June 20, 2025

Bloody Desire

"Unga ega bo‘lish — istak edi. Uni yo‘q qilish — ehtiyoj."

Seoul kechqurun.

Soat 18:07.

Shahar chiroqlari, odamlar, mashinalar. Hammayoqda hayot bor. Faqat Karinaning ichida yo‘q.

U yugurardi. Nafas qisilgan, lablari qurigan, oyog‘i titraydi.

Ko‘ylagi yirtilgan, tizzasi ochilib ketgan, yurib ketayotganida chap oyog‘i qonli iz qoldirardi.

Tananing og‘rishi — ichidagi og‘riqqa nisbatan hech narsa emasdi.

U klub yonidan o‘tdi. Boshini egdi. Shovqin ichida ko‘rinmaslikka harakat qildi. Ammo sezdi.

Kimdir orqa tarafdan..

U boshini ko‘tarmasdan yurishni davom ettirdi.

— Qayoqqa?

Ovoz shunchaki emasdi. Bu ovoz past edi, ammo terini kesib o‘tadigan darajada sovuq.

Karina orqasiga o‘girilmasdan to‘xtadi. Ko‘zlari keng ochildi, lekin u hali ham qarashga jur’at qilmadi.

Qadam tovushi.

Keyin yanasi yonida qattiq, muzdek havo sezildi.

Taehyung.

Uning sovuqligini atrofdagi shamol ham yutolmasdi. Ko‘zlarida hech narsa yo‘q edi. Bu qarashda na jahldorlik, na mehr faqat toza sovuq nazorat.

— Bu safar uzoqqa borolmading) dedi u. Ovozi xotirjam, yurakni bosib keluvchi edi.

— Faqat bir necha kvartal.

Karina sekin boshini ko‘tardi. Nigohlari qaltirardi. Taehyung unga tik qarab turardi.

Ko‘rinishi jiddiy. Ustida qora palto, lablari siqilgan. Bu odam g‘azablanmagan. Bu odam... rejalashtirgan.

— Nega?) deb so‘radi u sokin.

— Nima deb o‘ylading? Men seni topolmayman deb o‘yladingmi?

Karina hech nima demadi.

Taehyung asta oldinga qadam tashladi. U Karinaning tirsagidagi qonli joyga qaradi, keyin bo‘ynidagi ko‘karishga.

— O‘zingga qarab ham qochishni o‘ylaysanmi?

U yengil kuldi. Ammo bu kulgi hazil emasdi. Bu — masxaralash edi.

Sovuq va befarq.

Karina bosh egdi.

Taehyung past egilib, uning yuzini qo‘li bilan ko‘tardi.

— Yuqoriga qaragin. Chunki bu so‘nggi daqiqalaring emas. Hali jazongni olmading.

Karina qaltiradi. Og‘zi ochildi, ammo hech nima chiqmadi.

— Uyga ketamiz) dedi Taehyung.

Orqaga qadam tashlashga harakat qilganida, u qo‘lidan mahkam ushladi.

Qo‘li sovuq edi, ammo kuchli. U qizning qo‘lini o‘ziga tortdi.

— Yana bir marta qochishga urinsang… seni oyoqlaring bilan yura olmasdan qilaman.

Karina seskandi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi, ammo u yig‘lamadi. Bu yig‘i ham u bilan qolishni xohlamasdi.

Taehyung uni mashinaga tomon yetakladi. Yonidan o‘tayotgan odamlar hech nimani sezmasdi. Ular faqat chiroqlarni ko‘rardi.

Karinaning qonga bo‘yalgan tizzasi, tirnalgan tirsagi bular faqat unga tegishli edi. Taehyung esa bu holatni “oddiy kechikkan jazoni boshlanishi” deb qarardi.

Mashinaga o‘tirgach, Taehyung derazaga qaradi. Jim. Ko‘zlari yonginada. So‘ng:

— Uyingga emas. Mening joyimga boramiz. Bu safar… boshqa tarzda gaplashamiz.

Mashina yurdi.

Mashina qattiq tormoz bilan to‘xtadi. Atrofda hech narsa yo‘q edi. Qorong‘u.

Daraxtlar silkinar, yer loy edi. Karina ko‘zini ochdi. Bu joyni tanirdi. Ichkari kirishni istamasdi. Yuragi siqildi.

Topganim shu bòldi🗿

Taehyung mashinadan chiqdi. Karina qimirlamadi.

Ammo eshik ochildi, u bukilib uning yoniga keldi. Ko‘zlariga tik qaradi.

—Tush.

Karina yurak urishini to‘xtatolmasdi. Nafasi sovuq edi.

Ammo u tushdi. Og‘ir qadamlar bilan uyning eshigiga yetib bordilar.

Taehyung kalit bilan eshikni ochdi.

Ichkarida ham xuddi tashqaridek — qora devorlar, hammayoq salkin. Havo og‘ir.

Bu joy nafas olishni qiyinlashtirardi.

Karina zinadan ko‘tarilmoqchi edi, ammo Taehyung orqasidan yelkasidan tutib to‘xtatdi.

—Yana bir bor menga orqa qilsang, sen oyoqlaring bilan yura olmay qolasan) dedi u. Ovozi sovuq, ammo tinch edi. Bu tinchlik yovuzlik edi.

Karina hech nima demadi. Yutindi. Ko‘zlarida yosh emasdi. Hissizlik bor edi.

Taehyung uni 2-qavatdagi xonaga yetakladi.

Karina ichkariga kirgach, orqasiga o‘girilib qochmoqchi bo‘ldi.

Ammo u qadam tashlashga ulgurmasdan, Taehyung uning bilagidan ushlab, orqaga tortdi. Karina yiqilishga yaqin edi.

—O‘yladingmi? Men seni unutaman deb?

Uning ovozi barq urmasdi. U kulmasdi. U baqirmasdi. Ammo nigohi so‘roq edi. So‘zsiz hukm.

—O‘sha kuni akang nima qilganini esingdami?

FLASHBACK.

— Tez orqaga to‘xtang, oppa!) deb qichqirdi Karina. Ammo akasi stol ortida yutqazgandi. Qimor. O‘yinlar. Pul yo‘q edi.

Faqat bir “taklif” bor edi.

Kimdir sekin past ovozda dedi:

— Qarz bekor bo‘ladi, agar... singlingni bersang.

U kuldi. Akasi hech narsa demadi. U zo‘rg‘a yutindi. Ammo boshini egdi.

Karina hushini yo‘qotayotgandi.

Keyingi tong qiz ko‘zini ochganida begona yotoqda edi.

Egnida hech narsa yo‘q. Badani og‘rirdi. Unga tegilgan. U “berilgan” edi.

Va u bilardi bu odam, Kim Taehyung, endi uni qaytarib bermaydi.

COMEBACK.

Karina pastga qaradi. Nafasi qisilar, lekin u jim turardi. Ichidan baqirgisi kelardi, ammo tashqarida faqat sukunat.

Taehyung unga yaqinlashdi. Uning yuziga ohista qaradi.

— Men seni tanlamadim. Lekin endi sen faqat menikisan.

Karina ko‘zini yumdi. U his qilmaslikka urindi.

Uning yuragi allaqachon yorilib bo‘lgan, ammo har doim yangi og‘riq topilar edi.

To‘shakka uloqtirilganida, u qimirlamadi.

U faqat ichida: “balki ertaga uyg‘onmayman”, deb o‘yladi.

— Jenlies 1-qism tugadi yoqimli mutola tilayman reaksiya bosishni va fikr bildirishni unutmang🌚