk: Aysh, bas qil endi.
Lily: Meni qoʻyib yubor, ahmoq. Oʻzim ketaman.) Lily jon holatda jahlini koʻrsatar ekan, Jungkook unga qoshlarini tepaga qaratib yoydi
Jk: Yaaa, bu nimasi? Yana boshladingmi? Qachon aqling kiradi aaaa?

Lily: Meni shunchaki tinch qoʻya qol endi. Axir, rostdan ham hech narsa qilmadimku...)
Taehyung: Yetar!) Taehyung bor soʻzi bilan gap-soʻzni shart boʻlib, ular tomonga qarab qadam bosa boshladi. Lianniening oldidan oʻtar ekan, unga parvo qilmay, toʻgʻri Jungkooknkng oldiga borib toʻxtadi. Jungkookka " Sen bilan oʻzim ketaman. Pastga orqamdan tush" dediyu, Lilyning qoʻlidan ushlab uni bu uerdan olib ketdi. Bu holni koʻrgan Liannie hayratdan ogʻzi biroz ochildi. Koʻzlariga yosh toʻlar ekan, oʻzini zoʻrgʻa bosib turdi. Lily ham Taega indamay ergashib ketdi. Qolganlar esa bu holdan qattiq hayratga tushdilar. Kimsan Jeon Jungkook, Taehyung Kimga bosh egishi erish ish edi, ular uchun. Jungkook bu ishdan keyin asabiylashdi. Koʻzlarini yumib, boshini tepaga qilib, boʻynini aylantirdi. Ikki kaftini yuziga qoʻyib, "Jin ursin!" deb shivirladi. Soʻng esa indamay, u ham u yerdan ketib pastga tushib keta boshladi.
Pov Tae:
Ahmoqlar, bular oʻzidan ojizlarga zugʻmini oʻtkazishni bilishadi holos. Takasaltanglar! Lekin, Liachi? Hech ishongim kelmaydi, hech undan kutmagan edim. Axir necha martta aytdim unga, "ulardan uzoqroq yur, ularga qoʻshilma, koʻproq meni oldimda boʻl" deb. Yoʻq, meni aldab shu oʻlgur maynavozchilikka keldi. Men uni qancha asraganim sari, qancha yaxshi koʻrganim sari, hammasi bir puldek boʻlib qolayabdi. Shu kichkina qizda nima ayb? Bechorani 1oʻllarink tutib turibman. Hali ham qaltirogʻi bosilmagan. Jungkookka necha martta aytdim. "Oʻzingnk yigʻishtir" deb. Ammo, mana koʻrib turibman, meni soʻzlarimni qulogʻiga ham ilmagan. Mana pastki qavatga ham tushayabmiz, bu qiz ham tezroq uyiga ketgani yaxshi. Yoʻqsa anavi landavurlar yana nimadur boshlaydi. Yo Xudoo, u yigʻlayabdi. Uni qandy uupataman endi. Menga shu kerakmidi?...)
Tae: Hoy, boʻldi. Oʻtib ketdi.
Lily: Taehyung, rahmat senga!
Tae: Hoʻp, endi sen tezroq uyingga bor. Yoʻqsa boshqalaei kelib qoladi.
Lily: T-ttahyungg, Jungkook! Jungkook orqamizdan kelayabdi.) Yana yigʻiga berildi.
Tae nima qilarini bilmay, Lilyning ikki qoʻlini ushlab, yupatdi.
Tae: Tshshsh, boʻldi. Yigʻlama. U hech narsa qila olmaydi. U men bilan ketadi. Oʻzing bos hoʻpmi?) Lily koʻzi k yumib yigʻlagan holida, boshini tezhtez silkitib, (Hoʻp)dedi. Tae Lilyni yelkasiga kaftiga qoʻyib, dalda boʻlganday boʻldi. Jungkook buni koʻrib,
Jk: Heyyy, bu nimasi? Kuppa-kunduzi yana!) Taega qoshini chimiribroq gapirdi.
Tae: Jungkook! Boʻldi qil. Lily sen bor ketaver.) dedi. Jungkook asabiylashib,
Jk: Hey, Lily! Sen hozir rostdan uyingga bor. Boʻldi ha deb yigʻlayverma. Axir hech narsa qilmadim.
