June 7, 2025

𝗠𝗲𝗻 𝗨𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗕𝗲𝗹𝗶𝗴𝗮𝗰𝗵𝗮 𝗲𝗱𝗶𝗺

"Sevgi — yurakni emas, ko‘zni ham aldab qo‘yadi.". ~ Nari Chxve

Yomg‘irdan so‘ng havo zax edi. Suna qo‘lida karton qutilar bilan zinapoyadan sekin-sekin yuqoriga chiqardi.

Ko‘nglida g‘ashlik bor edi. Yangi joy, notanish xona, atrofda hech kim yo‘q. Sukunat esa nimadir og‘ir, bosimli.

Hali to‘liq joylashib ulgurmagan xonasiga kirib, qutilarni yerga qo‘ydi.

Yostiq, choynak, daftar, eski fotokamerasi barchasi o‘ziga tanish, ammo bu xonada begona tuyulardi.

Derazadan pastga qaradi. Quyidagi balkon qorong‘i emas edi. Ichkarida nur bor edi. Yorug‘lik orqasida harakatlanayotgan ulkan bir siluet ko‘rinib turardi.

Katta yelkalari, baland gavdasi, ko‘chadan turib ham farq qilinardi.

Oynasi qora yopilgan, ammo nur oynani orqadan yoritib, shaklni yaqqol ko‘rsatardi. Harakatlar sekin, lekin qat’iy.

Balkondagi bu notanish tananing sovuqqon harakati Suna yuragiga bir lahza salqinlik soldi.

U ortga o‘girildi. Yuragi tez urardi. O‘zini yolg‘iz his qildi, ammo bilardi qo‘shnisi bor.

U pastda yashaydi. Juda katta, jim, doim mashq qiladiganga o‘xshaydi.

Tungi uyqu bemaza o‘tdi. Har safar ko‘zlarini ochsa, quyidagi balkon hali ham yoritilgan bo‘lardi.

U yerda harakat hali ham bor edi. Og‘ir soyalar shiftda o‘ynardi. Yuragi, negadir, tinch emasdi. Sukunat ichida biror narsani kutayotgandek.

Ertalab eshik taqilladi. Suna beixtiyor orqasiga qarab qo‘ydi, yuragi qinidan chiqib ketgudek bo‘ldi.

Eshikni ochdi.

Qarshisida baland, ulkan bir yigit turardi. Sochlari ho‘l, yelkalari keng, badanida oq sport ko‘ylagi. Qo‘lida oq paket tutgan.

Yuzi jiddiy, gapirmasa qo‘rqinchli ko‘rinadi. Lekin ohangida xiralik bor edi.

—Bu sizniki bo‘lishi mumkin. Kecha proteinim tushib ketgandi, sizning qutingiz ostidan topdim) dedi u sovuqqina.

Suna bosh irg‘ab paketni oldi. Uning kaftlari yigitning kafti oldida juda kichkina tuyuldi.

Shu daqiqada Suna uni to‘liq ilg‘adi. Yigit oddiy emas edi. Gavdasi katta, ammo atrofidagi havo og‘ir. Ko‘zlarida esa charchoq va nimadir g‘alati, chuqurlik bor edi.

U ortga o‘girilib, zinadan tushib ketdi. Suna esa eshik oldida to‘xtab qoldi.

Yuragi hali ham tez urardi. Bu qanday tuyg‘u edi? Qo‘rquvmi, hayratmi, yoki boshqa narsa?

Tunda yana yorug‘lik. Yana quyidagi balkon.

Yana siluet. U mashq qilardi. Harakatlar og‘ir, mukammal. Suna derazadan kuzatdi.

Shunchaki qiziqish bilan. Bir lahza. U to‘xtadi. Va yuqoriga qaradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri unga.

Suna darrov derazani yopib yubordi. Yuragi qattiq urardi. Ammo bu safar yuragida begona iliqlik ham bor edi.

Negadir bu yigit unga sovuq emas, tanish tuyuldi. Ehtimol, uni allaqachon payqagandir.

Suna ósha yigit haqida uzoq óylandi va uyquga ketdi.

Ertasi kuni kech payti:

Kóchada soya singari sirg‘alib o‘tayotgan tunda, har bir ohang shivirlayotganday tuyulardi.

Suna eshikni yopgach, qo‘lida mayda narsalar solingan paketni sudrab dókondan chiqdi. Yuragi yengil bezovta urayotgandi, garchi bu faqat oddiy chiqish bo‘lsa-da.

Suna oğir paketni kótarib uyi tomon ketayotgandi, uyiga yaqinlashganda esa… eshik yonida kimningdir qad-qomati qorong‘ilikni tilib turardi.

U. Shu yerda edi. Inxo.

Kattakon, qop-qora plash ichidagi, go‘yoki butun tunni yelkasida ko‘tarib turgandek, sal egilgan gavda.

Uning sovuq, ammo charchagan nigohlari qorong‘ilikdan chiqqancha Suna tomonga tikildi. Va faqat shunda qiz yuragining teskari urganini his qildi.

