MAJOT // Meni sevma...
Taehyung: Kimlarni koʻrayabman ? Qadrdonim, Son-i Chxveku bu.) har soʻzida ta'kid mujassam. Son-i u tomon qarab yutinib qoʻydi.
Son-i: Ongi va yuragi butunlay chirib ulgurgan, Kim Taehyung.
Taehyung: Haqorating koʻnglimga ogʻir botdi, Chxve honim.
Son-i: Pastkash.) past ovozda shunday degancha, yuzini burib ketdi. Ortidan hissizlarcha boqib qoldi. Lily bundan tutoqib eriningerining oldiga yaqin keldi. Taehyung uning nigihlariga e'tibor qaratdi. Lily erining oyogʻini baland poshnasi bilan bosdi. Lilyga qarayilgan yuzi ikkisining oyogʻi tomon yoʻnaldi.Qayta ikkki qoshini koʻtarib, peshonalari biroz tirishgan holda, ayoliga hayron nigohda boqdi.
Taehyung: Bu nima qiliq ? ) Lily battarroq ezgʻiladi.
Lily: Hazdingizni biling. Mening yonomda boshqa biror ayolga yana bir marta boʻlsa ham qarasangiz, mana shu koʻzlaringizni oʻyib olaman.
Taehyung: Taslimman sevgilim.) yuzini yaqinroq tutib, sokin jilmayib qoʻydi. Yoongi esa, ensa qotirib kuldi.
Yoongi: Kulmaysan deb oʻylardim. Nahotki, bizning Lily seni shu ahvolga solgan boʻlsaya.
Taehyung: Bu sening ishing emas.
Yoongi: Albatta. Lekin, sendan qoʻshtirnoq ichidagi avtomobil tormozi boʻlishni kutmagan edim.
Taehyung: Tushunmadim.
Yoongi: Uydan chiqishdan avval, oynaga qaraganingda tushungan boʻlarmiding. ) piching qilib gapirdi. Lily esa labi chetuda yengil kulib, sumkasidan kichik oynani chiqardi. Eri tomon tutdi, va Taehyung qarashi bilan yuzidagi qizil lab boʻyogʻining izini koʻrdi. Asabiy koʻzlarini yumib, xoʻrsindi.
Taehyung: Lily ! (Ayoli yosh bolalarcha labini qimtib kular ekan ) Bu nima qilganing endi ?
Lily: Ishingizga boring.) deya, yuzining boshqa tomonidan oʻpib qoʻydi, va eri hali taxlil qilib ulgurmasidan, qiqirlab kulib, xonasi tomon ketib qoldi. Eri esa ensa qotirib qolib ketdi.
Yoongi: Xayrsiz kun va yoqimsiz kayfiyat tilayman, Taehyung Kim.
Taehyung: Senga ham degan boʻlardimku, lekin, bu yerg gap sotish uchun kelmadim, Min. Ish yuzasidan Janob Kim yubordi meni.
Yoongi: Otangmi ? Yaxshi, unda xonamga marhamat, sherik.
Taehyung: Aksiyalar narxini koʻtarish borasida bir muncha loyihalar tuzdim. Eng maqbulini tanlagan ravishda ish olib borsak, maqsadga muvofiq boʻladi.
Yoongi: Tushunarli ) Xonaga kirishlari bilan ular ishga shoʻngʻib ketdilar. Ish toʻgʻrisidagi xar hil hujjatlarni taxlil qildilar.
Yoongi: Ishni hayoting bilan aralashtirmasligingni hurmat qilaman, Taehyung Kim.
Taehyung: Ha, shunday. Sen esa menga munosib raqibsan. Halol dushmanni topish mushkul masala.
Yoongi: Buni maqtov deb qabul qilaman.
Taehyung: Men ham.
Yoongi: Lily bilan orangiz yaxshiga oʻxshaydi.
Taehyung: U mening rafiqam. Yana qanday boʻlishi mumkin seningcha ?
Yoongi: Uni pullar evaziga, jin urgur Leedan sotib olganingni ikkimiz ham yaxshi bilamiz.
Taehyung: Boʻlsa bordir.
Yoongi: Qiziq, avvalari uni buyum sifatida koʻrarding. Oʻzgarishlar katta koʻrinadi.
Taehyung: Xulosa qilishga shoshilma, Min. Men boshida qanday boʻlsam, hozir ham shundayman. Yoongi: Yani ?
Taehyung: Men oʻzgarganim yoʻq. Menga tegishli hamma narsa, faqat menga tegishli !
Yoongi: Bu shunchaki, mening takabburligim degin. Oz boʻlsada sevasanmi uni ?
Taehyung: Ish vaqti shaxsiy masalalarni taxlil qilishni yoqtirmayman, Min. Chegaradan chiqma.
Yoongi: Shaxsiy, degin ? Juda soz. ... Borgan sari unga boʻlgan tuygʻularingni isbotlab kelayabsan.
Taehyung: Sen ham bu qiziqishlaring bilan unga befarq emasdeksan.) oʻqrayib gapirdi.
Yoongi: Boʻlsa bordir. Ayoling men uchun qadrli, buni yashirmayman.
Taehyung: Tilingni sugʻirib olmasimdan, suhbatimizni yakunlaganimiz ma'qul.