Lily:...) indamay, boshini egibroq oldidan oʻtar ekan,
Jungkook: Shoshma,) deb Lilyni yelkasidan qoʻlini oʻtkazib, Taedan 3-4 qadam nariroqqa toʻxtadi.
Jk: Mittivooy, meni juda yomon koʻrasan, men sendan nafratlanganim kabi. Oʻzgarishimni istaysanmi?
Lily: Nima demoqchisan?
Jk: Oʻzgarishimni istasang, oʻsha gap. Ertagacha vaqt. Yaxshilab oʻylab koʻr.
Lily: .......) indamadi.
Jk: Keyin bundan keyin, yigʻlama. Biror martta nimadur qildimmi?
Lily: Sen shunchaki vaxshiysan...) Jungkook bu gapdan keyin shunchaki jilmayib;
Lily: Hech narsa.
Jk: Oʻrtangizda nimadur bormi?
Lily: Yoʻq.
Jk: Koʻrinib turibdi. Quchogʻiga kiray deb turibsan.
Lily: Bu seni ishinc emas, menimcha.
Lily: Akangaa? Yoshingiz teng emasmi?
Jk: Bor uyingga joʻna. Bu seni ishing emas.) Jungkook shu soʻzlarninaytib, Taehuungning oldiga bordi. Ikkisi qizdan teskari tomonga qarab ketdi. Yoʻl boʻyi Taehyung indamay ketar ekan, Jungkook hech tinch keta olmasdi. Goh oʻzini oqlagisi kelar, goh hammasini tushuntirgisi kelib, gapirish uchun ogʻzini juftlar, va yana indamay, qoʻya qolar, ichida gaplari toʻzgʻib indamay ketardi.
Taehyung va Jungkook ikkisi yoshlikdan doʻst. Jungkook Taehyungni juda yaxshi koʻradi, unga Taeni doʻst deyishdan koʻra, aka detish ma'qulroq. Haqeqatdan ham aka va ukadek yaqin. Buni kollejdagilar bilmaydi, shuning uchun ham Jungkook Taehyungning soʻzlariga soʻzsiz amal qilganini koʻrib, hayratdan qotib qolishdi.

Tomda, Tae Lilyni qoʻlidan yetaklab, chiqib ketdi, orqasidan Jungkook ham ketdi. Jungkook ketishi bilan, Liannie moʻltillagan yuzlari ortiq bardosh bera olmadi. Tik turgan oʻrnidan oʻtirib oldi. Birdan yigʻlab yuborgan qizni koʻrgan dugonalari Shia va Aera uni nega yigʻlaganiga tishuna olmasdan uni yupatishar edi. Qiz shoʻrlik yigʻlay-yigʻlay uyiga ketdi. Ertasiga Kollejga ertalabdan kelib, Taeni kutdi. Va nihoyat u koʻrindi. Tae uni orqarogʻida akasi Jin va Jungkook talashib tortishib kelishyabdi.( Oʻzimizzi Jin hyung va mushakdor quyonning tortishuvi) Liannie Taehyung bilan salomlashish uchun uni poylab turar ekan, Taehyung unga yana e'tiborsizlarcha oʻtib ketdi. Liannie bu holatdan yuragi qattiq ogʻridi.