Suna biroz qotib qoldi. Paketini ko‘tarolmay, endi tushayotgan sovuq havo ostida titrar, lekin bu sovuq emasdi bu qo‘rquv, hayajon, noaniqlik edi.

— Kechirasiz) dedi qiz zo‘rg‘a, yigit bilan ko‘zlari to‘qnashmasin deb qochayotgan nigoh bilan.

Inxo bir necha soniya qizga tikildi. Keyin sekin bosh irg‘ab, odim oldi.

Suna ortga chekindi, ammo yigit undan nariga o‘tmay, to‘xtadi.

U ohista qo‘lini cho‘zdi. Paketga. Uning shunchaki paket emas, og‘irlik bo‘layotganini sezdi. Qiz qo‘lini qo‘yishga ikkilanib turdi.

— Qoying, o‘zim…) deb pichirladi Suna, lekin yigit allaqachon paketni qo‘lidan olgandi.

— O‘zizni qiynamang) dedi Inxo past, tinch ohangda. Uning ovozi ham uning qomati kabi chuqur, og‘ir, biroq g‘alati tinchlantiruvchi edi.

Bir lahza qiz unga qaradi.

Kiyimi, bo‘yi, yuzidagi jiddiylik u begona ed. Ammo g‘alati ravshda himoyachi kabi ham tuyuldi.

Yuzining chekkasda yengil charchoq, lablarida esa xuddi yashiringan iljayish bor ed.

— Siz… yuqoridagi yangi qo‘shni ekansiz-a? ) so‘radi Inxo nihoyat.

Suna bosh qimirlatdi. Inxo esa u bilan parallel yurib, binoga qaytib chiqdi.

Ularning soyalari devorlarg yastanib ktar, qadam tovushlari esa faqat yurak urishiga raqobatchi edi.

Zinadan chiqayotganlarida, Suna endi yigitdan biroz ortda yurdi.

U hech qachon kimnidir bu qadar bahaybat, ammo sokin ko‘rmagandi.

Har bir qadami og‘ir, biroq nazokatli edi. Xuddi og‘riqlarini ko‘tarib yurgandek.

Yigit eshigini ochdi. Ammo avval Suna eshigiga yetkazib qo‘ydi.

Paketni tutqichga ilib, orqaga chekinmadi. Sukunat. Ular bir-biriga qarashmasdi.

Faqat yuraklar bir tekis emasdi.

— Rahmat) dedi Suna oxiri.

Inxo unga qaradi. Uzoq emas. Faqat biroz egilib. Uning soyasi qizni butunlay yopib qo‘ygandek bo‘ldi.

Qiz u yigitning beligacha zo‘rg‘a yetar, hatto orqasidagi devorga suyanganini ham sezmadi.

— Endi doim paket og‘ir bo‘lsa, chaqiring) dedi yigit.

Va ketdi. Xuddi hech narsa bo‘lmaganday.

Ammo yuragi orqasida qoldi.

Soat 22:34.

Suna shinam, sokin xona ichida choy ichib o‘tirardi.

Ruhlantiruvchi musiqa fonida yostiqlarga suyanib yotgancha, derazadan tashqaridagi qorong‘ilikni kuzatardi.

Tashqarida shamol daraxt shoxlarini silkitib o‘ynar, go‘yoki uxlashga qo‘ymayotgandek edi.

Birdaniga — taq... taq....

Eshik asta taqilladi.

Suna cho‘chib tushdi. Oyoqlarini yig‘ishtirib, deraza tomondan eshikka qaradi.

Taq.... Taq... Taq.... Taq....

Endi urish biroz kuchaygandek tuyuldi. Yuragi hapriqdi.

U yostiqni ko‘kragiga mahkam bosib, asta yurib eshik oldiga bordi. Nigohini eshikdagi kuzatuv teshigiga soldi.

Ammo… yuragi bo‘shashdi.

Eshik ortida qora kiyimdagi, qra niqbli kishi turar edi.

Qorong‘i, jussasi katta, qo‘lida qandaydir narsa… va ayni daqiqada u kishi eshikka qarab egildi.

Suna qattiq nafas oldi va tez orqaga chekindi. Qo‘rquv tanasiga muzday su kabi yoyildi.

“Kim bu? Nega bu yerda? Nega jim?” yuragidagi savollar yana-yana urilardi.

Keyingi lahzada — BAM!

Eshik tepilgandek bo‘ldi. U yana bir marta.

BAM!

Eshik siltanib ketdi. Bu endi shunchaki urish emasdi. Kimdir ichkariga kirishga urinayotgan edi. Suna qattiq qichqirdi:

— YORDAM!!! Iltimos, yordam bering!

Yuragi to‘xtab qoladigandek, titragan holatda orqaga yotoqxonaga yugurdi.

Eshik ortidan taqqilatish, tipirchilash, va keyin esa — sinishovozi eshitildi.

Eshik sinib ketdi.

