April 14, 2025

"The Mirror"

Ep11

Liliy hushsiz yotardi boshidan qon oqayotgandi devorga zarb bilan urilganda boshi devorga zarb bilan urilgan natijada qon oqayotgandi Jungkook Liliyni qidira boshladi shunda uni devorning burchgiga hushsiz ahvolda yotganini ko'rib tezda uni oldiga keldi va Liliyning sovuq tanasini bag'riga oldi boshini qo'liga olganda qonni ko'rib qo'rqib ketti va tezda uni qo'llarida ko'tarib oldi

Yn:Uni kasalxonaga olib borish kerak qon yuqotyapti

Jungkook yn ga bosh irg'ab oyna ortiga utib birdaniga Liliyni mashinaning orqa o'rindig'iga ehtiyotkorlik bilan qo'yib mashinaning old o'rindigi rulga o'tirib tezlik bilan Shaxarning markazidagi markaziy kasalxona tomon yo'l oldi mashina taxminan 10 daqiqa harakatlandi va kasalxona eshigi oldiga tezlik bilan yetib keldi.Yetib kelgan mashinadan Jungkook tushdi va mashinaning orqa o'rindig'idan Liliyni qo'llarida ko'tarib kasalxonaga kirib keldi kirib kelishi bilan hamshiralar Liliyni axvolini ko'rib birdaniga bemorlar aravachasiga o'tqazishdi va palataga olib kirib ketishdi Jungkook esa tashqarida qoldi mashiralar uni kirishi mumkin emasligini aytishdi u Liliyni tashqarida kutib utirardi yuragi hapqirib urardi go'yo vaqt o'tmayorgandek edi go'yoki oradan ko'p o'tmasi hamshira Jungkookning oldiga yugurib keldi Jungkook ham hamshirani ko'rib tezda o'rnidan turdi

H:Janob siz xonimga kim bo'lasiz erimi?

Jungkook hamshiraning gaplaridan qotib qoldi eri degan gap uni yuragini tez urishga majbur qildi bir soniya jim turib so'ng hamshiraning savollariga javob berish uchun og'iz juftladi

Jk:Ha men uni eriman dedi shu gaplarni aytar ekan yuragida qandaydir o'zgarish sezgandek edi hamshira ham yaxshi dedi

H:Janob ayolingizni qon guruhini bilasizmi?

Jungkook ham o'ylab o'tirmasi javob berdi sababi Iblislar insonning hididan qon guruhini ajratib oladilar,

Jk:Ikkinchi musbat nega so'rayapsiz?

H:Unga donor kerak boshidan qattiq jaroxat olgan shu bois qon ko'p yo'qotgan

Jk:Men qon bera olaman meni qon guruhim ham ikkinchi musbat

Hamshira bosh irg'adi va Jungkookdan qon olish uchun ichkariga olib kirib ketti oradan ko'p o'tmay Tahyung va Yn yetib kelishdi

Yn:Xonim Lee Liliy u ni hozirgina olib kelishgandi qaysi palatada u meni singlim bo'ladi

H: Lee Liliy xonimni opasiz sizmi? U 4 chi palatada hozir uning eri oldida o'tiribdi
Yn hamshiraning eri degan gapiga tushun qaramay qoldi

Yn:Eri? Dedi hayratlanib
Hamshira ham bosh irg'adi

H:Ha eri, Lee xonimga u qon berdi hozir xonimning axvoli ancha yaxshi tuzalib ketishlarini tilab qolaman xonim siz Lee xonimning oldilariga borishingiz mumkin Ha aytgancha oldingizdagi odam eringizmi? Dedi hamshira Taehyung ga ishora qilib yn endi gapirmoqchi bo'lganda Taehyung uni gapini bo'ldi va tezda javob berdi.

Thv:Ha uni eriman kettik xotinjon singlingni axvolidan xabar olaylik menimcha unga ukam qon bergan tez bo'l vaqt yo'qotyapmiz deb Yn ni biroz yelkasidan turtib hamshiraning oldidan olib ketti

H:Biram ajoyib oila dedi hamshira tabassum qilgancha ular ketgan tomonga qarab

Yn:Mayli yaxshi ketyapmanku turtmay yuring dedi erkalangan bo'lib yn
Taehyung ham ko'lib bo'pti dediyu palataga birgalikda kirishdi palataga kirib kelishar ekan Liliyni qo'llaridan ushlab uxlab qolgan Jungkookni ko'rishdi

Taehyung Yn ni yelkasidan asta turtdi va ular tomon ishora qildi
Thv:Yn qara xotinjon singling eri bilan uxlayapti dedi mazax qilgandek bo'lib lab uchida jilmaydi

Yn:Ha soxta erjonim ko'rib turibman har holda ko'r emasman dedi kesatib Tahyung yn ning soxta erjonim degan gapidan ko'lib yubordi ammo past ovozda Liliy va Jungkookni uyg'otishni istamay

Thv:Shu erjonim degan gapingni qaytara olasanmi? Negadir juda chiroyli eshtilar ekan dedi jilmayib

Yn:O'zingizku soxta er ro'lini o'ynagan men ham soxta xotinlik ro'lini o'ynashni istadim soxta erjonim uchun kesatgan bo'ldi yn

Ular shu holatda biroz turishdi birozdan so'ng Jungkook ham asta sekin ko'zlarini ochdi ularga hali etibor bermagan Jungkook Liliyni peshonasiga yengil o'pich qoldirdi bu manzarani chetdan Yn va Taehyung kuzatib turishdi va Taehyung sekin tomoq qirgan bo'ldi

Thv:Ho'sh bizning yovuz Iblis ukamiz mehribon bo'lib qolibdimi? Dedi mazaxlab
Jungkook ham lab uchida jilmaydi akasing o'noqi so'zlariga

Jk:Ha shunday. Yn kel uni oldiga o'tir ahir opasisan

Yn:Unga sen qon berdingmi?

Jk:Ha men berdim nega
so'rayapsan?

Yn:Shunchaki men singlimga kim qon berganiga qiziqdim dedi mayin jilmayib

Davomi bor......