Pov Liannie
Menga unday qilma, Taehyung. Unday qilma! Menga jahl qilma, teskari qarama, indamay qoʻyma, menga befarq muomalada boʻlma... Toʻgʻri biz doʻstlarmiz, lekin seni qattiq sevaman... Iltimos menga bu ishni ravo koʻrma... Oʻsha qizni deb yuzimga ham qaramayabsan. Shuncha yillik doʻstligimizning hurmati ham iltimos, meni bu tubsiz jarlikka itarma!... Yoʻqsa men bir oʻlik kabiman....) Liannie Taeni chaqirdi, ammo Tae yana soʻz demay ketdi. Bu esa uni battar xoʻrligini keltirdi. Jin va Jungkook kulishib oldidan oʻtib ketar ekan uni ahvoli yaxshi emasligini koʻrdilar. Liannie alam bilan universitetga kirdi. Birma bir zinalardan yurib chiqib, dars xonasiga kirdi. Ne koʻz bilan qarasa, Tae va Lily birga oʻtirishibdi. Taehyung Lilyga qarab samimy tabassum qilar, soʻzlariga kular, oʻzi ham kulib soʻzlar edi... Bu hol Liannieni sindirdi. Koʻzlari qanday yoshga toʻlganini oʻzi ham bilmaydi. Bir zum xayoliga kelgan oʻylarda qoʻrqib ketib, boʻgʻziga tiqilgan alamdan uhh tortdi. Ammo boʻlmadi. Oʻzini qancha tutishga urinmasin, tomlgʻi ogʻrib, koʻzidagi yoshlar atrofni xira xolga keltiray dedi. Kirgan yeridan qaytib tashqariga otilib chiqib ketar ekan, Jungkookka urilib ketdi. Jungkook chimirilgan qoshlari bilan unga qarar ekan, Lianniening holini koʻrib, qoshlari ortiga qaytib ketdi. Liannie unga e'tibor ham bermay ketar ekan, Jungkook uni qoʻlidan qattiq ushlab oʻziga tortdi.
Jk: Lia, Nima boʻldi senga... Lianniee!) Lia hech soʻz demay, nigohlarini yerga qadab, indmay koʻz yosh toʻkib turdi. Jungkook birdan uni bagʻriga bosib, noshini silab yupata boshladi. Uzun yoʻlakdan oʻtib ketayotgan oʻquvchilar esa ularga qaqqayib qarab qolishdi. Jungkook va Lianniening bunday holatda turishi, ular uchun xuddiki yana bir katta yangilikdek gap edi. Lia ham Jungkookni bagʻrida oʻzini hotirjam boʻlib indamay qoldi. Biroz vaqtdan keyin oʻzini epaqaga keltirib oldi. Jungkook nima boʻlganini soʻrashni afzal bilmadi. Shunchaki uni yolgʻiz qoldirgisi kelmay, dars xonasiga qoʻlidan tutib kirdi. Bu hol kursdoshlarining e'tiborini jalb etmay qoʻymadi. Bir chekkada kitob oʻqib oʻtirhan Namjoon ham uyilgan qovoqlari bilan ularga termulib qoldi.

Jungkook indamay oxirgiroq qatorga Lianne bilan oʻtirdi. Tae bu holni koʻrar ekan, biroz oldingi kulib turgan yuzi bir deganda soʻnib qoldi. Dars davomida Taehyung unga tikilib oʻtirdi. Ammo Liannie unga qaramadi. Jungook uni chalgʻitishga urinib, xazil qilar ekan, Lia ham kulmay qoʻymadi. Tashqaridan ikkisi sevishganlarday koʻrinardi. Bundan Tae ichidan darz ketganini his qilardi. Nimadur yuragidan gʻoyib boʻlib, boʻshliqni paydo boʻlganday edi.
Hayot juda qiziqda... Bu ikki yigitni deb, ikki qiz homush... Biri hafa qilganini biri yupatayabdi...

Dars tugadi! Hamma uyiga shoshar ekan, Taehyung ham hech qanday xislarsiz oʻrnidan turdi.
Liannie: Taehyung!) Oʻz ismini eshitganidan soʻng, oʻrnida toʻxtadi. Ortiga qaramadi, koʻzlarini yumib, chuqur nafas olib, yana yoʻlida yura boshladi. Liannie borib Taehyungni qoʻlidan ushlab qoldi. Taehyung uni qoʻlini siltab,
Tae: Nima qilayabsan?!) Jahl bilan Liaga savol berar ekan, Lia qarshisida umuman oʻzga insonni koʻrgandi.
Lia: Tae?..) Lia shunday deya oldi. Unga unday qilma degan koʻzlari bilan qarar ekan, Taening nigohlari aksi edi. Uni yeb qoʻygudek gʻazab bilan unga tikilar edi.
Lia: Taeee, bas qil iltimos... menga bunday qilaverma...
Tae: Men senga hech narsa qilmadim.) Choʻrt kesib yana ketmoqchi boʻlgan edi hamki, Lia uni yelkasidan qattiq ushlab, orqasiga qaratdi.
