June 17, 2025

Tungi 00:00

"Tungi 00:00ga vaqt oz qolganda uxla" ~ Nari Chxve

Sonia:

Xullas òsha vaqti soat 23:00 edi. Men yolğiz yashardim va oshxonada yolğiz òtirgan edim. Mening oshxonam, shinamgina menga juda yoqadi chetta katta televizor, markazda òzim uchun kichik stol-stul bor.

Men telefondan qattiq zerikdim, va qòlimga sekin televizor pultini oldim va televizorni qòshdim. Dastlab u yonib òchdi, ammo bir daqiqada televizorim "Tezkor xabarlar" kanalida yoqildi.

Men juda xotirjam edim. Televizorga qaradim u taxminan 5-daqiqalar yoniq turdi. Avval davlatimiz raxbari, davlatimiz haqida 1-2 narsalar gapirdi.

Keyin esa "Tezkor Xabar" kòrsatuvi boshlandi, men uchun xabarlar juda qiziq tuyuldi, va men oxirigacha kòrishga qaror qildim.

Dastlab ayol boshlovchi dunyo miqiyosidagi kòpgina xabarlarni aytdi ammo òsha vaqtda bir erkak boshlovchi kelib mikrafonni òziga qaratdi va:

—Men sizdan iltmos qilaman mana shu kòrsatuvni kòrib òtirganlar, soat tungi 00:00ga qolmay uxlanglar iltmos qilaman tezroq yotib uxlang.....

Òsha boshlovchi gapini davom ettirayotgan edi, birdan mentlar kelib uni olib ketti va òsha joyini men kòrdim, dastlab hech narsani tushunmadim. Men televizorni òchirib qòydim. Oshxonani yiğishtirdim...

Keyin esa men òzimning yotoqxonamga ketayotgan edim, birdan kòchada shovqin boshlandi insonlar baqira ketti men, juda qiziqdim va deraza yoniga bordim.

Deraza ochiq edi. Men qaradim baxtimga men kòp qavatli uylarning 6-qavatida yashardim, va men qaragan derazadan sal kam butun shahar kòrinardi.

Kòchada yurgan insonlar yugurib uyiga kirib ketishayotganini kòrdim bir ikki yosh bolalarni qòshnilarim derazadan uyiga chaqirib oldi.

—Tezroq kelinglar, iltmos qilaman kòcha xavfli tezroq bòlinglar.) Men u ayolga qaradim mening yon qòshnim bolasi yòq, va u kòchadagi yosh bolalarni uyiga chaqirib olayotgan edi.

Va sha qòshnim meni kòrdi derazadan qarab turganimni kòrdi va menga:

—Iltmos eshingingiz va derazangizni qulflab uxlang) dedi kòchada deyarli hech kim qolmadi, men sarosimaga tushib qoldim.

Va men derazani yopdim, eshiklarni qulfladim sekin joyimga borib òtirdim...

Tungi soat 00:00ga 5daqiqa vaqt qolgan edi. Men juda tushkin ahvolda edim. Butun shahar jim bòldi men òsha paytta òyladim:

Nega hamma jim, butun shahar tinch bu narsa kecha ham bòldimikan, yòq men kecha Londonda edim. Bòlishi mumkin emas kòcha, axborot, qòshnim nima qilsam ekan, juda qòrqib ketayabman. Undan kòra yotib uxlaganim maqul..

Men anchagina hayol surdim keyin esa yotib uxlab qoldim, va men òshanda sezdim, shaharda biror narsa bòlayabdi.

Ertasi kuni men uyğondim soat taxminan 08:43 edi men juda kòp uxlab qoldim, ammo bu normal.

Men uyğongandan sòng darrov yuz qòlimni yuvib chiqdim. Bugun ishim bor edi va men aniq bilaman òsha kuni dushanba kuni edi.

Men odatda nonushta qilmayman va shuni maqul kòraman. Men kiyimlarimni kiyib ishga otlandim..

Amerikada odatda insonlar juda kech uyğonishardi va men uydan chiqdim. Menga hamma joy juda ğalati kòrindi doimgidek emas edi.

Men butun qavatni tark etdim, va nihoyat pastga tushdim. Kòcha juda tinch ammo men juda yomon narsaga guvoh bòldim...

Men kòchaga chiqqanimdan qarshimdan tundagi qòshnim chaqirgan ikki kichik bolani jasadi chiqdi, ularning boshi yòq edi.

Men beixtiyor baqirib yubordim, baqirishim bilan men juda qattiq ovozlarni eshita boshladim.

Biznikidan keyingi kòp qavatli uylarning devoridan kimdirlar juda qattiq sakrab kelayotgan edi. Va men buni sezdim...

Men juda tez yugurdim va zinapoya bòylab tez harakat bilan kòtarila boshladim....

Men nihoyat uyimga yetib keldim va uyimni kalit bilan ochdim ichkariga kirib darhol eshikni qulfladim...

Ertalab ochgan vannaxonaning derazasi ochiq edi, va men hammom tomon yugurdim.

Derazani qulfladim...

— Jenlies 1-qism tugadi yoqimli mutola tilayman reaksiya bosishni va fikr bildirishni unutmang🌚