Red zone 🔪☠️🩸
Hamma narsa o‘sha kechadan boshlandi.
Qon, olov, baqiriq… va yuqotish. Ota-onamni o‘ldirishganda men jim edim. Ko‘zlarim ochiq, yuragim esa allaqachon urmay qo'ygandi.
Ular meni sindira olaman deb o‘ylashdi. Bosh egaman deb kutishdi.
Ammo men… yondim. Yondimu… qayta tug‘ildim.
Men shunday bo'lishimga ularning o'zi aybdor endi esa ularni o'z o'yinida o'zini o'ynataman.
Men endi oddiy qiz emasman.
Men — mafiya qirolichasiman.
Va bu taxtga qadamimni qo‘ygan ilk kunim — qonli kecha edi.
Tungi soat 2:14. Qorong‘u binoda faqat bir xonada chiroq yonib turardi. Deraza ortidan shaharning miltillagan chiroqlari ko‘rinib turardi. Men qora charm kresloga o‘tirdim, qo‘limda stakan — ichida qizil sharob, ammo ko‘zlarimda o'tmishdagi qonli voqealar aks etar edi.
Usha 4 yil avvalgi qonli voqea men u paytda hali juda zaif va kichik edim ammo mafiya qiroli Jeon Sunghoo mendan qo'rqdi meni qirolicha bo'lishimdan qo'rqdi men zaif bo'lsam ham u mendan qo'rqdi ammo aynan u qo'rqgan ish sodir bo'ldi men qirolicha bo'ldim barchasiga uning o'zi sababchi.
Ota-onamni o‘ldirib meni yo'q qilmoqchi bo‘ldi. Endi men uni yo‘q qilaman, xuddi u qilganidek.”
Men 4 yil avvalgi qonli voqealarni ko'z o'ngimda aks ettirar ekanman hayollarimni eshikdan kirib kelgan "Shadow" tarqatib yubordi
—"Xonim" deb menga bosh egar ekan unga sovuq nigohimni qaratdim
Nigohini yerdan olmagan xolda gaplarini davom ettirdi
—"Xonim siz aytgan odamni olib keldim u yerto'lada" dediyu yana jim bo'ldi.
Men bosh irg'ab qo'limdagi qizil sharobni ohirigacha ichib yubordim va yerto'laga yo'l oldim hayollarim esa o'sha 4 yil avvalgi xotiralarda qoldi men zinalardan pastga tushar ekanman 4 yil avval qila olmagan ishimni qilish uchun qadam bosyapman qadamlarim qattiy nigohim esa sovuq men qadamlarimni tezlatdim va tezda yerto'laga yetib keldim yetib kelar ekanman ikki tansoqchim yer to'la eshigini men uchun ochib berdi xonaga kirar ekanman xonaning o'rtasidagi stulda men anchadan buyon o'ldirmoqchi bo'lgan insonim Jeon Sunghoo turardi boshida esa qop bor uning oldidagi stul ustiga oyoqlarimni chalishtirib o'tirdim va odamlarimdan biriga imo ishora orqali boshidagi qopni yechishni buyurdim ular uning yuzini ochishar ekan u menga ham hayrat ham qo'rquv aralash boqib turganini ko'rdim
—"Va nihoyat uchrashdik" qirol Jeon dedim ovozimda kinoyali va sovuqlik ufurib turardi.
—"S..s..sen?" ammo qanday qilib? Meni qanday qilib bu yerga olib kela olding? Dedi sekin va qo'rquv aralash
Men unga qarar ekanman 4 yil avvalgi qonli voqealarni ko'z o'ngimda aks etar edi o'shanda hali juda zaif va kichik edim men ota-onamni himoya qila olmadim men bor yo'g'i 15 yoshda edim ko'z o'ngimda ota-onamni o'ldirgan inson endi esa qarshimda qaltirab turganini ko'rib turibman
—Meni o'ldirish uchun olib kelding shundaymi? Dedi menga ovozida qaltirash bor edi.
Men ham pachakilashib o'tirmay to'g'risini gapirishni istadim.