Lia: Hech narsa qilmadingmi? Hech narsaya? Axir kechadan beri menga beparvosan, odam oʻrnida ham koʻrganing yoʻq. Nega menga bunday jahl qilayabsan?
Tae: Nega jahl qilayabman?) Kulib yubordi) Nima qilay, Lia? Qani aytchi? Senga necha martta aytdim. Necha bor qulogʻinga tanbir chertdim. Menga bundaylar yoqmaydi dedim. Zaiflarning ustidan kulganlarni xushlamayman dedim. Tabaqalashtirib kamsitganlarnk kprarga koʻzim yoʻq dedim. Senchi? Sen nila qilding?.... GAPIR?🗣 ) ohirgi soʻzi qattiq ovozda chiqdi.
Lia: Men qilmadim, Tae, men atay qilmadim.) Lia yigʻlab gapirar ekan,
Tae: Boshqacha eding Lia! Hamasi aslida Jungkookni debmi? Uni e'tiborini qozonish uchun toʻgʻrimi?) Lia ortiq chiday olmay, Taega tarsaki tortdi. Xafsalasi pir boʻlib, unsiz yigʻlar ekan, Tae yuziga kelib tushgan tarsakidan keyin, alami kelganday kulib qoʻydi.
Lia: Lekin seni sevaman...) Lianing ogʻzidan otillib chiqqan uch soʻz, Taehyungning yuragiga yana bir bor zarb berganday boʻldi. Pastga qadalgan nihohlarini Taehyungga yoʻnaltirar ekan, koʻzlari qizarib ketgan edi. Taehyung jimib qoldi. Nima deyishni, nima qilishni bilmasdi...
Lia: Va shu ondan bu sevgiga ortiq oʻrin qolmadi. Oʻrnini nafrat egalladi, Tae....) Indamay yigʻlab xonadan chiqib ketdi. Universitetdan nari boʻlar ekan, Taehyung joyida qolib ketdi.
FlashBack tugadi. Come Back
Liannie: Keyinm?... Undan keyin bir birimizni koʻrmaganlikka olib oʻtadigan boʻldik. Shundan 1 oy oʻtib, Men va Namjoon ikkimizning unashtiruvimiz boʻldi. Buni bilasan. Unashtirilganimdan keyin Taehyung maktabga kam keladigan boʻlib qoldi. Deyarli uni koʻra olmadim. Bugun ham bitiruv oqshomiga keladimi, yoʻqmi, bilmayman. Lekin oʻsha kundan beri uni sogʻinaman. Yuragim qattiq ogʻriyveradi, Hayollarim uni oʻylayveradi, koʻzlarim izlayveradi, lekin topa olmaydi... Oldingi Taehyungimni yoʻqotib qoʻydim. Bari oʻshanda ortga qaytib, shoʻrlik qizni ustidan kulishlarini indamay kuzatib turganim uchun boʻldi. Balki oʻsha kuni ortimga qaytmaganimda hammasi avvalgidek boʻlarmidi? Hech yoʻq, yana oldingidek doʻst boʻlib yurar edik...
Minso
Lia: Aslida doyim sen menga mehribon boʻlgansan. Esimda, tugʻilgan kunimni ham oʻzimdan koʻp kutgan eding. Kun boʻyi yoʻlda uchraganlarga qarab, " Hoy, bugun meni Liamning tugʻilgan kuni, kulib yuringlar" deb aytib chiqqan eding) bu onlarni yuziga tabassum olib gapirdi
Minso: Haqeqatdan ham men uchun eng ajoyib kun edi. Bilasanmi? Aslida men ham Lilydek edim, meni ham doyim ustimdan kulishar edi. Xatto, dalda boʻlib, mayli hali hammasi oʻtib ketadi, deydigan doʻstim ham yoʻq edi. Bor ham edikuyaa, ammo ular ham ishonchimni sindirdi. Hech kim menga chindan samimiy doʻst boʻlmadi. Bu samimiylikni faqat senda topgan edim.

Minso: Yoʻq, nega hafa boʻlay? Aslida sen buni xohmalagansan. Eng muhimi shu.
Lia: Rahmat meni tushunganing uchun.) Ikki qiz bir birni qattiq quchdilar. Keyin bir-biriga ishonch va mehr qalqib turgan nigohlari bilan boqdilar.