Suna hozir yigit bilan bir binoda yashayotganini bilsa-da, bu dahshatli daqiqada Inxoni eslashi uchun yuragida joy yo‘q edi.

Faqat ichkariga kirib, shkaf orqasiga yashirildi. Nafasi qisila boshladi. Ko‘z yoshlari yuzidan oqdi. Va u yana baqirdi:

— YORDAM!!!

Pastki qavatda Inxo derazani ochib, boshi past holatda press qilayotgan edi.

Quloqlari musiqada, yuragi esa sokin sport ritmida edi.
Lekin…

TEPADA BAQIRIQ.
QIZNING OVOZI.

Inxo zudlik bilan quloqchinlarini olib tashladi. Yuragi beixtiyor urib ketdi.

Shu daqiqada balanddan qarsetgan ovoz, g‘ichirlash, va yana baqiriq.

U endi hech narsa o‘ylamadi.
Boshqa hech narsa muhim emas edi.

Eshikni tepib ochgan holatda Inxo yuqoriga yugurdi. Tabiiyki, bu binoda eng tez yugurishni faqat u bilardi.

Yuqoriga chiqqanida qizning eshigi ochiq lekin sindirilgan holatda edi. Ichkariga kirdi.

Qorong‘ilikda qora maskali odam xona ichida izlanayotgandi.
Inxo hech narsa demadi.
Faqat yurdi.

U maskali odamni orqadan tutib, devorga urdi.

Ustma-ust zarbalar bilan yerni titratgudek shovqinlar taraldi. Inxo bu odamni tanimasdi. Bu yovvoyi.

Bu Suna uchun tahdid edi.

Bir nechta zarbalardan so‘ng u niqobli odamni qattiq itarib, tashqariga sudrab chiqardi.

Eshikdan chiqarib yuborarkan, ohangida sovuq g‘azab, ammo yuragida yongan o‘t bor edi:
— Qaytib kelma. Aks holda seni bu yerda tuproqqa ko‘maman.

Ichkariga qaytganida Suna yerda hushsiz yotar edi. Uning yelkasi titrardi, u o‘zini yo‘qotgandi.
Inxo yoniga cho‘kdi. Bir lahza unga qaradi.

U qadar begona, lekin endi…
U himoya qilinadigan inson edi.
Uni ehtiyotlik bilan bag‘riga oldi.

Qiz quchoqda yengil ko‘chayotganday edi lekin yuragining og‘irligi butun xona bo‘ylab sezilardi.

Inxo derazaga qarab bir lahza jim qoldi.

So‘ng ohista pichirladi:
— Bu yer xavfli. Endi yolg‘iz yashamaysan.

Va qizni yelkalariga mahkam bosgancha, uni o‘z uyiga olib tushdi.

Inxo uni yengil ko‘tarib oldi. Og‘ir emas edi. Hattoki havodek yengil.

Zinalarni jim bosib chiqdi. O‘z uyining eshigini oyog‘i bilan ochdi.

Yuragi esa hali ham tez urrdi emas, bu qo‘rquv emasdi, boshqa narsa ed..

Sunaning badani hali ham sovuq, beti esa xiralashgan, sochlari yelkasiga to‘kilib tushgan edi. U uni to‘g‘ri yotoqxonadagi toza, hali yastig‘i tekis bo‘lgan qattiq korpachaga yotqizdi.

Yostiqni boshiga qo‘ydi. Ko‘rpani ohista ustiga yopdi.

O‘zi esa uning yon tomoniga yotdi.

Yostiq ustida yotgan bu qizcha… shunchalik kichkina edi.

—Shu qadar kichkina bo‘lishi mumkinmi odam? Shu qadar) pichirladi Inxo. Uning mushaklari yelkasini to‘ldirgan, yelkalari devorday keng, tanasi tog‘day qattiq.

🙈

Ammo qiz yostiqda qog‘ozdek yupqa yotardi.

Bir zumda Suna qimir etdi. Qoshlarini chimirdi. Ko‘zlari sekin ochildi.

U o‘zini notanish shiftga tikilgancha topdi.

Ko‘rpani his qildi. So‘ng tepasida turgan baland, quyuq sochli yigitni kórdi.

U cho‘chib o‘rnidan turdi.

— Men… bu… bu qayer?

Ko‘zlari allaqachon yosh bilan to‘lgan edi.

Inxo unga yonboshlab, jim turardi.

— Xavfsiz joyda. Bu mening uyim. Hushidan ketgan eding.

Suna birdan shoshib gapira boshladi. So‘zlari titrab chiqardi.

— U odam… u eshikni sindirdi… Men… eshikni ochmadim, lekin u ichkariga kira boshladi. Men hech nima qila olmadim… Men faqat…

So‘ng ovozi titradi. Ko‘z yosh lablarigacha tushdi. U yuzini kaftiga yashirdi.

Inxo hech nima demadi. Faqat yaqinroq surilib, unga ohista, biror so‘zsiz quchog‘ini ochdi.

Suna qarshilik qilmadi.