Yoongi: Toʻgʻri, boshlanishiga yomon emas. Ilk bor bunchalar uzoq gaplashding.
Taehyung: Sen ham bu safar haqoratlarsiz soʻzlading.
Yoongi: Lily sabab boʻlsa kerak. ) bu gapdan keyin Taehyung bor zaxarini sochib qaradi. Yoongi esa ikki qoʻlini koʻtarish va hayron kulish bilan javob qaytarib qoʻya qoldi.
Jungkook va Minso
Jungkook: Mana bu senga (gulni uzib uzatdi) bunisi ham, mana bunisi ham... Bunisii... ) ketma ket yoʻlda ochilgan gullarni sevgilisiga uztib ketar, qiz esa ularni yiʼib, iforidan tuyib ketar edi.
Ular goʻyoki, begʻubor yoshlik timsoliga oʻxshardi.
Jungkook: Kelajakda toʻying qayerda boʻlishini istaysan, taxminan qancha vaqtlardan keyin boʻlsin ?
Minso: Qayerda ? Qachon ? Qanday ? Boʻlishi unchalik ham muhim emas. Muhimi kim bilan boʻlish. Jungkook: Xoʻsh, kim bilan ekan ?
Minso: Faqat va faqat sen bilan boʻlishini istayman. Hech qachon,bunchalik qattiq sevib qolaman deb oʻylamagan edim.
Jungkook: Endichi ?
Minso: Endi esa, seni uchratdim.
Jungkook: Soʻzamollik... Shirin gaplar ... Mendan oʻrganayabsanmi deyman.
Minso: Qozonga yaqin yoʻlasang , qorasi yuqadi deyishardiku. Rost ekan oʻsha gap. ) yigit kulib qoʻydi. Va qiziga yaqinroq kelib belidan quchdi.
Jungkook: Sevgilim.... Jonim... Borim...Sen mening hayotimning mazmunisan....
Minso: Lugʻatingdagi bor soʻzlar bilan meni siylayabsanmi, nima ?
Jungkook: Yoʻq, lugʻatimadgi bor yaxshi soʻzlar bilan siylayabman. Aslida bundan ham yaxshisiga munosibsan.
Minso: Men charchadim, Jungkook. Balki ortga qaytarmiz. ) xarxahsa qilib gapirdi. Yigit sevgilining bolalarcha qiligʻiga kulib javob qaytardi. Jungkook: Mayli, keyin biror yerda ta'maddi qilamiz.
Minso: Yashasin. )qoʻllari bilan yengil chappak chaldi. Ikki yoshlar avtomobillaridan ancha uzoqqa ketib ulgurgan edilar. Jungkook Minsoni xapishtirib oldi ( Yelkasiga koʻtarib oldi.) Avtomobillariga yetib kelgach, shaxar markaziga keldilar.
Jungkook: Qayerga olib boray ? Nima yeyishni istaysan ?
Minso: Yuna holamning yoniga olib bor. Anchadan buyon xabar ham olmadik.
Jungkook: albatta. ) ular oʻsha kichik ammo fayzi boʻlgan tamaddixonaga keldilar.
Yuna: Sizlarni koʻrmaganimga ham ancha boʻlibdi. Ahvolingiz yaxshimi bolalar ?
Jungkook: Ha ancha boʻldi. Sizni juda sogʻindik.
Minso: Yuna hola, ahvollaringiz yaxshimi ?
Yuna: Ha men yaxshiman. Menimcha bu safar, hamkasbim deb emas, boʻlajak rafiqam deb tanishtirsang kerak.
Jungkook: Boʻlmasamchi, tez orada toʻyimiz boʻladi. Sizni taklif qilamiz. ) minso yarq etib yigitiga qaradi
Yuna: Chindanmi ? Qachonga reja qildingiz ? Men yangi koʻylak sotib olgani ulguramanmi, ishqilib ?
Jungkook: Tezroq harakat qilmasangiz ulgurmay qolishingiz mumkin. Tezroq bozorga tushib koʻylak tanglang. Yuna hola. Eng chiroyli libos sizda boʻlishikerak oʻsha kun) Jungkook toʻlqinlanib gapirar ekan,
Yuna: Chindanmi ? Shoʻrim qyrsin,sen menga oʻgʻildeksan, Jungkook. Bugunoq borib libos tanlayman. Yanaaa oyoq kiyim ham olishim kerak. Oxirgi tushumdan tushgan pullar yetsa kerak. Toʻy uchun oʻzim toʻrt pishirib beraman.
Minso: Yuna hola, shoshmasangizchi...(Kulgidan oʻzini zoʻrgʻa tiyib gapirdi) Jungkookni bilmaysizmi, axir. Qitmirligi tutayabdi yana. Hali qachon toʻy qilishimizni kelishmadik. Hozir uchrashayabmiz. Toʻy haqida biror gap boʻlsa, oʻzim sizga xabar beraman, albatta.
Yuna: Nimaa, bu gaplar hazilmidi ?
Minso: Ha, hali bunday gap yoʻq.
Jungkook: Men hazillashmadim Minso. Men juda jiddiyman.
Minso: N-nimaa ?
