Toshkent davlat transport universiteti vakillari poytaxtimizdagi 30-Mehribonlik uyida boʻlib oʻtgan Navroʻz ayyomida ishtirok etishdi.
17.03.2023
Navro’z qadimiy milliy bayrami (fors tilidan tarjima qilindanda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro’z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.