«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida innovatsiyalarni taqdim etmoqda
15 dekabrdan 19 dekabrga qadar «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi maydonida bo‘lib o‘tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda.
Kompaniyaning stendida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi zamonaviy ishlanmalar, shuningdek neft va gaz sohasida samaradorlik va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy uskunalar taqdim etilgan.
Ayniqsa zamonaviy boshqaruv va monitoring tizimlariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular interaktiv panellar va amaldagi uskunalar namunasidan foydalangan holda namoyish etilmoqda. Ekspozitsiya avtomatlashtirish tizimlari, nazorat-o‘lchov asboblari va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish imkonini beruvchi texnologik yechimlarni o‘zi ichiga oladi.
Stendga tashrif buyurganlar «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ ning yutuqlari bilan tanishish, hamkorlik istiqbollari va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.