Jungkook: Men jiddiy gapirdim. Yuna hola, kiyim va shu kabi narsalardan tashvishlanmang. Yordamchim, Son-ini joʻnataman. U sizga yordam beradi. Axir siz ham menga onamdeksiz. Pulidan tashvishlanmay eng yaxshi va eng zoʻr libos tanlang. Oyoq kiyim ham... Hali sanasi aniq emas. Sanasini belgilagach sizga xabar qilamiz. Hozir esa, keliningizni qornini toʻygazishim kerak.
Yuna: Albatta. Nima yeyishni istaysiz bolalarim. Hammasini pishirib beraman.
Jungkook va Minso qorinlarini toʻqlagach, ishlari tomon yoʻnaldilar. Katta yoʻlda avtomobil qatnovi koʻpligi sabab,Jungkook avtomobilni sekinroq yurgazib ketdi.
Minso: Jungkook
Jungkook: Nima deysan.
Minso: Yana qanday toʻy ?
Jungkook: Ikkimizning toʻyimiz. Nima mumkin emasmi ? Menga turmushga chiqishni istamaysnmi ?
Minso: Xohlayman, albatta. Nega, mening xabarim boʻlmasidan oldin, toʻyimiz yaqin deysan ? Avval mendan soʻramaysanmi ?
Jungkook: Boya soʻragandimku, QAYERDA ? QACHON ? QANDAY ?... bular muhim emasdiku...
Men muhim edimku toʻgʻrimi ? Nega hayron boʻlayabsan endi ?
Minso: Sen tentaksan. Men avval oyim bilan bu masalada gaplashishim kerak. Undan keyin,shu yaqin orada toʻy boʻlsa, bunga tayyor emasman. Yetarlicha pulim ham yoʻq.
Oʻgay otamning yordami bilan toʻy oʻtkazishni istamayman.
Jungkook: Sen shunday pul haqida gapirganingda, hafa boʻlib ketaman. Nima sendan toʻy qilish uchun pul soʻradimmi ? Men borman. Men. Nimani oʻylayabsan yana ?
Minso: Jungkook...) toʻlqinlanib qaradi Jungkook: Nima ?
Minso: Bu tush emasmi ? Nahotki men shunday inson bilanman....
Jungkook: Anglashni istaysanmi ? ) qiziga yaqinroq egilib, yuzidan sekin tishlab qoʻydi.
Minso: Bu nima qilganing yaramas ? Jungkook:Tushmi, oʻngmi ajrata olmayotgan edingku ʼ. Senga biroz yordam berdimda...) iljayib qoʻydi. Bir qoʻlida moshinani harakatlantirar ekan, birida qizining qoʻlini tutib ketdi. Minso esa yigiting yelkasiga boshini qoʻyib oldi. 20 daqeqalik yoʻldan keyin, ular korxonaga yetib keldilar. Koʻp qavatli binoning eshigini ochib kirishar ekan, roʻparalaridagi lift ochilib, biri chiqib keldi. Uzoqroqda boʻlganligi uchun, gavjum boʻlgan yerda kimligiga ahamiyat berib boʻlmaydi. Lekin ular lift tomon qadamlashar ekan, eshik tomon yurib kelayotgan Kim Taehyung koʻrindi. Jungkookning qiyofasi jiddiylashib, sovuq shaxsga aylandi. Na salomlashuv, na qpl siqishlarsiz ular beetibor bir-birlarining yonidan oʻtib ketishardi. Minso esa unga qarar, soʻngi lahzalarda, Taehyungning nigohi ham unga qaratildi. Ammo toʻxtashlar boʻlmadi.
Taehyung binodan chiqib qoʻl telefonidan otasiga qoʻngʻiroq qildi.
Taehyung: Janob Kim, hammasi aytganingizdek boʻldi.
Kazarma: Oʻgʻlim... Biror kun.... Biror kun oilaviy yigʻilsak nima deysan ?
Taehyung: Janob ? Oldingizda oʻgʻlingiz bor edimi ? Bemavrid qoʻngʻiroq qilgan koʻrinaman. Hayrli kun, janob.
Kazarma: Taa-ehhung, shosh-m) gapirishga ulgurmasidan qoʻngʻiroqni yakunladi. Uzoqroqda turgan avtomobili tomonga qadamlar ekan, orqasidan kimdur boshiga qop kiydirdi. 3-4 ta erkaklar kelib doʻpposlay boshladilar. Yuqoridan, deraza orqali, Yoongi kuzatib turar edi. Ortidan kelib, boʻlgan voqealarga Lily ham guvoh boʻldi.
Lily: Bu nimasi. Hozir uni oʻldirib qoʻyishadi. ) Ortiga qarab erining oldiga bormoqchi boʻldi. Lekin bilagidan qattiq siqishlar bilan Yoongi uni toʻxtatdi.
Lily: Yoongi. Nima qilayabsan ? Bu sening ishingmi ? Bas qil, qoʻyvor meni.
Yoongi: Oʻlmaydi. Shunchaki qarzdor boʻlgim yoʻq. Ayniqsa eringdan.
