🏔 Kichik Chimyon (2099 m) “33 cho‘qqi” loyihasi
- Tog‘ tizmasi: Chotqol tog‘ tizmasi
- Hudud: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani
- Cho‘qqi balandligi: 2099 m - Cho'qqiga chiqishning asosiy bitta yo'li mavjud. (Qolgan yo'llar uzoqroq va xavfliroq)
1. 🧭 Umumiy tavsif
Kichik Chimyon — Chotqol tizmasining shimoliy qismida joylashgan, eng qulay va ommabop cho‘qqilardan biri. Ushbu cho‘qqi tog'ga sayohatga endi qadam qo‘yayotganlar uchun ideal boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. Cho‘qqidan Chorbog‘ suv ombori va atrofdagi tog‘ tizmalari keng panorama sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu yo‘nalish texnik jihatdan murakkab emas, ammo tog‘ muhiti bilan tanishish, kuchni to‘g‘ri taqsimlash va ob-havoni his qilish uchun juda yaxshi maktab vazifasini bajaradi.
2. 📍 Koordinatalar
Cho‘qqi: 41.552462, 70.040567
📌 Chimyon qishlog‘i, Fanat sanatoriyasi atrofida
📍 41.537354, 70.030530
🚗 Har qanday yengil avtomobil bilan kelish mumkin
🥾 So‘qmoq aniq va qulay, yo‘ldan adashish ehtimoli kam
🏷 Cho‘qqi tepasida tablichka (taxtacha) mavjud
4.📊 Marshrut xususiyatlari
📏 Balandligi: 2099 m
📈 Ko‘tarilish: +500 m
🥾 Masofa: 6-7 km (borib–qaytish)
⏱️ Vaqt: 2–4 soat
🔄 Format: 1 kunlik
🎯 Murakkablik: Oson
6. 💧 Suv va aloqa
💧 Suv: Marshrut bo‘ylab tabiiy suv manbasi yo‘q. Kamida 1,5–2 litr suv olish tavsiya etiladi. (Yoz faslida kun issiq bo'lsa undanam ko'p suv ketadi.)
📶 Aloqa: Butun marshrut davomida mobil aloqa barqaror ishlaydi.
7.🌤 Ob-havo va yo‘l sharoiti
☀️ Yoz oylarida kuchli issiqlik asosiy omil hisoblanadi
🌧 Yomg‘irdan keyin so‘qmoqlar sirpanchiq bo‘lishi mumkin
🌬 Cho‘qqi yaqinida shamol tez-tez kuzatiladi
⏰ Tavsiya etiladigan chiqish vaqti
06:00 – 08:00 oralig‘ida boshlash eng qulay yoz fasli uchun
Bu vaqtda ob-havo nisbatan salqin va harakat uchun qulay bo‘ladi.
🛑 Xavfsizlik va zaxira rejasi
- Marshrut texnik xavfli uchastkalarga ega emas
- Ob-havo yomonlashsa, istalgan nuqtadan orqaga qaytish mumkin
- Yolg‘iz yurish mumkin, ammo yangi boshlovchilar uchun guruh tavsiya etiladi
👣 Kimlar uchun mos
- Tog‘ yurishiga endi kirib kelayotganlar
- Bir kunlik yengil trekni xohlovchilar
- “33 cho‘qqi” loyihasini bosqichma-bosqich o‘tishni rejalaganlar
8.🎒 Tavsiya etiladigan jihozlar(qishdan tashqari fasllar uchun)
- Tog‘ poyabzali
- Trekking tayoqchalari
- Shamol va yomg‘irdan himoya kiyimi
- Quyoshdan himoya vositalari
- Fonarik (nalobnik)
- Shaxsiy dori-darmonlar
9. Tog'da eng kerek bo'ladigan narsalar:
Ko‘tarilish paytida organizm juda ko‘p energiya sarflaydi. Ayniqsa uzoq va tik yo‘lda:
- Qondagi shakar (glyukoza) darajasi tushib ketishi mumkin.
- Bosh aylanishi, holsizlik, qo‘l-oyoqlarda qaltirash paydo bo‘ladi.
- Diqqat pasayadi.
- 🥤 Shirin ichimlik — tez energiya uchun. (Cola, pepsi va h.k)
- 🍫 Shokolad — tez va o‘rtacha muddatli energiya uchun. (Snickers va h.k)
- 💧 Suv — asosiy hayot manbai.
Eng muhimi — energiya tushib ketishini kutmasdan, oz-ozdan tez-tez iste’mol qilish.