August 15, 2025

Red zone 🔪☠️🩸

Ep_☠️4

Yn universitet hovsilisida kitob o'qib turardi ammo bu vaqtda uni daraxt ortidan bir inson kuzatib turardi.
Yn buni sezmadi kitobga shunchalik berilib ketgan ediki hatto atrofidagi bo'layotgan voqealarga ham etibor bermasdi.
Oradan bir necha soniya o'tgach qo'ng'iroq chalindi yani tanaffuz tugadi degan belgi yangradi.

U sinif xonaga qaytdi va o'z stolini egalladi.
Sal o'tib xonaga director kirib keldi yonida bir o'quvchi bor.
Yn umuman ularga ahamiyat bermasdan kitobini o'qishda davom etdi.

D— Diqqat bolalar sizlarga yangi o'qivchi olib keldim tanishing uning ismi Kim Taehyung.

Kim Taehyung mafiya to'dasidan Jungkookning do'sti va o'ng qo'li

Yn kitobga ahunchalik berilib ketgan ediki hatto sinfga director kelganini payqamadi.

Taehyungning ko'zlari esa Yn dan uzilmasdi. Sababi u bu yerga aynan Yn uchun kelgan.

1 hafta avval.....
Taehyung mashinada Jungkookning ishi bo'yicha yo'lda ketayotgan edi u Amerikadan kelayotgan narkotik maxsulotlarni qabul qilib olishi kerak edi u yo'lda shiddat bilan ketayotgan edi.
Ammo yo'lning o'ng tomonidan bir nechta kitoblar ko'tarib ketayotgan qizni ko'rib qoldi.
Qizni ko'rdiyu bir zum bu dunyoni unutgandek bo'ldi,
qiz oq ko'ylakda edi uning ko'rinishi huddi farishtalardek edi ammo qiz unga e'tibor bermasdi va yo'lida davom etardi.
Yigit mashinani tezligini pasaytirdi va qizni tezligi bilan bir xil mashinani haydashda davom etdi.

Thv/pow
— U kim bo'ldi ekan? U huddi farishtalardek go'zal.
—Uning yuzi tong otgandagi birinchi quyosh nurlari kabi mayin va iliq.
Ko‘zlari qahva rangidek tiniq va beg'ubor qaragan odam o‘zini shu go‘zallikka cho‘kib ketayotgandek his qiladi. Sochlari ipakday yumshoq, shabada esganida xuddi oltin iplar singari jilvalanadi.
U xuddi yerga tushgan bir parcha farishta singari sokin osmon havosini olib kelgandek.
Yonidan o‘tganimda, atrof havosi ham tiniqlashib borayotgandek his qildim, mening qora dunyoyimga judayam beg'uborlik qilasan deb qo'rqaman sening beg'unohliging meni gunohga botgan dunyoyimda ifloslanlashi mumkin menimcha yigit shu o'ylar ekan oldidan to'satdan chiqgan yuk mashinasini ko'rmay qoldi.
Mashinaning sirenalari uni hayollaridan chalg'itib yubordi.
Yuk mashinasiga urulishiga bir baxiya qolganda u mashinani keskin burib yo'lning u tomonida tormizni bosdi mashinaning shinalari asfaltga ishqalanib chirillab to'xtadi.
Yigit to'xtashi bilan qizni izlay boshladi ammo qiz ko'rinmay qoldi.
Yigitning qo'l telefoni jiringlay boshladi.

Ekranda Jungkook ismini ko'rdi va go'shakni ko'tardi.
Jk— Taehyung nima bo'ldi yuklarni qabul qilib oldingmi?
Thv— Yo'ldaman boryapman tez orada o'sha yerda bo'laman.
Jk— Tez bo'l ular seni ko'p kutib utirmaydi uning ovozida biroz g'azab ufurib turardi.
Taehyung hop deb go'shakni qo'ydi va mashinani kerakli tomonga yo'naltirib shamoldek bu yerni tark etdi.
Bir oz vaqt o'tgach u manzilga yetib keldi uni ikki qora kiyimdagi barzangilar kutib turishardi.
Ularning biri Taehyung tomon qadam tashlab kelardi qadamlari og'ir va qat'iy uning baquvvat tanasi uzidan sovuq ifor taratib turardi u Taehyungni qarshisida to'xtadi va qo'lidagi rolex brendidagi soatiga qaradi.
—7 daqiqaga kechikding dedi sovuq ohangda.
Thv—Bilaman dedi qattiy va ishonchli ohangda barzangi lab uchida jilmaydiyu va yana sovuq qiyofasiga qaytdi.
—Bu yerda 2 kg narkotik modda bor 1 kg kokain va qolgan 1 kilosi geroin ularni tekshirob olishing mumkin dedi va unga yo'l berdi.
Taehyung narkotik moddalarni yaxshilab ko'rib chiqdi.
Thv— Hammasi to'g'ri mana pullaringni qabul qilib ol bu yerda 20 ming dollar qora sumkani unga tutqazdi.
U sumkani oldi va pullarni sanaahni boshladi
—Hammasi to'g'ri hamkorlik uchun rahmat agar yana kerak bo'lsa bizlar tayyormiz shu gaplarni aytib bo'lgach ular qora zirxlangan mashinalarga o'tirib ketishdi.
Taehyung ham o'z mashinasiga o'tirib Jungkookning qo'rg'oni tomon yo'l oldi.........