Lily: Yoongi ! ....(Sas-sado chiqarmadi) Qoʻyvor meni. Ogʻritayabsan qoʻlimni, qoʻyib yuborsangchi. Tipirchilab, yigitga qarshilik qildi. Derazaga qarab manzaraga qarab turavergan yigit, birdan qizning qoʻlini zarda bilan qoʻyib yubordi. Va unga tomon yuzlanib qarab oldi. Qiz uning qarashidan biroz choʻchidi, va ortiga ikki qadam chala tashladi. Ogʻrigan qoʻlini ushlab, yigitga qarab qoldi. Yoongi u tomon yaqin kelgach, qiz ish stoliga deyarli yopishib qoldi. Koʻzlarini katta ochib, Yoongiga qarab turavergach, Yoongi choʻngagidan qoʻl telefonini olib chiqardi. Qoʻngʻiroq. Va narigi
tarafdan javob kelgach, Yoongi: Yetarli. Toʻxtatinglar.) dedi.
- Yaxshi janob,tushundim. ... Toʻxtating. Janob toʻxtashimizni aytdi.
Lilyga eshittirib, uning koʻzlariga boqdi. Yuzini yaqinroq tutib, qulogʻi tagigacha keldi.
Yoongi: Tinchlan, senga nimadur qilishga qurbim yetmaydi. Qayta qizga qaradi. Lily asabiy Yoongini turtib yubordi. Iljayib qoʻydi
Yoongi: Goʻshakni unga ber.) Qayta derazaga tomon yaqinlashdi.
Taehyung: .....
Yoongi: Qadrdonim, uyga yaxshi yetib ol. Maroqli suhbat uchun tashakkur. ) Yuzi kulib gapirdi. Pastdan tepa qavatga qarab,Yoongining silkuetini koʻrdi.
Taehyung: Haaa, bu senmiding ? Oxiri qaytaribsanda. ) Yoongi qoshini koʻtarib qoʻyib,
Yoongi: Boʻlmasamchi. Oʻylaymanki, sendan farqli oʻlaroq, men ancha muloyim javob qaytardim.
Taehyung: Rahmat aytishimni kutmayotgandirsan.
Yoongi: Yoʻq albatta. Shunchaki, Yaxshi bor demoqchi edim. Boya yodimdan koʻtarilibdi.
Taehyungning atrofini yigitlar yolgʻiz qoldirdi. Oʻzi qolgan Taehyungning oldiga yugurib kelgan Lily erini quchib oldi.
Taehyung: Lily...
Lily: Yomon urishmadimi ? Hayriyat... Men sizni oʻlib qolasiz deb oʻylagandim. Nega doyim jiqqamush boʻlaverasizlaraa...
Taehyung: Meni oʻpib qoʻysang, koʻrmaganday boʻlib ketaman, hotinjon.) Erining yuzlarini qayta- qayta oʻpdi.
Ikki kafti orasiga yuzini olib, eruga qarab jilmaydi Lily: Xuddi, qulupnayning oʻzi boʻlib qoldingiz.
Taehyung: Nima. Hoy, shoshma. Yanami a ?.... Bu nimasi, Kim Lilyy! Seni hozir oʻzim oʻldiraman. Yaramas qiz. ) yuzini betartib artishga urindi.
Lily: Shoshmang. Bunda ketmaydi. Qoʻlingizga ishqalaganingiz qoladi. Qizil boʻyoq ketishi qiyin. Yuzingizni sovunlab yuvib tashlang.
Taehyung: Lily! Sen qoʻrqishni bilasanmi oʻzi ? Qanchalik yomon boʻlsam, shunchalik haddingdan oshib ketayabsan.
Lily: Shunday... Haddimga sigʻmay ketayabman. Sizga boʻlgan sevgim, bunga majbur qilayabdi. Mayli jazolang.) yuzini aybdorlardek qilib, ikki qoʻlini uzatdi. Goʻyoki, kishan taqishga tayyor qoʻllardek... Qoʻllariga nazar solib, uni ushladi. Va kutilmaganda oʻziga tortib, bagʻriga kirgazdi. Boʻynidan chuqur hidlab, oʻpib qoʻydi. Qaynoq taftdan seskanib ketgan ayoliga ma'noli boqdi.
Taehyung: Men yaxshiman. Endi ishinga bor.
Bularni yuqoridan kuzatib turgan Yoongi pardani tortib qoʻydi. Xonadan tashqari chiqib, Jungkookning xonasi tomon bordi. Ammo, u yerdagi manzara eshik oldid uni toʻxtatib qoʻydi. Jungkook bilan Minso bir-birlarini qattiq quchgancha oʻtirishardi. Shishib Yoongi tomon qaragan nigohlarga toʻqnash kelay deganda, eshikni qaytarib yopdi.
Koʻzini yumib, ochdi.
Yoongi: Jin ursin. Pastda anavilar, bu yerda bular. Men nima yerdan chiqqan qoʻziqorinmanmi ? Minso, Jungkookdan boshqasini koʻrmaydigan boʻlib qolgan. Jungkook ham undan qolishmaydi. Lily ham erini sevib qolgan. Eri turganda hech qachon meni tanlamaydi. Men yetimchaga oʻxshab oʻzim oʻtirishim kerakmi endi. ) oʻziga oʻzi asabiy gapirayotgan Yoongi odamning kulgusini keltiradi.