U Inxoning keng ko‘kragiga bosilganida, u yerda yurak urishini eshitdi.

Har bir urish go‘yo: “xavfsizsan, xavfsizsan, xavfsizsan,” deyayotgandek edi.

Bir necha soniyadan keyin Inxo uning sochini orqaga surdi.

Quloq yonida titragan mayin nafasni eshitdi.

Unga ohista tikildi.

Keyin boshini egib, lablarini Sunaning lablariga chuqur bir bo‘sa bilan bosdi.

Suna qo‘qqis ko‘krakdan chiqdi.

Nafasi qisilgandek bo‘ldi. Ko‘zlari to‘lib ketgan bo‘lsa-da, yuzidagi ifoda aniq edi u bu holatdan o‘zini olib chiqmoqchi.

Yengil tanasi bn turdi tushirdi, oyoqlari hali ham sal qaltirayotgan bo‘lsa-da, u eshik tomon yurdi.

Ko‘rpani ustidan tushirib, shoshilib oyoq kiyimlarini izlay boshladi.

Inxo o‘rnidan turdi.

— Qayerga ketyapsan?

— Men ketishim kerak… bu yer... bu...) Sunaning ovozi yana titradi, ammo bu safar qo‘rquvdan emas, aralashgan hissiyotlardan edi.

Inxo bir qadam oldinga yurdi. Uning ulkan gavdasi deyarli eshikni to‘sib qo‘ydi.

— Iltimos. Qol. Hech kim seni bu yerda bezovta qilmaydi.

Inxo

Suna unga qaradi. Nigohlari hanuz himoyasiz, ammo yigitning ovozi... bu ovozda buyruq yo‘q edi.

Faqat iltimos.

— Men... men shunchaki o‘zim bo‘lishim kerak deb o‘yladim...) dedi Suna past ovozda.

Inxo yelkasini sal pastga tushirdi. Yuragi mayin urdi.

— Men seni majburlamayman. Ammo ketishingni istamayman. Bu yer xavfsiz. Men bor joyda, endi hech kim seni qo‘rqitolmaydi.

Suna indamadi. Faqat chuqur nafas oldi.

U hali ham eshik oldida turardi. Ammo yuragi ortga qaytishni istayotgandek edi.

— Bilasanmi...) dedi Inxo asta.
— Hech qachon hech bir qizga bunday mehribon bo‘lmaganman.

Suna unga qaradi. Uning ko‘zlarida yolg‘on yo‘q edi.

— Nega?) so‘radi qiz, titrab.

Inxo jilmaydi, ammo bu kulgi emasdi. Bu... ichidagi narsa yengil bo‘lib ketayotgandek edi.

— Chunki ular meni qiyofam deb baho berishdi. Men ularga cho‘zilish uchun baland devor edim. Lekin sen... sen qayergadir yuragimga cho‘zilding.

Suna asta, qadam-baqadam orqaga qaytdi.

Yana joyiga borib yotdi oyoqlarini tortib oldi.

Uning qaddi yirik ko‘rpa ichida yanada kichikroq ko‘rinardi.

Inxo unga suv olib keldi. Unga hech nima demay, faqat yoniga o‘tirib turdi.

Oradan uzoq sukunat o‘tdi. Faqat fon yoritgichi ostidagi yengil shamol, va yurak urishlari...

— Rahmat…) dedi Suna nihoyat, o‘sha jimlikni yengib.

Inxo indamadi. Faqat bosh irg‘adi.

Inxo ham joylashdi va ular uxlashdi.

Uyat emasmi Suna🗿

Yangi tong sokin kirib keldi.

Derazalarning orqasidan quyosh nurlari ilik bo‘lib, xona ichini yoritardi.

Suna sekin ko‘zlarini ochdi. Yorug‘likka ko‘nikishga biroz vaqt kerak bo‘ldi.

Qalin yostiq, iliq ko‘rpa, atrofdagi begona, lekin xavfsiz muhit u endi esladi.

Bu yer Inxoning uyi.
Hali ham o‘sha hodisaning dahshati ko‘z oldidan ketmagan edi, ammo yuragining tubida nimadir iliq urardi.

Go‘yo bu yurak kimnidir his qilib ulgurgandi.

Shu paytda oshxonadan panjara ustida nimadir qovurilayotgan ovoz eshitildi.

Hidi esa... mmm, issiq non va tuxum edi, bir oz kolbasa ham qiziyapti chamasi.

Suna asta o‘rnidan turdi. Eshikdan qaradi.

Inxo oshxonada faqatgina trikoda, sochlari biroz ho‘l ehtimol, dushdan chiqib, bevosita ishga kirishgan.

Uning ulkan gavdasi harakatlanar, qovurilgan tuxumni likopchaga solardi.

Katta qo‘llari bilan idishlarni ko‘tarib yurishi qandaydir g‘amxo‘rlik bilan to‘lib-toshgan edi.

Suna jim qarab turdi. Bu yigit bu bahaybat gavda ichida qanday mehribon yurak yashirin ekaniga ishonish qiyin edi.

