October 15, 2025

Hayot xavfsizligining to’rtta yo’nalishi bo’yicha seminar

Xodimlarning kasbiy malakasi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 2025 yil 15 oktyabr kuni «O‘ZLITINEFTGAZ» AJda davlat til siyosatini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va axborot xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davlat va neft-gaz tarmog‘i korxonalari uchun dolzarb bo‘lgan to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oldi.

1. Davlat tilini rivojlantirish va targ‘ib qilish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda davlat tilining milliy o‘zlikni anglash, madaniy qadriyatlarni mustahkamlash va ma’naviy merosni asrashdagi o‘rni muhokama qilindi.
Ma’ruzachilar: O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori D. B. Baxridinova, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori S. X. Xolmanova.

2. Ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xavflar

Nomzodlarni ishga qabul qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruzachilar: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori T. O. Safarov, katta prokuror Sh. M. Zufarova.

3. Xarid jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash

Uchinchi sessiyada xaridlar va tanlov jarayonida yuzaga keladigan korrupsion xavflarni kamaytirish bo‘yicha mexanizmlar muhokama qilindi. Jarayonlarni nazorat qilish va monitoring tizimlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Ma’ruzachi: “O‘zbekneftgaz” AJ Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti Xarid jarayonini monitoring qilish guruhi rahbari S. J. Shasalimov.

4. Kiberxavfsizlik va axborotni himoya qilish

Yakuniy qism axborot texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kiberjinoyatlar oldini olish, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi.
Ma’ruzachilar: Toshkent shahri Mirobod tumani IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘linmasi inspektori, katta leytenant M. M. Mirjalilov, shu bo‘linma inspektori, katta leytenant B. T. Qurbonov.


Mazkur seminar xodimlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, halollik va shaffoflik tamoyillarini chuqurlashtirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim bosqich bo‘ldi.
«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ kelgusida ham xodimlar malakasini oshirish va korporativ etik madaniyatni rivojlantirish borasida tizimli ishlarni davom ettiradi.