Ana endi ular ham qolganlarga qoʻshilish uchun ortiga qaytdilar. Zalda sokin musiqa qoʻyilgan, hamma oʻzi bilan oʻzi edi. Eshikdan yolgʻiz Jungkook kirib keldi. Atrofni alanglab, oʻzi xohlagan odamni topa olmagandek, qoʻllarini choʻntagiga solib, labini biroz qiyshartirdi. Birdan koʻzi Liaga tushar ekan, Lia ham Jungkookning kelganini kuzatib turar edi. Ikkisi bir-biriga jilmaydi. Jungkook Lianniening oldiga kelib toʻxtarkan, ikkisi bir-birini bagʻriga bosib salomlashdilar.
Jungkook
Jk: Ayshh, Liaa! 2 haftadan buyon seni topa olmadim. Na qoʻngʻiroqlarimga javob berasan, na xabar berasan? Kollej bitiruvidan beri shu axvol. Yana menga kerak paytingda!Agar bugun, shu bugun kelmaganingda ishon uyingga bostirib borardim...
Namjoon: Salom Jungkook) Namjoon ham tabassumda Jungkook bilan salomlashgach, Jungkook: Mayli, endi ikkingizni yolgʻiz qoldiraman.) deb, Namjoonning yekasiga qoʻlini yengil qoqib qoʻyib ketdi.

Namjoon: Liannie, qanday boshlashni ham bilmayman. Lekin, iltimos, gaplarimni eshit. Meni toʻlri tushunishga harakat qil.
Lia: Namjoon, sen ham Jungkook ikkimizni bir-birimizda koʻngli bor deb oʻylayotgan boʻlsang, unday emas. Ikkimiz doʻstlarmiz, holos.
Namjoon: Ikkimiz doʻstlarmiz, lekin sevisha olmaymiz. Men seni oʻz singlimdek, yaqinim, jigarimdek koʻraman. Aslida seni ham bu nikohdan koʻngling toʻlgani yoʻq. Shuning uchun, meni oldimda oʻzingni oqlashga majbur emassan. Yana shuni aytmoqchimanki, ikkimizning unashtiruvimiz bekor boʻlishi kerak. Hammasini oʻzim tushuntiraman, Lia... Ota-onalarimizga yotigʻi bilan tushuntiraman. Lekin, sen mendan ranjimaysanmi? Seni emas sevgan insonimni tanlab ketsam, mendan hafa boʻlmaysanmi, Lia? Yana oldingidek, yaqin doʻstim boʻlib qola olasanmi? Meni shu ogʻir vaziyatda tushunasanmi?) Manjoon shu soʻzlarni shunchlar xislarga berilib gapirardiki, Liannie nimani his qilayotganini bir zum oʻzi ham bilmay qoldi. Kulaymi? Yigʻlaymi? degan gap aynan Lianniening shu holatiga mos. Liannie indamay uni tinglab, biroz suktga choʻmib qoldi.
Liannie: Mayli.... Men hafa boʻlmayman, Namjoon. Chunki, men ham seni oʻz akam deb bilaman. Seni toʻgʻri tushunaman, albatta.
Namjoon: Aynan sening daldang menga kerak, Lia! Seni sevmasligim mumkin, lekin meni qadrdonimsan...
Lia: Namjoon, men seni tushundim. Hammasi sen aytgandek boʻladi. Ortiq hijolat chekib, oʻylama!
Lia: Buni bilaman, lekin oʻsha baxtli qiz kimligink haligach bilmadim. Balkia hozir aytarsan, hayollaring oʻgʻrisini?