Inxo birdan orqasiga o‘girildi. Ko‘zlari bexos unga tushdi.

— Ha, uyg‘ondingmi?) jilmaydi u.

Suna asta bosh irg‘adi.

Uyalganidan peshonasiga tushib ketgan sochlarini orqaga surdi.

Inxo unga yaqinlashdi, bir qo‘lida likopcha, bir qo‘lida choynak.

— O‘tir. Hozir hammasini olib kelaman. Bugun tong sen uchun maxsus.

Suna beixtiyor kulib yubordi. O‘zini qayerdadir film ichida his qildi. Bu tong... odatiy emasdi.

U ovqat tayyor bo‘lguncha divanda kutib o‘tirdi.

Ko‘zlari Inxoga tushdi u choyni to‘karkan, bir qo‘li bilan krujkani baralla ushlab, ikkinchi qo‘li bilan nonni ikki bo‘lib sindirardi.

Butun tanasida kuch, ammo yuragida muloyimlik aks etardi.

Inxo tayyorlab bóldi va ular mexmon xona tomon yól olishdi.

🙈

Ukar yetib kelishdi va stol ustiga joylashishdi. Inxo likopchani qo‘ydi.

Keyin quloqlarini pastga tushirib, biroz egilib dedi:

— Qara, hech qachon hech kim uchun nonushta tayyorlamaganman. Bu... ilk bor.

Suna birdan qizarib ketdi.

— Unda... rahmat.

Inxo asta kuldi. So‘ng o‘tirib, choyni quydi. Sochi bir chetga tushib, ko‘zlariga biroz to‘sqinlik qilsa-da, u Suna tomonga qarab:

— Ovqatni yeysanmi? Yoki men seni o‘z qo‘lim bilan yediraymi, mittigina qiz?

Suna og‘zini bosdi, biroz kulib yubordi. Keyin:

— Men o‘zim ham yeya olaman...) dedi past ovozda, ammo yuragi yurishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Inxo uni kuzatib o‘tirdi. Uning har bir harakati stakanni ushlashi, qoshig‘ini olishi, og‘ziga solib asta chaynashi Inxoga qanchalik beg‘ubor ko‘rinar edi.

Go‘yo bi qz bu dunyoga zarar yetkazishga emas, faqat yumshoq yuraklarni eslatshga kelgandk ed.

Nonushta iliq his-tuyg‘ular ostida o‘tdi. Suna nihoyat yuragini bosib olgan dahshatdan qutulayotgandek edi.

U choyini tugatdi, idishlarni yig‘ishtirib qo‘ydi, so‘ng asta:

— Menga uyga qaytishim kerak…) dedi sekin.

Inxo darhol unga qaradi.

— U yer xavfli. Kechagi voqeadan keyin buni sen ham bilasan.

Suna yelkasini qisdi, lekin ko‘zlarida qat’iyat bor edi.

— U mening uyim. Xavfsizlikni tiklashim kerak. Hamma vaqt boshqalar himoyasida bo‘lib bo‘lmaydi-ku.

Inxo chuqur nafas oldi. So‘ng ohangida keskinliksiz, lekin qat’iylik bilan dedi:

— Mayli. Lekin men hamrohing bo‘laman.

Suna unga qarab kulimsiradi.

— Xo‘p.

Ular birga yo‘l olishdi. Suna ko‘p 3qavatda yashaydi.

Uyining eshigiga yaqinlashdi, ammo ko‘rgan manzara yuragini siqdi: eshik chindan ham singan, silliq yog‘och qirralari singari siniq.

Inxo jim qaradi. Ko‘zlarida g‘azab emas, aynan xavotir bor edi.

— Bu yerni yaxshilab ta’mirlash kerak.

Suna indamadi. Usta chaqirildi, vaqti bilan kelib, yangi eshikni o‘rnatdi.

Ular mashg‘ulot paytida hech narsa demadilar faqat ko‘zlar, ohanglar o‘zaro nimanidir gaplashgandek edi.

Islar tugaganidan so‘ng Suna ichkariga kirmoqchi bo‘ldi.

— Barchasi uchun rahmat… Inxo.

Inxo yengil bosh irg‘adi.

— Har doim.

U shunchaki eshikka qarab yurib ketmadi. Zalda mashq qilish uchun ketdi, lekin yuragi o‘z holicha emasdi.

Og‘ir dumbbellni ko‘targanida, birdan to‘xtadi. Bir fikr qalbini kesib o‘tdi.

Bi qiz, bu mitti qz, bigungi hayotimdagi eng chiroyli his edi.

Inxo uyiga keldi.

Inxo dush qabul qldi. Sochini fen bilan tuzatdi.

Qora kostyum shim, oq ko‘ylak, qora qalpoqli poyabzal. Yelkasiga kelib tushgan qalin, toza qora sochlari uni odatdagidan ham jozibaliroq ko‘rsatardi.

Suna eshigi oldida Inxoni ko‘rib, sekin og‘zini ochdi.

— Inxo? Sen… sen kostyumdasan?