—Barakalla miyyang yaxshi ishlar ekan dedim lab uchida jilmayib Ammo bir narsa meni qiynayapti nega ota-onamni o'ldirganing meni qiziqtiryapti sen qo'rqtimg shundaymi? Men seni yo'q qilib qirolicha bo'lishimdan qo'rqding to'g'ri topdimmi? Ammo qo'rqgan narsang bo'ldi.Bilasanmi? Inson nimadan qattiq qo'rqsa o'sha narsaga ro'baro' keladi deyishadi senda ham huddi shunaday bo'ldi, meni qirolicha bo'lishimdan qo'rqding va aynan shu sodir bo'ldi shunday emasmi? Dedim lab uchida jilmayib ammo ovozimda hali hamon sovuqlik va nafrat ufurib turardi.
Men o'tirgan stolimdan turib burchakda turgan asbob uskunalar turadigan stolga bordim va qolimga ikkita o'tkir xanjar oldim va qo'llarimda o'ynab yana uning oldiga borib stulga o'tirdim qo'limda xanjarni aylantirar ekanman ko'z qirim bilan unga qaradim va uning nogohi qo'limdagi xanjardaligini ko'rdim men ham xanjarni birini qo'llarimga olib ogihlantirishsiz uning oyoqlarining biriga zarb bilan urdim natijada u huddi stulga mixlanib qolgandek bo'ldi uning qichqiriqlari butun yerto'lani to'ldirdi men bu ishim uchun zarracha achinish hissini tortmadim aksincha qo'limga endi ikkinchi xanjarni oldim va bunisini ham uning ikkinchi oyoqlariga zarb bilan urdim natijada u yerto'lani qichqiriqlari bilan to'ldirdi men undan sovuq nigohimni olmadim aksincha uning ko'zlariga sovuq hech qanday emotsiyasiz qarab turaverdim.
—Sen meni o'yiningda yo'q qilmoqchi eding natijada esa o'z o'yining ichida o'zing yutqazding shunday emasmi?
—Sen menimcha bir narsani esingdan chiqarding qirolicha
—Agar qirol o'lsa o'rniga uning taxtini, vorisi yani o'g'li egallaydi.
—Mening ham taxtimni mening vorisim Jeon Jungkook egallaydi u sendan ham vaxshiyroq ishonaver, u hech kimni ayamaydi unda zarracha ham raxm-shafqat yo'q u meni o'limim haqida xabar topadi va qotilni izlaydi va qotilni o'z qo'llari bilan o'ldiradi yani agar sen meni o'ldirsang u seni o'z qo'llari bilan o'ldiradi eshitdingmi? Dedi menga ovozida ishonch va g'urur aks etardi ammo menga baribir ekanligini ikkimmiz ham bilamiz,
men uni baribir o'ldirishimni u juda yaxshi biladi.
—Senga bir savolim bor.
—Agar insonni mayda bo'laklarga bo'lsak, qancha vaqtgacha chiday oladi? Nima deb o'ylaysan, dedim lab uchida jilmayib
U ham kinoyali ohangimni darrov tushundi shekilli, ko'zlarini katta-katta qilib menga qarab turdi,
tan olaman insonlarni mendan qo'rqishlari menga judayam yoqadi
Men o'rnimdan turdim va yana o'sha burchakdagi stol oldiga bordim va endi qo'llarimga elektr arrani oldim va uni ishga tushurdim ortimga burilib unga qaradim, unga qarar ekanman uning qo'rquvdan dir-dir titrab turganini ko'rdim
—Savolimga javob bermading.
—Istasang tekshirib ko'ramiz!
Dedim ovozimda zaracha achinish hissisiz va qo'limdagi elektr arra bilan uning o'ng qo'lini kesib yubordim uning qichqiriqlari butun yerto'lani to'ldirardi ammo men ishimni davom etaverdim uni bo'laklarga bo'lib tashladim ishimni tugatganimdan so'ng odamlarimga uni jasadini Jeon Jungkookga sovg'a sifatida berib yuborishni tayinladim!