Namjoon: Ozhina sabr qil, oʻzing koʻrasan. Qani, endi qilganlarning oldiga qaytamiz.) Ikkis xonadan chiqib, qolganlarning oldiga qoʻshilar ekan, Namjoon toʻgʻri Minso oʻtirgan stolga borib oʻtirdi. Liannie esa hayol surgancha, Aera va Shianing oldiga qoʻshildi. Goʻyoki, shu bir qizni hamma rad etayotgandek, biroz xomush tortib qoldi. Namjoon Minsoning oldiga borib oʻtirganink koʻrib,
Pov Liannie: Tushuna olmayabman... Nima Namjoon sevib qolgan qiz, bu Minso edimi?... Lekin nega? Nega menga bu haqida aytmadi? Nega mendan Minso buni yashirdi?.... Aytsa, qarshilik qilmasdimku... Ular suhbat qurishayabdi. Demak, bu oʻsha qiz. Oʻsha qiz bu Minsoo!... Ha mayli, ikkisi baxtli boʻlsinlar. Hech yoʻq men baxtsiz boʻlganimga yarasha, inki yaqin doʻstim baxtli boʻlsin!) Shularni hayol surib turdi. Atrofda hamma sherik boʻlib olib, 3-4tadan yigʻilishib, suhbat qurmoqda, birov birov bilan ishi yoʻq. Eshikdan yana bir juftlik kirib keldi. Liannie bu ikki juftlikni koʻrib, koʻzidan oʻt chiqdi. Taehyung va Lily. Taehyung oʻziga yarashgan kostyum-shim kiygan, Lily ham oʻziga monand kiyinib olgan edi. Ikkisini koʻrganlar havas qilarli. Qadam tashlab kelishar ekan, ikkis ayrildi. Lily holiroq yerga borib oʻtirdi. Taehyung esa Jungkook va SeokJinga keng tabassum qilib, ularnikg oldiga odimladi. Liannie yana jim kuzatishdan boshqasini qila olmadi. Yuragida dunyolar qulagan edi.

Taxminlari toʻgʻri chiqqani uni qalban oʻrtar edi. Oʻzini noqulay his etdi. Afitsandning qoʻlidagi patnisdan, bir shisha sharbatni olib, bir-ikki hoʻpladi.
Taehyung va Lily
Shu bir tekkisda Oqshom oʻtar ekan, taxmiman 1 soatu 20 daqeqalar oʻtib, jarangdor bir ovoz yangradi. Mikrafondan taralgan ovoz hammani oʻziga qaratdi.
Azizlar, hamma menga diqqat qilishini soʻramoqchiman!) Jungkook qoʻliga mikrafonni titgan holda gapirdi. Hamma uni kuzatib turar ekan, u gapink davom ettirdi.
Jungkook: Bugun bizning bitiruv oqshomimiz! 2 hafta oldin Kollejni bitirgan edik. Endi hammamiz oʻz yoʻlimizdan ketamiz. Shunday ekan, men fursatdan foydalanib qolmoqchiman. Shu yillar ichida oramizdan yaxshi va yomon gaplar oʻtdi. Ayrimlarning koʻngliga shaxsan men ozor bergan vaqtlarim boʻldi. Bu bebosh yoshligim uchun hammadan uzur soʻrayman. Va yana aytmoqchimanki, sizlarga katta rahmat! Ajoyib xotiralar uchun.) Jungkook gapirib, sekin "Huxx" deb qoʻydi. Bu holdan hamma kulib yubordi. Sekin SeokJin va Taehyungga qarar ekan, ikkisi boshini samimiy chayqab, tabassum qilishdi.
Jungkook: Ana endi, maqsadga oʻtadigan boʻlsam: hozir, ayni damda, ajoyib voqeaning guvohi boʻlish arafasida turibmiz... Iltimos qilardimki, davrani biroz boʻshatib holi qoldirib bersangiz...) Uning ilmoqli soʻzlarini hamma jim tinglar ekan, Liannie nima boʻkayotganiga haligacha tushunmayotgan edi.
Jungkook: Hozir, mening uchun qadrli boʻlgan, oʻz akam deb bilgan inson, sevgi izhor qilmoqchi) Jungkook toʻlqinlanib gapirar ekan, Nigohi Tae va Jinga qaratildi. Hammaa, Qoʻlida gul ushlab turgan yigitga qarab, qiziqish bildirishar edi. Liannie ham, Jinning sevgi izhori ekanligini tushunib yetgan edi.
Jungkook: Azizlar, diqqatni menga qarating! Gaplarimni tugatib olay) yana yon atroffdagilar bu gapga kulishdi.