Yigit engil jilmaydi. Ko‘zlarida o‘sha mashhur xotirjamlik, ammo ichki hayajonni yashira olmagan.

— Yur. Seni restoranga taklif qilmoqchiman.

Suna bir lahzaga jim qoldi. Yuragi tez ura boshladi.

— Menga… hozir tayyorlanishim kerak…

— Men kutaman.

Oradan bir soat o‘tdi. Suna eshikni ochib chiqqanida Inxo bir lahzaga qotib qoldi.

Oppoq, yengil ipak libos, yelkalar va yon qismi ochiq.

Ko‘ylak bo‘yin tagidan biroz qirqilgan, beldan yupqaroq tikilgan go‘yo uning mo‘rt tanasi uchun atay tikilgandek.

Sochlari yengil to‘lqinda, lablari yengil rangda jilvador.

U yerda turgan qiz kecha dahshatdan titragan Suna emasdi. Bu Suna gullar orasidagi oppoq, beg‘ubor noxush bir afsona edi.

Inxo yuragini boshqara olmay, nafasini yutdi.

Ko‘zlarida nimadir chaqnadi bu hayrat emas, bu oshqoqlik edi.

— Senga qarab... ko‘p narsa haqida o‘ylab qoldim) dedi past ovozda.

Suna esa bir necha soniyaga tikilib qoldi. Keyin yuragidagi bir sirni ichida tan oldi.

Men bu odamni sevib qolyapman…

Inxo
Suna

Inxo va Suna ko‘cha bo‘ylab yonma-yon yurishardi.

Piyoda yurishayotgan bu daqiqalar go‘yoki har bir nafasni yaqinlashtirardi.

— Sen ko‘p ovqat yeysanmi?) dedi Inxo jilmayib.

Suna kulib javob berdi.

— Sening yoningda yeyishdan uyalaman. Hammang mushak, men esa bir parcha nonman.

Inxo kuldi.

— Sen non emassan. Sen… nonushtadagi eng shirin murabosan.

Suna yuziga qo‘lini tutdi, biroz uyalganday boshini egdi.

Ular asta-sekin shahar chiroqlari orasida yurgancha Koreyadagi eng mashhur restoranlardan biriga yetib kelishdi.

Ichkarida yorqin chiroqlar, yumshoq musiqa, badavlat odamlardan iborat jimjit, ammo hashamatli muhit bor edi.

Ovozlar past, lekin hamma narsa dabdabali.

Ular joylashishdi. Inxo menyudan steak va dengiz mahsulotlari buyurdi.

Suna esa yengil salat va makaronni tanladi. Ular ikkalasi ham viski buyurishdi.

— Men ilgari bunday joyda hech bo‘lmaganman) dedi Suna atrofga qarab.

— Endi sen bu dunyoga qadam qo‘yding) dedi Inxo.

Ular viskidan bir qultum ichishdi. Qizil yoritilgan sahnada bir yigit sevgan qiziga diz cho‘kib, uzuk taklif qildi.

Butun restoran gulduros qarsaklar bilan to‘ldi.

Suna nihoyatda quvonib ketdi.

— Qarang! Qarang! Ular qanday baxtli!

U kulib yubordi. Inxo esa Sunaning yuziga termulib turardi.

— Haqiqiy baxtga o‘xshaydi) dedi u lekin ko‘zini Sunadan uzmadi.

— Shunaqa kulganingda... yuragim biroz to‘xtab qoladigandek bo‘ladi.

Suna unga qarab jilmaydi.

Birdan zalda musiqa kuchaydi. Hamma juftliklar raqsga tushish uchun maydonga chiqishdi.

— Raqsga chiqamizmi?) dedi Inxo qo‘lini uzatib.

Suna bir lahzaga qarab turdi, so‘ng qo‘lini uning panjalariga qo‘ydi.

Ular sekin raqs maydoniga chiqishdi. Inxoning quchog‘ida Suna juda mayda, g‘oyibday tuyulardi.

Uning boshi Inxoning yuragi ustiga to‘g‘ri kelardi. Ular jimjit, lekin yuraklarida gaplashishar edi.

— Men sendan yo‘qolishni xohlamayman) dedi Inxo past ovozda.

Suna indamadi. Faqat ko‘zlarini yumib, ohangga tebranib turdi.

Oradan 10daqiqa ótib hamma erkaklar juftlarini belidan ushlab aylantirishdi.

Inxoning birgina qóli Sunaning butun bir beliga yetib ortardi.

Inxo Sunaga egilib

— Beling juda ingichka va kichik) dedi Suna biroz kulimsiradi.

Hamma juftliklar yana óz joylarini egalladilar Suna Inxodan birinchi stol yoniga bordi.

Suna
Orqa fonga e'tibor bermaymiz bu Inxo

Ular ovqatlanishdi. Bir-biri bilan uzoq suxbatlashishdi.

Va ohiri ketish vaqti bóldi ular restarantdan chiqishdi.

