Catwalkdagi Qaso
"Podium bòylab yurgan gòzallik — dardning eng sokin kòrinishi edi"
Bugun, bugun òsha modellar tomonidan uzoq kutilgan kun. Bugun Koreaning eng nufuzli, yuqori toifadagi moda brendi "Blaire Co" kompaniyasida juda katta podium bòlib òtadi.
Butun dunyodagi va shuningdek butun Koreadagi eng qimmat, va eng mashhur catwalk, horsewalk egalari bu podiumga tashrif buyuradi.
Podiumdan avval juda katta casting bòlib òtadi, castinga hamma butkul qora rangda kiyinib borishi zarur.
Soat 09:00da uyğongan Nari juda xavotirda edi, sababi u castinga kechikayabdi.
Nari darrov òrnidan turdi, va hammomga kirib ketdi.
Ey xudoyim juda kech uyğondim, tezroq bolishim kerak. Kech artaroq uxlaganimda bòlar edi. Hali bugun castingdan òtamanmi yòqmi, xudo bilsin. Ish qilib Taehyung janob meni qabul qilsinda, ammo u meni hatto tanimaydi ham...
Nari juda tez edi. Ammo doimgidek 11:00da boshlanadigan castinga kech qolayotgan edi, balki hozir hamma modellarda shu katta muommodir.
Nari biratòla dush ham qabul qildi va yuziga biroz quyoshdan saqlovchi va namlantiruvchi krem surdi, agar u juda qattiq make up qilsa castingdan òta olmasligi aniq edi.
Nari òziga, unchalik ham ishonmadi. U kiyimlarini kiyib oldi. Casting uchun qora va qisqa narsalar juda maqul. Sababi ular qomatlarini maksimal darajada kòrsatib berishlari zarur. Albatta bu podium uchun juda muhim.
Nari darrov xonasidan chiqib ketdi, odatda u nonushta qilmaydi va bugun ham huddi shunday.
Nari uyni tark etdi. U kòp qavatli uylarda yashaydi. Pastga tushib avtomobilini olish uchun garajga shoshdi. Nari turadigan kòp qavatli uylarda ham kòpgina modellar yashaydi.
Ammo ularning hech biri bilan Nari kelishmaydi, sababi Nari oddiy model ular esa top model. Bir gap bilan aytganda ulaar Narini mensimaydi.
Nari garajga bordi, u yerda bir ikkita modellar xursandchilik bilan bir-biriga omad tilagancha kompaniyaga òz avtomobillarida ketayotgan edi. Nari ularga chindan havas qilardi.
Nari avtomobiliga sekin tikildi..
Nari avtomobiliga òtirgancha kompaniya tomon yòl oldi. U juda ğamgin ammo juda qiziqqon.
Nari yòlda kòpgina modellarni kòrdi, hattoki u super modellarni kòrishga muvaffaq boòldi..
Juda ulkan va juda mashhur Blaire Co — Koreaning eng nufuzli brend kompaniyalaridan biri. Juda ajoyib...
Nari tòxtadi, va avtomobildan sekin tushdi. Va baland devorlarga kòz yugurtirib...
—Òzimga omad..) Deya ichkariga sekin kirib ketdi...
Ey xudoyim, òzing menga omad bağishla. Men castingdan òtishim kerak. Taehyung janob meni qabul qilishi kerak. Lekin men juda ham tajribasizman, ammo xabarim borku. Uf hozir ròyxatdan òtishim kerak. Umuman òzimga ishonmayabman. Agar castingdan òta olmasamchi hamma modellar yonida sharmanda bòlaman. Ey xudoyim òzing menga yordam ber, iltmos qilaman....
Nari juda kòp ikkilandi, hozir castingdan òta olmasligidan juda ham qattiq xavotirda edi...
Nari oldin ròyxatdan òtmagani uchunz ròyxatdan òtishiga tòğri keldi. Nari navbat kutishiga tòğri keldi, juda kòp modellar ròyxatdan òtayotgan edi...
Nari top modellarga qaradi, ular kelishadiyu darrov liftga kirib ketishdi va buni Nari kòrdi....
Yo xudoyim top modellarga juda mazza va qulay, ular doim kompaniya tomonidan taklif qilinadi. Agentlik ularni doim oldindan tanlab olishadi. Ular men kabi bunaqa joylarda navbat kutib turishmaydi. Men ham top model boʻlib qolsam edi. Bu juda rohat... Ammo men ularga umuman tushunmayman, ular juda ham kibrli. Oddiy modellarni pisand qilishmaydi. Hm....
Nari juda kòp òylandi, uning hayoli faqat òzidan lavozimi baland bòlgan modellarda edi..
Comp card orqali u ròyxatdan òtdi, va hamma modellar ketayotgan audition tarafga yurib ketdi u juda katta zalda bòlib òtadi...
Hamma modellar òsha zalga yiğilishdi. Hamma bir-biri bilan suxbatlashib, casting boshlanmasidan oldin bir-biriga omad tilashardi. Ammo Nari doimgidek yolğiz.
Ammo u bu narsaga umuman e'tibor bermadi, uning butun hayoli castingdan òtib, podiumda òzining catwalki bilan hammani lol qoldirishi edi.
Zalga birdan Taehyung kirib keldi, butun zal tinchidi..
Hamma tik turdi, Taehyungdan keyin walklarni tekshirish uchun yuqori toifadagi modellar kirib kelishdi. Ular stullarga òtirib, walklarni birin ketin tomosha qila boshlashdi. Podiumga qabul qilinganlar òng tomonga, qabul qilinmaganlar chap tarafga birin ketin yura boshlashdi...
Top modellar juda sokin ammo juda gòzal. Ularning har bir qadami juda qattiq edi. Ammo juda ham jozibador. Oddiy modellar esa juda kòp.
Nihoyat 18-model chap tarafga ketgandan sòng, Narining ham navbati keldi. Butun zal Nariga tòxtaldi. Hammaning kòzi unda. Nari esa shunchaki his qildi.
U tassavur qildiki, juda katta podiumda hamma unga qarayabdi. U juda mashhur yulduz. Hattoki Übermodellar ham uning yonida ojiz. Taehyung bosh silkitdi. Butun zal tòxtab qolgandek bòldi.
Nari birinchi qadamni bosdi. Narining nafaqat oyoği, balki qomati harakatlanardi. Nari òrtaga keldi, va qòllarini beliga ohista qòygancha, oyoğining uchida aylanib va yana catwalkda yura boshladi. Hamma hayron qoldi, hattoki top modellar ham bunaqa vaqtda muvozanatni saqlay olmaydi.
Ammo Nari uddaladi. Taehyung Narini finishgacha kelishini kutib òtirmadi va uni bugungi podiumga qabul qilgandek. Òng tomonga ishora qildi. Nari òng tomonga yurdi. Uning òziga bòlgan ishonchi yanada ortdi...
Narini kechagina ustidan kulib "Yura olmaysan" degan modellar ham hayratdan qotib qoldi, va bugungi kechaga tayyor bòlgan birinchi qiz Nari bòldi. Va bunga Taehyung ham juda qattiq hayron qoldi...