Jungkook: Aslini olganda men ham hammani oldida sevgimga iqror boʻlib aytmoqchi edim. Lekin qaysarginam, meni yana rad etadi deb qoʻrqdim. Hammani oldida bu men uchun ogʻir. Sen buni his qilsang edi... Haa mayli, baribir seni sevaveraman. Haftada 7 kun, boricha, har kuni, har daqeqa, har soniya, har vaqt seni sevaveraman. Meni sevmaguningch qoʻymayman. Ha. Men shunaqa sevaman.) Jungkook hech kinga boqmay, sevgan insonini shaxsini ochmagan holda, unga izxor qildi.
Jungkook: Endi, azizlar! Mening vaqtim tugadi. Davrani akamga boʻshatib beraman. Hamma oʻrnidan turib, doira shaklida boʻlishini iltimos qilaman!) Hamma doira shaklida kenglikni hosil qildi. Liannie qiziqish bilan oʻtirgan joyida, boshini Jungkook tomonga qaratib turar ekan, Namjoon kelib, Lianniega
Namjoon: Liannie, yur biz ham buni oʻtkazib yubormaylik) deb Lianniening qpllaridan tutib, davraning Jungkookka qarama qarshi boʻlgan yeriga kelib toʻxtashdi.
Jungkook: Endi menga ruxsat) deya toʻgʻri, Lianniening oldiga kelib turib oldi. Lia Jungkookka qarab,
Lia: Jungkook, nega menga bu haqida aytmadingiz? Men ham biroz yordam berar edim.
Jungkook: Biroz jim boʻl endi.) Bu gapdan keyin Lia burnini jiyirib oldiga qarab turdi.
SeokJin saxnani egallab, hammaga chaqnab turgan yuzlari bilan qaradi.
Seokjin
Mis Liannie!....) Jin uning ismini aytib chaqirar ekan, Lia unga qaradi.
SeokJin: Iltimos qilaman markazga chiq!) Lia bu soʻzlarni eshitib, koʻzlari katta boʻlib ketdi. Tushuna olmay, koʻrsatkich barmogʻini oʻziga qaratib, menmi deganday, uyoq buyoqqa alangladi.
SeokJin qoʻlida Gul bilan: Lia, chiqa qol endi, iltimos!) Hayron qolgan Liani Namjoon surib, markazga chiqardi. Hammaning koʻzi unda edi. Namjoon ortiga qaytar ekan, Minso ham unga qoʻlida zoʻr ishorasini qilib qoʻydi. Jungkook ham hursand koʻzlari chaqnab turardi.
SeokJin: Liannie! ... Bilaman, juda hayron qolding.....( Jin tabassum biln gapirar ekan, Lia hayratdan qotib qolgan edi) Azizim Liaa! Ukam bilan baxtli boʻl. Qani, Taehyung Kim chiqaqol endi. Qiz bechorani qiynab yubordik) bu gapdan hamma battar hayojonga berilar ekan, Lia bir zumda boʻlgan ishdan dovdirab qoldi. Taehyung qadam bosib kelar ekan, Jinning qoʻlidan Guldastani olib, toʻgʻri Lianniening qarshisiga turdi.

Taehyung: Liannie! Kel hammasini boshidan boshlaymiz... Ya'ni men seni doyim sevib kelganman. Senga boʻlgan hislarimning bari chin dildan edi. Faqat bu his-tuygʻularimni aytishga hech jur'at topa olmas edim. Sen bilan doʻst sifatida birga vaqt oʻtkazar edim... Kel, oʻsha kungi gap-soʻzlarni hammasini unatamiz.. Oʻsha kuni dunyolarim chil-parchin boʻldi, Lia! Sensiz men hech kim ekanimni his qildim. Keyinchalik yuzinga qarashga botina olmay yurdim. Gʻururni chetga surib, gislarimni tan olgim kelmadi...
Lekin! Shu bugun ham Shu gʻururimni deb, sevgimni tan olmasam, hayotim mobaynidagi eng katta xatoni qillgan boʻlaman... Meni kechir, Lia! Kel shu qoʻllarimni tut! Sensiz mening baxtim qaro, Liannie! Mensiz esa, Sening baxting Qaro boʻladi.) Taehyung yuragiga tukgan soʻzlarini bir-bir aytdi. Liannie boshqacha hayajon bilan tinglab turar ekan, koʻziga yosh qalqidi.
