December 2, 2025

ANPD sharoitlarida quduqlarni sementlash bo‘yicha yangi yechimlar: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ laboratoriyasi tadqiqotlarni kengaytirmoqda

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi konlarida nafaqat quduq qazish, balki uzoq yillar davomida o‘zlashtirilayotgan konlarda mahsuldor gorizontlarning yotuv intervallarini mustahkamlash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda anomal past plast bosimi (ANPD) sharoitida bu vazifa yanada muhim hisoblanadi.

Bunday quduqlarni sementlash jarayonida eng ko‘p uchraydigan asoratlardan biri — tamponaj eritmasi yutilishidir. Bu holat quduqdagi suyuqlik ustuni bosimi yuqori o‘tkazuvchan kollektor­lardagi plast bosimidan oshib ketishi natijasida yuzaga keladi. Bunday asorat mejkolonna va mejplast oqimlarining kelib chiqishiga, sementlash sifatining pastligiga, uglevodorod xomashyosining sanoat oqimini to‘liq qabul qilmaslik xavfiga hamda mahsuldor qatlamlarning fil­tratsiya–sig‘im xususiyatlarining yomonlashuviga olib keladi. Bu esa tamponaj eritmasining qattiq zarralari bilan qatlamlarning kolmatlanishi sabab yuzaga keladi.

Jamiyat hududida tashkil etilgan burov va tamponaj eritmalari laboratoriyasida bugungi kunda ANPD sharoitida mahsuldor gorizontlarning yotuv intervallarini sifatli mustahkamlashga qaratilgan engillashtirilgan tamponaj eritmasi retsepturasi bo‘yicha ilmiy–tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Quduqlardan olingan amaliy ma’lumotlar asosida zichligi 1,3 g/sm³ gacha bo‘lgan bo‘sh shisha mikrosferalar asosida engillashtirilgan tamponaj eritmasi retsepturasi ishlab chiqilmoqda.