Jungkook: Seni eshitayabmiz.) xona ichidan kelgan ovozdan xona eshigiga qaradi.
Yoongi: Aish. Jin ursin
hammangni.... Hujjatlarni koʻrib chiq. Men ketdim.) nolib bu yerdan ketdi.
Ishdan erta boʻshagan yigit kunning qolgan qismini shaxar aylanib oʻtgazdi
.
Oʻsha oyogʻi hech tortmaydigan,Minlar uyiga yetib keldi. Oʻzining xonasi tomon yuqoriga koʻtarildi. Zinadan chiqib, chap tomonga burilar ekan, biriga turtilib ketdi. Qarasa Minso edi.
Yoongi: Minso... senmiding ?) Qiz boshini ha degancha chayqadi. Endi e'tibor berdiki, qizni qattiq ushlab olganligiga. Sekin uni qoʻllaridan boʻshatdi. Tomogʻini hijolatli qirib,
Yoongi: Tepa qavatda nima qilayabsan, biror ishing bor edimi ?
Minso: H-haa... Sizning yoningizga, chiqgandim aslida) toʻxtamli gaplardan keyin unga qarat yuzlandi.
Yoongi: Aslida senda gapim bor edi, yaxshi boʻldi oʻzing kelganing. Jiddiy biror narsa boʻldimi ? Choʻchimay gapiraver.... ) qiz unga gapi bor ekanligini bilgach biroz oʻylanib qoldi. Bu qanday gap boʻlishi mumkin? Deb. Nima deb gap boshlashga ikkilandi. Yoongi: Yaxshisi xonamda gaplashamiz. Qulayroq boʻladi.
Minso: Ha. Yaxshi boʻlar edi. Ular Yoongining yotoqxonasiga kirishdi.
Yoongi: Nima gap boʻldi ?
Minso: Nima demoqchi edingiz menga ?
Yoongi: Avval, sen gapira qol. Muhim gap edimi ?
Minso: Haaa. Aytmoqchimanki, sizdan soʻramoqchi edim.
Yoongi: Nimani ?
Minso: Yoongi aka... Hozir bu haqida soʻrash.. yani sizdan... Sizdan bu gaplarni soʻrash xato boʻladi, bilaman. Lekin, sizdan boshqasiga ishona olmayman ham... Haligi... Jungkook... Jungkook men bilan toʻy qilishni istaydi. U bu maslada juda jiddiy.
Yoongi: Xoʻsh...
Minso: Men unga rozilik bersam toʻgʻri boʻladimi ?
Yoongi: Uni sevarding shekili, nega ikkilanayabsan ? ) yuzini tes oʻgirib oldi.
Minso: Ha uni sevaman. Lekin, bilmadim... Balki... Men... Men... Aka iltimos menga qarang. Unday qilmang menga... Men nima qilishni bilmayabman. Bunchalar tez boʻlib ketadi deb oʻylamagan edim, men. Men turmush qilgani qoʻrqaman. Biror narsa deb meni ovutishingiz kerak. Bu faqat sizning qoʻlingizdan keladi, iltimos...
Yoongi: Sen atay qilayabsanmi ? Seni sevishimni bilasanmi ? Qanchalik sevishimni bilasanmi ? Qanaqa odamsan, Minso ? Uni sevsang, unga shunchaki ishon va turmush qur. Meni yuragimni battar tirnama.
Minso: Siz...meni ishonasizmi ? Jungkookka ishonasizmi ? Sizdek qaray oladimi menga ?
Yoongi: Faqat unga ishonishim mumkin. U mendan ancha yaxshi.
Minso: Nima ?
Yoongi: Ortiq senga yomon koʻrinib kurashmayman. Shunchaki kulib, baxtli boʻlib yursang kifoya. Axir aytgandimku, men toʻxtadim deb. U sen uchun munosib yigit. Maslahat olgani meni munosib bilgan boʻlsang, Jungkook bilan birga boʻl deyman.
Minso: Mendan... Ranjiyabsizaa ? ) boshini sekin sarak qildi.
Yoongi: Aslida oʻzimdan ranjiyabman.
Minso: Meni... Kechiring... Sizga azob berishni istaganim uchun... 2 yil oʻrtamizda boʻlgan adovat uchun, sizga azob berishni bir muddat istagan edim. Qasos olish ilinjim paydo boʻlgandi... Lekin... Siz, ilitmos, azob chekmang... Sizga qarasam yuragim ming boʻlakka boʻlinayabdi. Aslida oʻzim jahlingizni chiqarar edim, lekin tan olmasdim... Kechiring... Men juda yomonman, akaaa... Azoblanishingizni xohlamayman....)Minso oʻzini tiyishga ytinsa ham,yuzidan yishlar sirgʻalib, tomogʻiga achchiq tiqilardi. ) Yoongi oʻgay singlisini baʼriga kirgazib, boshini siladi.