Lia: Taehyunng!) Past ovozda nima deyarini bilmay shunday dedi.
Taehyung: Lia, Seni sevaman! Iltimos, Baxti qaro oshigʻingni sevgisini qabul et...) Lia bu soʻzlarga erib ulgurar ekan, oʻzi nimalarni his qilayotganini anglolmay, darxol Namjoonga qaradi. Namjoon ham unga "Sen buni qilishing kerak" deganday ishon toʻla tabassum qildi. Boshini tabassumli yuzi bilan silkitib ishonch bildirdi. Lia yana qayta Taehyunga boqdi. Uni koʻzlariga termulib, koʻzlarida oʻynayotgan sevgiga erib ketishni voshlar ekan, Yonveridagilar birdan
"Ha de!" "Rozi boʻl" "Qani rozi boʻlaqol" deb yuborishar edi.
Taehyung: Xoʻsh, rozimisan) umid bilan Liaga boqar ekan, Lia bunga javoban quvonch kpz yoshlarini boricha chiqarib, oʻzini Taehyungning bagʻriga otdi. Oʻzining bagʻrida koʻz yosh qilayotgan qizni bir qoʻlida gul bilan, mamnunlarcha quchar ekan,
Lia: Seni yomon koʻraman, Kim Taehyung!.... Meni ortiq bunday qiynama... hoʻpmi?) Hamma bu holdan quvonib qarsak chalib yuborishdi.
Namjoon: Aslo! Asosiysi, uni baxtli boʻlishi, yuzidan quvonch taralib turishi... Mening uchun chin Sevgi shu...
Minso: Yoʻq, Asosiysi Taehyung baxtli, mening yagona doʻstim Lia ham... Shunday ekan, mening uchun ham aslida Sevgi shunday...
Namjoon: Minso, men koʻrgan qizlar ichida eng yaxshi doʻst boʻla olgani sensan... Liaga xasadim kela boshladi.) Minso ohista jilmaydi. Qoʻlini u tomonga yoʻnaltirib,
Jungkook
Hamma Taehyung va Liaga mahliyo boʻlib turgan payt, tashqariga chiqqan qizning orqasidan Jungkook ham chiqdi. Qiz hayol surib turar ekan,
Lily: Bu gapni 4 oy oldin ham aytganding esingdami?... Xatto bir oy oldin ham bu soʻzlarni qulogʻim eshitgan edi...
Flashback
Jk: Nega? Axir sevgimni qabul qilsang nima boʻladi?
Lily: Jungkook, iltimos, meni tinch qoʻy. Senda koʻnglim yoʻq.
Jk: Heyy, ossonmi seningcha? Ossongina senda koʻnglim yoʻq deyabsan. Ahvolimni bilasanmi oʻzi?
Lily: Sevsang bunday qilmasliginga umid qilaman...
FlashBack tugadi. ComeBack
Jungkook: Ayshsh, Mittivoooy, senga jahl qilib ham uddalay olmayabman) Jungkook bolalarcha nolib gapirdi. Lily Jungkookka qarab,
Jungkook: Men telba emasman. Sen meni shu koʻyga solding!
Lily: Lekin boya gapirgan gaplaring juda ajoyib chiqdi... Qanday qilib yuzimda kulgu yugirganini sezmay qoldim.
Jungkook: Rostdanmi?... Demak, menda imkoniyat bor, toʻgʻrimi? Men koʻnglinga yoʻl topishni uddasidan chiqishim mumkinaa?) Jungkook quvonchdan koʻzlari porlab gapirdi. Lily unga keng tabassum qilib,
Jungkook: N-nima? Rostdanmi? Hoy? Hazillashnayabsanmi? Sen rostdan rozimisan?) Lily Jungkookning shoshib qolganini koʻrib, yuzida kulgu paydo boʻldi.
Jungkook: Nega kulasan? Hozir yuragimning mazasi qochadi. Sen rostdan rozisan shundaymi?
Lily: Ha, rostdan ham roziman!... Aslida... men ham senga befarq emasman.....
Jungkook: Qanday baxtli odamga aylantirganingni bilsang edi, Mittivoy...

The end.