August 13, 2025

INJIQ VA JUDA TEZ HAFA BOʻLIB QOLADIGAN BOXCHA YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN.

Juda tez hafa bo‘ladigan, injiq 3–7 yoshli bolalar bilan ishlashda asosiy maqsad — ularning his-tuyg‘ularini tan olish, tinchlantirish va ijobiy yo‘nalishga burish. Bunday bolalarga mos mashqlar qisqa, yumshoq va ishonch uyg‘otadigan tarzda bo‘lishi kerak.

Quyida bog‘cha yoshiga mos, injiq bolalarni tinchlantiruvchi va hissiy jihatdan mustahkamlovchi mashqlar:

1. “Sevgi doirasi” 🫂

Maqsad: Xavfsizlik va mehr hissini berish.
O‘tkazish: Bolalar aylana bo‘lib o‘tiradi. Tarbiyachi navbat bilan har bir bolaga qarab “Men seni yaxshi ko‘raman, chunki…” deb ijobiy sifat aytadi. Bolalar ham bir-biriga aytadi.
Natija: O‘zini qadrlash hissi ortadi, hafa bo‘lish kamayadi.

2. “Men qanday his qilyapman?” 😊😐😢

Maqsad: Hissiyotlarni ifodalashni o‘rgatish.
O‘tkazish: Stolga quvonchli, xafa, hayron, jahli chiqqan yuzchalar rasmini qo‘ying. Boladan: “Hozir qaysi yuzcha sening holatingga mos?” deb so‘rang. Keyin bu his haqida gaplashasiz.
Natija: Bola hissiyotini tanib, so‘z bilan ifodalay oladi.

3. “Qorin bilan nafas ol” 🌬

Maqsad: Stressni tushirish.
O‘tkazish: Bola qoriniga kichik yumshoq o‘yinchoq qo‘yadi. “O‘yinchoqni osmonga uchiraylik” — deb nafas oladi, “Endi pastga tushiraylik” — deb nafas chiqaradi. 3–5 marta takrorlanadi.
Natija: Tinchlanish, o‘zini boshqarish osonlashadi.

4. “Sehrli so‘zlar” ✨

Maqsad: Ijobiy ichki dialogni shakllantirish.
O‘tkazish: Bolaga kichik kartochkalarda yozilgan yoki rasmli “Men aqlliman”, “Men yaxshi do‘stm an”, “Men buni uddalay olaman” kabi jumlalarni berasiz. Bola ularni baland ovozda o‘qiydi.
Natija: O‘ziga ishonch ortadi, injiqlik yumshaydi.

5. “Sehrli quchoq” 🧸

Maqsad: O‘z-o‘zini tinchlantirishni o‘rgatish.
O‘tkazish: Bolaga o‘yinchoq beriladi va “Unga quchoq ochib, 5 soniya siqib turamiz” deyiladi. Keyin “O‘zingga ham mehr ber” — bola o‘zini quchoqlaydi.
Natija: Xavfsizlik va tinchlik hissi kuchayadi.

6. “Bulutlar uchib ketdi” ☁️

Maqsad: Salbiy hislardan xalos bo‘lishni o‘rgatish.
O‘tkazish: Bola ko‘zini yumadi, “Hafalik bulutini puflab osmonga uchiraylik” deb aytasiz, bola chuqur nafas chiqaradi.
Natija: Hissiy yengillik beradi.

9- DMTM Psixologi Nilufarxon Abdullayeva