February 6, 2023

"Toshkent Davlat Transport Universitetida Jaholatga qarshi ma'rifat"

02.02.2023-yil.

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirga tashrif buyurgan Diniy qo'mita vakili so‘zga chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tdi. Tadbirda Diniy qo'mita vakili bevosita talabalar bilan davra suhbati asosida o'tdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirni kirish qismida diniy qo'mita vakili talabalarga din o'zi nima ekanligini tushuntirib berdilar.

Toshkent davlat transport universitetida professor-o‘qituvchi va talabalar bilan birgalikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Jahongir Meliqo‘ziev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruza davomida J. Meliqo’ziyev talaba-yoshlarga o’z hayotida olgan tajribalari hamda 3 kitobni o’qishni tavsiya qildi: «Atom odatlar», «Jaholatga qarshi ma’rifat» hamda «Ochiq xat».

Davra suhbati davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan asoslangan holda kerakli javoblarni olishdi.