October 3, 2025

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ sanoat va ekologik xavfsizlik yo‘nalishida yuqori bahoga sazovor bo‘ldi

2025-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ sanoat va ekologik xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasi sohalarida yuqori darajadagi faoliyatini namoyon etdi. «O‘zbekneftgaz» AJ departamenti tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, Jamiyat faoliyati 91,7 ball bilan baholanib, «a’lo» darajaga tenglashtirildi.

Baholash jarayonida ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish, texnologik intizomga rioya qilish, baxtsiz hodisalar va nosozliklarning oldini olish, shuningdek xodimlarning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tizimli ishlar qamrab olindi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, «O‘ZLITINEFTGAZ» zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda, xodimlar malakasini oshirish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, tashkilot o‘z majburiyatlariga mas’uliyat bilan yondashayotgani, profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazayotgani va ishlab chiqarish nazoratining samaradorligini oshirayotgani qayd etildi.

«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ kelgusida ham ushbu sohada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash, faoliyatini soha talablari va xalqaro standartlarga mos ravishda davom ettirish niyatida.