BOXCHA YOSHIDAGI QAYSAR BOLALAR UCHUN.
Quyida qaysar sifatlariga ega boʻlgan bolalar uchun kichik, koʻzga koʻrinmas, ammo yaxshi natija beruvchi harakatlar keltirib oʻtdim.
Maqsad: Mustaqillik hissini berish, qaror qabul qilishni o‘rganish.
O‘tkazish: Bolaga ikki variant taklif qilinadi (masalan, “Oldin ayiqcha bilan o‘ynaymizmi yoki qushcha bilan?”). U tanlov qilgach, o‘yin shu yo‘nalishda davom etadi.
Natija: Qaror qabul qilganda “Men o‘zim tanladim” degan hissi qaysarlikni yumshatadi.
Maqsad: Qoidaga rioya qilishni qiziqarli qilish.
O‘tkazish: Mashqni ertak ichiga joylashtiring: “Bugun biz super qahramonmiz va faqat yashil chiziqda yurishimiz kerak, chunki bu xavfsiz yo‘l”.
Natija: Qoidalarni “majburiyat” sifatida emas, “sarguzasht” sifatida qabul qiladi.
Maqsad: Yetakchilik energiyasini ijobiy yo‘nalishga burish.
O‘tkazish: Bir bolani “o‘yin boshlig‘i” qilib tayinlang. U 2–3 daqiqa davomida boshqalarni qanday harakat qilishini aytadi (masalan, “Hamma qushdek uchsin!”). Keyin navbat boshqa bolaga o‘tadi.
Natija: Yetakchilik istagi qondiriladi, hamkorlik rivojlanadi.
Maqsad: Mas’uliyatni his qilish.
O‘tkazish: Har kuni bir bolaga kichik vazifa bering (masalan, o‘yinchoqlarni tarqatish).
Natija: “Men muhimman” hissi qaysarlikni yumshatadi, chunki u o‘zini jamoaning muhim qismi sifatida his qiladi.