June 19, 2023

Toshkent temir yo'llar texnika tarixi muzeyiga tashrif

06.04.2023

2023-yilning 06-apreli kuni Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan Toshkent temir yo'llar texnika tarixi muzeyiga tashrif buyurildi.
Ushbu muzey Markaziy Osiyoda temir yoʻlning 100 yilligini munosabati bilan barpo etilgan bo'lib, Poytaxtimizning Markaziy vokzalida ilgari ishlatilgan qismlar va lokomotivlar majmuasi namoyish etiladi.

1989-yil 4 avgustda Temiryoʻlchilar kuni munosabat bilan muzey tantanali ravishda sayyohlar va tashrifchilar uchun oʻz eshiklarini ochgan.

Ochiq osmon muzeyida 13 paravoz, 17 teplovoz, 3 elektrovoz, 10 vagon hamda XX asrlarga oid taʼmirlash va qurilish texnikalari bilan talabalar tyutorlar tomonidan tanishtirilib chiqildi.

Talabalar tashrif davomida Ozbekistom temir yo'llari tarixi bilan yaqindan tanishib chiqishdi.