Tashqariga chiqqanlarida yomg‘ir yog‘ayotgan edi.

Boshlanishi yengil edi, lekin tezda kuchayib bordi.

Ular yugura boshlashdi, kulishdi, oyog‘i toygan Sunani Inxo quchog‘iga ko‘tardi.

Oq rubashkada deb hisoblimiz

— Sen yana yiqilib tushmoqchimisan?) dedi kulib.

— Poshnali tuflimni yechaman, yurish qiyin...

Inxo bir tizzasiga cho‘kdi, Sunaning oyoqlaridagi poshnani asta yechdi. Suna unga hayron qarab turdi.

— Shahzodadek harakat qilasan.

— Chunki men sening shahzodangman.

Ular birga yo‘l yurishdi. Keyin yaqin ko‘chadagi muzqaymoq do‘koniga kirdilar.

Har ikkalasi muzqaymoq olib, yomg‘irda qop-qorong‘u kechada, birdam, yuraklari iliqlikda, uyga qaytishdi.

Yomg‘irdan ho‘llangan tun jimjitligida ular nihoyat uyga yetib kelishdi.

Suna o‘z uyining eshigi ochilgach, ichkariga qadam tashladi, lekin yuragidagi g‘ashlik hali ham tinchimagan edi.

Vaqt kech bo‘lishiga qaramay, xonadon ichidagi sukunat unga begona tuyuldi. Qo‘rquv ko‘zlarida aks etgancha Inxo tomon qaradi.

— Menga... menga bu yerda qolish biroz... qo‘rqinchli tuyulyapti) dedi u past ovozda.

Inxo unga qarab kulimsiradi. Uning ovozida esa iliqlik va ishonch aralashgan edi.

— Unday bo‘lsa, bugun men bilan qol. O‘zimning uyimga boramiz. U yerda hech kim, hech narsa seni bezovta qilmaydi.

Suna biroz ikkilanib qaradi. So‘ng bosh irg‘ab, rozi bo‘ldi.

—Shoshmay tur hozir tez kiyimimni almashtirib kelay!) Suna uyiga kirdi ammo eshigini ochib qóydi, Suna chindan ham qórqayotganini sezgan Inxo biroz kulimsiradi.

Suna chiqdi ular birga Inxoning uyiga ketishdi.

Inxoning uyi tepada.

.....

Inxonig uyiga kirishgach, Inxo Sunani yotoqxonaga kirğazib yotoqga ótirğizib qóydi:

— Sen ozroq kutib tur, men hozir chiqdim) dedi.

Suna esa asta yotoqqa o‘tib, jimjit xona ichida o‘tirib qoldi. Yuragi hali ham o‘zining urishini eshitib turardi.

Shu on, eshikdan buloqdek bug‘ chiqib, vannaxonadan Inxo chiqdi. U beliga sochiq o‘ragancha, boshini artib turardi.

Yelkalari keng, terisi oq, yuzida esa ozgina tabassum bilan Sunaga qarab qo‘ydi.

— Men hozir boshqa kiyim kiyaman) dedi u past ovozda.

Suna qarshisidagi manzaradan yuzini chetga burdi, lekin yuragi shiddatli urishni davom ettirardi.

Inxo xonadan chiqib ketganidan so‘ng, u o‘zini yana yotoqqa tashladi. Bir necha daqiqa o‘tgach, Inxo qaytib keldi.

Endi u oq fudbolka va qora shortikda edi. Uning sochlari hali ham sal nam, ammo qiyofasi rasmiy, jiddiy va ayni damda juda chiroyli ko‘rinardi.

— Endi yaxshiroq bo‘ldimi?) dedi u kulib.

Suna unga qarab jim turdi. Uning nigohi Inxoning ko‘zlariga tushgach yuragi yana urishni tezlashtirdi.

Inxo asta unga yaqinlashdi. Ularning orasidagi masofa qisqardi.

Suna o‘zini his qilgancha unga bir qadam oldi. Inxo esa uning beli atrofidan qo‘llarini yumshoq o‘rab, yelkasiga ohangrabodek lablarini yaqinlashtirdi.

Ular jim turib, faqat bir-birining ko‘zlariga tikilishdi.

— Bilasanmi... hech bir qizga sen kabi munosabatda bo‘lmaganman) dedi Inxo past ovozda.

— Men seni... chindan ham qadrlayapman, Suna.

Suna hech narsa demadi. Faqat uning yuragi bu so‘zlarni allaqachon qabul qilib bo‘lgandi.

Ular yotoqga yotishdi va birdaniga uxlab qolishdi.

Xonaga tong nurlari bexosdan kirib kelayotgan edi. Yorug‘lik shiftga urilib, devorlarda oltin rang jilvalar solardi.

Sukunat ichra faqatgina dushdan chiqqan suvning mayin tomchilari Inxoning orqasidan pastga oqib tushayotgan edi.

U oppoq sochiqni beliga o‘rab, ho‘l sochlarini sochiq bilan artib, asta xonaga kirdi.