Yoongi: Kechirim soʻrama, aslida oʻzim aybdorman. Senga ozor berishning oʻrniga, mehrimni berganimda, balki, koʻnglingdan oz boʻlsada joy olar edim... Aqalli, yaxshi aka boʻlib qolar edim... Oying bilan oʻzim gaplashaman. Bilaman, Jungkook ikkingiz bir-biringizga munosibsiz. U seni yaxshi koʻradi. Sen ham uni...) Minso akasining bagʻrida gʻijimlangan qoʻllarini yoydi, va uni qattiq quchdi. Qanchadur muddat ular shunday turishdi. Yoongi, " Men toʻxtadim" dedi, yan buni takrorladi. U chindan ham Minsoning baxti uchun toʻxtagan edi. Lekin, sevishdan emas... U bagʻridan chiqargisi kelmasdi, qiz ham uning bagʻrida hotirjam boʻlib qoldi.
Biroz yupangach, yuzini uning koʻksidan oldi. Yoongi esa uni quchogʻidan chiqardi.
Yoongi: Ancha yaxshisan degan umiddaman. ) Minso ha deya bosh irgʻadi.
Minso: Menda qanday ishingiz bor edi, Yoongi aka ?
Yoongi: Ha, aytgancha, sal qolsa yodimdan koʻtarilar edi. Bir narsani aniqladim. Bu doʻsting Kai haqida.
Minso: Nimani aniqladingiz ?
Yoongi: Sening otang hamda mening otamning eski dushmani boʻlgan Lee Yodon isimli shaxs... Uni surishtirib yurgan edim. Negadur, Kaini uning yugurdaklari orasida koʻrib qoldim. Yordamchilarim aniqlashi boʻyicha, Kai aynan Lee Yodonga ishlar ekan. Minso: Boʻlishi mumkin emas. U Jungkookning amakisini aytayabsizmi ? Adashmadingizmi ?
Yoongi: Sen uni qayerdan taniysan ? Leeni aytayabman ?Minso: Jungkook, bir kkki gapirgandi u haqida.
Yoongi: Chindanmi ?
Minso: Haa ... ) Minso jimin qoldi, hayolida ming xil fikrlar aylana boshladi.
Minso: Men, xonamga bora qolay.
Yoongi: Yaxshi dam ol, Minso
Yoongi: Siz ham, Yoongi aka...
Minso
Qiz xonasiga kirib bir nuqtaga qarab turdi. Koʻzlari asabiy yumilib ochildi. Koʻziga koʻringa birinchi narsani yerga qarab uloqtirdi.
Qoʻlini beliga qoʻyib olib chuqur oʻylanib qoldi. Qoʻl telefoni orqali qoʻngʻiroq qildi.
Kai: Eshitaman farishtam.) deya erkaladi.
Minso: Kai... ) qizning boʻgʻiq ovozi yaqqol bilindi.
Kai: Nima boʻldi ovozinga ? Ahvoling yaxshimi ?
Minso: Kai, akam... U aloqa oʻrnatganimizni bilib qoldi. U meni yana jazoladi...) yigʻlamsirab gapirar ekan,
Kai: Jin ursin oʻsha Yoongini. Oʻldiraman uni.
Minso: Tinchlan. Unga kuchimiz yetmaydi. U juda qoʻrqinchli.
Kai: Sen oʻylaganingdan kuchliroqman. Sen istasang kifoya, yanchib tashlayman uni.
Minso: Iltimos, koʻrishaylik... Meni olib qochib ket... Charchadim... Hammasidan... Ortiq kuchim qolmadi. Sendan boʻlak, yaqinim yoʻq mening. Hatto, onamga ham kerak emasman. Meni olib ket oʻtinaman...
Kai: Olib ketaman. Birga ketamiz, hech kim topa olmaydigan yerga. Qayerdasan?
Minso: Hozir uydaman. Amallab chiqaman, eski uyimizda koʻrishamiz.
Kai: Seni kutaman, Minso. Qolib ketma.
Aloqa yakunlanib, Minsoning yumshagan nigohi qahrga almashdi. Telefonni gʻijimlagan kaftini yuziga yaqinroq olib kelib, asabiy barmoqlarini tishladi.
Eskiroq boʻlgan oʻrmon ichidagi uychada u yoqdan bu yoqqa yurgan yigitning sabru kosasi toʻlay deydi. Axiyri, eshik ochilib, Minso kirib keldi. Eshik jiddiy nigohlari qaratilgan holda yopib qoʻydi.
Kai: Minso )uni bagʻriga kiritib oldi. Hammayogʻiga havotirli qarab chiqdi.
Kai: Senga jiddiy biror narsa boʻlmadimi ?
Minso: Hammasi joyida. Qoʻl telefoningni berib tura olasanmi ?
Kai: Kimga qoʻngʻiroq qilasan ?
Minso: Doʻstimga... Unga yaxshi ekanligimni aytib qoʻyishim kerak. Oʻzimniki uyda qoldi. Arang qochib chiqdim.
Kai: Doʻsting kim ? Son-i mi ? Mayli olaqol. Keyin Shimol tarafga yoʻl olamiz. ) qiz qoʻliga olgan telefonni uyning burchagidagi axlat chelagiga uloqtirib yubordi. Bu qilgan ishidan Kai hayratlandi. Unga savol nigohlarida boqar ekan,
Minso: Aslida kimsan ? Kai, ochiq ayt. Nega meni aldab yuribsan ?