D— Taehyung bo'sh joyga borib o'tirishing mumkin.
Taehyung xonani ko'zdan kechirib chiqdi va yn ning oldi bo'shligini ko'rib lab uchida jilmaydi va u tomon yo'l oldi.
Hech bir so'zlarsiz uning oldiga o'tirdi.
Yn oldiga kelgan yigitni payqab qo'lidagi kitobni yopdi va yigitga qaradi.
Yn— Bu yer band.
Thv—Men sendan bo'shmi yoki bandmi deb so'ramadim dedi sovuq ohangda.
Yn uning sovuq ohangidan biroz hayratda qoldi ammo o'zini qo'lga olib yana gapirdi.
Yn—Senga bend dedim boshqa joyga borib o'tir.
Thv— Yo'q! oddiy va sovuq ohangda
Yn asabiylashdi ammo hech narsa demadi va yana kitobini o'qishda davom etdi.
Taehyung uni ko'z qiri bilan ko'zatib turardi qizga qarar ekan birinchi marotaba uni uchratgan kuni yodiga kela boshladi o'sha shiddatli voqea.

Yn uni ko'zatib turganini sezib yana unga qaradi.
Yn—Nega tikilib turibsan odam ko'rmaganmisan? dedi biroz g'azablanib
Th— Shunchaki kitobingdagi sarlavhani o'qiyotgan edim dedi uning ko'zlariga qarab.
Yn nima diyishini bilmay qoldi va indamay yana kitobga qaradi.

Bir necha daqiqadan so'ng sinfga ustoz kirib keldi.

Ustoz— Salom bolalar o'ylaymanki yangi o'quvchi bilan tanishib oldingiz dedi Taehyungga ishora qilib ammo ustoz Taehyungga biroz tikilb qoldi lekin tezda o'zini qo'lga oldi.
Ustoz— Demak bugungi darsimiz mavzusi
Koreayaning tarixdagi qirolliklari haqida bo'lib o'tadi. Demak darsimizni boshlaymiz
Eng mashxurlarini sizlarga aytib o'taman.
Goguryeo (37 – 668) — shimoliy va markaziy hududlarni egallagan yirik qirollik.
Baekje (18 – 660) — janubi-g‘arbiy hududlarda joylashgan.
Silla ( 57 – 935) — janubi-sharqiy hududlarda, keyinchalik butun yarimorolda hukmronlik qilgan.
Balhae (698 – 926) — shimoliy Koreya va Manjuriyada joylashgan.
Goryeo (918 – 1392) — bugungi “Korea” nomi shu davrdan kelgan.
Joseon (1392 – 1897) — eng uzoq davom etgan qirollik, Konfutsiy an’analariga asoslangan.
Koreya Imperiyasi (1897 – 1910) — oxirgi monarxiya davri, keyin Yaponiya mustamlakasiga aylangan.

Ustoz—Qani kim javob beradi Koreaning birinchi qirolligi qaysi bo'lgan?
Yoki yangi kelgan insonlardan so'rab ko'ramizmi qani Taehyung javob ber Koreaning birinchi qirolligi qaysi bo'lgan?
Thv— Gojoseon
Gojoseon — Koreya sivilizatsiyasining boshlanishi bo‘lib, keyinchalik uch asosiy qirollikka (Goguryeo, Baekje, Silla) yo‘l ochib bergan.
Ustoz— Juda yaxshi to'g'ri javob utirishing mumkin.
Bir necha soniyalardan so'ng dars ham tugadi yn narsalarini yig'ishtirib chiqib ketdi ammo Taehyung uni ortidan ketdi.
Uni havfsiz masofadan kuzarib bordi yn maktabdan chiqib maktabning yotoqxonasi tomon yo'l oldi u usha yerda yashardi sababi Liliyni opasi deb tan olmasdi hatto u bu yerga kelishini istamasdi.

Davomi bor......