February 6, 2023

"3-DEKABR XALQARO NOGIRONLAR HIMOYA QILISH KUNI"

03.12.2022-yil.

1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi va tashkilotga a'zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazishga chaqirdi.

Ushbu kunni nishonlash to’g’risidagi qaror Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1983-1992 yillarni qamrab olgan nogironlar o'n yilligining oxirida qabul qilindi. Mazkur o'n yil ichida nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko'rish kabi katta ishlar amalga oshirildi. Dunyoda taxminan 1 milliardga yaqin nogironlar istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko'lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy to'siqlarga duch keladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ular ta'lim, mehnat, sog'liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko'mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi. Shu sababdan 3 dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o'tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham nogironligi bo’lgan shaxslarning to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha qator amaliy ishlar belgilandi va hayotga joriy etilmoqda. Nogironligi bo’lgan shaxslarning manzilli ravishda ijtimoiy himoya qilinishi ularga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilanToshkent davlat transport universiteti jamoasi xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish maqsadida Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan mexribonlik maktab internatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida maktab tarbiyalanuvchilari uchun fakultetning faol, jamoatchi talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi, o‘quvchi yoshlar uchun bayram tuhfalari taqdim etildi, bayram dasturxoni atrofida qimmatli bo‘lgan e’tibor va samimiy insonparvarlik yordami ko‘rsatildi.

Yashnobod tumanida joylashgan 30-Mehribonlik uyiga 03.12.2022-yil kuni tashrif. Tashrifda universitet jamoasi tomonidan bayram dasturxoni uyushtirildi