Kai: Nimalar deyayabsan, Minso ? ... Seni sevaman deb yolgʻon gapirmaganman. Bilaman bu doʻstlik chegaralarini buzib oʻtadi. Lekin seni chindan sevaman. Mayli meni sevmasang ham, lekin, seni himoya qilaman. ) Qiz telbalarcha kuldi.
Minso: Himoya ? Kechirib qoʻyasan, Kai. Men oʻzimni oʻzim himoya qila olaman. Chon Jinmanning qizi nega sendek oddiy yugurdakdan qoʻrqishi kerak ? ) bu gaplardan keyin, Kaining qoshlari yoyilib ketdi. Rangi esa biroz oqargan tusga kirdi. Kai: Minso... xato qilayabsan. Menga ishonishing kerak. Yoongi senga nima dedi ? Nima deb menga tuhmat qildi.
Minso: Yetadi Kai. Shunchasi yetadi. Arzimas his-tuygʻularni deb, maqsadimdan chalgʻimayman.
Kai: Bu nima degning Minso ? Chindan senga befarq emasman. Nimani bilib qolding. Nima sabab bunday qilayabsan ?
Minso: Lee Yodonning odami ekanligingni bilaman.
Kai: Yoongi aytdimi buni ?
Minso: Yoongiga yopishma. Aslida u doyim meni himoya qilgan. Allaqachonlardan beri shubxam ostida eding. Faqat buni akam tasdiqlab berdi holos. U Leening odami ekanlingni aytdi.
Kai: U seni ishontirgan. Shundaymi ?
Minso: Kai ! Juda chiroyli oʻynab berding yetadi. Endi ushbu filimda senga oʻrin yoʻq. U meni ishontirishga urinmadi ham. Hammasidan xabarim bor edi. Naqt 8 oydan beri oʻzimni aldab kelayotgan edim. Bu shunchaki taxmin deb. Lekin, asil basharangni har qancha urinmay, inkor eta olmayman.
Kai: Yaxshi. Tan olaman, xato qildim. Imkon ber, Minso...
Minso: Yetarli.... ) Qizning qat'iyatli soʻzidan telbanamo kulib yubordi.
Kai: Minso Chon! Xoʻsh nima boʻlibdi ? Nima keladi qoʻlingdan ? Aaa ? Nima ?
Sen baribir meniki boʻlasan. Majbursan, yoʻqsa, Yoongiga qoʻshib seni ham oʻldiraman.
Minso: Uyatni ham unitibsan.
Kai: Koʻp valdirama. Yaxshisi esli qiz boʻlib yonimga kelda, aytganimni qil. ) zaxarxanda nigohda kulgu yugurdi yuziga.
Minso: Shunchaki olov bilan oʻynashding.) u shunday dedida, qoʻynidagi pistolyetni chiqarib, hech ikkilanishsiz yigitning peshonasiga oʻq joyladi. Kai ochiq qolgan koʻzlari bilan yerga quladi. Qoʻllarida qaltiroqdan darak yoʻq qizning yuziga Kaining qoni sachradi. Xissizlarcha kulib qoʻydi. Sal nariroqda turgan benzin idishini turtib tepib yubordi. Kaining yerda yotgan tanasi atrofini, benzin toʻldirdi. Minso tashqariga chiqib, uychaning kirish qismiga gugurt chaqib tashladi. Allaqachon hamma yogʻi benzin bilan burkalgan uy bir deganda olov bagʻrida qoldi. Gurkillab yonatotgan ulkan olov qarshisida tikilib turar ekan, qizning yuzi olov yorugʻidan yorishdi.
Minso pov: Ularning hammasi javob beradi. Bunga va'da beraman dada...
Minso uyiga qaytdi. Xonasiga eshigidan emas, derazadan kirdi. Hech kim payqab qolmasligini oʻylagan edi. Derazadan sakrab, xonaga oyogʻini qoʻyib, qoʻl telefonining chirogʻini yoqmoqchi boʻldi. Lekin, birdan xona chirogʻi yondi.
Taehyung
Hammayogʻi momataloq boʻlib ketgan yigit uyiga keldi. Oʻzining shaxsiy ish xonasiga qarab kirdi. Arang yetib kelib olgandi. Qorin sohasidan qon oqishdan toʻxtamadi. U jarohat olgandi. Lilyga koʻrsatmagandi.
Daeyon oqqan qonlarni koʻrdi. Va qon oqqan iz boʻylab yura boshladi. Izlar Taehyungning ish kabinetiga eltdi. Bir yutinibq oʻyib eshikni qiya ochdi. Kichik divanga oʻzini tashlab yotgan Taehyungni koʻrib, yuragi shuvillab ketdi. Daeyon: Taehyung... Janob Taehyung...) Daeyon uning yoniga yugurib bordi. Xushidan ketayotgan Taehyungni jarohatini spirt bilan tozalab yuvdi. Va tikib qoʻydi. Daeyon: Anaa... Boʻldi. Anch yaxshimisiz ? Jsnob bu safar nima boʻldi,ehtiyot boʻksngiz boʻlmaydimi ? Lily opam koʻrsa yuragi ogʻriydi. Taehyung: Yaxshiman. Ancha qoʻling kelib qolibdi. Lilyga pichiqlanganimni aytish shart emas hoʻpmi, Dae ? Daeyon: Yaxshi, aytmayman. Uhlab oling.) 2 soatlarcha uhladi. Peshonasiga nam sochiq qoʻydi. Uygʻongach,ovqat olib kelib, yeyishga yordamlashdi. Eshik kabi ochiladigan katta derazani ochib qoʻydi. U yerdan salqin havo kirib turdi. Tashqari uyning hovlisi bilan tutashganligi sabab, Daeyonning oʻzi tashqariga deraza eshik orqali chiqdi. Hovlidagi maysa ustiga borib oʻtirib, osmonga tikildi. Oʻzini ancha oʻnglab olgan Taehyung ham uning ortidan chiqib yonidan joy oldi.
