🏔 Baland Togʻ (2316 m) “33 cho‘qqi” loyihasi
- Tog‘ tizmasi: Pskem tog‘ tizmasi
- Hudud: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani
- Cho'qqiga chiqishning asosiy bitta yo'li mavjud. (Qolgan yo'llar uzoqroq va xavfliroq)
Baland tog‘ — Pskem tog‘ tizmasida joylashgan bo‘lib, eng panoramali cho‘qqilardan biri hisoblanadi.
Cho‘qqi tepasidan butun boshli Pskem, Chotqol va Karjantau tizmalari go‘yo kaftdagidek namoyon bo‘ladi.
Yo‘nalish o‘rtacha darajada qiyin bo‘lib, marshrut Yakkatut qishlog‘idan boshlanadi.
Bahor, yoz va kuz fasllarida chiqish ancha qulay va yoqimli.
Qish mavsumida esa yo‘l murakkablashadi va tajriba talab etiladi.
2. 📍 Koordinatalar
Cho‘qqi: 41.648631,70.108612
📌 Yaktut qishlog‘i
📍 41.614273, 70.094983 start nuqtasi
🚗 Har qanday yengil avtomobilda kelish mumkin.
🥾 So‘qmoq aniq va qulay, lekin marshrut davomida xavfli joylari bor.
🏷 Cho'qqida cho'qqi haqida axborot lavhasi (tablichka) mavjud.
4.📊 Marshrut xususiyatlari
📏 Balandligi: 2316 m
📈 Ko‘tarilish: +1350 m
🥾 Masofa: 15 km (borib–qaytish)
⏱️ Vaqt: 7–9 soat
🔄 Format: 1 kunlik
🎯 Murakkablik: o'rtacha
6. 💧 Suv va aloqa
💧 Suv: Marshrut bo‘ylab tabiiy suv manbasi yo‘q. Kamida 1,5–2 litr suv olish tavsiya etiladi. (Yoz faslida kun issiq bo'lsa undanam ko'p suv ketadi.)
📶 Aloqa: Marshrut 70 foizada mobil aloqa mavjud.
7.🌤 Ob-havo va yo‘l sharoiti
☀️ Yoz oylarida kuchli issiqlik asosiy omil hisoblanadi
🌧 Yomg‘irdan keyin so‘qmoqlar sirpanchiq bo‘lishi mumkin
🌬 Cho‘qqi yaqinida shamol tez-tez kuzatiladi
⏰ Tavsiya etiladigan chiqish vaqti
06:00 – 08:00 oralig‘ida boshlash eng qulay bahor fasli uchun
Bu vaqtda ob-havo nisbatan salqin va harakat uchun qulay bo‘ladi.
🛑 Xavfsizlik va zaxira rejasi
- Marshrut texnik xavfli uchastkalarga ega emas
- Ob-havo yomonlashsa, istalgan nuqtadan orqaga qaytish mumkin
- Yolg‘iz yurish mumkin, ammo yangi boshlovchilar uchun guruh tavsiya etiladi
👣 Kimlar uchun mos
- Tog‘ yurishiga endi kirib kelayotganlar
- Bir kunlik yengil trekni xohlovchilar
- “33 cho‘qqi” loyihasini bosqichma-bosqich o‘tishni rejalaganlar
🛑Qaysi mavsumda chiqish mumkin:
- 4 ta faslda ham chiqish mumkin.
- Chiqish uchun eng ideal vaqt: may va iyun - Qish faslida chiqish juda xavfli
8.🎒 Tavsiya etiladigan jihozlar(qishdan tashqari fasllar uchun)
- Tog‘ poyabzali
- Trekking tayoqchalari
- Shamol va yomg‘irdan himoya kiyimi
- Quyoshdan himoya vositalari
- Fonarik (nalobnik)
- Shaxsiy dori-darmonlar
9. Tog'da eng kerek bo'ladigan narsalar:
Ko‘tarilish paytida organizm juda ko‘p energiya sarflaydi. Ayniqsa uzoq va tik yo‘lda:
- Qondagi shakar (glyukoza) darajasi tushib ketishi mumkin.
- Bosh aylanishi, holsizlik, qo‘l-oyoqlarda qaltirash paydo bo‘ladi.
- Diqqat pasayadi.
- 🥤 Shirin ichimlik — tez energiya uchun. (Cola, pepsi va h.k)
- 🍫 Shokolad — tez va o‘rtacha muddatli energiya uchun. (Snickers va h.k)
- 💧 Suv — asosiy hayot manbai.
Eng muhimi — energiya tushib ketishini kutmasdan, oz-ozdan tez-tez iste’mol qilish.