Uning keng yelkalari va chiroyli mushaklari quyosh nurlarida yaltirab ko‘rinardi. Har bir qadamida erga urilgan oyoqlari astalik bilan taqillatib yurardi.

Suna esa xonaning narigi burchagidagi to‘shakda o‘tirar, oyoqlarini yig‘ib olgancha, choyshabni ko‘kragigacha ko‘tarib olgan edi. Uning ko‘zlari kattalashgan, yonoqlari esa olovdek qizarib ketgandi.

Unga qarab turarkan, yuragi urib ketdi. Og‘zidan hech narsa chiqmasdi. Inxo esa jilmaygancha unga qaradi.

....

— Nega shunchalik qo‘rqyapsan? ) dedi u past va sokin ovozda.

Suna choyshabni yanada mahkam ushladi, lekin ko‘zlarini undan olib qocholmadi.

Inxo sekin to‘shak tomon yurdi. Yurishida na shoshqaloqlik bor edi, na tajovuzkorlik u shunchaki... yaqinlashayotgan edi.

— Men senga yomonlik qilmayman, Suna) dedi u, to‘shak yoniga kelib.

— Faqat yoningda bo‘lishni istayman.

Suna past ovozda javob berdi:

— Bu juda... yangi tuyg‘u men uchun.

Inxo jilmaydi. So‘ng asta to‘shak chetiga cho‘kdi.

Sochiq hali ham uning belida, terisi esa hali iliq bug‘ taratardi. Qo‘lini asta cho‘zib, Sunaning titrayotgan barmoqlariga tegdi. Qiz qarshilik ko‘rsatmadi.

Ularning orasidagi masofa nafas olish darajasicha qolgan edi. Yuraklar urardi.

Inxo asta, ehtiyotkorlik bilan Suna tomon egildi. Nafasi Suna bo‘yniga tegdi.

— Agar hozir ketishimni istasang...) deb shivirladi u, lekin Suna boshini asta chayqadi.

— Qol...

Bu so‘z yurak urishini to‘xtatganday bo‘ldi.

Inxo bir zum ko‘zlarini yumdi, so‘ng boshini past egib, Sunaning peshonasiga yumshoq o‘pch qo‘ndi. Bu o‘pich ehtiros emas, balki ishonch, mehr va qadrdonlik ed...

Oradan besh yil o‘tdi.

Ular endi boshqa odamlar edi.

Suna endi yolg‘iz emasdi. Uning dunyosi to‘lib-toshgan. Xona endi sovuq emasdi.

Eshik oldida kichkina etikchalar turardi. Yotoqxona devorida rasm: u, Inxo va ularning kichik farzandi — Sori.

Tong edi. Tashqarida qor yog‘ayotgan. Derazalarga muz chizig‘i tortilgan, lekin uyning ichi issiq.

Oshxona oynasi bug‘ bosgan. Idishlardan chiqayotgan issiq bug‘ havoga taralardi.

Suna fortyukda taom tayyorlayotgan edi. Sochlarini shunchaki orqaga yig‘ib olgan, ustida yupqa shim.

Qorni biroz qorinliroq u yana homilador edi. Ko‘zlarida esa charchoq emas, faqat huzur.

U ketmon qoshiq bilan oshni aralashtirar ekan, kichik Sori qorincha bilan yugurib kirib keldi.

— Ona, dadda qayerda?

Suna jilmaydi.

— U hozir keladi, bolam. Sovg‘a olib ketgan.

Sori oshxonadagi kursiga chiqib, stolga qaradi. So‘ng darchadan tashqariga qaradi.

To‘g‘ri derazadan pastga, oq qor ustida kimdir kirib kelayotgan edi.

Qorlik yo‘lakdan yelkalariga qor qo‘ngan holatda Inho kelayotgan edi. Uning qo‘lida bitta uzun, qizil atirgul bor edi. Oddiy, ammo o‘ylangan sovg‘a.

Suna derazadan turib uni ko‘rdi. Ichki yuragida sokin bir narsa siljidi. Inxo unga qarab jilmaydi. Sovuq havoda ham u issiqdek tuyulardi.

Eshik ochildi.

Inxo ichkariga kirdi, bosh kiyimini yechdi va asta Suna tomon yurdi. So‘ng atirgulni uning oldiga tutdi. Og‘zida faqat bitta jumla bor edi:

— Har qachongidan ko‘ra chiroyliroq hidlayapsan bugun.

Suna kuldi. Qor yog‘ishda davom etardi.

Oshxonadagi soat asta chalqib urdi. Taom pishayotgan edi. Ular esa jimgina bir-birlariga qarab turishardi.

Sori esa ortada stul ustida sakrab, gap qilar, o‘z dunyosida edi.

Va shu bir lahzada, vaqt to‘xtagandek bo‘ldi.

Issiq oshxona, qorli tashqarisi, kulgan yuzlar, bitta atirgul, va yuraklardagi osoyishtalik.

Ular baxtli edilar.

Va baxtli bo‘lishni davom ettirardilar.

❤️😭

Tugadi...