Taehyung: Rahmat, Dae... Daeyon: Nega ? Tirik qoldirganingiz evaziga deb qabul qiling. Taehyung: Ancha kuchim yoʻq edi,meni oʻldirib, qochib ketsang ham boʻlar edi... Lekin unday qilmading. Daeyon: Ha doyimgidek. Nima ham derdim... Ketib qolsam, Lilyning ahvoli nima kechadi ? Taehyung: Har safar... Har safar meni qutqarib qolayabsan. Ancha ulgʻayibsan... Birinchi bor koʻrganimda, hali bola eding. Endi esa, ancha katta qiz boʻlib qolibsan, bilmabman. Daeyon: Bunga bir yil boʻldi. Taehyung 1 yil, va 4 oy boʻldi. Seni zanjirband qilganimga. Hali 16 ga ham kirib ulgurmagan eding. 16 yoshinga juda rasvo sovgʻa boʻlgan edim. Daeyon: Ha bu toʻgʻri,bu gapingizga qoʻshilaman... Bu ilmoqli gaplaringizdan, ertaga tugʻilgan kunim ekanligini bilasizaaa... Shunaqami ? Taehyung: Haaa... Nima sovgʻa xohlaysan ? Daeyon: Toʻrt. Ismim tushirilgan katta toʻrt xohlayman. Taehyung: Toʻrt shundoq ham boʻladi. Sovgʻani nazarda tutayabman. Nimadur olishni istaysanmi ? Qizlar olishni istagan... Daeyon: Menga toʻrtning oʻzi yetadi. Bitta sham boʻlsa puflash uchun. Taehyung: Doʻkonga aylangani ham chiqishing mumkin. Hech qanday qoʻriqchilarsiz ... Bir oʻzing... Daeyon: Menga toʻliq ishonasizmi ? ) Taehyung: Ha. ) Xursand boʻlib ketdi.
Daeyon: Rahmat janob... Siz unchalik yomon odam emassiz. Taehyung: Aslida razilman. Seni ham Lilydek baxtsiz qilayabman. Daeyon: Yoʻq... Lily opam baxtsiz emas... Faqat Chansooni yoʻqotgani unga qattiq ta'sir qildi. U sizni sevadi. Taehyung: Bilaman... Daeyon: Aslida sizga ham qattiq ta'sir qildi... Boʻlgan ishdan keyin, holatingizni men koʻrdim. Sizni qanday tashlab ketishim mumkin edi...? ) Taehyung oʻychan va ma'noli nigohlarini qizdan uzib, osmonga qaratdi. Taehyung: Dadam sendan foydalanishimni istaydi. Daeyon:....) indamadi. Taehyung: Lekin... Men senga ertaga uchun biror sovgʻa berishim kerak... Senda tanlov yoʻq ekan oʻzim beraman. Daeyon: Meni fikrimsiz hal qilmoqchimisiz ? Taehyung: Ha. ) Daeyon Taehyungning ogʻziga boqib turar edi. Uni nima deyishi, va unga nima qilishi juda qiziq edi. Va bu uni qoʻrqitardi. Yoshlarini qaytardi. Koʻzlarining qinidan qoʻyib yubormadi. Taehyung: Men hammadan birinchi, xatto Lilydan ham oldin sovgʻa berishim kerak. Menimcha men, eng munosib sovgʻani tanladim. Daeyon: Nima ? Taehyung: Ketishing. Bu yerdan ketishingga ruxsat beraman. Oilangga, dadang va opangning yoniga qayt. Umringni xazon boʻlishiga yoʻl qoʻyma. Kichkintoy, toʻrtni ertaga beraman hoʻpmi ?) Daeyon ushlab turgan yoshlardan biri sirgʻalib ketdi.. Daeyon: Taehyung siz... Taehyung: Hey, Daeee... Nega yigʻlayabsan ? Daeyon: Bu chindanmi ? Taehyung: Ha. Chindan ham seni ozod qilaman... Endi sen ozodsan. Daeyon: Rahmat.... Taehyung... Janob siz... Akamdek boʻlib qoldingiz. Rahmat... hammasi uchun...
oʻrgatganlaringiz uchun ham... Taehyung: Fikrimdan aynib qolmasimdan narsalaringni yigʻ. Seni Leo kuzatib qoʻyadi. Oʻzimning bardoshim yetmaydi, vidolashishga... ) quvonch koʻz yoshlari qalqib, Taehyungni quchib oldi. Daeyon: Rahmat Taehyung akaa... Koʻrgani kelib turaman. )u oʻrnidan turib, kichik xonasi tomon yugurdi.